Ustoz qalbi
СтатистикаAgar sizda ham bolalar qalbiga nur olib kirish istagi bo‘lsa – siz bu blogda o‘zingizni topasiz.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 126
- 1/48двое суток
- 144
- 1/72трое суток
- 155
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Manzilimiz go‘zal... Balki shuning uchun ham yo‘limiz mashaqqatli... @ustoz_qalbi
Men dadam bilan faxrlanaman. Ular menga dunyodagi eng yaxshi onani tanlab berdilar, menga go‘zal ism qo‘ydilar. Meni ilm olishim uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini qilib berdilar. Men hech qachon birovning dadasini misol qilib, «Qaniydi, mening dadam ham shunday bo‘lsa edi», deb havas qilmadim.🌷🌷🌷 @ustoz_qalbi
Men bu dunyoda eng chiroyli ikki ayolni bilaman; birinchisi mening ONAM, ikkinchisi sizning ONANGIZ! 🌷🌷🌷 @ustoz_qalbi
Ya Alloh meni mahkam ushla..! Qalbim har yoqqa yugurganida, nafsim isyon qilganida, vaqtim keraksiz narsalarga sarf bo'lganida meni mahkam ushla... shunday ushlaki, nafsim g'olib kelmasin, umrim behisob o'tmasin, hatto nafasim ham xayrli bo'lsin:) @ustoz_qalbi
@ustoz_qalbi
Qalblar orom oladigan manzilimiz — ILM.📚 @ustoz_qalbi
Yoʻllaring toʻqnashsa nodonlar bilan, Nomi-yu, nishoni insonlar bilan. Yaxshiroq anglaysan Nuhning kemasi Ne uchun toʻlganin hayvonlar bilan. @ustoz_qalbi
Kurashayotgan payting telefoning jiringlamasa, G‘olib bo‘lgan payting jiringlagan telefoningni ko‘tarishing shart emas... @ustoz_qalbi
“U juda arzon, lekin ko‘p narsa beradi. Kim olsa, uni boy qiladi, hadya etganlar esa kambag‘al bo‘lib qolmaydi. U bir necha daqiqalar davom etishi, lekin xotirada umrboqiy saqlanib qolishi mumkin. U charchaganlar uchun hordiq, ko‘ngli cho‘kkanlar uchun yorug‘lik, ko‘ngilsiz voqealarda tabiat yaratgan malhamdir. Agar odamlarga quvonch ulashishni istasangiz, tabassum qiling…” ✍️D. Karnegi "Tabassum qadri" @ustoz_qalbi
Danning Kruger effekti. 📈
Keling oilani boricha saqlab qolaylik! "Alohida Mavzu"ning ushbu sonida Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Shavkat Hasan bilan oilalarda uchrayotgan muammolar, ajrimlarga sabab bo'layotgan nizolar va ularning yechimlar haqida suhbat tayyorladik. Suhbat davomida siz: Oilada axloq deganda o'zi nima tushuniladi? Ajrashish erkinlikmi yoki hayotning izdan chiqishimi? Oilada tinchlik uchun kim birinchi bo‘lib yon bosishi kerak? Qaynona va kelin munosabatlari aslida qanday bo'ladi? Shu va boshqa dolzarb savollarga javob olasiz! 🔥 Bu suhbatni oila qurganlar, yosh-u qari va oila qurish arafasida bo'lgan va oilasini xotirjamlik va farovonlik qo'rg'oniga aylantirmoqchi bo'lgan barcha ko'rishi shart: https://youtu.be/8JVgIwGTO0U https://t.me/alohidamavzu
Bir ishni bajarishda xavf va rajo orasida bo‘ling. ✍Ulamolar hikmatidan @ustoz_qalbi
Tongda xursand holda uyg‘onishni istasang, tunda kim bilan suhbatlashishga eʼtiborli bo‘l. @ustoz_qalbi
Nega nikohingiz kechikayotgandek tuyulyapti? Birin-ketin atrofingizdagi insonlar turmush qurmoqda. To'ylar. Nikoh suratlari. Farzandli bo'lganlar. Yangi hayot boshlayotganlar. Siz esa hali ham kutyapsiz. Ba'zan esa qalbingizda shunday savollar tug'iladi: "Menda nimadir kammi?" "Alloh duolarimni eshitmayaptimi?" "Yoki men bu baxtga loyiq emasmanmi?" Kutish uzoq davom etsa, inson kechikishni o'zining qadri bilan bog'lay boshlaydi. Lekin har kechikish rad etilish degani emas. Ba'zan siz kechikish deb o'ylayotgan narsa Allohning eng katta rahmati va sizni eng to'g'ri vaqtga olib borayotgan hikmatidir. 1-sabab: Himoya Balki Alloh sizni noto'g'ri insondan asrayotgandir. Ba'zan biz yolg'iz qolishdan qo'rqqanimiz uchun, har qanday insonni "to'g'ri inson" deb o'ylay boshlaymiz. Lekin his-tuyg'u har doim ham haqiqatni ko'rsatmaydi. Siz bugun yo'qotish deb o'ylayotgan inson, ertaga sizni eng katta og'riqqa olib boradigan inson bo'lishi ham mumkin edi. Shuning uchun har bir yopilgan eshik jazo emas. Ba'zan u Allohning sizni ko'rmayotgan xavfdan asraganidir. Har bir "yo'q" rad etilish emas. Ba'zan u qalbingizni keyinchalik sinadigan narsadan himoya qilayotgan rahmatdir. 2-sabab: Hali vaqti emas Balki vaqti hali kelmagandir. Siz o'zingizni tayyor deb his qilishingiz mumkin. Lekin nikoh faqat sizning tayyorligingiz bilan qurilmaydi. Balki sizni kutayotgan inson hali o'z ustida ishlayotgandir. Yoki Alloh sizning hayotingizda yana bir nechta voqealarni avval sodir bo'lishini xohlayotgandir. Chunki ba'zi uchrashuvlar erta bo'lsa, baraka emas, sinovga aylanishi mumkin. Alloh esa har bir narsani eng munosib vaqtda beradi. Biz bugungi kunni ko'ramiz. Alloh esa o'tmishingizni ham, buguningizni ham, kelajagingizni ham bir vaqtning o'zida biladi. 3-sabab: Qalb tarbiyasi Kutish sizni tarbiyalayotgan bo'lishi mumkin. Kutish shunchaki vaqt o'tkazish emas. Bu qalb tarbiyalanadigan davr. Ba'zan Alloh sizga ne'matni darhol bermaydi. Chunki avval sizi o'sha ne'matni to'g'ri qadrlaydigan, to'g'ri boshqaradigan insonga aylantiradi. Kutish davomida siz sabrni o'rganasiz. Tavakkulni o'rganasiz. His-tuyg'ularni boshqarishni o'rganasiz. Va eng muhimi, o'zingizni faqat nikoh bilan emas, Alloh bilan to'ldirishni o'rganasiz. Alloh ba'zan ne'matni kechiktiradi. Chunki U avval ne'matdan ham qimmatliroq bo'lgan qalbingizni tarbiyalaydi. 4-sabab: Allohga yaqinlashish Balki Alloh sizni O'ziga yaqinlashtirmoqchidir. Hayotimizdagi eng samimiy duolar ko'pincha kutish davrida tug'iladi. Inson hech kim yordam beraolmaganida, eng ko'p Allohga murojaat qiladi. Shuning uchun kutish davri faqat og'riq emas. U Alloh bilan munosabatingiz eng chuqurlashadigan davr ham bo'lishi mumkin. Ba'zan siz nikohni so'rab qo'llaringizni ochasiz. Lekin Alloh shu duolar orqali qalbingizni O'ziga yana yaqinlashtiradi. Balki siz kutayotgan ne'matdan ham buyukroq ne'mat — Allohni yana yaqinroq tanib borayotgan qalbingizdir. 5-sabab: Hayrliroq taqdir Balki Alloh siz tasavvur qilganingizdan ham yaxshiroq narsani tayyorlayotgandir. Bugun siz faqat kutishni ko'ryapsiz. Shuning uchun kechikish sizga ma'nosizdek tuyulishi mumkin. Lekin Alloh faqat bugunni emas, sizning butun umringizni ko'radi. Bir kun ortga qarab, shunday deyishingiz mumkin: "Yaxshiyam o'shanda bo'lmagan ekan." Chunki o'shanda siz xohlagan narsa emas, siz uchun eng yaxshisi yozilgan ekan. Allohning tanlovi ko'pincha bizning his-tuyg'ularimizga emas, bizning haqiqiy manfaatimizga asoslanadi. Har kechikish yo'qotish emas. Ba'zan u sizni tasavvur qilganingizdan ham go'zalroq qismatga olib boradigan yo'ldir. "Kech qolish" Siz kech qolayotganingiz yo'q. Bugungi jamiyat insonning hayotini go'yo bitta jadval bilan o'lchaydi: Falon yoshda o'qishni tugatish. Falon yoshda ish topish. Falon yoshda turmush qurish. Shuning uchun atrofimizdagi odamlar birin-ketin nikoh qurayotganini ko'rsak, beixtiyor o'zimizni ular bilan taqqoslay boshlaymiz. Ichimizda esa shunday qo'rquv tug'iladi: "Men kech qolyapmanmi?" Lekin Allohning taqdirida "kech qolish" degan tushuncha yo'q. Har bir insonning o'z vaqti, o'z sinovi, o'z rizqi, o'z qissasi bor. Sizning yo'lingiz boshqalarnikiga o'xshashi shart emas. Odamlar sizning yoshingizga qaraydi. Alloh esa siz uchun eng munosib vaqtni biladi. Baxt cheklanmagan Baxt faqat nikohda emas. Nikoh Allohning ulug' ne'matlaridan biri. Lekin u baxtning yagona manbai emas. Ko'pchilik shunday o'ylaydi: "Turmush qursam, baxtli bo'laman." Aslida esa nikoh baxtni yaratmaydi. U qalbingizda bor narsani yanada kattalashtiradi. Agar qalb Allohdan uzoq, o'zidan norozi, ichidan bo'sh bo'lsa, bu bo'shliqni hech bir inson to'ldira olmaydi. Chunki inson Allohning o'rnini bosa olmaydi. Haqiqiy xotirjamlik avvalo Alloh bilan bo'lgan aloqada, qalbning sokinligida, o'z qadringizni tanishingizda boshlanadi. Nikoh hayotingizni go'zallashtirishi mumkin. Lekin qalbingizni faqat Alloh xotirjam qila oladi. Hayotdan maqsadlar Nikoh hayotingizning yagona maqsadi emas. Ba'zan inson butun hayotini faqat turmush qurishni kutish bilan o'tkazadi. Go'yo hayot nikohdan keyingina boshlanadigandek. Lekin Alloh sizni faqat turmush qurish uchun yaratmagan. Sizning ilm olishingiz, ibodatingiz, ota-onangizga qilgan yaxshiligingiz, jamiyatga foydangiz, orzularingiz, iste'dodingiz, odamlar hayotiga olib kirayotgan yaxshiligingiz – bularning barchasi ham hayotingizning ma'noli qismidir. Nikoh kelgunicha hayotingizni to'xtatib qo'ymang. Kutish davrini bekor o'tkazmang. O'zingizni rivojlantiring. Hayotingizni mazmun bilan to'ldiring. Chunki bir kun nikoh kelganda ham, siz faqat yaxshi turmush o'rtog'i emas, balki komilroq inson bo'lib kirishingiz kerak. Muhim Eslatma Kutayotgan paytingizda nima qilish kerak? Nikohni kutib, hayotingizni to'xtatib qo'ymang. O'zingizni ustingizda ishlang. Ilm o'rganing. Qalbingizni davolang. Oilaviy hayot uchun tayyorlaning. Duo qilishda davom eting. Yangi ko'nikmalar o'rganing. Hayotingizni mazmun bilan to'ldiring. Chunki siz faqat turmush o'rtog'ingizni kutmayapsiz. Siz Alloh xohlagan eng yaxshi insonga aylanayotgan bo'lishingiz mumkin. Nikohni kutayotgan vaqt ham hayotingizning qimmatli qismidir. Uni bekor o'tkazmang! @ustoz_qalbi
@ustoz_qalbi
Allohim... Istagimning yaxshiligini nimada ekanini faqat Sen bilasan. Men esa Sening hikmatingga roziman. Sabr qilaman... Kutaman... Va Sening eng go‘zal taqdiringga ishonaman. Shu sabrimni behuda qilmagin. Uning evaziga meni zafar, xotirjamlik va qalbim orzu qilgan xayrlar sohibi aylagin. Amin, yo Robbal a’lamin. @ustoz_qalbi
"O‘zgarish qiyin” degan gap ko‘p hollarda noto‘g‘ri. Aslida sen doim o‘zgarasan. Sezmasdan. Qiyinchiliksiz. Faqat qayerda ekanligingga bog'liq. Miyaning asosiy vazifasi bitta: atrof-muhitga qarab xulqni moslashtirishdir. Shuning uchun maktabimizning eng katta yutug‘i nimada, deb so‘rashsa, muhit, deb javob beraman. Buni faqat biz emas, o‘quvchilar ham, ota-onalar ham doim aytishadi. @ustoz_qalbi
Atrofingizdagi odamlarni to'g'ri tanlang. – Sizni ilgarilashga undaydigan, yaxshi maslahat bera oladigan va sizga foydasi tegadigan insonlar bilan bo'ling. Salbiy energiyali odamlardan uzoq yuring. @ustoz_qalbi
Kimdir men haqimda yomon gap gapirsa, bilingki, meni unga foydam tegmay qo‘ygan! @ustoz_qalbi
Bizni ovozsiz jim qilgan odobsizlar emas, odobimizdir. 🌷🌷🌷 @ustoz_qalbi