tgindex
Universalbek | Tech | Fikrlog

Universalbek | Tech | Fikrlog

Статистика

🖋 Davlatbek’s Fikrlog ッ 💻 IT Project Manager & Tech Enthusiast 📑 Imaginative Learnaholic 👽 Stranger & Sci‑fi Enthusiast

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
126
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
155
23 постов
Вовлечённость
123,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
42
1/48двое суток
48
1/72трое суток
51

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.481из paiziev24

    Yoshlar bilan suhbat: — UzAcceleratorga qabul qilindik! — So what? — Alchemist Silkroad’ga qabul qilindik! — So what? — Men O‘zbekiston va Qozog‘istondagi 3 ta venchur fonddan investitsiya oldim. — So what? — $10,000 MRR qilyapmiz. — So what? — 8 ta mijozimiz 5 oydan beri biz bilan. — Can you tell me more? @paiziev24

  • Secret Wars Aslida hayotimizda faqatgina o’zimiz biladigan urushlar va janglar juda ko’p. Qanchasida yutib qanchasida yutqazayotganimizni ham faqatgina o’zimiz bilamiz. Aslimiz ko’ringanimizdek emas. Oynada chiroyli yuz va tana bilan tursakda, oyna jarohatlarimizni ko’rsatmaydi, tirnalgan, yulqalangan chandiqlarimizni ko’rsatolmaydi. Kim nima deyishidan qat’iy nazar, kim sizga qanday boqishidan qat’iy nazar, sizni sizdan yaxshiroq biladigan odam yo’q. Biror bir narsaga qaror berdingizmi, boshqalarni fikrini eshitishdan foyda yo’q. Qarorlar sizniki, amallar sizniki, bu hayot sizniki. Yutuqlar ham, mag’lubiyat ham faqatgina sizniki. 02.08.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • We were accepted to Idrock Accelerator ⚡️ Lets Make Startups Great Again! or Make Great Startups Again) @universalbeks

  • видео или голосовое, без подписи

  • #tech Neil Armstrongni Oyga qo'ndirgan kod 1969-yilda insoniyat ilk bor Oyga qadam qo'ygan yil sifatida tarixga muhrlangan. Lekin millionlab insonlar jonli tomosha qilgan bu voqea ayanchli kartinaga aylanishi ya'ni raketaning qulashini guvohlari bo'lishi mumkin edi. Gap shundaki, Apollo 11 kemasi Oy yuzasiga yaqinlashib qo'nishga harakat boshlangan vaqtda, kema ekranida 1202 raqami paydo bo'lib ogohlantirish signali yoqiladi. 4 daqiqaning ichida beshta signal. Bu signalning ma'nosi esa "Hamma vazifani bajarishga ulgurolmayapman" degani edi, ya'ni texnik tilda "executive overflow" ma'lumotlarning toshib ketishidir. Bunday holatda o'sha davr kompyuterlari uchun bu faqatgina bir narsani anglatardi - tizim butunlay ishdan chiqishini. Ekipaj a'zolari vazifani davom ettirishga qaror berishgandi. Eng og'ir holatda kema ekipajidagi ikki astronavt halok bo'lardi va kema oy yuzasiga qo'nolmay qulardi. Muammo astranavtlar uchrashuv radarini ehtiyot chorasi sifatida qo'nish vaqtida yoqanlaridan sodir bo'lgandi. Radar har vaqtda keraksiz ma'lumotlarni kompyuterga yuborib, keraksiz processlar sonini oshirayotgandi. Lekin, birgina inson hammaga qarshi chiqib, bu holatni ehtimolini olgan edi. Bu Margaret Hamilton parvoz dasturini ishlab chiqqan bosh muhandis. Jamoa uning qarorini shunchaki ortiqcha minglab qator kod va vaqt yo'qtolishi deb hisoblasa ham, u dasturga bir algorithmni kiritadi - priority scheduling - ustivorlik bo'yicha rejalashtirish. Margaret yozgan kod bo'yicha esa, u keraksiz radar ma'lumotlarini tashlab yubordi va qonishni boshqarishda davom etdi. 1202 signali esa bir ma'noni anglatardi "GO". Ya'ni "davom et". Shu tariqa Margaret butun missiyani halokatdan qutqarib qolgan. Biz ko'p holatda asosiy qahramonlarga e'tibor beramiz, lekin uning bu holatga yetishi uchun butun bir jamoa va yoki insonlar ter to'kib mehnat qilganini, ularning qahramonliklarini ko'rmaymiz. Endi har safar Oyga qaraganingizda shu qahramonlikni eslab o'ting. 29.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • 🚀Claude 100$ promotional credit beribdi, limitga yetsangiz ham ishlatsangiz bo'ladigan qilib. Ketsa boydan ketsin) @universalbeks

  • #tech 🌐 "www" — hech kim majburlamagan odat Har kuni yozadigan o'sha uchta harf aslida qayerdan kelgan? Va nega uni yaratgan odam "shart" qilib qo'ymagani holda hamma ishlata boshlagan? Avvalo: www protokol emas. Manzilga qaraylik — https://www.example.com. Bu yerda https protokol, ya'ni ma'lumot qanday uzatilishi (s — shifrlangan). www esa :// dan keyin keladi va u subdomen — xuddi mail.example.com yoki shop.example.com kabi. Oddiy qilib: protokol "qanday yetkaziladi", subdomen esa "qayerga yetkaziladi" degan savolga javob beradi. Endi eng qizig'i — www qanday tug'ilgan. Dunyodagi birinchi veb-server CERN'da info.cern nomi bilan ishlagan, va o'sha bitta mashinada Telnet, FTP kabi bir necha xil protokol birga ishlagan. Muammo shu yerda edi: bir domen ostida bir nechta xizmat aralashib ketardi. Yechim sifatida administratorlar har bir xizmatga alohida nom berishni boshladi — veb uchun bir subdomen, fayl uchun boshqasi. Masalan UCI universitetida veb va FTP serverlari www.ics.uci.edu va ftp.ics.uci.edu deb alohida nomlangan, garchi ikkalasi bitta mashinaga ishora qilsa ham. Ikkinchi sabab — moslik. Ular saytni tashkilot ichida bir mashinadan boshqasiga ko'chirsa ham, manzil o'zgarmasdan qolishini xohlashgan. Ya'ni www nomi serverga emas, xizmatga bog'langani uchun, orqadagi mashinani almashtirsangiz ham foydalanuvchi uchun manzil o'zgarmasdi. Xo'sh, nega aynan www? 1993-yilda mashhur NCSA veb-serveri uchun nom tanlashda bir nechta variant ko'rilgan: "www" — o'ziga xos, hech kimda yo'q edi, lekin talaffuzi qiyin edi; "Web" — talaffuzi oson, lekin noyob emas; "W3" — CERN'dagi loyiha nomi edi. Oxir-oqibat NCSA hammaga "www" ishlatishni maslahat berdi. Aynan shu tavsiya www'ni butun dunyoga tarqatib yubordi. Diqqat qiling — bu hech qachon majburiy qoida bo'lmagan. www'siz ham hammasi ishlardi. U shunchaki administratorlarning amaliy odati edi, keyin inersiya tufayli urfga aylanib qoldi. Bugun bu cheklovlar yo'q: Google www'siz ishlaydi, ko'p saytlar uni avtomatik yo'naltiradi, ba'zi banklar esa hamon www bilan qoladi. Hullas: www hech qachon "kerak" bo'lmagan — u qulaylik uchun tug'ilib, odat tufayli yashab kelmoqda. 20.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • #tech 👩‍💻 Ada Lovelace - dunyodagi birinchi programmist Kompyuter yo'q bo'lgan davrda dastur yozish mumkinmi? Bir insonga bu ish qiyinchilik tug'dirmagan. Gap 1815-yilda Londonda tug'ilgan Ada Lovelace haqida. U mashhur shoir Lord Byron qizi bo'lgan, lekin onasi uni she'riyatdan uzoqroq tutish uchun matematika va mantiqqa yo'naltiradi. O'sha davrda ayollarning ilm-fan bilan shug'ullanishi odatiy hol emas edi, lekin Ada 17 yoshida matematik Charles Babbage bilan tanishadi va bu uchrashuv tarixni o'zgartiradi. Babbage "Analytical Engine" ya'ni hisoblash mashinasi ustida ish olib borayotgan edi. Bu mashina hech qachon to'liq qurilmagan, lekin g'oya sifatida bugungi kompyuterlarning bobokaloni hisoblanadi. 1843-yilda Ada italyan muhandisi Luigi Menabrea yozgan maqolani ingliz tiliga tarjima qiladi. Lekin u shunchaki tarjima qilib qo'ya qolmaydi - o'zining izohlarini qo'shadi va bu izohlar asl maqoladan uch barobar uzun bo'lib chiqadi. Aynan shu izohlar ichida, "Note G" deb nomlangan qismda, u Bernulli sonlarini hisoblash uchun mashinaga mo'ljallangan algoritm yozadi. Bu tarixdagi ilk kompyuter dasturi sifatida sanalib keladi. Undan ham qiziqrog'i - Ada mashina faqat raqamlar bilan ishlamasligini, agar to'g'ri qoidalar berilsa, u musiqa yoki grafika ham yarata olishini aytadi. Babbage buni ko'rmagan, Ada esa kompyuterning haqiqiy mohiyatini 100 yil oldin tushungan. Afsuski, u 36 yoshida vafot etadi va ishlari uzoq vaqt e'tibordan chetda qoladi. Faqat 1950-yillarda, Alan Turing uning izohlariga murojaat qilgandan so'ng, Ada nomi qayta tiklanadi. Bugun esa AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan yaratilgan dasturlash tili uning sharafiga "Ada" deb nomlangan. Hullas, birinchi programmist kompyuterdan ham oldin paydo bo'lgan. 17.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • видео или голосовое, без подписи

  • Posting on Linkedln is Cringe! - Elon Musk and me @universalbeks

  • #tech ENIAC - dunyodagi birinchi maqsadli elektron raqamli hisoblash mashinasi. Eng birinchi maqsadli va qayta programmlashtirish mumkin bo'lgan kompyuter haqida eshitganmisiz? Bunday kompyuter ilk bor urush davrida, Amerika Armiyasi uchun yasalganinichi? Gap shundaki 1942-yilda Amerikalik fizik John Mauchly aniq bir maqsadga yo'naltirilgan, qayta sozlash imkoni bor, raqamli, tezkor hisoblash mashinasini taklif qiladi. Birlashgan Shtatlar uchun esa ballistic jadvalini hisoblash kerak bo'lgan. Ballistic bu o'qlarni tezligini, hajmini, trayektoriyasi, yerning toritish kuchi-yu shamolga qarshi kuch bilan o'qlarning yo'nalishi va nishonga yetib borish vaqtini va aniqligini hisoblash jadvali bo'lgan. Bilganinigzdek bu juda murakkab va uzoq hisoblash jarayoni bo'lgan. Shuning uchun ham hukumat buning uchun 400000$ mablag' ajratadi. Hozirgi kunda bu mablag' taxminan bir necha millionga teng bo'lardi. Shu asosida Pensilvaniya universitetida ishlar boshlanib 1946-yilga kelib bu mashina ishga tushadi. U butun bir podvoldek, 1800 kv. meter joyni egallagan va 1 soniyada 5000 ta qo'shish va 300 ta ko'paytirish amalini hisoblay olgan. Qayta programmaslhtirish deganda esa, bu software bilan bog'liq jarayon emas, yig'ilgan kompyuter jihozlarini o'rnilarini almashtirib boshqa jarayonni hisoblashga moslashtirilgani nazarda tutilgan. Yangi vazifa uchun programmalashtirish 1 kunlab vaqtni olgan. Yana qiziqarli faktlardan esa, bu mashina ustida 6 ta ayol programmist ish olib borgan va to'laqonli dasturlashni ular bajargan. Ular hattoki urush tugagandan so'ng ham bu ishni davom ettirib, o'zgaritirb bo'lmas hodimga aylanishgan. Lekin shunday bo'lsada, ularni mehnatini to'laqonli qadrlashmagan va ayrimlari hattoki ENIAC ning 50 yilligiga ham chaqilirmagan. Va shu joyida Harvard talabasi bu haqida o'rganib ularning hikoyalarini ommaga olib chiqishgan. 05.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • #tech 🌐 Protokollar Insatgarmga kirib like bosgan vaqtingiz, like lar soni bitta oshishi uchun, u qancha kelishuv tekshiruvlaridan o’tib kelishini bilasizmi? Ha bugungi kundagi biz ko’rayotgan reelslar, o'yinlar, YouTube, Telegram, biz "internet" deb ataydigan infrastruktura protokollar bilan ishlaydi. Protokol oddiy qilib aytsak bu kelishuv - tarmoqlar orasidagi kelishuvlar. Bizda turli xil vazifalar uchun turli protokollar ishlaydi. Masalan, TCP va IP. IP bu bizning xabarimizni aniq bir manzilga yetkazilihsini ta'minlovchi protokol bo'lsa, TCP bu o'sha yetkazilgan ma'lumot paketlari hammasi to'g'ri va aniq yetkazilishiga xizmat qiladi. Turli xil streaming platformalari, masalan Instagram Live o’tkazganimizda esa UDP protokoli ishlaydi. Bu kabi protokollar juda ko’p va ular online connection ning asosi hisoblanadi. 02.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • видео или голосовое, без подписи

  • #tech 🪲 Dunyodagi birinchi "Computer Bug" Dasturchi va muhandislar orasida "bug" degan tushuncha juda mashhur. Bu atama odatda dastur va yoki qurilmada kelib chiqqan muammoni ifodalash uchun ishlatilinadi. Lekin kompyuter tarixidagi birinchi "bug" qachon topilgan va nega aynan "bug" tushunchasi ishlatilinadi? Bu voqea 1947-yilga borib taqaladi. Kunlardan bir kuni Cambridge, Massachusettsda programmist Grace Hopper Harvard Mark II kompyuteri ustida tadqiqot olib borayotgan vaqtida bir nosozlik chiqadi. Tekshirishganda esa, komyuter qismlari orasiga kichkinagina kapalak kirib qolganini topishadi va o'lik kaplakni log daftarchasiga qistirib, bu haqida ma'lumot yozib qoldirishadi. Aynan shu kompyuter tarhidagi ilk bug sifatida sanalib keladi. Lekin bu atam ancha oldinroq ham urfda bo'lgan. Masalan, ilk manbalarga ko'ra texnik nosozliklarda bu so'z ishlatilishi ilk bor Thomas Edison xatlarida 1878-yilga to'g'ri keladi. U o'z xatida yaratish jarayonini son sanoqsiz mayda "bug" nuqsonlarni tuzatish orqali yuzaga kelishini aytgan. Bu esa, "bug" so'zi ilmiy olimlar orasida "slang" ya'ni ko'cha tilidagi ommabop ibora bo'lganini anglatadi. Hullas, oddiy qilib aytsak, katta texnikalar orasiga bunday hashorot va qo'ng'izlar kirib qolishi va uni nosozligiga olib kelgan va shundan so'ng bu atama keng tarqala boshlagan. 01.07.2026 Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 @universalbeks

  • Grand Slam Offer Make an offer so good that people feel stupid saying no. The goal is not compete on price or hype - it’s about stacking so much genuine value into your offer that it becomes obvious choice Formula: Value = (Dearm outcome x Perceived Likelihood of Success) / (Time delay + Effort) Explanation: Deliver specific results, increase trust, decrease delay and difficulty It is not about the price of what you sell, but the value you deliver. *genuine - something is real, authentic, and exactly as it appears to be 24.06.2026 Tashkent, Uzbekistan🇺🇿 @universalbeks

  • Sonnet 4.6 vs Opus 4.8 Sonnet ishlatgan paytim token limitga yetishim uchun ancha muncha prompt berayotgandim. Opus da esa shunchaki 3 ta prompt bilan limitga yetib qolyapman. Bu yerda menimcha mode larni ham roli katta bo'lyapti. Avval ask permission da ishlardim, muhim vazifalar bo'lsa ruxsat so'rab turardi yoki savollar berib, ma'lum bir qismdagi ma'lumotlarni o'nglab olardi. Hozir esa Auto mode da, shunchaki oxirida qilib bo'ldim deydi bo'ldi. /usage ga qarasangiz 40% yeb bo'lgan bo'ladi bitta prompt. @universalbeks

  • Z AI - Xitoylula yana hayp qivoti Z AI ning GLM - 5.2 modeli uzoq mudatli dasturlashda Open AI ning GPT - 5.5 modelidanam kuchliroq deyishyapti. Eng qizig'i model open source va 1 million hajmda token context saqlay olarkan - tushunishingiz uchun bu Opus 4.8 va GPT 5.5 modellari bilan bir xil darajada. Oddiy foydalanuvchi sifatida kirib ishlatib ko'rsangiz bo'ladi. O'zim sinab ko'rsam deyarli hamma AI lar kabi design qilib berdi, kod qatlami ham deyarli boshqa modellar kabi. Oddiy chatda max thinking bilan bitta research bergandim, natija yaxshi, tushuntirish berish usullari ham yoqdi. Sinab ko'rgan bo'lsangiz, fikringizni bo'lishing. @universalbeks

  • 🚀 SpaceX completes $60B Cursor acquisition SpaceX finalized the purchase of Cursor for $60 billion, turning it into a subsidiary. The deal followed an April option allowing SpaceX to buy Cursor or pay $10 billion for collaboration if the acquisition failed. Cursor recently launched a strong update, its own model, and an SDK. This acquisition gives SpaceX a direct competitor to Claude Code and Codex. ✔️ @venture

  • Aytishlaricha yaqin yillarda AI ishsizlarni ishini olib qo'yarkan 🤖 @universalbeks

  • Niyyat + Duo + Sabab = Natija @universalbeks

Universalbek | Tech | Fikrlog — tgindex