tgindex
Two Friends
@twofriends_bookузбекский

Two Friends nashriyoti sizga har qanday kitobni nashr qilish va hujjatlashtirish bo'yicha yordam beradi. 15 dan ortiq tarjima kitoblar. Eng sara kitoblar nashri. Butun O‘zbekiston bo'ylab yetkazib berish. Buyurtmalar uchun @twofriends_admin

Последний пост
31 мая
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
12
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
197
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 599
10 постов
Вовлечённость
811,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 12
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 31 мая57782из salimov_blogi

    ​​Kolumb shaxsiyatiga qiziqmagan ekanman. Bilganlarim darsliklardagi maʼlumotlar bilan cheklangandi. Genuyalik oddiy hunarmand, Ispan qiroli nomidan Amerikani kashf qilgan, asl maqsadi esa Hindistonga borish boʻlgan va hokazo. Ammo qoʻlimdagi kitob tarixiy hujjatlarga asoslangan holda bularni inkor etadi. Kolumb italyan emas, yahudiy. Ispan qiroliga emas, Portugaliya qiroliga xizmat qilgan. Amerika borligini avvaldan bilgan. Kolumbdan avval Amerikaga osiyoliklar, vikinglar va Portugaliya ekspeditsiyalari borgan. Eng qizigʻi, Kolumbning ismi Kolumb emas. Joze Rodrigez Dos Santosning "Kodeks 632" kitobi Kolumb shaxsi atrofidagi sirlar haqida. Uslubi Den Braunnikiga oʻxshab ketadi. Ramzlar, tarixiy shaxslar, hodisalar, hujjatlar, sanʼat asarlari koʻp tilga olinadi. Ammo Braun kabi intrigani ushlab tura olmaydi. Muallif jurnalistligi bois bayonchilikka koʻp berilgan. Roman boshida sarguzashtga oʻxshaydi, lekin keyin tarixiy haqiqat izidan quvishga shoʻngʻiladi. Muallif tarix koʻpincha toʻqima boʻlishini, u taraflarning manfaatlariga koʻra qayta yozilishini koʻrsatib beradi. Kitob yaqinda ochilgan @twofriends_book nashriyotidan chiqqan. Tarixiy jumboqlarga, sirlarga qiziqsangiz oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman. @salimov_blogi

  • Jose Rodrigues dos Santos ning Kodeks 632 asari @bookuzbekistan, @asaxiybooks va @Qamarbooks magazinlarida mavjud. Online buyurtma bersangiz va magazinlaridan olsangiz bo'ladi. Two Friends nashriyoti sizga yoqimli mutolaa tilaydi. Instagram | Telegram

  • 29 мая62612из bookuzbekistan

    ✨ Sirli kitoblarni yoqtirasizmi? 🕵️‍♂️ "Kodeks 632" — dunyodagi eng katta tarixiy tushunmovchiliklardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir jumboq haqidagi roman. Asar Portugaliyalik yozuvchi va jurnalist Jose Rodrigues dos Santos tomonidan yozilgan. Asarda bir professor eski hujjatlar va sirli yozuvlarni o‘rganib, Kolumb haqidagi katta sirni ochishga harakat qiladi. U asta-sekin shuni tushunadi: biz bilgan tarix to‘liq haqiqat bo‘lmasligi mumkin. ✍️ Asar shakl va uslub jihatdan Den Braun kitoblariga o‘xshaydi. ✅ Kitob sizga qiziq bo‘lsa, do‘konlarimizdan topishingiz mumkin! Narxi: 70 000 so‘m ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot +998339030050 +998712300050 🌐 Sayt orqali xarid: book.uz 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan

  • 25 апр.1 02991

    Kitobingizni mukammal ko‘rinishda nashr ettirmoqchimisiz? Two Friends nashriyoti sizning eng ishonchli hamkoringiz! Biz sizga quyidagi professional xizmatlarni taklif etamiz: 🔖 BBK, UDK va ISBN raqamlarini rasmiylashtirish. 📚 Badiiy va ilmiy asarlar, monografiyalarni nashrga to‘liq tayyorlash. 💻 Qo‘lyozmalarni zamonaviy elektron formatga o‘tkazish. 🎨 Kitob, jurnal va gazeta uchun original maket, sahifalash va kreativ dizayn. Two Friends nashriyoti — g‘oyalaringizni sifatli nashrga aylantiramiz! Instagram  Telegram

  • 22 апр.786305из vasilbro

    Kodeks 632 Kitobini klassik ma'noda badiiy asar deb atash qiyin, ko'proq detektiv qobig'iga o'ralgan, tarixiy ma'ruzaga o’xshaydi. Qiziq, lekin, biroz jo'n yozilgan. Misol syujetni olaylik, muallif voqealarni o'tkirlashtirish uchun banal va eskirgan usullardan foydalangan. Lena va Tomas o'rtasidagi munosabatlar va oilaviy dramalar shunchaki tarixiy ma'ruza zerikarli bo'lib qolmasligi uchun xizmat qiluvchi yordamchi liniya vazifasini o'tagan, bu tomondan Dos Santos hissiyotlarni chiqarib berishda juda oqsagan. Ya'ni personajlar shunchaki ma'lumot tashuvchi bo’lib qolgan. Ular tirik emas. Biroq, kitobini badiiy roman o'lchovlari bilan tahlil qilish unga nisbatan biroz adolatsizlik bo'ladi. Badiiy sustlikni chetga sursak, ma'lumotlar bayoni ajoyib chiqqan. Santos jurnalist sifatida faktlarni shunday tizganki, o'quvchi o'zini xuddi arxivda haqiqiy tadqiqot olib borayotgan mutaxassisdek his qiladi. Kolumbning asl ildizlari va portugal izlari haqidagi surishtiruvlar haqiqatan ham zo'r terilgan. Bu tarafdan muallif og‘ir tarixiy ma'lumotlarni oson hazm bo'ladigan, dinamik formatga sola olgan. Kitobni o‘qib bo‘lgach, aniq javoblardan ko‘ra ko‘proq savollar bilan qolasan va aynan shu asarning eng kuchli tomoni, ya'ni kitob tarixni yopiq hikoya sifatida emas, balki hali ham to'liq yakunlanmagan, ochiq qolayotgan munozara sifatida ko‘rsatadi. Intellektual asar qidirganlar, tarixni boshqa tomondan ko‘rishni istaganlar uchun tavsiya qilaman. Silliq va tez o‘qiladi. P.s: Nashriyotning birinchi ishi. Tarjimada va tahrirda kamchiliklar bo’lishi tabiiy. Bu borada ishlash kerak – muhim dadil yurish bo’libdi. @vasilbro

  • 🕵️‍♂️ Siz bilgan tarix — rostmi yoki mukammal yashirilgan yolg‘onmi? Mashhur yozuvchi José Rodrigues dos Santos sizni KODEKS 632 bilan eng katta sirlar ichiga chorlaydi… 🌍 Bir professor. Bir maxfiy kod. Va butun insoniyat tarixini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan haqiqat. 🔐 📌 Bu kitobda sizni kutadi: — Tarixiy jumboqlar va yashirin belgilar — Aqlni shoshiradigan ilmiy va falsafiy savollar — Oxirigacha qo‘ldan qo‘yib bo‘lmaydigan keskin syujet 💣 Eng dahshatlisi esa — bu faqat fantastika emasligi va hammasi haqiqatligi… 📖 KODEKS 632 — haqiqatni izlashga jur’at qilganlar uchun! 🔥 Agar sizga sir, tarix va intellektual detektiv yoqsa — bu kitob siz uchun yozilgan! Narxi - 70.000 so'm. ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot +998339030050 +998712300050 ©Two Friends nashriyoti. Instagram  Telegram

  • без подписи

  • 11 апр.69221из vasilbro

    Kecha Niyat bro kutubxonamda mehmon bo’lgandi. Iliq suhbat bahona, yangi nashriyot ochganliklari, debyut sifatida esa Kodeks 632 kitobi tanlanganligi ma’lum bo’ldi. Anchayin dadil yurish. Jose Rodrigues Dos Santosning Kodeks 632 asari intellektual detektiv janrining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi, ko'pincha Da Vinchi kodiga qiyoslashadi. Braundan farqi - nisbatan akademik tilda yozilgan. O’zbekchaga tarjima qilingani katta yutuq bo’libdi. Hadya uchun tashakkur. Yangi zafarlar tilab qolaman.

  • 28 мар.9 3351760

    Jose Rodrigues dos Santos: KODEKS 632 Endi o'zbek tilida.✅ 📚Rio-de-Janeyro: Keksa bir tarixchi mehmonxona xonasida o‘lik holda topiladi. U qoldirgan tadqiqot orasida hammaning e’tiborini tortgan bir hujjat bor edi. Unda: “Moloc Ninundia Omastoos” deb yozilgan. Lissabondan Rio-de-Janeyroga, Nyu-Yorkdan Quddusgacha bo'lgan sayohat... Tarixdagi eng buyuk sirlardan biri, jahon bestseller asari. Haqiqiy tarixiy detektiv asar - KODEKS 632. Oldindan Buyurtma narxi: 70.000 🚛 Yetkazib berish 1-apreldan. ✅ Buyurtma berish: @bookuzbot +998339030050 +998712300050 ©Two Friends nashriyoti. Instagram  Telegram

  • Bugundan siz bilgan hayotning hamma narsasi o'zgaradi... Endi oldingidek bo'la olmaysiz...

  • Channel photo updated

  • Channel created