tgindex
Ustozlar Maktabi

Ustozlar Maktabi

Статистика
@ustozlar_maktabiузбекский

Bizning kanallar https://taplink.cc/abdullohkomil O‘qituvchilar uchun foydali maslahatlar, dars g‘oyalari va ruhlantiruvchi postlar. Har bir ustozni o‘sishi uchun xizmat qilamiz.

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
733
+3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
782
25 постов
Вовлечённость
106,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
332
1/48двое суток
380
1/72трое суток
410

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sehrli quchoq 🫂 Farzandimizga qandaydir shikast yetsa, borib darrov quchoqlab ovutishga harakat qilamiz. Bizning quchog‘imizdan esa bola xotirjam bo‘lib, yig‘lashdan to‘xtab qoladi. Chunki bola uchun ota-onaning quchog‘i - shunchaki quchoq emas. Bu: «Men sen bilanman. Sen xavfsizsan» degan tuyg‘u. Ammo bola yoshi kattargani sari bu odatimiz ham kamayib boradi. «Endi katta bo‘lib qoldi», deymiz. «O‘zi tushunadi», deymiz. «Erkalatib yuboramiz», deymiz. Lekin bir savol bor: Yoshligida ham shunday mehrni his qilmaganlar-chi? Bugun farzandimiz aytganimizni qilmasa: «Urib bo‘lsa ham qildiramiz», deymiz. «Gapirsang beti, ursang eti qotadi», deya bekorga aytishmagan. Lekin zamonaviy tadqiqotlar bu fikrni tasdiqlamaydi. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1,6 milliard bola - ya’ni har 3 boladan 2 tasi - uyida zo‘ravon tarbiya usullariga duch keladi. Taxminan 1,2 milliard bola jismoniy jazolanadi. (UNICEF DATA⁠) JSST esa jismoniy jazolash bolalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazishi, vaqt o‘tishi bilan xulq-atvor muammolarini kuchaytirishi va ijobiy natija bermasligini ta’kidlaydi. (Всемирная организация здравоохранения⁠) Demak, bola qo‘rqib biz aytganimizni qilishi - tarbiya muvaffaqiyatga erishdi, degani emas. Balki u bizdan qo‘rqishni o‘rgandi. Bola xato qilganda uni urish oson. Ba’zan baqirish ham oson. Lekin uning yoniga o‘tirib: «Nega bunday qilding?» «Senga nima bo‘ldi?» «Keling, buni boshqacha qilamiz» deyish - haqiqiy tarbiya. Chunki biz farzandimizni faqat bugungi itoatkorligi uchun emas, ertangi mustaqil hayoti uchun tarbiyalayapmiz. Sizningcha, farzand tarbiyasida quchoq ko‘proq kerakmi yoki qattiqqo‘llik? Fikringizni izohlarda yozing. Balki shu postni o‘qigan yana bir ota-ona bugun farzandini urish o‘rniga quchoqlar. Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • 8 авг.309113

    Elaboration – bilim yodda qolishining sirli kaliti Ustozjonlar, sizga bir savol. O'quvchingiz darsda mavzuni "tushundim" deydi. Lekin ertasi kuni so'rasangiz – hech narsa eslamaydi. Tanish holatmi? Muammo shundaki, ko'pchilik o'quvchi ma'lumotni shunchaki eshitib, yodlab qoladi. Miyada hech qanday bog'lanish hosil bo'lmaydi. Va bog'lanish bo'lmagan bilim – uzoq umr ko'rmaydi. Aynan shu yerda elaboration texnikasi yordamga keladi. Bu – yangi ma'lumotni o'quvchining o'zi allaqachon bilgan narsalar bilan bog'lashga majburlash usuli. Oddiy qilib aytganda, o'qituvchi doim "nega" va "qanday" deb so'rashni odat qilishi kerak. Amalda qanday ko'rinadi: Tarix darsida "1991-yilda O'zbekiston mustaqillikka erishdi" degan faktni aytish o'rniga – "nega aynan shu yili, undan oldin qanday voqealar bu holatga olib kelgan" deb so'rang. Matematikada formulani yodlatish o'rniga – "bu formula nega shunday ishlaydi, uni boshqa qaysi masalada qo'llash mumkin" deb so'rang. Tabiiy fanlarda esa – "agar bu shart o'zgarsa, natija qanday bo'lardi" degan savol o'quvchini chuqur fikrlashga undaydi. Natijada: O'quvchi faktni emas, mantiqni eslab qoladi. Va mantiq – hech qachon unutilmaydi, chunki u boshqa ko'plab bilimlar bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Ustozjonlar, keyingi darsingizda bir marta sinab ko'ring. Farqni o'zingiz sezasiz. Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • ASSALAMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH ! Ustozlar, salomatmisizlar? #Savol | Elaboration nima ekanini bilasizlarmi? Metodikaga qanday aloqasi bor?

  • Sizning ovozingiz – darsning taqdirini hal qiladi #Ustoz_mahorati Ustozjonlar, bir savol beraman: darsda o'zingizni tinglaganmisiz? Ko'pchiligimiz "nima o'rgataman" haqida ko'p o'ylaymiz, lekin "qanday ovoz bilan o'rgataman" haqida deyarli o'ylamaymiz. Aslida esa o'quvchining diqqati – sizning ovozingizga bog'liq. Bir xil ohangda, bir xil sur'atda 40 daqiqa gapirish – bu miya uchun "fon shovqini"ga aylanadi. Miya bir xil signalga tez ko'nikadi va uni e'tiborsiz qoldiradi. Shuning uchun ovoz – sizning eng kuchli qurolingiz. Amaliy maslahat: Har 3–4 daqiqada ovoz ohangini o'zgartiring – pastroq, balandroq, sekinroq. Muhim fikrdan oldin bir zum jim turing – bu pauza o'quvchini avtomatik ravishda diqqat holatiga qaytaradi. Savol berganingizda ovozingizni biroz ko'taring – bu miyga "javob kutilyapti" signalini beradi. Muhim gapni sekinroq, alohida-alohida so'zlar bilan ayting – bu esda qolish ehtimolini oshiradi. Ovozingizni boshqarishni o'rganing, sinf sizni tinglashni o'rganadi. Sinab ko'rgan ustozlar, natijangizni izohlarda yozib qoldiring. Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • без подписи

  • ASSALAMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH ! Ustozjonlar salomatmisizlar? Hozirgina Ustoz Kundaligi hamda Zamonaviy Pedagog kursining asoschilaridan biri bo’lgan Mohir ustozni “Mahoratli Ustoz” deb nomlangan kurslaridagi “Blogging” darsini tamomladik. Ustozda avval Mentorlik kurslarida hamda Zamonaviy Pedagog kurslarini 12-guruhlarida ham o’qib chiqqan edim. Ustozlardagi energiya bilan o’sha zahotiyoq shu kursdagi bilimlarni ulashaman deya bu kanalni ochgandim. Hozir esa “Mahoratli Ustoz” kursini o’qishni boshlaganimdan so’ng men ham Pedagoglar uchun endi alohida loyiha qilib, ularni bir joyga jamlab shunaqa yaxshi energiya olishlariga sababchi bo’lishni niyat qildim. Sizlar bilan ham ko’rishib gaplashmaganimizga ancha bo’lgan ekan. Shu bahona kursda hamma yig’ilgan tajribalarni ulashishga nima deysizlar? Endi rosmana harakatni boshlaymiz. Qo’llab-quvvatlaysizlarmi? Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • без подписи

  • 30 июн.1 07814

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 30 июн.8711014

    📚 Nega ayrim ustozlarning darsi juda qiziqarli, boshqalariniki esa zerikarli? Buning sababi faqat bilimda emas, balki darsni qanday tashkil qilishda. Har bir ustoz bilishi kerak bo’lgan samarali dars o’tishning 6 qoidasini ushbu postda jamladim. 💾 Saqlab qo’ying va boshqa ustozlarga ham ulashing! Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • 4 июн.1 328740

    🎬 Freedom Writers | Ozodlik kuychilari #Pedagogik_film Har bir pedagog ko‘rishi kerak bo‘lgan filmlardan biri. Bu film sizga dars berishni emas, o‘quvchining qalbiga yo‘l topishni o‘rgatadi. Ba’zan birgina ishonch va e’tibor o‘quvchining butun hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ko‘rib bo‘lgach, sizni eng ko‘p ta’sirlantirgan fikrni izohlarda yozib qoldiring. 👇 😎 Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • 🎬 Bir o‘quvchini tushunish - ba’zan butun bir sinfni o‘zgartiradi “Freedom Writers” filmi va kitobi menga yana bir haqiqatni eslatdi: 📚 Ustozning vazifasi faqat dars o‘tish emas. Ustozning vazifasi - o‘quvchining qalbiga yo‘l topish. Filmda Erin Gruwell…

  • 🎬 Bir o‘quvchini tushunish - ba’zan butun bir sinfni o‘zgartiradi “Freedom Writers” filmi va kitobi menga yana bir haqiqatni eslatdi: 📚 Ustozning vazifasi faqat dars o‘tish emas. Ustozning vazifasi - o‘quvchining qalbiga yo‘l topish. Filmda Erin Gruwell ismli yosh o‘qituvchi jamiyat “muammoli” deb hisoblagan sinfga dars bera boshlaydi. O‘quvchilar tajovuzkor, darsga qiziqmaydi, kelajakka ishonmaydi. Ko‘pchilik ulardan voz kechgan edi. Ammo bir ustoz boshqacha yo‘l tutdi. U avval matematika yoki adabiyot o‘rgatishga emas, balki o‘quvchilarni tinglashga kirishdi. Shunda men pedagogika uchun juda muhim bo‘lgan bir necha saboqlarni ko‘rdim: ✅ O‘quvchi darsni emas, avvalo ustozni qabul qiladi. ✅ Intizom qo‘rqitish bilan emas, ishonch bilan shakllanadi. ✅ Har bir tartibsiz xulq ortida aytilmagan bir hikoya bo‘lishi mumkin. ✅ Ba’zan bitta samimiy suhbat o‘nlab nasihatlardan kuchliroq ta’sir qiladi. ✅ O‘quvchining bugungi holatiga emas, uning ertangi imkoniyatiga qarash kerak. Bugungi kunda ko‘plab ustozlar: “Bu boladan odam chiqmaydi”, degan fikrni eshitadi yoki o‘zi ham shunday o‘ylab qoladi. Lekin haqiqiy pedagogning mahorati aynan shu yerda boshlanadi. 🌱 Chunki yaxshi ustoz bilim beradi. 🌳 Buyuk ustoz esa insonni o‘ziga ishontiradi. Balki sizning birgina e’tiboringiz, birgina iliq so‘zingiz yoki birgina ishonchingiz kimningdir butun hayotini o‘zgartirib yuborar… Shuning uchun har bir ustozga tavsiya qilaman: “Freedom Writers” filmini albatta tomosha qiling. Bu film sizga metodikadan ko‘ra ko‘proq narsani - o‘quvchi qalbiga kirish san’atini o‘rgatadi. 😎 Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • 🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩 Sizning umringiz uchun hozir milliardlab dollarlar kurashyapti. O’qish uchun yuqoriga bosing.

  • 16 мая1 3901514

    «Har bir bola fitrat ustida tug‘iladi…» Bolaligimizda biz ham ko‘chada o‘ynab katta bo‘ldik. Sho‘xlik qildik. Changga botdik. Yiqildik. Kulib yugurdik. Lekin fitratimizga zid bo‘lgan ayrim ishlarni qilishga botina olmas edik. Ba’zi narsalarni “bajaraman” deganda ham yuragimiz siqilib ketardi. Go‘yo jonimiz bo‘g‘zimizga tiqilgandek bo‘lardi. Chunki ichimizda hali o‘lmagan bir narsa bor edi: HAYO. Hatto maktabni bitirganimizda ham ko‘pchiligimizda shu fitriy hayo saqlanib qolgan edi. Bugun esa… Kecha uyalgani uchun qilolmagan ishlarni bugun bolalar bemalol qilmoqda. Uyat bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar “trend” bo‘lib qoldi. Hayo esa “eskilik”dek ko‘rsatilmoqda. Nega? Sabablar ko‘p: - Telefon boladan oldin tarbiya bera boshladi. - Internet bolaning eng yaqin “do‘sti”ga aylandi. - Ota-ona nazorati kamaydi. - Hayo emas, e’tibor olish qadrlanadigan zamon keldi. - Ko‘rgan narsasi takrorlana-takrorlana oddiy holga aylandi. Raqamlarga qarang: • 2025-yilgi tadqiqotlarga ko‘ra, 3–5 yoshli bolalarning 37% ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. • Shu yoshdagi bolalarning 19% esa internetga ota-onasisiz mustaqil kiradi. • 13–17 yoshdagi bolalarning 96% i ijtimoiy tarmoqlarda faol. • Kuniga 3 soatdan ortiq ijtimoiy tarmoq ishlatadigan bolalarda ruhiy muammolar ikki barobardan ko‘proq uchrashi aniqlangan. • Tadqiqotlar ortiqcha ekran va ijtimoiy tarmoq bolalarda: - diqqat pasayishi, - uyqu buzilishi, - xavotir, - uyatsizlikka o‘rganish, - va o‘zini boshqalar bilan solishtirishni kuchaytirishini ko‘rsatmoqda. (The Centre for Social Justice) Eng xavflisi: inson bir narsani ko‘p ko‘rsa, unga ko‘nikib qoladi. Avval uyat tuyulgan narsa keyin oddiy bo‘lib qoladi. Keyin esa himoya qilinadi. Fitrat birdan buzilmaydi. U asta-sekin o‘chadi. Shuning uchun bolaga faqat ovqat va kiyim emas, fitratini saqlab qoladigan muhit ham kerak. Chunki hayo - insonning ichidagi eng katta qo‘riqchilardan biridir. 😎 Ustozlar Maktabi - Rivojlanishning ilk bosqichi biz bilan.

  • 4 мая1 07399

    Ўзбекистонлик ўқувчи қиз инглиз тили мусобақасида европаликларни ортда қолдирди Франциянинг Ница шаҳрида ўтказилган халқаро олимпиадада Ўзбекистон номидан Ал-Жабр халқаро мактаби ўқувчилари иштирок этиб, юқори натижаларни қайд этди. 37 нафар ўқувчидан 33 нафари совриндор бўлди. Мусобақа доирасида ўқувчилар нафақат билимларини синовдан ўтказди, балки Европа бўйлаб илм саёҳатида ҳам қатнашди. Shunday o’quvchilarni yetishtirish har birimizning oliy burchimiz bo’lishi kerak.