tgindex
Ulugbek Creative⚡ 🚀🇺🇿

Ulugbek Creative⚡ 🚀🇺🇿

Статистика
@ulugbekcreativeузбекский

UzCombinator, Startaplar va ular orqali dunyoni yanada yaxshilash haqida. Instagramda asosan storieslar : ulugbek_creative

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
347
+2 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,29%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
236
24 постов
Вовлечённость
68,0%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
148
1/48двое суток
169
1/72трое суток
182

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • STARTAP INVESTITSIYA OLGANDA SIZNING ULUSHINGIZ “YUVILADI”. BU NIMA DEGANI? Tasavvur qiling, siz startap ochdingiz. Kompaniya boshida 100% sizniki. Startapingizning qiymati $1 million bo‘ldi. Investor kelib: — Men $250 ming investitsiya qilaman, — dedi. Investitsiyadan keyin kompaniya qiymati: $1 mln + $250 ming = $1,25 mln Investorning ulushi: $250k / $1,25 mln = 20% Demak: Siz: 80% Investor: 20% Sizning 100% ulushingiz 80%ga tushdi. Mana shu — dilution, ya’ni ulushning suyulishi/yuvilishi. Lekin eng muhim joyi boshqa: Oldin sizda $1 millionlik kompaniyaning 100%i bor edi. Endi sizda $1,25 millionlik kompaniyaning 80%i bor. Bu ham $1 million. Ya’ni investor sizning ulushingizning bir qismini shunchaki olib qo‘ymadi. Kompaniyaga yangi kapital kirdi va umumiy “pirog” kattalashdi. 🍕 Buni pizza bilan tasavvur qilish oson. Sizda 8 bo‘lakli pizzaning 8 tasi bor. Investor kelgach pizza 10 bo‘lakka kattalashdi. Sizda hamon 8 bo‘lak bor, lekin endi bu pizzaning 80%i. Keyingi raundda yana investor kelsa, sizning foizingiz yana kamayishi mumkin: 100% → 80% → 64% → 50% → 40%… Bu har doim yomon degani emas. Asosiy savol: “Menda qolgan ulush qancha qiymatga ega?” Masalan: 100% × $1 mln = $1 mln 40% × $100 mln = $40 mln 10% × $1 mlrd = $100 mln Foiz kamaymoqda, lekin sizga tegishli aktivning qiymati o‘smoqda. Yanada tushunarli bo’lishi uchun Airbnb misoli Airbnb ham tashqi investitsiyalar olib, yillar davomida ko‘plab moliyalashtirish raundlaridan o‘tgan. Kompaniya birjada savdoga chiqqanidan keyin ham hammuassislardan Brian Chesky kompaniyaning 100%iga emas, uning bir qismiga egalik qilgan. SEC hujjatlarida 2025-yilda Cheskyga tegishli Class A aksiyalar bo‘yicha ulush 13.7% sifatida qayd etilgan. Shuning uchun yaxshi founder faqat “Investor menga qancha pul beradi?” deb so‘ramaydi. “Buning evaziga qancha equity beraman va keyingi 3–4 raunddan keyin menda qancha ulush qoladi?” Investitsiya olish — kompaniyaning bir qismini yo‘qotish emas. Kichikroq foiz evaziga ancha kattaroq kompaniya qurish savdosi. Faqat bitta shart bilan: Siz bergan ulushdan ko‘ra investor olib kirgan kapital kompaniya qiymatini ko‘proq oshirishi kerak. Bu mavzuda yozishimdan maqsad so’ngi kunlarda asoschilarning ko’pchiligiga tushuntirishga to’g’ri keldi. 🚀Boshqalar bilan bo’lishing qolganlarga ham foydali bo’lsin. @ulugbekcreative

  • видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.16471из turdialiyevhasan

    Messining otasiga maktubuni ovozlashtirdim. Otasizlik dardini his qilgan inson sifatida o’zim ham juda ta’sirlandim. 🌐Telegram 🌐Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🧭 O‘z kompasingizni tuzib ko‘ring! Bugun professor Mark Beck juda oddiy, lekin kuchli mashq ko‘rsatdi: hayotingiz uchun shaxsiy kompas yarating. Buning uchun bir varaq oling va markaziga kompas chizing. Keyin 4 tomonga quyidagilarni yozing: ⬆️ NORTH STAR — Shimoliy yulduzingiz Hayotingizdagi eng katta yo‘nalish nima? Men nima uchun yashayapman va oxir-oqibat nimaga xizmat qilmoqchiman? ➡️ 10 YEAR VISION — 10 yillik tasavvur 10 yildan keyin hayotingiz qanday bo‘lishini xohlaysiz? Ish, biznes, oila, jamiyatga ta’sir, moliyaviy holat — katta rasmni yozing. ⬅️ 3 YEAR GOALS — 3 yillik maqsadlar Keyingi 3 yilda aniq nimalarga erishishingiz kerak? 3–5 ta o‘lchanadigan natija yozing. ⬇️ MY CODE — Shaxsiy kodeksingiz Qanday tamoyillarni hech qachon buzmaslikka harakat qilasiz? Masalan: va’dada turish, odamlarni qadrlash, halollik, doim o‘rganish, oilaga vaqt ajratish. Eng muhim qismi esa — hammasi bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak. Bugun qilayotgan ishlaringiz → 3 yillik maqsadlaringizga, 3 yillik maqsadlaringiz → 10 yillik tasavvuringizga, 10 yillik tasavvuringiz esa → North Star’ingizga olib borishi kerak. - Bunga 15–20 daqiqa ajrating. Mukammal yozishga urinmang. Birinchi versiyasini yarating, keyinchalik yangilab borasiz. Kompassiz tez yurish mumkin. Faqat noto‘g‘ri tomonga ketayotgan bo‘lishingiz ham mumkin. Shunday qilib kompas bilan qayerga ketayabsiz? Yuqorida Professorning va Elon Muskning kompas bilan yo’llari qayerga ketayotgani haqida. @ulugbekcreative

  • Siz investor sifatida qaysi sohalarga va kimlarga investitsiya kiritasiz? Cornell bilan dasturning birinchi kunida Mark Beckdan, uning Linkedinida Investor sifatida o’zini ta’riflagani sababli savolim borligi va u qaysi sohalarga va kimlarga investitsiya kiritishini so’radim. Uning javobi qisqa va tushunarli bo’ldi, Harvardda MBAda o’qiyatganida Warren Buffett mehmon sifatida kelganida shu savol ko’tarilgani va uning javobini aytdi : “Men o’zim tushunadigan sohalarga!” Endi xulosa shundaki asoschilarga : Borayotgan VCingiz, Angel Investoringiz qaysi sohalarni yaxshi tushunadi? Shuni o’rganing! U tushunmagan sohani tushunadi deb o’ylab minutlab gapirmang. @ulugbekcreative

  • ZOPA — muzokarada kelishuv bor joyni topish Bugun Mark Beck’ning “Leading Innovation Case: Himmel & Berne, Part II” sessiyasida muzokaralardagi juda muhim tushunchalardan biri — ZOPA haqida gaplashdik. ZOPA — Zone of Possible Agreement, ya’ni ikki tomon ham rozi bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuv oralig‘i. Oddiy misol: Tasavvur qiling, siz startupingizga investitsiya jalb qilyapsiz. Siz kompaniyaning 10% ulushini kamida $100,000 ga berishga tayyorsiz. Investor esa shu 10% uchun maksimal $130,000 to‘lashga tayyor. Demak: Founder: $100K va undan yuqori Investor: $130K va undan past 👉 $100K — $130K oralig‘i ZOPA. Chunki aynan shu hududda ikkala tomon uchun ham maqbul kelishuv topish mumkin. Harvard’ning Program on Negotiation markazi ham ZOPA’ni tomonlarning qabul qilishi mumkin bo‘lgan natijalari kesishadigan diapazon sifatida tushuntiradi. Lekin slayddagi yana bir muhim tushuncha — BATNA. BATNA — Best Alternative to a Negotiated Agreement. Sodda qilib: “Agar bu kelishuv amalga oshmasa, mening eng yaxshi boshqa variantim nima?” Masalan, sizga investor $70K taklif qildi. Lekin boshqa investor sizga xuddi shu ulush uchun $100K berishga tayyor. Demak, birinchi investor bilan shunchaki “deal qilish uchun deal qilish” shart emas. Sizda kuchli BATNA bor. BATNA qanchalik kuchli bo‘lsa, muzokaradagi pozitsiyangiz ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Mark Beck ko‘rsatgan slaydda ham aynan shu mantiq juda yaxshi ko‘rinadi: Ya’ni yaxshi muzokarachi faqat: “Men nimani xohlayman?” deb o‘ylamaydi. U uchta savol beradi: Mening BATNA’m nima? Qarshi tomonning BATNA’si nima? Va bizning ZOPA’miz qayerda? Eng qiziq joyi shundaki, ba’zida ZOPA dastlab umuman yo‘qdek ko‘rinadi. Shunda muzokarani faqat narx atrofida olib borish o‘rniga, muddat, ulush, bonus, eksklyuzivlik, to‘lov shakli, kelajakdagi hamkorlik kabi boshqa parametrlarni qo‘shib, yangi ZOPA yaratish mumkin. Bu muzokarani “kim yutadi?” degan o‘yindan “qanday qilib ikkala tomon uchun ham qiymat yaratamiz?” degan fikrlashga olib keladi. Men uchun bugungi sessiyadan asosiy xulosa: Kuchli muzokarachi ko‘proq gapiradigan odam emas. U kelishuvdan oldin o‘z BATNA’sini biladigan va ZOPA qayerdaligini tushunadigan odam. Bu post ayniqsa ulushlar belgilashda ishtirok etgan asoschilarga yaxshi tanish😎 @ulugbekcreative

  • Bizneslarning 15 foizi uchun muvaffaqiyatning aniq algoritmi bor! 1. Agar dunyodagi bizneslarning taxminan 15 foiziga mos keladigan platforma yaratmoqchi bo‘lsangiz, bitta qiziq faktni biling: dunyodagi har yettinchi biznes — bu franshiza. Franshiza asosida ishlaydigan filialning muvaffaqiyati esa bitta omilga bog‘liq. 2. U franchayzer belgilagan standartlar va biznes jarayonlariga qanchalik aniq amal qilayotgani. Bu esa algoritmik masala bo‘lgani uchun, uni sun’iy intellekt yordamida samarali hal qilish mumkin. 3. Buning yana bir katta afzalligi bor. Agar siz platformangizni bitta yirik franshiza egasiga sota olsangiz, u orqali avtomatik ravishda uning tarkibidagi o‘nlab, yuzlab, hatto minglab franchayzi filiallari ham sizning mijozingizga aylanishi mumkin. Bu esa bitta savdo orqali juda katta B2B bozoriga kirish imkoniyatini beradi. Manba @ulugbekcreative

  • видео или голосовое, без подписи

  • “Innovatsiya ko‘pincha yangi mahsulot yaratishdan boshlanadi, ammo katta kompaniyalarni keyingi bosqichga olib chiqadigan narsa – strategik qarorlardir.” Bugun Cornell University va UzCombinator hamkorligidagi dasturimizning ikkinchi kunida professor Mark Beck bilan Leading Innovation Case: Himmel & Berne mavzusini tahlil qildik. Darsning eng kuchli jihati shundaki, unda innovatsiya faqat texnologiya yoki mahsulot bilan bog‘lanmadi. Asosiy e’tibor rahbarning inqiroz paytidagi qarorlariga qaratildi. Professor bir necha savollarni o‘rtaga tashladi: - Jamoamiz murakkab vaziyatni hal qila oladigan darajadami? - Talab bilan ishlab chiqarish imkoniyati o‘rtasidagi farq nimadan kelib chiqmoqda? - Raqobatchilar qanday harakat qilmoqda? - Mijozlar tajribasini yaxshilash uchun qayerda innovatsiya qilish mumkin? - Bugungi qiyinchilikdan qanday qilib ertangi ustunlikni yaratamiz? Bu savollar har qanday startup yoki biznes uchun ham dolzarb. Case davomida yana bir muhim fikr ilgari surildi: kompaniya mahsulot sotishga emas, mijozga uzoq muddatli ishonch va yetkazib berish kafolatini sotishga harakat qilishi kerak. Shu yondashuv asosida ishlab chiqilgan Bold Plan quyidagi g‘oyalarga tayandi: - muammoni boshqacha nuqtadan ko‘rish; - mavjud ishlab chiqarish quvvatini maksimal darajada oshirish; - kelgusi 10 yilni hisobga olib yangi zavod qurish; - mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; - ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va innovatsiyalarga sarmoya kiritish; - resurslarni eng katta qiymat yaratadigan mijozlar va loyihalarga yo‘naltirish (80/20 tamoyili). Kuchli rahbar muammolarni boshqarish bilan cheklanmaydi. U kelajakdagi imkoniyatlarni bugundan qurishni boshlaydi. Startup asoschilari sifatida biz ham o‘zimizga tez-tez bitta savolni berib turishimiz kerak: Bugungi qarorlarimiz kompaniyamizni 5–10 yildan keyin qayerga olib boradi? Aynan shu savol strategiyani kundalik operatsiyalardan ajratib turadi va uzoq muddatli g‘oliblarni shakllantiradi. @ulugbekcreative

  • Startup qurishda sizni oldinga olib chiqadigan eng katta ustunlik nima? Cornell University professori Chad Carlosning Entrepreneurial Mindset and Performance darsida menga eng ko’p ta’sir qilgan mavzulardan biri — Growth Mindset bo’ldi. Startup olami noaniqlik bilan to’la. Bugun ishlagan usul ertaga natija bermasligi mumkin. Investor rad javobini berishi, mijoz mahsulotni qabul qilmasligi yoki jamoa kutilmagan sinovlarga duch kelishi tabiiy. Shunday vaziyatlarda ikki xil yondashuv paydo bo’ladi. Birinchisi — Fixed Mindset. Bu yondashuvda inson qiyinchilikni o’z qobiliyatining o’lchovi sifatida qabul qiladi. G’oyani himoya qiladi, murakkab suhbatlardan chetlashadi va muvaffaqiyatsizlikni yakuniy hukm deb hisoblaydi. Ikkinchisi esa — Growth Mindset. Bu yondashuv har bir sinovni yangi ma’lumot sifatida ko’radi. Har bir rad javobi — yangi dars. Har bir xato — mahsulotni yaxshilash imkoniyati. Har bir tajriba — keyingi qarorni aniqroq qilish uchun signal. Tadbirkorlikning o’zi noaniqlik ustiga qurilgan. Shu sababli muvaffaqiyatga olib boradigan eng muhim ko’nikmalar — savol berish, tajriba o’tkazish va bardoshlilik. Bu fazilatlarning barchasi mehnat orqali rivojlanadi. Dars oxirida u oddiy, lekin kuchli mashqni tavsiya qildi. Bir hafta davomida o’zingizni kuzating. Qachon g’oyangizni sinash o’rniga himoya qilayotganingizni, qachon qiyin suhbatni keyinga surayotganingizni, qachon muvaffaqiyatsizlikka ortiqcha ma’no yuklayotganingizni sezishga harakat qiling. Ana shu lahzalar o’sish uchun eng katta imkoniyatlarni yashiradi. Startup qurishda eng qimmat resurs pul yoki texnologiya bo’lishi mumkin. Lekin uzoq masofada asoschini ajratib turadigan sifat — har safar yangi narsani o’rganishga tayyor bo’lishidir. Kuchli asoschilar har doim to’g’ri javob izlamaydi. Ular har bir tajribadan yaxshiroq savollar berishni o’rganadi. @ulugbekcreative

  • Siz mijoz bilan gaplashayotganingizni o’ylaysiz. Aslida esa ikkalangiz ham bir-biringizni aldayotgan bo’lishingiz mumkin. Biz odatda customer interview o’tkazayotganimizda respondent yolg’on gapirishi mumkin deb o’ylaymiz. Aslida esa xatolar ikki tomondan keladi. 1. Intervyu oluvchi (Founder)ning xatolari Ko’pincha asoschi o’z g’oyasini isbotlash uchun intervyu qiladi. U haqiqatni emas, tasdiqni qidiradi. Masalan: Confirmation Bias Oldindan ishongan fikrimizni tasdiqlaydigan javoblarni eslab qolamiz, aksini esa e’tiborsiz qoldiramiz. Overconfidence Bias “Mijoz nima demoqchi bo’lganini tushundim.” Aslida esa noto’g’ri tushungan bo’lishimiz mumkin. Optimism Bias “Hammasi yaxshi ketadi.” Bozor esa optimizmingizga emas, faktlar uchun mukofot beradi. ⸻ 2. Respondentning xatolari Mijoz ham doim haqiqatni aytmaydi. Ba’zan u sizni xafa qilmaslik uchun javob beradi. Ba’zan esa o’zi ham kelajakdagi xatti-harakatini noto’g’ri baholaydi. Masalan: “Ha, albatta sotib olaman.” “Bu juda zo’r g’oya.” “Chiqqach birinchi bo’lib ishlataman.” Lekin mahsulot chiqqanida… Hech narsa qilmaydi. Chunki odamlarning aytgani bilan qilgani ko’pincha bir xil bo’lmaydi. ⸻ Startup uchun eng katta xulosa Customer discovery’da eng xavfli savol: “Bu g’oya sizga yoqdimi?” Eng foydali savollar esa boshqacha bo’ladi: Oxirgi marta bu muammo qachon sizda yuz bergan? Uni qanday hal qildingiz? Buning uchun qancha pul yoki vaqt sarfladingiz? Nega aynan shunday yo’l tutdingiz? Bu savollar fikrni emas, haqiqiy xatti-harakatni ochib beradi. Startuplar ko’pincha yomon mahsulot qurgani uchun emas, noto’g’ri ma’lumot asosida mahsulot qurgani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Asoschining vazifasi o’z g’oyasini tasdiqlash emas. Uni inkor qilishi mumkin bo’lgan faktlarni izlashdir. Chunki bozorda sizning fikringiz emas, mijozning haqiqiy xatti-harakati g’alaba qozonadi. @ulugbekcreative

  • Startup g’oyangizni bitta savol hal qiladi. Bugun Cornell University professori Chad Carlosning Entrepreneurial Mindset and Performance darsida juda sodda shu bilan birgalikda kuchli modelni ko’rdik. Har qanday startup yoki mahsulotni baholash uchun uchta savol kifoya. 1. Desirable (Odamlarga kerakmi?) Mijozlar bu muammoni haqiqatan ham his qiladimi? Ular buning uchun vaqt yoki pul sarflashga tayyormi? Agar javob “yo’q” bo’lsa, eng zo’r texnologiya ham foydasiz. 2. Feasible (Buni qurish mumkinmi?) Sizning jamoangizda bunga yetarli bilim, texnologiya va resurs bormi? Har qanday yaxshi g’oya bugungi texnologiyalar bilan amalga oshmasligi mumkin. 3. Viable (Biznes sifatida yashay oladimi?) Bu mahsulot daromad keltiradimi? Unit economics ishlaydimi? Investor yoki bozor nuqtai nazaridan bu model uzoq muddat yashaydimi? Ko’p startaplar aynan shu bosqichda qiynaladi. Eng qiziq joy esa uchala doiraning kesishgan nuqtasi. Haqiqiy innovatsiya aynan shu yerda tug’iladi. Faqat “Desirable” bo’lsa — odamlar xohlaydi, lekin uni qurib bo’lmaydi. Faqat “Feasible” bo’lsa — texnik jihatdan zo’r, lekin hech kimga kerak emas. Faqat “Viable” bo’lsa — biznes modeli bor, lekin mijoz uchun qiymat yaratmaydi. Yaxshi asoschi har safar o’ziga quyidagi uchta savolni berishi kerak: Odamlar bunga muhtojmi? Biz buni qura olamizmi? Bu biznes sifatida ishlaydimi? Shundan keyingina MVP qurishni boshlash kerak. Ko’pincha startaplar kod yozishdan yiqilmaydi. Ular shu uchta savoldan bittasiga halol javob bermagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Tadbirkorlik faqat g’oya topish emas, balki g’oyani ushbu uchta mezon orqali tanqidiy sinovdan o’tkazish qobiliyatidir. @ulugbekcreative

  • Muvaffaqiyatsizlik — innovatsiyaning narximas, uning ustozi. Bugun Cornell University professori Wesley Sinening Becoming an Innovator darsida yana bir muhim fikr aytildi: “Failure is an opportunity to learn.” Muvaffaqiyatsizlik — bu o’rganish imkoniyati. Buni isbotlash uchun u Scotchgard mahsulotining ixtirochisi Patsy Sherman misolini keltirdi. Aslida Patsy Sherman umuman boshqa muammoni hal qilish ustida ishlayotgan edi. Tajribalar davomida laboratoriyada kimyoviy modda tasodifan poyabzalga to’kilib ketadi. Uni hech qanday usul bilan tozalab bo’lmaydi. Ko’pchilik bunday holatni shunchaki muvaffaqiyatsiz tajriba deb qabul qilardi. Lekin haqiqiy innovator boshqacha fikrlaydi. Sherman o’ziga shunday savol berdi: “Nega bu modda ketmayapti?” Aynan shu qiziqish natijasida keyinchalik butun dunyoda mashhur bo’lgan Scotchgard — matolarni suv va dog’lardan himoya qiluvchi mahsulot yaratildi. Oddiy ko’ringan laboratoriya xatosi milliardlab dollarlik innovatsiyaga aylandi. Shu sabab Wesley Sine innovatorning eng muhim odatlaridan biri sifatida eksperiment qilishni ta’kidladi. Startup qurayotgan asoschilar uchun bundan katta xulosa bor: Har bir muvaffaqiyatsiz MVP — yangi ma’lumot. Har bir rad etilgan mijoz — bozor sizga nimanidir o’rgatayotganini anglatadi. Har bir ishlamagan g’oya — keyingi to’g’ri qarorga yaqinlashtiradi. Muammo muvaffaqiyatsizlikda emas. Muammo — undan hech narsa o’rganmaslikda. Innovatorlar xatodan qochmaydi. Ular xatodan bilim olishni o’rganadi. Chunki ba’zida eng katta imkoniyat aynan “hammasi reja bo’yicha ketmagan” joyda yashiringan bo’ladi. @ulugbekcreative

  • Innovator bo‘lish uchun 2 xil liderlik birdek muhim Bugun UzCombinator’da Cornell University professori Wesley Sinening “Becoming an Innovator” mavzusidagi darsida juda qiziq bir fikr muhokama qilindi. Ko‘pchilik asoschilar faqat g‘oya topishga yoki aksincha faqat ijroga urg‘u beradi. Aslida esa muvaffaqiyatli startup qurish uchun ikkala liderlik uslubi o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. 1. Discovery-Driven Leadership — Yangilikni topuvchi lider Bu bosqichning vazifasi — to‘g‘ri muammoni va eng yaxshi imkoniyatni topish. Bunday asoschilar: - Ko‘p savol beradi. - Atrofni kuzatadi. - Turli g‘oyalarni sinab ko‘radi. - Turli odamlar bilan muloqot qilib yangi fikrlarni yig‘adi. - Bir-biriga aloqasi yo‘qdek ko‘ringan narsalarni bog‘lab yangi yechim yaratadi. Bu bosqichda maqsad javob topish emas, to‘g‘ri savollarni topish. ⸻ 2. Delivery-Driven Leadership — Natija chiqaruvchi lider Eng zo‘r g‘oya ham ijrosiz hech narsaga arzimaydi. Shu sabab ikkinchi bosqichda asoschi: - Ma’lumotlarni chuqur tahlil qiladi. - Aniq reja tuzadi. - Detallarga e’tibor beradi. Intizom bilan rejani oxirigacha bajaradi. Bu yerda asosiy savol: “Qanday qilib g‘oyani haqiqiy mahsulot va biznesga aylantiramiz?” ⸻ Innovatorning kuchi — muvozanatda Ko‘plab founderlar ikki xatodan birini qiladi: - Juda ko‘p o‘ylaydi, lekin mahsulot chiqarmaydi. Yoki - Juda tez mahsulot quradi, lekin noto‘g‘ri muammoni yechayotganini kech tushunadi. Eng kuchli innovator esa bu ikki qobiliyatni navbatma-navbat ishlata oladi. Avval: Question → Observe → Experiment Keyin: Analyze → Plan → Execute Startupning dastlabki bosqichida Discovery ko‘proq kerak bo‘lsa, product-market fit topilgandan keyin Delivery tobora muhimlashadi. Shuning uchun har bir founder o‘ziga savol berishi kerak: Men bugun yangi imkoniyatlarni izlayotgan lidermanmi yoki topilgan imkoniyatni mukammal ijro qilayotgan liderman? Eng yaxshi asoschilar esa vaziyatga qarab ikkala rolni ham o‘z vaqtida bajarishni o‘rganadi. — Cornell University professori Wesley Sinening “Becoming an Innovator” darsidan asosiy xulosalardan biri. @ulugbekcreative

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Ulugbek Creative⚡ 🚀🇺🇿 — tgindex