UFEZ.UZ - "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi
СтатистикаVeb-sayt: www.ufez.uz Facebook: www.fb.com/ufez.uz Instagram: www.instagram.com/fezurgut Urgut, Samarqand, O‘zbekiston
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 44
- 1/48двое суток
- 50
- 1/72трое суток
- 54
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💥 CAITME 2026 - zamonaviy tekstil texnologiyalari Toshkentda! Yigirish va to‘quvchilikdan tortib, bo‘yash, pardozlash va tikuvchilikgacha - jahon tekstil sanoatining eng yangi texnologiyalari bir joyda. Avtomatlashtirish, energiya va suvni tejash, qayta ishlash hamda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini yetakchi jahon kompaniyalari taqdim etadi. 17ta davlat | 250+ kompaniya va brend 📅 8–10 sentyabr kunlari 📍 O‘zekspomarkaz, Toshkent CAITME 2026 - tekstil sanoatini o‘zgartirayotgan texnologiyalarni kashf eting. 📲 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochiq - https://bit.ly/CAITME-uz_reg 👇🏻 Sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 LinkedIn | 📱 Telegram
Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чиқариш ва киритилган инвестиция) ҳисоботларини 2026 йил 4-АВГУСТ кунига қадар кечиктирмасдан тақдим этишингизни сўраймиз. "Ургут" ЭИЗ Дирекцияси.
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿🇨🇳 Ayni vaqtda “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasida Xitoyning Ichki Moʻgʻuliston avtonom rayoni va O’zbekiston davlat korxonalari uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. Bizni kuzatib boring: Telegram|Instagram|Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni Partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Shi Guanhuai boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida "Urgut" EIZ Sariqtepa massiviga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, "Urgut" EIZ direksiyasi direktori J. Xaydarov hamda tuman hokimi o'rinbosari O. Suyunov kutib oldi. Tashrif davomida mehmonlarga hududning mavjud infratuzilmasi, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari va investitsiya salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, bo‘sh yer maydonlarida zamonaviy sanoat korxonalarini barpo etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Bizni kuzatib boring: Telegram|Instagram|Facebook
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
Bugun "Urgut" EIZ Direksiyasi direktor o‘rinbosari B. Amonov hamda bo‘lim boshlig‘i S. Xamraqulov ishtirokida Urgut tumani 1-son kasb-hunar maktabi bitiruvchi o‘quvchilari bilan "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqayotgan yoshlarga "Urgut" EIZda yaratilgan imkoniyatlar, investitsiya loyihalari hamda erkin iqtisodiy zonaning viloyat va respublika iqtisodiyotidagi o‘rni haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Yakunda bitiruvchi yoshlar uchun "Urgut" EIZ korxonalariga biznes-ekskursiyalar tashkil etish hamda zonaning boshqa hududlardagi massivlariga tashriflarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi. Bizni kuzatib boring: Telegram|Instagram|Facebook
Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чиқариш ва киритилган инвестиция) ҳисоботларини 2026 йил 4-ИЮЛЬ кунига қадар кечиктирмасдан тақдим этишингизни сўраймиз. "Ургут" ЭИЗ Дирекцияси.
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasining barcha fidoyi vakillari! Sizlarni kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan "Urgut" erkin iqtisodiy zona direksiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, jamiyat hayotidagi muhim voqealar va amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga tezkor, xolis va haqqoniy yetkazish yo‘lidagi mehnatingiz munosib e’tirofga loyiq. Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ijodiy ilhom, yangi yutuqlar va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi. "Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga, yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart", - dedi Prezidentimiz. Mutasaddilarga xorijiy investorlar ko‘targan 120 ta taklifning yechimi bo‘yicha qaror kiritish topshirildi. Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar investitsiya sifati va samaradorligi bo‘yicha yondashuvlarini o‘zgartirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. So‘nggi besh yilda yurtimizga kiritilgan jami investitsiyaning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgan. Lekin jalb qilingan sarmoyaning iqtisodiyotga qaytimi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi tafovut katta. Masalan, 1 million so‘mlik investitsiya Farg‘onaning yalpi hududiy mahsulotiga qo‘shimcha 273 ming so‘mlik, Samarqandda 262 ming so‘mlik qo‘shilgan qiymat beryapti. Lekin Buxoroda bu atigi 117 ming so‘m. Ya’ni hududga olib kelinayotgan investitsiya samarasi boshqa hududlardan 2 karra past. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 796-son qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etilmoqda. Bizni kuzatib boring: Telegram|Instagram|Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoga O‘zbekistondagi islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va kengash faoliyatiga samarali raislik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Anjumanda qatnashayotgan barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromini izhor etdi. So‘nggi yillarda kengash oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylangani ta’kidlandi. Bugun kengash mustaqil assotsiatsiya maqomiga ega bo‘lib, tom ma’noda kuchli institut darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan bir yil davomida kengash ishtirokchilari soni 54 ta kompaniyadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotimizning 23 ta tarmog‘ini qamrab olib, ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi kengashning Ijroiya qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda. Facebook|Instagram|X