tgindex
Uniquely
@uniquelyblogузбекский

Õzimdan õzimga) Bog'lanish @bemalolyozbot Qisqalari: @uniquenotess

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
631
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 578
17 постов
Вовлечённость
250,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
446
1/48двое суток
511
1/72трое суток
551

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Rahmat Dovvron🤍 Yet, i do not deserve the half of the things he has written. https://t.me/dovvron/9506

  • 4 авг.509451

    Yaxshi inson qaysidur postimni o'z kanalida ulashgan ko'rinadi. Yangi insonlar qo'shilishni boshladi. Aynan kim va nimani 'forward' qilganini bilmayman. Rahmat! Yangi qo'shilganlarga: "Band insonman. Kam yozaman. 'Social media'dan juda uzoqlashganman, ayniqsa oxirgi 5-6 oyda. Ko'p narsa kutmang. Oldin yozgan postlarimni o'qing, vaqtingiz bo'lganida." @uniquelyblog

  • 14 июл.1 133664

    Miyangizda eng baland jaranglaydigan va qayta-qayta takrorlanadigan suhbatlar aslida hech qachon sodir bo'lmagan suhbatlar bo'ladi. @uniquelyblog

  • 28 мая2 3606115

    Yo yaqinlashganing sari uzoqlashasan, yo uzoqlashganing sari yaqinlashasan. Batahqiq, ikkalasidan biri bo'lishi muqarrar... @uniquelyblog

  • 23 апр.2 7606416

    Qisqa muddat ichida juda yaqin bo'lib ketishning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. @uniquelyblog

  • 23 апр.2 40332

    LinkedInga yangi post joyladim. O'zi LinkedInga umuman yangi postlar yozyabman va bu yerga ularni joylamayman. Chunki bir xil narsani har xil platformalarda takrorlagim kelmaydi. Faqat link berib turaman ba'zi-ba'zida. Agar qiziq bo'lsa, o'qib ko'ring.

  • 23 апр.1 954588

    Xulosalar haqida Xatolardan xulosa chiqarish haqida kanalda ko'p yozganman, hayotda ko'p gapirganman. Biroq, xulosalar realikka qanday ta'sir qilishi haqida hech ham gaplashmagan ekanmiz. Hozir ikki xil turdagi xulosalar va ularni insonning hatti-harakatlarida qanday namoyon bo'lishi haqida o'qiysiz (how conclusions impact on actions). 1-voqea: Cambridge'da ishlayotgan paytlarimda Safiaga tez-tez borardim. O'sha yerda ishlaydigan insonlar, menyu, doimiy buyurtma qiladigan narsalarim, odatda o'tiradigan stollarim... Xullas ko'p narsa doimiy va takrorlanuvchan edi. Lekin, bir kuni tanish ofitsiant yigit buyurtma olayotganda menga savol berdi: "Bu ovqat ichida shu-shu narsalar bor. Sizda ularga allergiya yo'qmi?" "Yo'q, nega so'rayabsiz? Oldin so'ramasdiz-ku?" "Ertalab bitta mijozimiz bilan muammo bo'ldi. Shunga..." "Nima muammo bo'ldi?" "Mijoz yong'oqqa allergiyasi borakan. Ofitsiant yong'oqsiz deb o'ylab bitta ovqat beribdi. Mijozni mazasi qochib kasalxonaga olib ketishdi." Yaxshi o'zgarish bo'libdi. Endi mijozlar nima yeyayotganin biladi va kompaniya ham mijozlar haqida qayg'urayotganini shu bitta savol bilan ko'rsatadi deb o'yladim. Lekin bir haftadan keyin bu savolni berishni to'xtatishdi va o'sha voqea balki butnlayga unutildi. 2-voqea: Bon! kafe va Activist orasidagi rus tili bilan bog'liq voqea haqida bilsangiz kerak. Activist xodimdan o'zbek tilida gapirishini talab qiladi va xodimni muomalasidan jahli chiqib internetga video joylaydi. 3 kun ichida Bon! kafening barcha fillialaridagi menyu tili va ofitsantlar sizga gapiradigan birinchi tili rus tilidan o'zbek tiliga o'zgaradi va hozir ham shunday. Bog'liqlik: Har ikkala holatda ham kompaniyada mijoz bilan bog'liq muammo bo'ldi. Har ikkalasi ham xatosidan to'g'ri xulosa chiqardi va o'sha xatoni qilmaslik uchun hatti-harakatlarini o'zgartirdi. Biri vaqtincha, ikkinchisi esa doimiyga. Hayotda insonlar ham shunday. Ba'zilar xatolaridan xulosa chiqaradi va biroz muddatgagina o'zgaradi. Boshqalarga ega xulosa bir umrga ta'tigulik o'zgarishlar olib keladi. Gap xatoning katta-kichikligida emas gap xatodan keyin shaxsiyatimiz qanchalik o'zgarishida. Safiadagi xato xavfliroq va qo'rqinchliroq bo'lsada ular Bon!dan ko'ra ko'proq o'zgara olishmadi. Xulosa: Xatolardan olingan darslar va o'zgarishlar uzoq muddatli bo'lmasa, ayni xatoni yana takrorlashingiz ehtimoli daxshatli darajada katta. Javokhir. Hangzhou 23.04.2026 @uniquleyblog

  • 20 апр.1 300482

    Muammolar va insonlar bilan munosabatdan keladigan stress, mavhumlik va insonsizlik ortidan keladigan azobdan ko'ra karrasiga yoqimliroq va foydaliroq. Birinchisi qanchalik qiyin bo'lmasin unda baribir ma'no bor. Ikkinchisi qanchalik beozor ko'rinmasin, undan qutulish qiyin. @uniquelyblog

  • 8 апр.1 564512

    Muhum darslar va hayotiy misollar 1. Kimlar bilan ishlayotganingiz nima ish qilayotganingizdan muhumroq. Misol: Fevralda dars berayotganimda jamoamda 6ta yordamchi o'qituvchi va bitta Head Teacher bor edi. Eng katta ma'suliyat menda edi. Shuningdek, olayotgan eng katta tajribam processdan edi. Hozir esa men ishlayotgan jamoada 3 kishimiz. O'zgargan eng katta narsa, endi men xonadagi eng kuchsiz va tajribasiz insonman. Hozir nafaqat qilayotgan ishimdan, balki jamoadagi insonlardan ham pulga sotib olib bo'lmaydigan narsalar o'rganyabman. Mana bu haqiqiy - kayf! 2. Tajriba doim ham qilingan ishdan kelavermaydi. Ba'zida, yoningizdagi insonlarning hatti-harakatlari va ishidan ham ko'p narsa o'rganish mumkun. Misol: Yuqorida aytganimdek katta guruhga dars berish katta tajriba olib keladi. Biroq yoningizdagi insonlarni ishga yondashuvi va hatti-harakatlari, kommunikativ skillarini kuzatib undan ham ko'proq narsa o'rganishingiz mumkun ekan. Faqat ozgina qunt va farosat kerak. 3. Noqulay savollar qancha ko'p bo'lsa, natija va process shunchalik qulay va samarali bo'ladi. Misol: Menga topshiriq berildi. "Ho'p bo'ladi, yorib tashlayman" demasdan, qarshimdagi insonni savolga tuta boshladim. O'zi bu odat menda yillardan beri bor. Savollar shu darajada chuqur va noqulaylashib kettiki, qarshimdagi inson kutmagan va o'ylamagan savollar berayotganimni tushundim va to'xtadim. Savollar ro'yxatini yozib, vaqti bo'lganda javob yozishini keyin esa ishni boshlashimni aytdim. Eng qizig'i javoblarni olgach ishni 4 soatda tugatdim. Vaholanki, menga 1 hafta muhlat berilgandi. 4. Kuchli bo'lish uchun ko'pchilikdan uzulishga to'g'ri keladi va buni hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q. Misol: Universitetda ko'pchilikni tanimayman. Do'stlarim ham barmoq bilan sanarli darajada kam. Bu meni hech qanaqasiga xafa qilmaydi. Aksincha, kamroq odamlar - kamroq chalg'ish. Agar insonni maqsadi va borayotgan yo'li aniq bo'lsa, vaqtinchalik insonlarga vaqt ajratishi shart emas. Tanishlar ko'p bo'lgani yaxshi lekin vaqtingizni o'g'irlaydigan darajada ko'p do'stlar bo'lishi men uchun mantiqsiz. Qisqasi: Atrofimda hayotimga qiziqadiganlar soni hayotiga qiziqadigan insonlarim sonidan ko'p. 5. Insonlar siz bilan bemalol/chegaralarsiz gaplashishi yaxshi lekin sizga aytmoqchi bo'lgan gapini filtrdan o'tqazib olib keyin gapirishi bu umuman boshqa daraja. Misol: Bu juda uzun hikoya shuning uchun faqat xulosani yozaman. Agar qarshingizdagi inson sizni qadriyat va qarashlaringizni aniq bilsa va sizni tushunsa, qaysi fikrga qanday reaksiya berishingiz yoki qanday javob qaytarishingizni oldindan tahmin qila oladi. Shuning uchun doim sizga aytmoqchi bo'lgan gapini o'ylab gapiradi. Bu darajaga erishish uchun har ikkala tarafda yuqori 'emotional awareness' bo'lishi kerak. Menda hozircha shular. Javokhir. Hangzhou 08.04.2026 @uniquelyblog

  • 1 апр.1 264201

    LinkedIn'ga birinchi postimni joyladim. Milestone!

  • 1 апр.1 400261

    O'tgan uch oy 2-qism Bundan oldingi postda nega kamna'mo bo'lib qolganim va nima ishlar bilan shug'ullanayotganim haqida yozgan edim. Hozir esa o'tgan vaqt mobaynida men fokus qaratgan eng katta ishlardan biri: Boshqa o'qituvchilar uchun o'quv qo'llanma ('teaching loop') tuzayotganim haqida o'qiysiz. Oldingi postni o'qigan bo'lsangiz bunisini tushunishingiz osonroq bo'ladi. Demak, ta'limda 'teaching loop' degan tushuncha bor. Bu bir o'qituvchi bitta mavzuni talabaga yetqazib berishi uchun bosib o'tishi kerak bo'lgan qadamlarni o'z ichiga oladi. Misol uchun: 1. Input O'qituvchi talabaga 'Past simple' mavzusini tushuntiradi 2. Practice Talabalar o'sha mavzuda gaplar tuzishadi/mashqlarni bajarishadi 3. Assessment O'qituvchi mavzu yetib borganligiga ishonch hosil qilish uchun quizlar/testlar/groupworklar beradi 4. Feedback O'qituvchi har bitta talabaga yoki guruhga xatolarni tushuntiradi/ko'rsatadi 5. Re-teach Agar ko'pchilik mavzuni yaxshi qabul qilmagan bo'lsa, o'qituvchi yana bir marta mavzuni ochib beradi 6. Repeat Butun process yana takrorlanadi. Yuqoridagi 6ta qadam bu sizga 'Teaching loop'ni tushuntirish uchun berilgan eng sodda misol edi. Agar har bitta qadamni ichiga kiradigan bo'lsak, har biri bir dunyo. Bu haqida boshqa postda gaplashamiz. Mavzuga qaytamiz: Cambridge'da zimmamda yuklatilgan vazifa, ish vaqti va kutilmalar konkret bo'lgan. Ya'ni o'qituvchi sifatida qilishim kerak bo'lgan ishlar, amal qilishim kerak bo'lgan qoidalar va ta'sir doiramda bo'lgan jihatlarni aniq bilardim. Teaching loop'ham deyarli bir xil edi. Lekin yangi ish joyimda ishlashni boshlaganimdan keyin aynan o'sha loopni ichiga kirib hammasini boshidan boshlab berishim kerak edi. Ya'ni o'sha 'teaching loop'ni xitoylik talabalar va mavzularga mos qilib qayta yaratish, shuningdek, har bir qadamda o'qituvchi qilishi kerak bo'lgan majburiy ishlar, 'agar'lar, 'lekin'lar va 'balki'larni inobatga olib kompaniyadagi boshqa o'qituvchilar qiynalmasdan bemalol foydalana oladigan qo'llanma tuzishimiz kerak edi va haliyam shu bilan bandmiz. Hozir jamoamizda men bilan uchta inson bor. Bittasi 15+ yillik va boshqasi 10+ yillik tajribaga ega o'qituvchilar. Ular haqida va har birimizning majburiyatlarimiz haqida keyingi postda o'qiysiz. Javokhir. Hangzhou 01.04.2026 @uniquelyblog

  • 31 мар.1 044138

    LinkedIndan foydalanishni boshladim. Profilim linkini qoldiryabman. Hozir qo'shilinglar, ertaga rahmat deysizlar🔥

  • Live stream finished (1 hour)

  • Live stream started

  • 21 мар.1 620404

    "O'qituvchilik 'Halo effect'i asosiga qurilgan" degan xulosaga keldim. @uniquelyblog

  • 11 мар.2 1601061

    O'tgan uch oy 1-qism Blogim borligini unutmadim va blogimni o'qiydiganlarga hurmatim oldingidek katta. Bu tarafdan hech narsa o'zgarmadi. Chunki, ofitsant bo'lib ishlagan paytimda o'zim yemaydigan ovqatni mijozlarga taklif qilishdam tiyilardim. Fikrlarimni bo'lishish bilan ham shunday. O'zim vaqt ketkazib o'qimaydiganlarimni sizlar bilan bo'lishmayman. Yo'qolib ketganim sababi xafalik yoki depressiya emas, aksincha keyinchalik bo'lishishga arziydigan tajriba to'plash edi. Bundan keyin yozadigan 10-15tacha postimni o'qib nimani nazarda tutganimni tushunib olasiz. Keling endi mavzuga qaytamiz. Uch oy oldin ishga kirdim va ta'lim sferasiga qaytdim. Yana o'qituvchiman. Lekin bu safar boshqa davlat, ma'daniyat va insonlar bilan. O'rganishim va moslashishim kerak bo'lganlar ko'p edi. Shuning uchun hamma e'tiborimni menga yuklatilgan vazifalarga qaratdim. Qanaqa vazifa? Xitoydagi men ishlaydigan maktab tizimi judayam murakkab va meni zimmamda dars berishdan tashqari dars jadvalini tuzish, dars kontentni o'zgartirish va boshqa o'qituvchilar uchun o'quv qo'llanma tuzishdan iborat. Hozir esa, har bitta vazifa va u yerdagi majburiyatlar haqida o'qiysiz. Dars berish. Xitoyda talabalar yanvar oyining o'rtasidan ta'tilga chiqishadi va ba'zi talabalar "Intensie Training Camp"ga a'zo bo'lishadi. U campda o'quvchilar 1 oy davomida ertalabdan kechgacha faqat ingliz tilini bilan shug'ullanishadi. Men o'sha intensive campda dars berdim. Bitta guruhda 62ta talaba va 6ta yordamchi o'qituvchim bor edi. Har 10ta talabaga bitta yordamchi o'qituvchi biriktirilgan. Bitta zal, mikrafon va 68ta insonga har kuni dars berdim. Ta'savvur qilyabsiz-a? Men dars bergan daraja uchun tayyorlangan materiallarni o'zgartirish ham meni zimmamda edi. Buni o'zim talab qilib oldim. Chunki mavzular va daraja ancha murakkab edi. Agar materiallarga to'liq amal qilganimda, natijalar quvonarli bo'lmasligi aniq edi. Shu joyida yana bir marta eslataman, men bu ishlarni barchasini Xitoyda qildim. Bir qarashda osondek lekin xitoyliklar bilan, xitoy tilini va ularning ta'lim qadriyatlari va fikrlash metodiklalarini bilmasdan turib bu ishni boshlash eshitilganidek oson emas. Biroq, kurs yakuniga kelib, oldin umuman e'tibor bermaydigan ba'zi narsalarim qanchalar muhum ekanligini tushunib yetdim. Bu haqida keyingi postda ba'tafsil o'qiymiz. Javokhir 11.03.2026 @uniquelyblog

  • 9 мар.1 320515из alimovv_blog

    Ba’zida shkafni to’ldirishni o’rniga bo’shatib ham turish kerak Shkafning sig’imi cheklangan. Belgilanganidan ortiq kiyim sig’dira olmaysiz. Toshib ketadi. Shuning uchun ba’zida keraksiz(eski, kir, yirtiq)larini, kerak bo’lganlarga berasiz yoki tashqariga uloqtirasiz. Inson faqatgina shkafini emas, o’zining fikr-mulohazalarini ham shunday tutsa ancha foydali bo’ladi. Boshdan kechirganlarini boshqalarga bilim bo’lishi uchun ulashadi. Yoki shuncha-ki tashqariga uloqtiradi. Unisi ham bunisi ham foydali. Faqat joyini almashtirib qo’ymaslik zarur. @alimovv_blog

  • Live stream finished (1 hour)

  • Live stream started

  • 6 янв.3 1728010из dovvron

    ➖ilm yoʻlidagi farrosh➖ 🟤pol latta, shvabra, pichoq, idish tovoq, qoʻlqoplar, qahva. bir qarashda random soʻzlar, lekin man uchun emas. bu soʻzlar - mani ohirgi uch yilda qilgan ishlarimni oʻzida aks etadi. 🟤uch yil avval Olmoniyaga musofir talaba sifatida ketdim. bir oz vaqt oʻtib, va ishlashga majburligimni tushundim, va shunda bir arab oziq-ovqat doʻkonidan ish topdim. ish esa yuk tashuvchilik, rus tilida etganda "грузчик". 🟤u yerda bir oz ishladim. avval ogʻir mehnat qilmaganim sababli, juda qiynaldim. yuklar juda ogʻir, mehnat talab ish, va kir boʻlgan kiyimlar. ish haqqimni olishga kelganda esa... bir tiyin ham ololmadim. sabab? hujjatsiz ish boshlaganim boʻldi. hech qanday qogʻoz yoʻq edi mehnatim uchun ish haqqimni talab qila olishimga. 🟤juda ham qattiq oʻksindim, yigʻladim, tushkunlikka tushdim. lekin bir oz vaqt oʻtti va bir hostelda ish topdim, farrosh va idish tovoq yuvuvchi sifatida. u yerda yarim yil ishladim. ish unchalar qiyinmas edi, lekin oʻzimga negadir rahmim va hoʻrligim kelardi. avvallari bu kabi ish qilmaganim sabab boʻlsa kerak. 🟤yarim yildan soʻng, bir Italiya restoranlardan birida oshpazga yordamchi boʻlib ishga kirdim. salatlar, kartoshka va boshqa masalliqlarni tozalash va toʻgʻrash kabi ishlar majburiyatimga kirar edi. u yerda ham bir yil ishladim, ovqat qilishni ancha yaxshi oʻrganib oldim, qoʻllarim pichoq ishlatishga oʻrgandi, pasta va spagettini haqiqiy Italiyancha retsept asosida pishirishni boshladim. bir yildan soʻng, kontraktim tugagach, ishdan ketishga majbur boʻldim. 🟤bir kiyim doʻkoniga ishga kirdim, lekin bir oyga ham bormasdan u yerdan oʻz hohishim bilan boʻshadim. sababi esa, qadriyatlarimga oʻta zid ishlar qilishga toʻgʻri kelishi boʻldi. koʻchalarni aylanib bir kafega duch keldim va u yerga barista boʻlib ishga joylashdim. 🟤mana bir yildan oshdi, va shu kungacha insonlarga cappuccino, latte, espresso va boshqa qahvalar tayyorlash bilan shugʻullanib kelmoqdaman. lekin kechagi kun, uzoq vaqt yodimda qoladi. sababi, bir yil mobaynida harakat qilib kelgan ishim, va nihoyat oʻhshadi. 🟤siyosatshunos professorim, Tobias Lenz, kuni kecha manga u bilan ishlash taklifini berdi. «research assistent» sifatida. bu kun uchun necha bet kitob oʻqilda, qancha koʻz yosh toʻkildi, qancha vaqt sarflandi va necha kech bedor oʻtkazilindi... 🟤balkim kim uchundir bu erish tuyular, yoki oddiy narsadek boʻlishi mumkin, lekin mangamas! bu professorim, magistratura va doktoranturani Oxford universitetida yoqlagan. hozirgi oʻqiyotgan, Leuphana, universitetimni darajasini, siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha dunyoning eng kuchli top 60 universiteti qatoriga qoʻshilishiga sababchi. va aynan u bilan ishlash va tajriba orttirish man uchun prinsipial boʻlib qolgan edi. 🟤undan tashqari, Olmoniyada birinchi ichni topishdek murakkab vazifa yoʻq. agarda sizda tajriba boʻlsa, ish topish karrasiga osonlashadi, lekin birinchi tramplinni topish... juda maʼsuliyatli ish! 🟤bugun oʻsha kun keldi! pol artganim, idish tovoq yuvganim, kartoshka tozalaganim, yuk tashiganim va barista boʻlib ishlashimni silarga etib bera oldim va bundan uyalmadim. chunki bugun qilingan har bir qora ish oʻzini mevasini berdi! 🟤biling, deyarli har bir musofir shu yoʻldan oʻtadi! siz koʻrgan chiroyli rasmlar ortida talaygina koʻz yoshlar berkitilgan! 🟤bu yutugʻim uchun avvalo Allohga cheksiz hamdu sanolar boʻlsin! manga tarbiya bergan, ilm yoʻlini koʻrsatgan ota-onamdan Alloh rozi boʻlsin! manga ishongan jufti halolimdan Alloh rozi boʻlsin! va taslim boʻlmaslik uchun quvvat bergan Allohga hamdlar boʻlsin.