tgindex
Turk asotirlari

Turk asotirlari

Статистика
@turkasotirlariузбекский

Insoniyat tarixi - vahshiylikdan ezgulikka, yovvoyilikdan madaniylikka o'tib borish tarixidir.

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
114
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
100
22 постов
Вовлечённость
87,7%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
20
1/48двое суток
22
1/72трое суток
24

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 авг.23из akademik_til

    #Etnografiya #Irimlar Boya bu irimni eshitib, rosa kuldim. 😄 Xullas, Farg‘ona xalqida shunday bir irim bor: osmonda kamalak paydo bo‘lsa, qizlar sochlarining uchini kundaga qo‘yib bolta bilan kesib tashlashadi. Bu odatning o‘ziga xos jihati shundaki, soch oddiy qaychi bilan emas, aynan bolta yordamida kesiladi Irimga ko‘ra, shunday qilinsa, qizlarning sochi yanada uzun va qalin bo‘lib o‘sarmish (kamalak kabi). Xalq irimlarida tabiat hodisalari, ayniqsa, kamalak kabi noodatiy hodisalar bilan insonning go‘zalligi, barakasi va kelajagini bog‘lash holatlari ko‘p uchraydi. Ammo kamalak + bolta + soch kombinatsiyasi, tan olish kerak, ancha antiqa. 🫵 Sizning hududingizda mana shunday irim bormi? @akademik_til

  • 11 авг.2921из Xojanasruddin

    👁‍xenon Sikloplar aslida qayerdan paydo boʻlgan? Qadimgi yunon afsonalaridagi bir koʻzli bahaybat maxluq — Siklop (Kiklop) qiyofasi shunchaki xayolot mahsuli emas. Olimlarning aniqlashicha, bunga bugun qirilib ketgan mitti (pigmey) fillar sabab boʻlgan. Muzlik davrida Oʻrta yer dengizi orollarida (Sitsiliya, Malta, Kipr) boʻyi bor-yoʻgʻi 90-100 sm keladigan mitti fillar (Palaeoloxodon) yashagan. Fil bosh suyagining qoq markazida ulkan teshik boʻlib, aslida bu koʻz emas, fil xartumining burun boʻshligʻidir. Hayotida tirik fil koʻrmagan qadimgi yunonlar gʻorlardan ushbu suyaklarni topib, markazdagi teshikni "bitta ulkan koʻz" deb oʻylashgan. Suyak yirikligi sababli uni odamsimon maxluqqa yoʻyishgan. Afsonadagi siklop Polifem aynan Sitsiliyada yashagan. Paleontologlar ham eng koʻp mitti fil suyaklarini aynan Sitsiliya gʻorlaridan topishgan. Mifologiyadagi eng dahshatli maxluq aslida kichik bir filning qoldiqlari boʻlib chiqdi.

  • без подписи

  • #irimlar Qizlar kechasi oynaga koʻp qarasa uzoq joyga turmushga chiqadi. Turk asotirlari

  • Xorazmda bahor bayrami dasturxoniga "Navroʻz goʻja" qoʻyish udumi bor. "Navroʻz goʻja" masalligʻi yetti xil dondan iborat boʻladi: joʻxori, bugʻdoy, arpa, tariq, guruch, loviya va mosh. Turk asotirlari

  • Hannot bu yerda atoqli ot emas, chayqovchi, olibsotarlarning umumiy nomi Ya'ni bahor kelib, ekinlar unib, dehqonning dasturxoniga ham baraka kiradi, endi chayqovchi ‐ arzon olib, qimmat pullaydiganlarni bozori kasod boʻladi degan ma'noda aytilgan

  • Bahor faslida birinchi sel kelgan kuni bolalar xursand boʻlib oʻynab yurib, shunday kuylaydilar: Sel keldi, Selon keldi, Maysasini bosib keldi, Dehqonga Xudo berdi, Hannotning uyi kuydi. Turk asotirlari

  • Bahor faslida birinchi sel kelgan kuni bolalar xursand boʻlib oʻynab yurib, shunday kuylaydilar: Sel keldi, Selon keldi, Maysasini bosib keldi, Dehqonga Xudo berdi, Hannotning uyi kuydi. Turk asotirlari

  • #sumalak Sumalak pishirayotganda yomgʻir yogʻsa, toʻngʻich bola orqasini ochib hovlini uch marta aylanib: Qozonning qirgʻichiman, Onamning toʻngʻichiman, Yomgʻirning tindirgichiman, deydi. Shunda yomgʻir toʻxtaydi deb ishonilgan. Turk asotirlari

  • #bestiariylar ​Alan-melekey Oltoy qabilalarida, xususan, tuvinlarda Alan-melekey haqidagi kosmologik afsona keng tarqalgan. Bu dahshatli darajadagi ulkan qurbaqa boʻlib, u Alanda joylashgan. Agar u harakat qilsa, jamiki tiriklik ostin-ustun boʻlib, yerda muvozanat buziladi. Ehtimolki, zilzilalar uning birozgina qimirlab qoʻyishining oqibati boʻlishi mumkin. Alan-melekeyning harakatini keksa bir chol toʻsatdan sezib qolib, xodalari bir-biriga temir bilan ulangan sol yasadi. Solning kichkinaligi tufayli bir necha kishigina unga maʼlum vaqtga yetadigan oziq-ovqat zaxirasi bilan chiqdi. Shunda ular Alan-melekeyning harakatga kelganini koʻrdilar. Bundan buyuk dengiz pishqirib, qirgʻoqlardan toshib chiqdi. Atrofdagi odamlar va hayvonlar oʻldi, faqat shu solda oʻtirganlargina qutulib qoldi. Ushbu sol hanuzgacha bogʻlangan holda Oltoydagi tepalikda turibdi. Solning aniq manzili Katning oʻng qirgʻogʻidagi Adigan togʻi joylashgan Ulali qishlogʻining janubida ekanligini oltoyliklar tasdiqlaydi. Tuvinlarning ishonishicha, yerni bir maromda ushlab turish shu ulkan qurbaqaning chekiga tushgan. Oʻsha qadim toʻfon voqeasidan keyin boshqa hech kim bu qurbaqani qaytib koʻrmagan. Shunga qaramay, tuvinlar uning borligiga ishonishadi. Nikola Antuan Bulanje bu kabi mistik ishonchlarni sababini ibtidoiy odamlar uchun global falokatga aylangan "buyuk toʻfon"dan omon qolgan odamlarning qoʻrquvi hosilasi deb biladi. Sherzod Komil Xalilning "Turkiylarning xayoliy jonzotlari" kitobidan. Turk asotirlari

  • #bestiariylar ​Abaasi Yoqut afsonalarida temir tishlarga ega, qora toshdan bino boʻlgan yovuz ruhlar haqida hikoya qilinadi. Abaasi deb ataluvchi bu maxluqlar inson koʻzidan yiroq yerosti gʻorlarida va odam qadami yetib bormagan qalin oʻrmon chakalaklarida yashaydi. Qadimgi yoqut eposi "Yovqur Nurgun-Botur" da eslanishicha, abaasilar koʻrinishidan odamlarga oʻxshaydi, boshqa afsonalarda esa ular bir oyoqli, bir qoʻlli, bir koʻzli yirtqich hayvon koʻrinishini eslatishi qayd etilgan. Shimolning bu qadim xalqi abaasilarni, "Olis zamonlardan beri bizning eng asosiy dushmanimiz", deb tilga olishadi. Abaasilar kichkinaligida xuddi odamlar kabi ovqatlanishadi, ya'ni inson nima isteʼmol qilsa, murgʻak abaasilar ham shuni isteʼmol qiladi. Keyinchalik ulgʻaygan abaasilar esa odamlar va hayvonlarning ruhlarini yeyish bilan kun kechira boshlashadi. Aytishlaricha, abaasilar odamlarni vasvasaga soladi, ularni eng tuban ishlarga undaydi, aql-idrok va es-hushdan mahrum qilib, falokat va kasalliklarga duchor qiladi. Abaasilar tekkan odamlar qattiq kasallikka chalinadi, ehtimol shu vaqt davomida ularni shamanlar qutqarib qolishi mumkin. Faqat ertaroq murojaat qilish lozim. Chunki shaman bemorga qanaqa abaasi tekkanini aniqlab olishiga ham vaqt kerak. Shundan keyin shaman unga qarshi kurashga kirishadi va bemorning ruhini biron hayvonni qurbonlik qilish bilan qutqarishga harakat qiladi. Aks holda, abaasi odam ruhini yeydi va u vafot etadi. Umuman, abaasilar odam va hayvon ruhlarini birdek isteʼmol qiladi. Yoqutlarning ishonishicha, abaasilar tikanli atirgullar va namatakdan choʻchishadi. Shu sabab uylar atrofida bu kabi tikanli gullarning ekilishi abaasidan himoya qilinishning ishonchli bir yoʻlidir. Tangri odamlarga yetmish yoshdan oshishni ravo koʻrgan, ammo abaasilar tufayli ba'zan bu yoshga kirmasdan insonning joni uziladi. Bunday palla yoqutlar uning ruhini abaasilar oʻgʻirlaganini tahmin qilishadi. Sherzod Komil Xalilning "Turkiylarning xayoliy jonzotlari" kitobidan. Turk asotirlari

  • без подписи

  • без подписи

  • 26 февр.1601из Muarrixgurungi

    🐺 Togʻli Oltoy turk dafn marosimlari 🏔️ Togʻli Oltoy asrlar davomida turli qabila va xalqlarning yashash maskani boʻlib kelgan. Biroq arxeologik yodgorliklar orasida turkutlarga oid dafn marosimlari ancha yaqqol ajralib turadi. Ularning madaniyati oʻziga xosligi bilan farqlanadi hamda mustaqil anʼana haqida soʻz yuritish imkonini beradigan barqaror belgilariga ega. 🤩 Xitoy yilnomalarida turkutlarning dafn marosimi batafsil tasvirlangan. Annallarga koʻra, marhumning jasadi chodirga qoʻyilgan. Qarindoshlari qurbonliklar keltirib, ot va qoʻylarni soʻyganlar, soʻngra chodir atrofida yetti marta ot minib aylanishgan. Shundan keyin ular yuzlarini pichoq bilan tilib, koʻz yoshlari bilan birga qon oqizishgan. Bu maʼlumotlar Vizantiya manbalarida ham tasdiqlanadi: 576-yilda Istemi qoqon dafn marosimida ishtirokchilar ham “odat boʻyicha” yuzlarini tirnaganlari qayd etilgan. Xitoy tasviriga koʻra, marhumning oti va shaxsiy buyumlari jasad bilan birga kuydirilgan. Kul yigʻib olinib, maʼlum faslda dafn etilgan: bahor va yozda vafot etganlar — kuzda, kuz va qishda vafot etganlar — bahorda dafn qilingan. Dafn kuni yana qurbonliklar keltirilib, marosim amallari bajarilgan. 🤩Qabr yoniga marhumning tasviri va tosh haykallar — balballar oʻrnatilgan. Bu maʼlumotlar Oʻrxun bitiklarida ham tasdiqlanadi. Bilga xoqon yodgorligida nomli balballar tilga olinadi. Shuningdek, Qutlugʻ Eltarish xoqon va Qapagʻon xoqon qabrlari tavsiflarida ham shunga oʻxshash maʼlumotlar uchraydi. 🤩Balballar magʻlub etilgan dushmanlarni ramziy ifodalab, harbiy shon-shuhrat belgisi vazifasini bajargan. 🤩 Qiziqarli maʼlumotlarni Abulgʻozi Bahodirxon ham oʻzining Shajarayi Turk (“Turk qavmining shajarasi”) asarida keltiradi. U qadimiy odatga koʻra vafot etgan qarindosh haykalini oʻrnatish va uning oldida xotira marosimlari oʻtkazish haqida yozadi. Bu esa islom qabul qilingandan keyin ham haykal va ajdodlar xotirasini ulugʻlash anʼanasi uzoq vaqt saqlanib qolganini koʻrsatadi. 🙏Oltoy hududidagi arxeologik tadqiqotlar ham ushbu tasvirlarga mos yodgorliklar mavjudligini tasdiqlagan. Chuya vodiysi, Bashkaus va Ulagan hududlarida olib borilgan qazishmalar VII–VIII asrlarga oid tosh inshootlarni aniqlagan. Biroq ayrim qoʻrgʻonlarda krematsiya izlari topilmagan, bu esa tadqiqotchilarni ularni turkutlarga emas, balki qarindosh qabilalar — chuyue va chumyu bilan bogʻlashga undagan. Tavsiflangan marosimga yanada aniq mos keladigan yodgorliklar “tosh o‘ralar” yoki maydonchalar deb ataladi. Ularning ostidan kuydirish izlari — kul, koʻmir, qizdirilgan toshlar, baʼzan qurbonlik hayvonlari suyaklari topilgan. Inson qoldiqlarining yoʻqligi olimlar oʻrtasida munozaralarga sabab boʻlgan. L.A. Yevtyuxova ularni xotira inshootlari deb hisoblagan boʻlsa, S.I. Rudenko ularni krematsiya marosimi bilan bogʻliq qabristonlar deb talqin qilgan. ⬅️Shunday qilib, yozma manbalar — xitoy yilnomalari, Oʼrxun bitiklari va keyingi davr tarixchilari asarlari — arxeologik maʼlumotlar bilan uygʻun holda turkut dafn marosimini murakkab va chuqur ramziy rituallar majmuasi sifatida tiklash imkonini beradi. U jamiyatning harbiy ruhini, ajdodlar kultini va marhum xotirasiga boʻlgan alohida munosabatni aks ettirgan. 📚Manba: Lev Gumilyov, “Oltoy tarmogʻi turk-tugyulari”. 😎@hstpkiut

  • ​#xalqqoʻshiqlari Chaqaloqni birinchi marta beshikka belayotganda aytiladigan marosim aytimlari *** Qoch, qoch, qoch, boʻjilari, Keldi beshikni egalari, Bolamning oʻzi keldi, Alla qiladi, Mazza qiladi. *** Oy keladi botgani, Oʻgʻlim keladi yotgani, Man qoʻrqaman bolaginam, Qoʻlim tegib uygʻotgani. *** Allasi keldi, Babasi qochdi, Qoch, qoch, egasi keldi. *** Egalari kirsin, Bobovlari chiqsin, Uyqusi beshikda qolsin. "Oy oldida bir yulduz" xalq qoʻshiqlari toʻplamidan. Turk asotirlari

  • ​#totemizm Tovuq Bibi Seshanba kulti bilan oʻzaro aloqador boʻlib, ayol kishining tushida tovuq yoki tuxum koʻrishi Bibi Seshanba marosimini oʻtkazishiga ishora ekan. Ayol xudolar qadimda qush obrazida tasvirlanganligini elshunos olim M.C.Andreyev ham tasdiqlaydi. Xorazmda Anbar ona timsoli ham tovuq bilan bogʻlanadi. Tugʻruq paytida Anbar onani chaqirish uchun doya tovuqni xomilador ayol atrofida aylantirib don sepgan. Tugʻruq muvaffaqiyatli oʻtgach, tovuq soʻyilib ona va bola qonlangan. Adham Ashirovning " Özbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari " kitobidan olindi Turk asotirlari

  • ​Bibi Seshanba marosimi va atala tayyorlash. Mashhur etnograf M.C.Andreyevning yozishicha, Xoʻjandda mazkur taomni pishirishdan avval uyning oʻrtasiga solingan supradagi unning yuza qismiga bir kosachani toʻntarib, ustiga oq mato yopib qoʻyilgan va shundan keyin "Bibi seshanba" qissasi oʻqilgan. Qissa oʻqib boʻlingandan soʻng yigʻilgan ayollar kosani koʻtarib koʻrishgan. Chunki aynan qissa oʻqilayotgan paytda supradagi un yuza qismida Bibi Seshanba oʻzining qoʻl panjasi izlarini qoldirib ketar ekan. Agar iz bitta boʻlsa, ushbu marosimni oʻtkazuvchi ayol bir mahal, ikkita boʻlsa ikki bora, uchta boʻlsa uch marta Bibi Seshanba oshini qilar ekan. Mabodo supradagi unda birorta ham iz qolmagan boʻlsa, katta toʻy oʻtkazilar va shundagina Bibi Seshanba oʻz izini qoldirar ekan. Ayrim joylarda (Toshkentda) qoʻl izlari oʻrniga tovuq panjasi izlari ham paydo boʻlgan va u Bibi Seshanbaga bagʻishlab tovuq qurbonlik qilinishini anglatgan. Turk asotirlari

  • #devonulugʻatitturk arìq — ariq; nahr; bu soʻz shu maqolda ham kelgan. Agʻilda ogʻlaq tugʻsa, arìqda oʻtï oʻnär — molxonada buzoq tugʻilsa, ariqda oʻti chiqadi. Bu maqol ovqat yoki rizq uchun ortiqcha urinish va qaygʻurish kerak emasligini anglatish uchun aytiladi. Turk asotirlari

  • Shomonlarning afsonalariga koʻra, birinchi doira (daf) ni ularga Erlikxon tortiq qilgan va shomoniy amallarni oʻrgatgan. Shomonlar — xudolar va odamlar oʻrtasida vositachilardir. Ular Erlik bilan bogʻlanish uchun oʻtovlarni tanlashgan, kapa ichida daf urib ruhlarni chaqirgan va odamlarning xojatini chiqargan. Ulkan bilan esa osmon ochiq joylarda, asosan qayinzor oʻrmonlarda aloqa bogʻlashgan. Ular osmonga qarab daf urib, qoʻngʻiroqlarini shaqillatib, Ulkanga tobe ruhlarni chaqirgan va uning talabi bilan qurbonliklar qilgan. Anvar Boʻronov — "Tangrichilik maʼnaviyatga tahdid sifatida" kitobidan. Turk asotirlari

  • Borey nazariyasi (Hyperborea) Borey bu qadimgi yunon mifologiyasida shimol shamoli xudosi hisoblangan. Keyinchalik xalqlarning shimoldan tarqalganligini davo qiluvchi konseptsiya shu nom bilan atalgan. Hyperborea — "borey shamolidan narida joylashgan yer" degan maʼnoni anglatadi va qadimgi yunon mualliflari bu hududni uzoq shimolda, quyosh uzoq botmaydigan va farovon, muqaddas makon sifatida tasvirlashgan. Gerodot, Dildor va Pliniy kabi antik davr tarixchilari Giperborea hududida yashovchi insonlarni uzoq umr koʻruvchi, kasallikni bilmaydigan va xudolarga yaqin, ayniqsa Appolon bilan aloqador xalq sifatida tasvirlashadi. Ularning diniy qarashlariga koʻra Appolon har yili qish oylarida Giperboreaga mehmondorchilikka ketadi deb hisoblangan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ushbu nazariyani qoʻllab-quvvatlovchi baʼzi olimlar paydo boʻldi. Ular bu nazariyani proto-svilizatsiya tushunchasi bilan bogʻlab, unga koʻra Shimoliy hududlar muz bilan qoplanishidan avval, bu joylarda rivojlangan qadimiy sivilizatsiya boʻlgan va iqlim oʻzgarishi natijasida ular oʻz hududlarini tashlab, bugungi Yevropa, Markaziy Osiyo, Eron va Hindiston hududlariga tarqalgan. Shu orqali bu hududlarda hind-yevropa tillari shakllangan. Tilshunoslik yoʻnalishida ham ushbu nazariyani ilgari suruvchi olimlar boʻlib, ular buni Yevropa miflari, Avesto va hind vedalaridagi oʻxshashliklarni umumiy shimoliy manbaga bogʻlashga harakat qilishadi. Ammo bu nazariya bugungi kunda oʻz tasdigʻini topmagan. Zamonaviy ilm-fanda Arktikada yuqori darajada rivojlangan sivilizatsiya mavjud boʻlganligini tasdiqlovchi biror-bir ishonchli manba yoʻq. Bundan tashqari Giperboreaning aniq tarixiy davri va geografik hududi haqida ham aniqliklar mavjud emas. Qolaversa Hind-yevropa xalqlarining shakllanishi Yamnaya madaniyati bilan bogʻliqligi ilm-fanda tan olingan va bugungi kunda bu nazariya mifologiya va psevdotarix oʻrtasidagi konseptsiya sifatida baholanadi. Turk asotirlari

Turk asotirlari — tgindex