Toshkent viloyati yuridik texnikumi
СтатистикаTvytofficial Murojaat uchun: 📱 +998909653973 📱+998977074115 🌐 Instagram https://www.instagram.com/toshkent_viloyati_yuridik_tex?igsh=MXFkdDl2ZjlqdTNvcw==
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 120
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyiha va g‘oyalar tanlovi e'lon qilinadi Sizda kasbiy ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan innovatsion loyiha yoki g‘oya bormi? 🚀 Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbus va takliflar tanlovida ishtirok eting! 🎯Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalaringizni taqdim etishingiz mumkin: 🔵yangi ta'lim loyihalari; 🔵xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslari; 🔵zamonaviy kasblarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar; 🔵texnikumlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar; 🔵kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan boshqa innovatsion loyiha va g‘oyalar. 👥 Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin. 📝 Ma'lumot va tanlov shartlari bilan: 👉 Batafsil 📆 Takliflaringizni 2026-yil 10-sentabrga qadar quyidagi usullardan biri orqali yuborishingiz mumkin: ➖ Telegram bot — @kasbedu_bot ➖ Rasmiy sayt — https://innovation.kasbedu.uz/ ➖ Elektron pochta — prkasb@kasbedu.uz 📂 Kelib tushgan barcha takliflar Kasbiy ta'lim agentligi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Eng yaxshi 3 ta loyiha va g‘oya saralab olinadi hamda natijalar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida e'lon qilinadi. 🏆 G‘olib mualliflar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda istiqbolli loyiha va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
📢 ORZUINGIZDAGI XALQARO DIPLOMGA EGA BO‘LING! ⭐ Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) va Buyuk Britaniyaning Greenwich universiteti hamkorligidagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi TDYU huzuridagi akademik litseylar va yuridik texnikumlar bitiruvchilarini taklif etadi! Bu — nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda tan olinadigan nufuzli oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir! ⭐ Dasturning asosiy afzalliklari: ⏰ O‘qish muddati: 4 yil 📝 2 ta bakalavr diplomi: 4 yillik ta’lim yakunida TDYU va Greenwich universiteti diplomlariga ega bo‘lasiz! 📎 Kimlar hujjat topshirishi mumkin? TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari; Yuridik texnikumlar bitiruvchilari. 🔥 G‘oliblar va yetakchilar safida bo‘ling — xalqaro darajadagi huquqshunos kasbini egallang! 🔖 Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish tartibi bo‘ylab: 🌐 Veb-sayt: dd.tsul.uz 📞 Aloqa uchun: +998 55 513 01 12
📢 Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda! 🌍 Xalqaro hamkor universitetlarda tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish hamda ikki diplom egasi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning. 🤝 Qoʻshma taʼlim dasturlari quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan amalga oshiriladi: 🇬🇧 London universiteti (Buyuk Britaniya) 🇬🇧 Grinvich universiteti 4 yillik dastur (Buyuk Britaniya) 🇬🇧 Grinvich universiteti 3 yillik dastur 🇮🇹 Roma Tre universiteti (Italiya) 🇯🇵 Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya) 🇷🇺 Ural davlat yuridik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) 🇰🇿 M.S. Narikbayev nomidagi Qozoq davlat yuridik universiteti 🇧🇾 Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) 📅 Hujjatlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📖 Qoʻshma taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot: 🔗 https://www.tsul.uz/uz/general-page/qoshma-talim-dasturlari 📝 Hujjatlarni onlayn topshirish: 🌐 dd.tsul.uz https://t.me/DDprograms 📞Qabul bo‘yicha savollar
🔹🔹🔹🔹🔹 Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish bo‘yicha suhbat 10—12-avgustda o‘tkaziladi 🔗 Batafsil... Собеседование по приему выпускников юридических техникумов в Ташкентский государственный юридический университет состоится 10-12 августа 🔗 Подробнее... 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
без подписи
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
✔️MEHNAT KODEKSI 314-modda. Intizomiy jazoni qoʻllash muddatlari⬇️ Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan eʼtiboran 1️⃣ oydan kechiktirmay qoʻllaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʻlgan yoki taʼtilda boʻlgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi❗️ Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran 6️⃣ oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra esa, u sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi❗️ @tashkentlawschool abituryentlarning eng yaxshi tanlovi😍
#Bilasizmi ❗️O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibi qanday? Batafsil infografikada👆 Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahriga tashrif buyurib, transport va ijtimoiy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, sanoat hamda shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yirik qurilish loyihalariga start beradi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Уртачирчикский район и город Нурафшан Ташкентской области, где ознакомится с проводимой работой в сферах транспортной и социальной инфраструктуры, цифровых технологий, промышленности и градостроительства. Глава нашего государства также даст старт крупным строительным проектам. Facebook|Instagram|X
#Bilasizmi ❗️Maktablarda darsliklar qancha muddatda yangilanadi? Manba: Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (ro‘yxat raqami: 2577, 28.04.2014-y) Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#yuridik_atama Monarxiya — davlat boshqaruv shakli bo‘lib, unda davlat boshlig‘i monarx (podsho, qirol, sulton, amir, imperator va boshqalar) hisoblanadi. Odatda bu lavozim meros orqali avloddan-avlodga o'tadi va ko‘pincha umrboqiy bo‘ladi.
❗️ Bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun alohida javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi 128¹¹-modda kiritilishi taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bolalarni tashish va bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilanadi. 📌 Taklif qilinayotgan normalarga ko‘ra: 🔹 Bolalarni tashish qoidalarini buzish — transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yildan 3 yilgacha mahrum qilish hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 🔹 Agar ushbu qoidabuzarlik haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan yoki transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilsa — BHMning 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin. 🔹 Bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini buzish — BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. 🔹 Ushbu qoidabuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, BHMning 50 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi. ❗️Mazkur normalar hozircha qonun loyihasi hisoblanadi. U qabul qilinib, kuchga kirgandan so‘ng amalda qo‘llaniladi.
без подписи
🗳️ SAYLOV KODEKSI PRINSIPLARINI BILASIZMI? 📖 Asosiy prinsiplari: 🟢 4-modda — Umumiy saylov huquqi Har bir fuqaro qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish huquqiga ega. ⚖️ 5-modda — Teng saylov huquqi Barcha saylovchilar teng huquqlarga ega bo‘lib, har bir ovoz bir xil yuridik kuchga ega. 🗳️ 6-modda — Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi Fuqarolar o‘z vakillarini bevosita, ya'ni toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish orqali saylaydilar. 🔒 7-modda — Yashirin ovoz berish Har bir saylovchining kimga ovoz bergani sir saqlanadi va erkin ovoz berish kafolatlanadi. 📚 Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi (4–7-moddalar). 💡Postni saqlab qoʻying va doʻstlaringiz bilan ulashing.
🔹🔹🔹🔹🔹 Toshkent davlat yuridik universitetida oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar uchun maxsus uch yillik ta’lim dasturiga o’qishga qabul qilish boshlandi. Ushbu dasturga hujjat topshirish tartibi qanday? Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon o‘g‘li, Jinoiy odil sudlov fakulteti Kasbiy faoliyat masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi, TDYU Qabul komissiyasi a’zosi Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Giyohvandlik vositalari ustidan davlat nazorati choralari kuchaytiriladi Hukumat qarori (359-son, 02.07.2026-y.) bilan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish, olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizom giyohvandlik vositalari va psixotrop ustidan davlat nazorati choralarini kuchaytirish maqsadida ularni O‘zbekistonga olib kirish va O‘zbekistondan olib chiqishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni (sertifikat) berish tartibini belgilaydi. 🔎 Nizomga ko‘ra, sertifikatdan faqat 1 marta foydalaniladi va uning amal qilish muddati 1 yilni tashkil qiladi. 📑 Giyohvandlik vositalarini olib kirish, olib chiqishga ruxsat berish uchun sertifikat olish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi: 🔹 ariza beruvchida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi; 🔹 giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqishda qonunchilikka majburiy rioya qilinishi; 🔹 sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash va boshqalar. 💸 Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni rasmiylashtirish uchun BHMning 8 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. ✅ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizani qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqib, sertifikat beradi yoki sertifikat berishni rad etadi. ✍️ Sertifikatlar reyestri “Litsenziya” axborot tizimida elektron shaklda har bir sertifikat bo‘yicha alohida yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи