tgindex
Ulug'bek | STUDY BLOG

Ulug'bek | STUDY BLOG

Статистика
@ulugbek_studyузбекский

“Bilim — men uchun boylik emas, boshqalar bilan bo‘lishiladigan xazina.” • Shaxsiy rivojlanishga oid top postlar • Podkast va vebinarlardan "notes"lar • Kitoblardan taqrizlar • Har xil "challange"lar Aloqa: @makhmaraimov_8

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
469
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
307
26 постов
Вовлечённость
65,5%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
66
1/48двое суток
75
1/72трое суток
81

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • Yozda qorni sog’indik. Qishda esa issiqni qumsadik. Shaharda tinchlikni istadik. Tinchlik topgach, zerikdik. Och qolganimizda bir burda non eng shirin ne’mat bo’ldi. Suvsiz qolganimizda esa bir qultum suvning qadrini bildik. Inson ko’pincha o’zida bor…

  • 13 авг.7510из Abdurazzoq_notes

    Yozda qorni sog’indik. Qishda esa issiqni qumsadik. Shaharda tinchlikni istadik. Tinchlik topgach, zerikdik. Och qolganimizda bir burda non eng shirin ne’mat bo’ldi. Suvsiz qolganimizda esa bir qultum suvning qadrini bildik. Inson ko’pincha o’zida bor ne’matning qadrini uni yo’qotgandan keyingina anglaydi. Shukr esa ne’mat yo’qolishidan oldin uning qadrini bilishdir. Balki, ko’proq shukr qilish uchun ba’zan ne’matlardan vaqtincha uzoqlashish kerakdir. Balki, ochlik ro’zaning hikmatlaridan biridir. Balki, ayriliqlar uchrashuvlarning qadrini eslatar. Balki, inson baxtni yangi ne’matlar topishda emas, qo’lidagi ne’matlarni ko’ra olishda topar.

  • Ba'zan hech narsa qilging kelmaydi. Na kitob. Na telefon. Na gaplashish. Shunchaki yotging keladi. Va bilasizmi, balki bunda ham muammo yo'q. Har kuni unumdor bo'lish shart emas. Ba'zan miyaga ham biroz dam berish kerak. Ertaga yana davom etamiz. @ulugbek_study

  • 9 авг.154241

    Martin Iden – Jek London Tavsif: Martin Iden oddiy dengizchi edi. Rufni uchratgach, uning hayoti o'zgaradi. U sevgan qiziga munosib bo'lish uchun kitob o'qiydi, yozishni o'rganadi va yozuvchi bo'lishga harakat qiladi. Voqealar: Martinning yozganlari birin-ketin rad etiladi. Pul ham, ovqat ham yetishmaydi, lekin u baribir to'xtamaydi. Oxiri mashhur yozuvchiga aylanadi. Ammo shu paytda u ilgari orzu qilgan odamlar va jamiyat aslida kuchukday harakat qilishga arzimas emasligini tushunib yetadi. Menda qolganlari: 1. Odam o'z ustida ishlasa, juda ko'p narsaga erisha oladi. 2. Natija darrov kelmasligi mumkin. 3. Maqsadga erishishdan oldin, nima uchun unga intilayotganingni ham bilish kerak. 4. Odamlar jarayonni emas, faqat natijani koʻradi. Keyingisi – "🔥" @ulugbek_study – Sizni aqlliroq qiluvchi kanal

  • Martin Iden yakunlandi. Menga yoqqan kitoblardan biri bo'ldi. Tez orada kitob haqida taqriz postini ham yozaman. Bugundan esa yangi kitobni boshladim. Aleksandr Dyuma - Graf Monte Kristo Ko'pchilik tavsiya qilgan kitoblardan biri. Nasib qilsa, yaqin kunlarda uni ham tugataman. – Hamma tez reaksiya bossin! @ulugbek_study

  • 4 авг.203131

    Tanlovlarni kamaytiring Tanlovlarning koʻpligi har doim ham yaxshi emas. Bir paytlar Stiv Jobs har kuni deyarli bir xil qora sviter kiygan. Sababi moda emasdi. U mayda tanlovlarga kuch sarflamaslikni xohlardi. Chunki kun davomida qabul qiladigan muhim qarorlari yetarlicha ko'p edi. So'nggi paytlarda men ham shunga o'xshash narsani sezdim. Kitob do'konida ishlayotganim uchun har kuni yuzlab kitoblarni ko'raman. Oldin buni katta ustunlik deb o'ylardim. Lekin aksincha ekan. Qaysi kitobni o'qishni tanlashning o'zi ko'p vaqt ola boshladi. Natijada ba'zan mutolaa qilishdan ko'ra, kitob tanlashga ko'proq vaqt ketardi. Ba'zan rivojlanish uchun yana ko'proq imkoniyat kerak emas. Shunchaki, tanlovlarni kamaytirish kerak. @ulugbek_study

  • Salom, hammaga! Oxirgi 3 hafta deyarli ko'rinmadim. Sababi bitta — UstaTap ustida tinmay ishladik. UzCombinator'ga tayyorlanish ham ko'p vaqt va kuch oldi. UzCombinatorga qabul qilinmagan bo‘lsamda bu sarflangan vaqt uchun afsusda emasman. Sizlarni unutganim yo'q. Shu vaqt ichida ko'p narsalarni o'rgandim, endi yana birgamiz. Qaytdim. Endi muntazam kontent bo'ladi. – Keyingi postimiz nima haqida bo‘lsin?

  • Bugun muhim kun!

  • без подписи

  • Ortga hech qachon qaytilmaydigan ikki ketish!!! Ochig'i juda og'riqli!

  • Kutilmagan soʻzi "mening jigarim" Avvalgi postda aytganimdek , oʻzimcha klassika oʻqimoqchi edim va motivatsiya bilan "Oʻtkan kunlar"ni boshlagan edim. Keyin uyda "Tomas Harris"ning to‘plamini ko‘rib qoldim. Bundan avval chiqqan Qo‘zichoqlar sukunati va…

  • Kutilmagan soʻzi "mening jigarim" Avvalgi postda aytganimdek , oʻzimcha klassika oʻqimoqchi edim va motivatsiya bilan "Oʻtkan kunlar"ni boshlagan edim. Keyin uyda "Tomas Harris"ning to‘plamini ko‘rib qoldim. Bundan avval chiqqan Qo‘zichoqlar sukunati va Qizil ajdarhoga qiziqmagan edim. Lekin 20 kun avval chiqqan "Gannibal"ga qiziqdim. Gannibalni o‘qish uchun , Qo‘zichoqlar sukunatini boshladim. – Siz qaysi kitobni mutolaa qilyapsiz? @ulugbek_study

  • Adabiyotdan uzoqman O'ylab ko'rsam unchalik ko'p kitob o'qimayman. O'qigan kitoblarim ham rivojlanishga qaratilgan kitob bo'lyapti. Lekin bu yerda men varaqlab ko'rmagan klassika qolib ketyapdi. O'zbek adabiyotidan: Otkan kunlar, UFQ, Kecha va kunduz, Mehribdan chayon kabi asarlarni hali o'qimaganman. Jahon adabiyotidan: Martin Iden, Andisha va g'urur, Usta va Margarita, Anna Karanina kabi asarlarni ham hali ochib ko'rmadim. Endi o'qiydigan kitoblarimni asosan adabiyot durdonalari qilishga harakat qilaman. Boshqa janrdagi kitoblarni ham o'qiyman. Lekin asosiy urg'uni klassika qaratmoqchiman. Bu fikrimga qanday qaraysiz? Klassika o'qing – "🔥" Balki shart emasdir – "🚀" @ulugbek_study

  • Vatan... Biz uchun mundial yakunlandi. Natija qanday bo'lsa ham, biz o'sha joygacha yetib bordik. JCh VIBEni his qildik. G'alaba qozonmadik. Mag'lublardan bo'ldik. Lekin, qo'ylar orasida zo'r bo'lgandan ko'ra, zo'rlar orasida qo'y bo'lganimiz yaxshiroq bo'lsa kerak. Uchta o'yindan anchagina xulosalar oldik. O'zlari qimirlashga erinadigan insonlar har xil gaplar gapiradi. Xursand bo'ling: Biz mundialda qaysidir yulduz jamoaga muxlis bo'lmadik. Vatanimizga muxlis bo'ldik. Bizning guruh ham anchagina murakkab edi. Biz JChdagi polaponlar edik. O'ylaymanki, biz o'samiz. Safarimiz qaridi... Endi katta klublarga muxlis bo'lib ularning katta o'yinlarini ko'ramiz. Futboldan zavqlaning.

  • Meni kimdir eshitayapdimi - Farida Samir Farida Samirning “Meni kimdir eshityaptimi?” asari shunchaki bir roman emas – bu insoniy fojia, qahramonlik, umid va qalbning ichki nidosi bilan toʻla kuchli hikoya. Turkiyada sodir boʻlgan dahshatli zilzila voqealari asosida yozilgan bu asar real hayotdan olingan syujet orqali oʻquvchini tahlikali damlarga olib kiradi. Asarda vayronalar ostida qolgan doʻstlarning hayot uchun kurashi, kechinmalari, ozgina boʻlsa-da, umidni saqlab qolishga urinishlari yurakka bevosita ta’sir qiladi. Muallifning oʻziga xos samimiy va ogʻriqli uslubi voqealarni xayolimizda emas, goʻyo koʻz oʻngimizda jonlantiradi. Bu roman – nafaqat tabiiy ofatning oqibatlari, balki insonlarning bir-biriga boʻlgan muhabbati, sabr-matonati va qat’iyati haqidagi hayotiy saboqdir. Har bir sahifada “Meni kimdir eshityaptimi?” degan nolani eshitasiz. Va bu savol – shunchaki sukunat emas, balki javob izlovchi qalbning ohangidir. (Asaxiydan) Nido nashriyoti tomonidan chiqarilgan ushbu kitob Turkiyada sodir bo’lgan zilziladagi insonning kechinmalarini kitob ko’rinishida yozadi. Ushbu asarni o’qiganingizdan keyin asl o’zligingiz haqida tafakkur qila boshlaysiz. Ko’pchilik turk adabiyotlari kabi ushbu asarda ham hayotiy voqealar orqali qaysidir diniy mavzu ochilgan va juda chiroyli tarzida ifodalab berilgan. (O’zimdan) Voqealar: Ushbu kitobda Turkiyadagi zilzila 90 soat qulagan binolar ostida qolib ketgan To’rg’ayning hayotidan hikoya qilinadi: U (To’rg’ay) oilasi ziyoli bo’lsada , do’stlar ta’sirida ahloqiy buzilishga uchragan edi. U deyarlı o’z oilasining gapiga quloq solmas va do’stlari bilan ko’ngilxushlik qilar edi. Shunday bemani kunlarning birida o’sha dahshatli zilzila sodir bo’ladi. Shu zilziladan so'ng falokat ostida qolgan To'rgay 90 soat davomida o'z hayoti davomida qilgan xatolarini to'liq anglab yetadi. Falokatdan so'ng u oyoqsiz qolgan bo'lsada, u o'z hayotida halovat bilan yashay boshlaydi. P.s: Kitobda iqtibos keltirish mumkin bo'lgan juda ko'p jumlalar bor. Men qaysi birini yozishni bila olmadim. Reaksiya = Kitob📚 @ulugbek_study - Sizni aqlliroq qiluvchi kanal

  • Abdurazzoq Gurna — Jannat Kitob haqida: ​Nomi "Jannat" bo‘lgani bilan, ichidagi hayot ancha achchiq. Voqealar Afrikada bo‘ladi va mustamlakachilik davridagi og‘ir hayotni bitta bolakayning ko‘zi bilan ko‘rsatib beradi. Voqealar: ​Bosh qahramon — Yusuf ismli sodda va chiroyli bola. ​Otasi qarzga botib ketgach, 12 yoshli Yusufni Aziz" ismli boy savdogarga qarz evaziga qullikka berib yuboradi. Yusuf boyning chiroyli hovlisida yashaydi, lekin bu joy u uchun bitta tilla qafas edi. ​Yusuf ulg‘aygani sari boy bilan xavfli savdo safarlariga chiqib, dunyoning yovuzligini ko‘radi. Uyga qaytgach esa boyning xotini unga ko‘z olaytirib, yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi ​Oxirida yurtga nemis askarlari bostirib keladi. Yusuf chorasizlikdan boyning qulligidan qochadi-yu, ammo battarroq zindonga — majburiy askar yig‘ayotgan nemis armiyasining ketidan ketadi. (nemislarga qo'shilishi aytilmagan kelib kitobning so'nggi jumlasi shuni bildiradi) Reyting: 8/10 Xulosa: ​Birovga qaram bo‘lib, sening hayotingni boshqalar hal qilayotgan joyda hech qachon "jannat" bo‘lmaydi. Keyingi kitob uchun — "🍓" @ulugbek_study — Sizni aqlliroq qilish uchun qaytgan kanal

  • Yondirishimiz kerak. Kerakli kitobni tanlang

  • без подписи