tgindex
ONALIK ILMI
@ummubiузбекский

Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
113
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
89
23 постов
Вовлечённость
78,8%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
11
1/48двое суток
12
1/72трое суток
13

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Bunaqa narsalarga aralashmaymankuya lekin oxirgi payt judayam koʻp videolarga toʻlib ketdi internet hatto yotoqxonasidan tortib tandirda non yopilishi kelinni qayerdaligiga "hokimlik"qilgisi kelib qolgan shaxslar. Ularni hokimlikdan olib tashlagan bilan ish bitmaydi xalq,jamiyatni oʻzi oʻzgarishi kerak bu narsa tepadan tozalanmaydi. Hokimlikka arzidgan ongli jamiyat yetishib chiqishi kerak

  • Videoga yaxshilab e’tibor bering: Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Skott Morrisonni oddiy fuqaro o‘z hovlisidan haydab chiqaryapti. Morrison jonli efirda subsidiyalar haqida gapirib turgan paytda uy egasi chiqib: «Hoy, gazonni bosmang, endi ekkanman!» — deb tanbeh beradi. Shunda sobiq hukumat rahbari vakolatini pesh qilib, fuqaroga do‘q-po‘pisa qilmaydi. Aksincha, jilmayib uzr so‘raydi va gazondan chetga chiqadi. Shahrisabz hokimligi mutasaddilari uchun eslatma: haqiqiy kuch — vakolatni ko‘z-ko‘z qilib, oddiy odamlarga tahdid qilishda emas, qonunni, fuqaroni va uning shaxsiy mulkini hurmat qilishda. Jilmayib uzr so‘rash sizni kichik qilib qo‘ymaydi. Agar, albatta, xalqning haqqi va asabini toptashga odatlanib qolmagan bo‘lsangiz...

  • без подписи

  • Замонавий эркакнинг замонавий аёлдан кутганлари ҳам бундан оз эмас - Қомати келишган бўлсин, ўзига оро бериб юрсин - Қўли гул пазанда бўлсин, ширин ширин таомларни 5 дақиқада пишириб қўйсин - Нарсаларни тежаб ишлатишни билсин - Йўқдан бор қилишни билсин - Бироз ҳамшира бўлсин. Укол-доридан тушинсин, ҳайт деса касалхонага чопавермасин - Ўзи ҳам умуман касал бўлмасин - Эр ишдан келганда уйлар саранжом саришта, овқат тайёр ва асосийси болалар жим ўтирган бўлсин. Ухлаб қолган бўлса яна яхши - Яхши ўқитувчи бўлсин, болаларига дарс қилдиришни билсин. Ҳадеб репетиторга пул сўрайвермасин - Қўлидан келса ишласин. Ишни ҳам уйни ҳам эпласин (бошқа аёллар эплаябдику ахир!) - Керак бўлса уйда ўтирган жойида ҳам ишлаб пул топсин, оила бюжетига ўз ҳиссасини қўшсин - Умуман ҳадеб пул-пул дейдиган бўлмасин Бу рўйхатни ҳам яна узооқ давом эттиришимиз мумкин... Бугун сиз ўзингизга бир яхшилик қилинг. Сизни ҳам тасаввурингиздаги мана шундай узундан узоқ рўйхатни энг муҳим 2 ёки 3тасига қисқартиринг. Энг асосийлари бўлябдими, алҳамдулиллаҳ. Тақдирга ва сизга Аллоҳ берган қисматга рози бўлмаслик ўзингизга зулм қилиш билан баробардир. Асосийлари бўлябдими, энди қаноат қилинг, шукр қилинг. Қолганлари ҳам секин-аста бўлади иншаъАллаҳ. Ёшларга тавсиям, ижтимоий тармоқлардаги баъзи жуфтликларнинг сохта баҳтларига алданиб қолманг. Ҳақиқий ҳаётни идеаллаштира олмайсиз. Уни паст-баландлари борки, буни ҳеч ким расм ёки видеоларга олиб сторисларига жойламайди. Сиз ҳаётда ҳеч кимдан олдинда ҳам эмассиз, орқада ҳам эмассиз. Айни бўлишингиз керак бўлган жойдасиз, буни қабул этинг. ©Iroda Ahmed

  • #shunchaki Ўзимизни бахтсиз ҳис қилишнинг асосий сабабларидан бири тақдирга таслим бўлмаслик ва бошқалардан кўп нарса кутиш. Оилавий муносабатларда ҳам айнан шу туфайли кўп муаммоларга дуч келамиз. Мисол, замонавий аёлнинг замонавий эркакдан кутганларини кўриб чиқайлик - Топармон тутармон бўлсин - Ўз бизнесига ёки яхши ишга эга бўлсин - Меҳрибон бўлсин - Болам-чақам, уйим-жойим десин - Топганини уйига ташисин - Ҳамма ёқни муҳайё қилиб қўйсин - Музлатгични тўлдириб қўйсин - Рўзғорбоп нарсалар ҳарид қилсин - Бозор-ўчар қилганда гўштнинг энг лаҳм жойини, мева ва сабзавотларнинг энг сарасини танлаб олишни билсин - Уйдаги бузилган нарсаларни жойида тузатиб қўйсин - Аёли ҳафа бўлса, ўз-ўзидан билиб олсинда ҳурсанд қилиш чорасини кўрсин. Масалан сюрприз қилиб кутилмаган совға кўтариб келсин - Ҳафтада бир оиласини ўйнатиб келсин - Бўш вақтини фақат оиласига сарфласин - Ишдан келгач болаларига китоб ўқиб берсин, бирга ўйнасин Рўйхатни яна узоқ давом эттиришимиз мумкин...

  • Биз бошқаларнинг бахтига тақлид қилиш орқали бахтга эришмоқчи бўламиз. Кимдир жентра истагани учун биз ҳам жентра исташимиз шарт деб ўйлаймиз. Кимдир муайян тарзда кийиниб ўзини бахтли кўрсатгани учун биз ҳам шундай қилсак бахтли бўлиб қоламиз деб хомтама бўламиз. Мана шундай ички бўшлиқ ва кемтиклик гоҳида бизни аҳмоқона қилиқларга етаклайди. Ўзимизни бахтиёр қилиб кўрсатиш истаги чинакам бахтли бўлиш истагидан баландроқ келади баъзан. Жуфтимиз бизга гуллар совға қилаётгани ва романтик "сюрпризлар" қилаётгани видеосини олам билан бўлишгимиз келади. Бўғзимизга алам йиғиси тиқилганча, кўзларимизда қаҳр ифодаси қотганча лабларимиз билан табассум қилишга чиранамиз. Одамлар ҳам бизнинг бахтли эканимизга ишонгандек бўлишади, сохта бўлса-да олқишлаб қўйишади. Ҳа, бахтли бўлиш инсониятнинг азалий ва абадий орзуси, уни то жони ҳалқумига келгунича қувиб юраверади. Дунёга бир марта келасиз, бир марта яшайсиз, бировларнинг бахтига тақлид қилиб овора бўлманг, сиз ўз ҳолингизча бахтли бўлишингиз мумкин, шунга ҳаракат қилинг. Бошқаларнинг бахт қолипларига ўзингизни солманг. ©Iroda Ahmed

  • Қани энди мактабда бизга ўз ҳаётимиздан ва қисматимиздан рози бўлиб яшашни, бахтли бўлишни ўргатишса ёки мактабда улгурмаганлар университетнинг бахтли бўлиш курсларида ўқиб ўзларидаги кемтикликни тўлдириб олса. Афсуски, бахтли бўлишни бизга ҳеч ким ўргатмайди фақат бахтли ота-она ўз болаларига ўрнак бўлиши мумкин. Биз бахтли бўлиш учун карера танлаймиз ёки биз учун танлаб беришади. Биз аслида кенг яйловларда чўпонлик қилишни истармиз аммо бизни доктор бўлишга ундашлари мумкин. Ёки биздан яхши заргар чиқиши мумкин аммо бизни ошпазликка йўллашади. Бахтли бўлишнинг қисмлари кўп, у биргина яхлит нарса эмас, руҳий,ақлий, жисмоний, ҳиссий ва ижтимоий жиҳатлари бор. Шуларни бир бирига келиштиришдан ,  имкон қадар мослаштиришдан бахтиёрлик ҳисси келиб чиқади.

  • Yana bir eslatma📌 albatta birinchi oʻzimga va sizlarga jondan koʻproq farzandlaringizni,omonatlaringizni islom bilan isloh qilib olovi odam va toshlardan boʻlgan jahannamdan asranglar. Islohni avvalo oʻzimizdan boshlaylik va haqqigan koʻp duo qilaylik. Alloh barchamizni isloh etsin

  • Motamdagi delfinlar... Hind okeanida yuraklarni larzaga solgan manzara kuzatildi. Gʻarbiy Avstraliya sohillari yaqinida ona delfin nobud bo‘lgan bolasini olti kun davomida suv yuzasida ko‘tarib suzdi. Uning dardini podadagi yana 14 nafar delfin ham bo‘lishdi…

  • Motamdagi delfinlar... Hind okeanida yuraklarni larzaga solgan manzara kuzatildi. Gʻarbiy Avstraliya sohillari yaqinida ona delfin nobud bo‘lgan bolasini olti kun davomida suv yuzasida ko‘tarib suzdi. Uning dardini podadagi yana 14 nafar delfin ham bo‘lishdi — ular ona atrofida suzib, uni yolg‘iz qoldirmadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, delfinlar ham insonlar kabi kuchli hissiy rishtalarga ega. Bolasini yo‘qotgan ayrim ona delfinlar hatto bir necha kun ovqatlanishdan ham bosh tortadi. Ona — inson bo‘ladimi yoki delfin, farqi yo‘q. Ona qalbi uchun farzand har narsadan aziz. Tillar, millatlar, hatto turlar boshqacha bo‘lishi mumkin, ammo onalik mehri barchasida bir xil — cheksiz, beqiyos va umrboddir.

  • Дунё 📜Кемани сувда кўриш табиий  ҳол. Аммо сувнинг кема ичига кириши хатарли. Сен ҳам дунё ичида яшагин-у, лекин дунёни қалбингга киритма!

  • без подписи

  • Iltmos oʻzingizni ham bolalaringizni ham boshqalar bilan solishtravermang. Solishtirish kerak boʻlgan kimsangiz oʻtmishdagi oʻzingiz boʻlsin.

  • Issiq havodan keyin.

  • Parlamentda shu alifbo masalasida muhokama bo'layotganda quyidagi savollar ko'tarilganmikan? Mamlakatdagi barcha maktablarda tualet masalasi hal bo'ldimi? Ichimlik suvi har bir maktab va xonadonda bormi? Yozda sovutish, qishda isinish va svet masalasi hal bo'ldimi? Bolalar yo'lda, maktab oldida mashinalar tomonidan urib ketib qirilib ketayotgani, minglab odamlar avariyalarda o'lib ketayotgani masalasi hal bo'ldimi? Parlament kun darijasida menimcha kundalik hayotdagi hayot-mamot masalalar ro'yxati cheksiz va yechilmagan muammolar juda ko'p bo'lib, ular uchun ajratiladigan diqqat va resurslar esa cheklangan edi. @uzbekonomics

  • Video tarjimasi: Maktabda bizga pul va pulning mohiyati haqida o‘rgatishmaydi. Chunki maktablar gap qaytarmaydigan itoatkor ishchilarni yetishtirib chiqaradi. Maktab ta’limiga qarasangiz, hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun kerak bo‘ladigan mahoratlarning teskarisiga ko‘niktiradi, masalan: — Aytganni bajar — Xato qila ko‘rma — Hamkorlik qilma, o‘zing bajar, misolni o‘zing ishla — Testni o‘zing yech — Birgina to‘g‘ri javob bor xolos Aslida, muammo va masala uchun birdan ortiq ko‘plab yechimlar va javoblar bo‘ladi , birgina to‘g‘ri javob bo‘lmaydi, muammoga turli tarafdan qarash mumkin. Shu tarzda, xato qilishdan o‘lgudek qo‘rqadigan holda maktabni bitirasiz. Hamma narsani hamkorlikda emas o‘zingiz qilmoqchi bo‘lasiz, yordam so‘rashdan uyalasiz. Hamkorlik yo‘q, boshqalar bilan uyg‘unlik yo‘q , boshqalar bilan birgalikda muammoga yechim izlash yo‘q. Faqatgina bitta to‘g‘ri javob va to‘g‘ri yechim bor deb o‘ylaysiz. Yo‘q, to‘g‘ri javob bir dona emas. O‘ylaymanki, odamlar maktabni karaxt va shol holda bitiradi, chunki risk olishdan, turli yechimlarni sinab ko‘rishdan va xato qilishdan qo‘rqadi. Maktab ta’limining jinoiyligi shundaki, u boladagi o‘rganish ruhini o‘ldiradi. https://t.me/YaqinOzbek

  • 📌

  • Haqiqiy baxt qayerda? 1938 yilda dunyo katta depressiya iskanjasida edi. Buni kuzatayotgan Harvard universiteti olimlari o’zlariga bir savol berishdi: Insonni hayotda baxtli qiladigan narsa nima? Va ular bu savolga javob topish uchun ikki guruh erkaklar (keyinchalik ularning oilalari va farzandlari ham qo‘shilgan) tadqiqot boshlashdi. 268 nafar Harvard talabasi va Bostonning kambag’al mahallalaridan 456 nafar o’smir yigitlar tanlab olindi. Turli taqdirlar, turli sharoitlar. Lekin savol va maqsad bitta edi. Har ikki yilda bir marta olimlar ularning hayotiga qaytib keldi: ☺️sog‘ligi tekshirildi ☺️ish faoliyati ☺️daromadi ☺️oilaviy hayoti ☺️hissiy holati o‘rganib borildi. Yillar o’tdi. O’n yillar. Yigitlar qirqqa, ellikka, oltmishga to’ldi. Soqollari oqardi. Ba’zilari vafot etdi. Tadqiqot davom etaverdi. Vanihoyat, 85 yil o’tgach, olimlar savolga javob topishdi. Insonni haqiqatan baxtli qiladigan narsa nima? Balki pul muhimdir, balki muvaffaqiyat. Yaxshi ovqat. Sport. Aqlli bo’lish… Balki obro‘ yoki martaba? Umuman va aslo yo’q)) 85 yillik eng asosiy xulosa bitta bo’ldi: MUNOSABATLAR. Eng baxtli va eng sog‘lom yashagan odamlar boshqalardan boyligi bilan emas, balki hayotidagi insonlar bilan o’rnatgan yaqin, iliq, oddiy insoniy munosabatlar bilan farq qilgan. Ularning yonida ishonadigan, suyanadigan, gaplashadigan odamlari bo‘lgan. Na eng katta daromad, na eng baland lavozim bu o‘rinni bosa olmagan. Shuncha yillik tadqiqotni qisqa xulosalarda keltiradigan bo’lsam: ✨Nikoh va munosabat sifati umrni uzaytiradi. Baxtli nikohda yashaganlar uzoqroq yashadi. Ayollar o’rtacha 5-12 yil, erkaklar esa 7-17 yil ko’proq. ✨ Yolg’izlik o’ldiradi - tom ma’noda. Tadqiqot rahbari Waldinger shunday dedi: “Yolg’izlik o’ldiradi. U chekish yoki alkogolizm kabi zararli.” Bu bo’rttirish emas, balki biologik haqiqat. ✨ Salomatlik ham munosabatlarga bog’liq. Mustahkam ijtimoiy aloqalarda yashagan odamlarda yurak kasalligi, diabet va artrit kamroq kuzatildi. Keng ijtimoiy doira esa demensiya va idrok susayishini kechiktirdi. ✨ Genlar emas, munosabat hal qiladi. Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, genetika yoki ijtimoiy kelib chiqish emas, munosabatlar sifati uzoq va baxtli hayotning eng muhim omili ekan. ✨ Agar yaqinlaringiz bor bo’lsa, qariganingiz sari baxtliroq bo’lasiz. Qiziq topilma: ishtirokchilar yoshi ulg’aygan sari baxtliroq bo’lib bordi. Tabiiyki, yolg’iz emaslari. 85 yildan ortiq vaqt davom etgan tadqiqot aslida hozirgacha ham to‘liq to‘xtatilmagan. Tadqiqot hanuz davom etmoqda, faqat dastlabki ishtirokchilardan koʻplari allaqachon hayotdan o‘tgan, hozir esa ularning farzandlari va keyingi avlodlari kuzatilmoqda. https://t.me/+lrTBwjUZdSExYTBi

  • Qonunlar oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi. Kichik pashshalar tutiladi,katta qovogʻarilar toʻrni teshib oʻtadi. Fransuz yozuvchisi: Onore de Balzak