Anvar Ulugov
СтатистикаFoydali ma'lumotlarni ulashish uchun Linkedin: https://www.linkedin.com/in/ulugov/ Youtube: https://www.youtube.com/c/Ulugovs Website: ulugov.com Github: https://github.com/anvarulugov
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 58
- 1/48двое суток
- 66
- 1/72трое суток
- 71
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kanalimga post yozishdan oldin o'zimga quyidagi savollarni beraman va ijobiy javob olsamgina post yozaman, ammo doim ham fikrlarim bu filterdan o'ta olmaydi va kanalgacha yetib kelmaydi: • bu o'quvchilar uchun foydalimi - insonlar vaqt ajratib o'qishiga arziydimi? • ertaga bu yozgan narsamdan pushaymon bo'lmaymanmi? • bu ma'lumot allaqachon boshqa manbalarda e'lon qilinib, ko'pchilik bundan allaqachon xabardor emasmi? @ulugovanvar
Assalomu alaykum do‘stlar, Angliyaga ko‘pchilik o‘qish uchun keladi. Lekin ular orasida o‘z mahoratini ko‘rsatib, ishlab-yashab ketish niyatida keladiganlar ham bor. Buning uchun maxsus viza turi bor. Talant viza - Mahoratli inson vizasi UzTech UK jamoamizning mehmoni aynan shunday viza sohibi Siroj (Sam) Boboyev. FinTech sohasida mutaxassis. Fintech Wrap Up media blogini asoschisi (egasi). Talant viza sohibi. Qanday qilib Talan viza olish mumkinligi, shartlari, bosib o‘tiladigan yo‘l haqida so‘zlab berdilar. O‘ylaymanki sizga ham qiziq bo‘ladi. Ishdan keyin dam olib, tomosha qilish uchun mavzu: 📱 https://youtu.be/SEBYI2CY22M?is=GXlAKW2t9rbASib6 02.07.2026 London @DrAlgorithm
Бесплатный опенсорс инструмент, который за секунды превращает любые PDF, Word, Excel или отсканированные изображения в чистый Markdown: • текст в правильном порядке • таблицы в HTML • формулы в LaTeX • OCR • 109 языков Работает через CLI, Python или веб. Запускается локально на твоём компьютере. 100% приватно. Больше 70000 звёзд на GitHub.
…чавандозларнинг ёпинчиклари шамолда уйнаб, отларининг туёклари эса ерни аёвсиз топтаб бормокда. Баъзи чавандозлар найза тутиб, бошкалари килич уйнатиб борар, уларнинг йулида турган румликлар эса дахшатдан ларзага келишмокда, чунки уларнинг устига хеч ким карши тура олмайдиган ва руй берган вокеа хакида бировга гапириб бериши мумкин булган бирор зони хам тирик колдирмайдиган Учкур Гвардия отилиб келмокда. Унинг чавандозлари хужумга бир саф булиб эмас, бири-биридан илгарилаб, кутурган туфондек ёпирилиб келмокда. Чавандозлар гуё ким узарга уйнаётгандек, уз биродаридан ошиб кетишга ва кофирларга биринчи булиб ташланишга интилишмокда, барчани, Сардоридан бошка барчани, ортда колдиришга интилишмокда, зеро, хеч кимга Сардордан олдинга утишга рухсат берилмаган ва берилмайди хам! Nihoyat kitob tugadi... Har safar kitob tugaganda endi buyog'iga nima qilaman, endi ularsiz qanday yashayman degan hissiyotga o'xshash hissiyot keladi. Har safar bir kitobni tugatayotganimda N. Hasanovaning bir kitob haqida uning oxirini ataylab o'qimay olib qo'ygani, agar oxirini o'qisa shu bilan u kitob tamom bo'lishiga chiday olmasligini aytgan gaplari esimga tushadi. Endi hazrat Xolid, hazrati Abu Ubayda, hazrati Ziror kabi pahlavonlarning qahramonliklari haqida o'qimay, ularni sog'inib yashashga majburman... @ulugovanvar
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing. Barchangizni kutamiz. @UzGeeksCommunity
SI klasterimizga 1 mln dollar investitsiya kiritdik Bu klaster bilan: – qimmat bulutli serverlarga qaramlikdan qutulamiz; – oldin oʻqitishga haftalar sarflangan modellarni bir necha soatda oʻqitamiz; – maʼlumotlar himoyasi muhim boʻlgan strategik tashkilotlar…
🟦🟦🟦 “UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ! ⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi. 🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi. ➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha: 1. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager) 2. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager) 3. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO) 4. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO) Mavzular yana to'ldirilmoqda. ✅Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. 🗺Manzil: Muminov 4/1; ⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00. ❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda. Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com @UzGeeksCommunity
Kecha Amir Temur haqida yangi ishlangan kinoga tushdik. Metroda anonsini ko'rib to'lig'ini ko'rishni niyyat qilib qo'ygan edim. Qisqacha xulosam: kino ancha soddalashtirilgan ko'proq bolalarga mos kino ekan. Quyida avval menga yoqqan jihatlari, keyin yoqmagan jihatlari bilan bo'lishaman, bularning oddiy tomoshabin sifatidagi shaxsiy fikrlarim: - tabiat manzaralari, shahar manzaralari, shafaq, ufq umuman kartinalar juda chiroyli chiqqan - soundtrek ham yaxshi ekan, ba'zilar Hans Zimmer bilan hamkorlik qilingan deyishdi, o'zim tekshirib ko'rmadim - voqealar ketma-ketligini tushunish oson - aktyorlar notog'ri tanlangan, Temur ham Husayn ham ko'ziga surma surgan arablarga o'xshaydi, umuman turkiylarga o'xshamaydi - dialoglar juda jo'n, gollivud kinolari dialoglariga taqlidga o'xshaydi, umuman siyosiy shaxslar emas, qandaydir mayda odamlarning suhbatiga o'xshaydi - kino lavhalari deyarli to'liq plagiat, har xil filmlardan yaxshi kadrlarga taqlid qilib ishlangan - syujjet rasvo, men o'qigan kitoblarga umuman mos kelmaydi 🙂 - Temur Ilyos Xo'ja bilan qarama qarshilik boshlangandan keyin qattiq jarohat olib, Eronda qandaydir qaroqchi to'da qaramog'ida davolanadi, unga Kayxusrav degan sobiq leytinanti AQL o'rgatadi 🙄, eng daxshati unga qilichlashishni o'rgatishadi, YOG'OCH qilichda - aqlga sig'dirish qiyin, nimaga? Chunki film boshida allqachon Temur Samarqand Amiri qo'mondoni bo'ladi, bu degani u avvalgi qo'mondonni bir o'zi qo'shini oldida yengan va qo'mondonlikni undan olib qo'yib bo'lgan degani, o'sha paytda Temur ikki qo'lda qilich bilan bemalol baravar jang qila olar edi, bular unga yog'och qilich berib qo'yishibdiya!!! 🤔 Qisqasi qanaqdir Vandamni kinosiga o'xshab ketadi... Kino Amir Temur hayotini to'liq qamrab olmaganidan xursand bo'ldim, sal insof qilishibdi 🙂 @ulugovanvar
без подписи
Bugun yangi kitob boshladim. Kitob yana tarix haqida, aniqrog'i harbiy tarix haqida. Tarixchilar farzandi bo'lganim uchunmi tarixga qiziqishim o'zgacha. E'tibor bersam, o'qiydigan kitoblarim ham asosan tarixga oid kitoblar ekan, youtubeda ham "Kings and Generals", "History Marche" kabi kanallar eng yoqtirib kuzatib boradigan kannalldardan. Bugungi kitob ham "History Marche" kanalida bir necha yillar oldin e'lon qilingan, men vaqti-vaqti bilan qayta-qayta ko'rib turadigan Yarmuk jangi qahramoni haqida. Jang tarixi, harbiylar qahramonliklariga juda qiziqqanim uchunmi, janglarni men insoniyat tarixidagi "checkpoint"lar (конрольные точнки)ga o'xshataman. Xuddi tarix hikoyalari jangdan-jangacha bo'lgan voqealarday tuyuladi. Kitob Pokistonlik general tomonidan yozilgan ekan. Muallif kitobni yozish jarayonida sayohatga chiqib, jang sodir bo'lgan joylarni shaxsan o'zi borib o'rganib chiqqan ekan. Sayohatlaridan birida Mu'ta jangi sodir bo'lgan joyda masjid qurilayotgani haqida yozibdi, u yerdagi odamlarga o'sha - sal kam bir yarim ming yil oldin sodir bo'lgan jang ko'ringan holatlari bo'lgan ekan, muallif o'sha jang ko'ringan kishilardan shaxsan ikkitasi bilan gaplashgan ekan, ular jang tovushlarini va janga ketayotgan askarlarni ko'rishgan ekan. Bu holat o'sha yerliklarida bo'lib turadigan holat ekan. Bu gaplar menga o'zgacha ta'sir qildi, o'sha janga ketayotgan askarlar tarix yozayotganini, ular haqida ming yillardan keyin ham odamlar kitoblar yozishlari, odamlarning ko'zlariga ko'rinishlari haqida o'ylashganmikin degan hayollar keldi. Kitob qalingina ekan, mening sekin va kam o'qishimni hisobga olsak bu kitob menga hali ancha hamroh bo'lsa kerak, ammo shunga aminmanki meni oldinda o'sha davrga qilinadigan juda qiziq va ajoyib sayohat kutib turibdi, insha Alloh. @ulugovanvar
Ana surpriz-u, mana surpriz. Ana kir yuvodig‘on moshina-yu, mana telebizor. Man odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni saqlashni o‘rgatish harakati yursam, odamlar JIDDIY korxona ma’lumotlarini shartta ko‘chaga chiqarib yuborishdi. ⚠️ Claude-code ham ehtiyotsizlik bilan ma’lumotlaridan ajraldi. ⚠️ Tezroq o‘zimiz ustimizda ishlab, korxonamiz ma’lumotlarini nazoratga olaylik do‘stlar! manba #ClaudeCode #Xavfsizlik #AI #SI 31.03.2026 London @DrAlgorithm
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Imom Al-Buxoriy majmuasining tungi ko'rinishi
Assalomu alaykum. Ulugʻ ayyom muborak boʻlsin. Alloh tutgan roʻzalaringiz, qilgan ibodatlaringizni dargohida qabul aylagan boʻlsin. 🌙🌙🕯🕯📿📿☪️☪️☪️☪️
SI klasterimizga 1 mln dollar investitsiya kiritdik Bu klaster bilan: – qimmat bulutli serverlarga qaramlikdan qutulamiz; – oldin oʻqitishga haftalar sarflangan modellarni bir necha soatda oʻqitamiz; – maʼlumotlar himoyasi muhim boʻlgan strategik tashkilotlar uchun xavfsiz tizim yaratamiz. Eng asosiy foydalardan biri esa taʼlimda koʻrinadi. Biz Data sayns va NLP kurslaridagi oʻquvchilarimizga oddiy noutbukda “his qilib” boʻlmaydigan ssenariylarni qoʻllashga imkon beramiz. Mohirdevʼda infratuzilma va taʼlim birga rivojlanadi – chunki kuchli mutaxassislar faqat haqiqiy o‘sish muhiti bor joyda shakllanadi. Batafsil Anvar Narzullayev bilan boʻlgan intervyudan oʻqing. @mohirdev
Mana buni yangilik desa bo'ladi 🎉🎉🎉
❗️Nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying 15 million kishining shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi bugungi xabarlar fonida sizga qattiq tavsiyam: nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying. Buni nafaqat o’zingiz uchun, balki ota-onangiz va yoshi kattaroq boshqa oila a’zolaringiz uchun ham amalga oshiring. ❓Buning uchun nima qilish kerak? my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati bor, o’sha xizmatni faollashtiring. ❓ Bu nima degani? Siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga taqiq qo‘yasiz. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi. Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va juda oson. ℹ️ Ma’lumot uchun: ✅ "Yoqilgan" statusi — kredit olishga taqiq o’rnatilgan degani; ❌ "O’chirilgan" statusi — taqiq yo’q degani. 👉 @xushnudbek 👈