Shahzod Tursunov️
СтатистикаFikrlarim va qiziqishlarim haqida postlar. Nemis tili blogim ; @shahzod_tursunov_de
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 614
- 1/48двое суток
- 1 849
- 1/72трое суток
- 1 994
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kitob o’qishni odatga aylantirmoqchi bo’lganlar uchun Deyarli har oy kitob olaman, yani bir yilda 3, 4 marta olsam ham, oyiga 2 tadan o’qiyman deb - har bir oy uchun ikktadan kitob olaman, lekin . , Ish va shaxsiy hayot bilan band bo'lib, kitob o’qish esimdan chiqib ketadi, keyin orada 10, 15 kunlab tashlab qo'yaman, sababi kitob o’qishga imkon yo’qligi va ko’zga tashlanmaydigan joyda turishi ekan Yechim izlab, ohiri kitobni yostiq ustiga qo’yishni va har kun tongda o’qishni odat qilish to’xtamiga keldim - bugun 35 kun Ba’zida 15, 20 sahifa o’qiyaman, kirishib ketsam, ba’zan esa atiga 3, 4 sahifa, lekin har kuni - yani har kuni o’qiyman, odat qurish uchun sababi Kunimiz odatlardan, hayotimiz kunlardan iborat - odatlar kunlarni, kunlar yillarni, yillar esa butun hayotimizni belgilaydi - umr Odatlarni ko'rinmaydigan boshqa bir tomoni bor - murakkab foiz, yani compounding effekti, qisqa vaqtda sezilmaydi, oylar, yillar davomida foizlar yig'lib boriladi O'qishni odat qilmoqchimisiz, yostiqni makkam tuting
Ruhiy ozuqa olish uchun bugun ( yani kecha ) quyidagi 6 ta kitobni oldim. Kitob tanlash jarayoni 3 bosqichda bo’ldi va umumiy xisobda 4 soatu 30 minutdan ko’p vaqt sarfladim. Bugun - ovqatlanishga 40 minut, sport uchun 1 soatu 30 minut, kitob xaridga kelganda bulardan 2 karra ko’p vaqt ketdi. Sabablari. . . , Bugun o’zimni qoidamga to’liq amal qilgan holatda kitob tanlab oldim. Bunda 3 ta boschiqda kitob tanlab oldim. Birinchi bosqich - holat, yani meni vaziyatim, hozirgi holatdimdan kelib chiqqan holda - hozirda ruhiy ozuqaga muhtojman. Shu vaqtgacha deyarli doim ilmiy ommabop va shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarni o’qib keldim. Ruhiyatda ozgina bo’shliq sezildi - shu sababdan Klassik Adabiyotga qaytdim. Shu janrda kitob yozgan bir necha mualliflarni tanladim ; Dostoyevskiy, Tolstoy, J. London, Gyugo va F. Kafka, Tomas Mann Ikkinchi bosqichda - tepadagi mualliflar kitoblarini to’pladim, yani qidirib topdim, jami 25 / 30 kitob bo’ldi. Va shoshmasdan har bitta kitobni 2 sahifadan o’qib chiqdim. Nega ? Sababi bu orqali qiziqishimni tekshirib ko’rdim - yani qaysi kitob meni o’ziga torta oldi, qaysi kitobni o’qigan sari o’qigim keldi -!qiziqishim asosan Dostoyevskiy kitoblariga bo’ldi, yani o’ziga tortib ketti. Mazza qilib 2 sahifamas bir necha safiha o’qib oldim va aniq amin bo’ldimki kitob menga va meni hozirgi holatimga aniq mos kelarkan Uchinchi boschiqda - Albatta kassaga 😊. Hammasi tayyor. Endigi navbat esa xarid qilishga. Yo’lma yo’l metroda o’qib keldim. Hozir ham o’qiyapman. Rostdan ham o’ziga maxliyo etdi. Roman ichida yashasa bo’larkan - shu hisni hozir erleben qilyapmanz Nasib qilsa iyun va iyul, avgust oyida har 6 ta kitobni o’qib tugataman. Mutoalada olgan yangi g’oyalar va fikrlar bilan bo’lishib turaman nasib qilsa. Ha aytgancha ; nemis klassikasidan ham bor menda, o’tgan yili Germaniydan olib kelgandim Tomas Mann va Franz Kafka ni asarlari. Ular bilan mix qilib o’qiyman nemis va o’zbek tilida. Xulosa o’rnida aytib o’tmoqchiman ; Kitob oling, iloji bo’lsa qog’ozli. Nega ? Kutibxona uchun. U nega kerak ? Muhit yaratish uchun. Muhit nega kerak ? Yaqinlar va farzandlar uchun. Ular uchun Kitoblar nega kerak ? O’zligini topish va ruhiy ozuqa olish uchun. Shahzod Tursunov Asaxiy Books. Toshkent City. 31.05.2026
Bugun . . . , Yaqinlar bilan birga vaqt o’tkazish, o’sha bo’sh vaqti yo’q, ishi ko’p Aka va Opani ushlash. Keyin ular bilan birga Oshxonada ovqat, salat, shirinlik tayyorlash, Bir dasturxon atrofida mazza qilib, miriqib suhbat qilish va yaqinlar diydoriga to’yish. Bugun . . . , Yoshlikda chiroylil xotiralarni eslash va yaqinlar suhbati, taftidan rohat olish va bugunni ham chiroyli xotirga aylantirish Azizlar ! Hammalarizga Edh al - Adha (Qurbon Hayiti) muborak bo’lsin.
Suzish bu, so’zsiz sog’lom bo’lish uchun top foydali mashg’ulot. Men uchun - birinchi o’rinda ) Suzishni boshlaganimga 3 hafta bo’ldi. Yakshanba va Chorshanba kuni suzishga boryapman. Qolgan kunlari Gym va tabiat qo’ynida yugurish, bunga 5 oy bo’ldi )) Suzishdagi fundamental tajriba va ko’nikma bor menda. Yoshlikda eni 130 meter, chuqurligi 17/20 meterlik Sirdaryoda suzib, katta bo’lganman. 2009 / 2013 yillar edi. Sirdaryo orqali suzib Tojikistondan O’zbekiston Bekabodga o’tardik va olma, o’rik, gilos o’g’irlab qaytib suzib kelardik, endi tasavvur qiling - 11, 12 yoshli bola, 130 meter eni, 20 meter chuqurligi va oqayotgan daryo, yana chegara- shundan suzib o’tib, o’g’irlikka borardik 😎 biz marvel ko’rmasdik, chunki biz rosmana marvelda yashardik. Uch marta qo’lga tushishimizga bir baxiya qolgan😁 xullas o’sha vaqtlar Tj va Uzb chegarasi uncha nazorat qilinmasdi. Hozir esa ganz dicht - suzish ham, yaqin kelish ham mumkinmas ! Nega, nima uchun kerak suzish ? Suzish butun tana va tanadagi har bitta suyak va to’qimalar uchun foydali. Ayniqsa o’smir yoshdagilarga. Xullas sodda tilda aytsam, suzish tana uchun Amerika Green Cardi desak bo’ladi 😎 Hozirgi natijam : Dam olmasdan bittada 350 meter suza olyapman - bu 7/8 minut vaqt degani. 60 minutda esa 1 km 500 meter suzdim, yangi rekordim. Yil oxirigacha nasib ; Dam olmasdan 800 meter suzish - 20/23 minut. Bir soatda esa 3 km lik marraga chiqmoqchiman va albatta buning uchun Treyner kerak. Sababi o’zim chiqa oladigan eng yaxshi natijaga yetib kelyapman Endi esa to’g’ri nafas olish va nafasni ushlab turish, tezlik, sekinlik va bir maromda uzoqqa suzishni o’rganib, shakillantirishim kerak. So’zim oxirida ; pulni keraksiz - to’y xasham va xo’ja ko’rsinga qilinadigan xaridlarga emas, suzishga va sog’liq uchun Investitsiya qiling - deb eslaturman ) Sog’lom bo’lsangiz - hamma hammasi topiladi : siz xohlagan pul, mashina, uy, ish, nemis / ingiliz tili va o’sha Qiz/Yigit ham 😎 Eslatma ; Oramizda suzishga qiziqadiganlar bo’lsa - Yakshanba va Chorshanba birga suzamiz ( o’zim o’rgataman 😁 qo’ldan kelgancha ) Aloqa uchun - Blog biosida dayrekt bor.
Hammalarizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin !
Odamgarchilik degani shu bo'lsa kerak. O'quvchim bilan bo'lgan holat. Kecha kechki vaqt menga xabar yozdilar ; Ustoz bugun Germaniyaga yetib keldim, meni kutib oladigan odamim, ishi chiqib, boshqa davlatga ketibdi, shu sababli Ammangizga yozdim ( ammam deb bitta O'quvchimni chaqirardik , Germaniyada yashaydilar, o'tayam positiv isonlar ) - yo'q demasdan, turmush o'rtog'lari bilan kelib, meni kutib oldilar va Wuppertal ga, kvartiramga olib borib qo'ydilar. Ammamlar Germaniyada yashardilar, adashmasam 2 ta joyda ishlaydilar - Germaniyadagilar bilishadi, u yoqda vaqt judayam tig'iz, deyarli hamma kalendar va Termin bilan ish qiladi, davlatdagi tizim shunday ishlaydi. Bitta joyda ishlab vaqtdan qiynalishadi, ikkta joyda ishlashni aytmasa ham bo’ladi Shunga qaramasdan, umsonst hechqanday manfatsiz, qimmat vaqti boshqa inson yordami uchun sarflash bu haqiqiy Odamgarchilik bo'lsa kerak, bo'lib ham yordamga muhtoj inson - ayol kishi va chet elda birinchi marta musofir bo'lsa. O'quvchimdan judayam xursandman, tarbiya bergan ota - onangizga rahmat ! Sizga o'xshagan ruhi uyg'oqlar oramizda ko'paysin Odamgarchilik qanday go'zal hislat, qizig'i u har bitta insonni fitratida bo'ladi, tug'ilganida - kimdur uni uyg'ogatida, kimdur esa yo'q.Inson ruhi uyg'oq bo'lsa, menimcha bunga teng keladigan his, baxt bo'lmasa kerak - sababi rosmana, haqiqiy tiriklik belgisida bu Ruhi o'liklar, ammo o'zi tiriklardan xalq, millat uchun foyda yo'q - hattoki u daho, olim, milliarder, davlat boshlig'i yoki xokim bo'lsa ham, sababi : Yaqin sharq, Eron va Ukraina dagi ayanchli holat, millionlab begunoh bolalar va ayollar aziyat chekishi va qochoq bo'b qiynalib yurishi, ochlikdan o'lib ketishlari - vaholanki ular ; Bibi, Putin davlat boshlig'i, Tramp milliarder, qolgan yonidagilar olim va mutahasislarku O'zimizdagi oddiy misol Ruhi uyg'onmaganlar dastidan ; Toshkentda piyoda yurib bo'lmaydi, balkim boshqa shaharlarda ham shundaydir, judayam havfli, BMW inomarka yokida oddiy mashina bo'lsa bo'ldi, piyodalar bilan umuman ishi yo'q, faqatgina gaziga bosadi, iloji bo'lsa piyoda yurgan Bola, Ayol, Ona Bolani, hattoki YPX xodimini ham bosib ketib, osmonga uchib ketsa, vaholanki u ham mashinadan tushsa, ikki oyoqli piyodaga aylanadi va uni o'zini ham kimdur shunaqasiga bosib ketadi, buni his qilish uchun ozgina farosat kerak, farosat bo'lishi uchun esa tirik bo'lish kerak, tirik bo'lish uchun ruhini uyg'otish kerak. Su'niy ongdan GPt, Gemini, deep seak - yagona farqimiz ham manshu Ruh bo'lsa kerak - sababi ruh faqat joni bor majudotlarda bo'ladi, lekin bor degani uyg'oq degani emas. Odamgarchilik go'zal hislat va u faqat ruhi uyg'oq insonlarda bo'ladi. Oramizda tiriklar ko'paysin !
Marafondan keyin - Diyorbek mendan so'radi ; Ustoz, Germaniyaga borsam, bitta joyda qotib qolmaymanmi, rivojlana olmaymanmi, o’z klinikamni ochaolmaymanmi ? Sababi ; ko'pchilik Germaniyadagilar komfort hayotga o'rganib qolgan, ishga boradi, uyga keladi, yana ish va yana uy va bu holat rivojlangan davlat uchun tabiy holat. Men ham shunaqa komfortga tushib qolmasmikanman ? Diyorbek ; O'zimizda shunaqa talablar bor, 4 yil o’qish davomida na o'z sohasini yaxshi o'rganadi, na birorta tilini o'rganadi - yana shunaqalari bor 4 yil davomida o'zini yo'nalishini yaxshi o'rganib, buni o'zi bilan cheklanib qolmay - ingliz, nemis yoki rus tilini o'rganadi, kelajaki uchun Komfort hayot bizni o'ldiradi va hozirgi qiyin hayot kelajakda bizga Oson hayot olib keladi, shunga hozir qiynal va yodda tut, komfort hayot O'zbekistonda ham Germaniyada ham bor Suratda bugun 21 km, yarim marafon yugurganimiz tasvirlangan - Ukalarim Bobomurod, Diyorbek, Shohruh, Zuhriddin, Bilol, Dilshodbek 22.02.2026 Botanika bog'i Toshkent
Ramazon muborak bo’lsin azizlar
Bugun qishloqqa keldim, na svet bor, na internet Mayli bu oddiy holatku, nimasi xayratlanarli deyishiz mumkin, lekin yanada yomoni Svet bo'lsa, internet bo'lsa, limtda berilsa - ko'pchilik yo serial ko'rishadi, yo instagram, TikTok da umr va miyyani hazon qilishadi Buyam odatiy holat, nega vohima qilyapsiz deyishiz mumkin ) Yanada achinarlisi - Manashu ishlarini o'zimni yaqinlarim, amakimni o'g'li, qizi, singlim va xolavachcham, akam, hattoki onam 🥹 qilyapti Qilsa qilar xo'sh, nima qibdi, ular o'zlarini hayoti uchun o'zlari javobgar, senmasku va xaqlari bor xohlaganini qilishga deyishiz mumkin - shunday shunday xaqlari bor, ammo har bitta ish, amal, harakatni positive oder negative Folge si bor ( oqibati ) Shu oqibatni eslatish meni ( sizni ) burchim - ammo, qizig'i Ular maslahatimni olishmaydi, qachonki - ularga argumentlar bilan fikrlarimni asoslab - bunaqa Shaltay, Maltaylar bilan miyyani chiritib, vaqtizni o'ldirmaylar desam - bizni tergama, urshma, shu bilan hayotim mazmunli deyishadi Bu ham oddiy holatku dersiz - ha, ha hamma hammasi oddiy, judayam oddiy, Hamma gap - manashu oddiylikda va shu oddiylikni anglab bilishda, sal o'ylab, hech bo'lmasam - 5, 10 yildan keyin nima bo'ladi, agarda shu yo'sinda hayotim davom etsa, hechnima o’zgarmasa - deb o'ziga savol berishda ) Buni Anglab yetmaganlar - butun umrni yo boshqalar hayotini yashab o'tish ( reels, story, reklamala, post ) yo boshqalar maqsadi yo'lida o'z vaqtini qurbon qilish bilan o'tkazadi ( mahsulot sotuvi, boshqalar hayoti muhokamasi va reklamalaga chuv tushib xaridlar qilish ) Eng qizig'i Ular meni blogimda - Yaqinlarim, ayniqsa onam shu postni o'qiyotgan bo'lsangiz - yana bir o'ylab ko'ring, faqat shoshmasdan - o'zi umr qisqa bo'lsa, shu qisqa vaqtda Haqiqiy O'zligimni topish, afsuslanmaydigan ishlarini qilish va hech bo'lmasam o'zim uchun yashashga sarflashim kerakdir, balkim 🥹 Sizlarni urishganim yo'q ☺️ va bunga xaqqim ham yo'q! Xulosa o'zlarizdan, shunchaki achinganim uchun yurakdagi, ichimdagi to'lib toshganini yozdim )))
9 - 11 sinfda o'qiyotgan Ukam va singlim va ularni ota onasi uchun - Agarda sen, yoki sizni tanishiz, ukangiz, singliz 9, 10, 11 sinfda o'qisa - Kelajakda top universitetlar ; USA - Harvard, Stanford, Yale, - Germany Charité, LMU, Heidelberg da o'qishni xohlasa - Buning uchun senda yoki unda salohiyat bo'lsa, yani tabiy fanlarni yaxshi o'qisa, iqtidorli bo'lsa Lekin buning uchun imkoniyat bo'lmasa ( mablag') - unda Imkon grandi sen yokida tanishiz, singliz, ukangiz uchun. Imkon grandini o'zimizni bir nechata qora ko'z O'zbek tadbirkorlari tashkil qildi. Grandan maqsad - chekka chekka joylarda yashayotgan, iqtidorli qora ko'z O'zbek Farzandlarini - top universitetlarga 100% grand olish uchun tayyorlash - bu mutlaqo bepul yordam, hechqanday manfatsiz ! ! ! To'liq ma'lumotni shu xavola orqali olasiz ; Imkon grandi uchun qabul O'zimizni qora ko'zlar - top universitetlarga o'qishga kirsa, oradan 10, 15 yil o'tib, ular mevasidan butun O'zbek millati foyda oladi ) #ilm_olish_uchun_imkoniyat
Kecha kalendar oldim - bir qarashda ortiqcha xarajat, keraksiz narsadek tuyiladi, Lekin manashu ortiqcha xarajat - umrim va vaqtimni isrof qilmasligim kerak, maqsadlarim borligini, Har kuni, har qaraganimda eslatib turadi. Natijada nimadurni to'g'rlayman yoki olib tashlayman va o’sha nimadur uchun ketgan puliga arziydi. Har kuni uyqu oldidan - ortda qolgan kun uchun ❌ qo’yaman - bu esa “ Umr o’tmoqdadur umr o’tmoqda “ degan signal beradi Shu signal - meni o'z vaqtim va umrimni o'zim xohlagan ishlar, insonlar, mashg'ulotlar bilan o'tkazishga, sarflashga Undaydi ) Xulosa ; kalendar, o'z hayotimni o'zim yashashimga imkon beradi - keraksiz shovqinlar emas ( Instagram reels, story, tik tok va hokazo . . .)
Bugun kundalik oldim - endi har kuni qilgan ishlarimni tahlil qilib boraman. Nasib bu yil qilgan to'g'ri va foydali xaridim bo'ladi, har tomonlama Yana 3 ta yangi kitob ; Venchur Zehniyati - Start-up qurish, Behalovat avlod - virtual olam epidemiyasi, Bir varoqli marketing reja - Marketing haqida Sportga jiddu jahd qildim; suzish, yugurish va fitnes - jadval bo’yicha, ketma ket shug’illanaman. Dangaslikni yengish uchun ham yangi metodlar o’rgandim Bitta narsani yaxshilab tushundim : Hayot davomiy o'rganish bilan qiziqarli ekan, xuddi o'yndagi Level o'xshab, bittasi tugadimi, ikkinchisiga o'tish kerak. Blogimda : o'qigan kitoblarim, sport, o'rganishim, yangi metodlar haqida yozib boraman - nasib qilsa foydali bo'ladi!
Rekord dars - 5 soatu 20 minut Kecha C1 guruxim bilan soat 21:00 dan 2:30 gacha ( yarim tungacha 😊) dars qildik - birga o’rgandik. Rasmda ☝️ qancha davom etgani 🟢 dars tugagan vaqtini 🔴 qilib belgiladim Postni yozishdan maqsadim - noodatiy dars bo’ldi, rekord vaqt va unutilmas xotira - eslab qolish uchun Imtihon oldi - vaqt kam, ko'proq shug'illanishimiz kerak. Heyy - bu hayotda nimaga qilgansan o'zi deb, so'rashsa - imtihon oldi, C1 larim uchun 5 soatu 20 minut dars o'tganman deyman 😎 @shahzod_tursunov_de
2025 yil sarhisobi 170 ta atrofida o'quvchilar jonli darsimda ishtirok etdi - shulardan 44 tasi B1,B2 Telc, Goethe oldi C2 Goethe imtihonidan ro'yhatdan o'tdim - C2 Goethe bitta urinishda 3 Teil dan o'tdim, ikkinchisida to'liq ! Instagram blogimni faol yuritdim - 16K obunachi qo'shildi va vediolarim 8 mln dan ortiq ko'rildi. YouTube blogimda - 4 ta Video dars chiqardim, ko'rishlar soni 110k bo'ldi, 4 ming ta obunachi qo'shildi 365 kundan - 100 kun faol Sport bilan shug'illandim 2026 yilda ko'proq harakat qilamiz ! @shahzod_tursunov_de
Maslahatim ; Toshkentda, Goethe imtihonini topshirmang ! Sabablari judayam ko'p. Shulardan 3 tasi Birinchidan : imtihon muhiti yaxshi emas, imtihon oluvchilar qanaqadur qovog'ini solib oladi, imtihon muhiti xalqaro talablarga mos kelmaydi, vaholanki - Goethe xalqaro imtihon, mahalliy emas ! Ikkinchidan ; sizni Sprechen va Schreibeniz qanchalik zo'r bo'lmasin. Sizni katta ehtimol bilan 56, 58, 59% bal bilan yiqitishadi, agarda Goetheni o'zida o'qigan bo'lmasangiz, havodan olib aytganim yo'q ) Uchinchidan ; imtihoni tekshirish mezoni, aynan Sprechen va Schreiben qismi xalqaro talablarga javob bermaydi. Tekshirish Goethe mezoni bo'yicha emasligi aniq. Unda qayda topshiray ? Uni ham ayting deysizmi ? Ularni ham albatta aytaman. A1 dan C2 gacha Goethe imtihonini; Qozog’istonni Almata shahrida topshiring. Imtihon muhiti yaxshi va mazza qilib imtihon topshirasiz. Germaniyada o'qimoqchi bo'lsangiz - TestDaF to'g'ri tanlov ; sababi TestDaF imtihonini Sprechen va Schreiben qismini adashmasam Bochum universiteti tekshiradi ( Germaniyani ) Toshkentdagi Goethe Instituti raxbariyatiga eslatma " Imtihon xalqaromi, imtihonni olish va boholash tizimi ham xalqaro talablarga mos kelishi kerak " Imtihon oluvchilariga " Sizlarni ham Nemis tili darajangiz nari borsa C2 Goethe, ba'zilarizda C2 ham yo'q, iltimos sal yaxshi kayfiyatda imtihon oliylar, sababi " Imtihon topshiruvchilar sizlarni mijozingiz, ulardan imtihon olishiz uchun - sizlarga Pul to'lashgan - Sizlarni qosh qovog'izga qarash uchun, yokida shunchaki 58 bilan yiqitishlariz uchun emas. Bu holat - bitta meni o'quvchim bilan emas, boshqa yuzlagan imtihon topshiruvchilar bilan bo'lgan. Insof bersin . Goethe imtihoni xalqaromi, xalqaro talablarga javob berishi kerak ! @shahzod_tursunov_de
Bugun soat 6:30 da Yandex taksida - Malika bozor tomonga bordim Yo'lda - taksist men bilan gaplashib, rosayam ko'p burnini kavladi, ko'rib, ko'nglim aynidi, aytishga xijolat bo'ldim. Qishloqqa borishim kerak, taksi chaqirdim, 10 minutda kelaman deb, 40 minutdan keyin keldi + 40 minut kutdim Metroda bittasi Instagram Reelslarni baland ovozda ko'rib keldi - yonidagilar bilan umuman ishi yo'q - befarosat Ayniqsa avtobus va metroga chiqishda deyarli hamma / men ko'rgan 95% odamlar - eshik ochilishi bilan ichkariga yuguradi - chiqayotganlarga judayam qiyin bo'ldi - shoshqaloqlik Yo'lda taksist va bitta yo'lovchi - suvni ichib, suv idishni oynadan tashqariga uloqtirdi - Oddiy holat, lekin tabiatga tupurib qo'yish Boshqalarni kuzatib, xuddi o'zimni harakatlarimni Ko'zguda ko'rgandek bo'ldim. Savollar boshlandi. Men ham burnimni kovlaymanmi ? Men ham kechikamanmi ? Men ham befarosatmanmi ? Men ham tabiatga tupurib qo'yganmanmi ? Men ham shu xatoni qolamanmi ? Darslarimni 60% pünktlich, 40% unpünktlich bo'ldi. Hozir shuni ustida ishlayapman. Va bu xatoimni - taksist meni aldab 40 minutdan keyin kelganda his qildim, vaqt qanchalik muhim ekanini ! Boshqalar bizni ko'zgumiz va unda ko'pincha aksimizni ko'ramiz. Balkim Ko'zgudan foydalanish kerakdir.
Bugun kino senariysidagidek voqea bo’ldi 9 yoshimda katta kuchuk orqamdan quvlab, yetib olib, dumbamdan tishlagandi Og’zini kattaligida dumbamni uzib olgandi. Shundan beri katta Kuchukni ko’rsam, o’zimni yo’qotib qo’yaman Hozir Toshkentni eng chekkasida yashayapman. Bizni uylardan keyin qishloqlar va dalalar boshlanadi Yugirish + yurishni hozirda odatga aylantirayapman , bugun 11 kun, orada 5 kun to’y sabab qilmadim. Kun ora qilayapman, ba'zida har kun, holatga qarab Bugun dalada 8, 9 km yugurdim, to’satdan oldimdan 9 tacha katta Kuchuklar to’dasi chiqib qoldi, bir biri bilan talashyotgandi Ularni ko’rishim bilan - orqamga qaramay qishloqqa qarab qochdim va oxirgi 8 oydagi eng kuchli Qo’rquvni bugun his qildim - jon Shirin ekan 😊 ) Tabiat qo’ynida yugurish mazza, bilmadim menga manashu yoqadi - ayniqsa Germaniyada O'zimizda kiyimiz ozgina chang bo'ladi Sog’lik va chidamlilik hayotda eng muhimi - bularsiz uzoqqa borib bo’lmaydi do'stlar Oramizda yana kimni kuchuk tishlagan? Siz nimadan qo'rqasiz?
Nasib qilsa, 30 kunda 3 ta kitobni o’qib tugataman 😊 Qaysi kitoblarni o’qiyapsizlar - Badiy ( iltimos nemis tilini o’raganishdagilarmas 🙏 ) Oramizda - Leseratte lar bormi ?
без подписи
Goethe / Telc C1 olib, dars berishni xohlaganlar uchun - taklif ) Shu oy oxirida - Nemis tili Ustozi tayyorlash va C1 kursimni boshlayman. Kursdan maqsad 2 ta Birinchisi. . . . . - 10, 12 ta o'quvchilarni tanlab olib, 2 yarim oyda C1 darajasini to'liq o'rgatib - Goethe C1 va Telc C1 Hochschule Prüfung tayyorlash. Ikkinchisi. . . . . - ularga - Nemis tilini sodda va oson qilib tushuntirishni, dars berish metodlarini o'rgatib - Nemis tilini yaxshi biladigan va sodda qilib o'rgata oladigan Ustoz tayyorlash Kursdan keyin - Goethe C1 yoki Telc C1 Hochschule olishizga 100% kafolat beraman - Ish bilan ham taminlaymiz. Xohlasangiz o'zimizni jamoada, xohlasangiz boshqa o'quv markazlarda yoki Germaniyada. - Germaniyada Studienkolleg, Masterstudium, Studium qilish - DAAD, Konrad Adenauer Stipendium olishga ham yordam beramiz! Agarda Goethe C1 yokida Telc C1 Hochschule olib, keyin Nemis tilidan dars berishni xohlasangiz, izohlarda. . . 1) Ism, sharfingiz va yoshingiz 2) Nemis tili darajangiz va sertifikatiz bo'lsa uni ham yozing ( Goethe, Telc, ÖSD, TestDaF ) 3) Nega aynan siz tanlashimiz kerak ? 4) Oldin Nemis tilidan dars berganmisiz ? Bergan bo'lsangiz, qancha vaqt ? O'quvchilariz natijalari ? ( Shaxsiy blogiz bo'lsa, uni xavolasini😊 ) Kursda o'qish uchun nemis tili darajangiz kamida B2 bo'lishi kerak. Chunki biz C1 ni to'liq o'rganamiz. Post o'qiyotganlardan iltimosim, agarda shunaqa tanishiz bo'lsa, postni ularga ulashib qo'ying. Xayrli ishga siz ham sababchi bo'lasiz ! Shahzod Tursunov Toshkand. Usbekistan. @tursunoff_de