tgindex
📚 26-Maktab | Rasmiy Kanal

📚 26-Maktab | Rasmiy Kanal

Статистика
@uychi26maktabузбекский

✨ O'quvchilar kelajagi uchun birgalikda! 🏫 26-maktabdan e’lonlar, eslatmalar, fotosuratlar va foydali ma’lumotlar shu yerda! 📌 Ota-onalar uchun ishonchli axborot manbasi. 📢 E’lonlar | 🗓 Tadbirlar | 🏆 Yutuqlar www.instagram.com/uychi26_school

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
63
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
732
−5 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
702
40 постов
Вовлечённость
95,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 63
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
594
1/48двое суток
680
1/72трое суток
734

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun 2017-yil 4-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil qilindi. 🌐 @uychi26maktab

  • ⚡️Уйчи туманида 4 та мактаб педагоглари 40 фоизгача устама олиши мумкин Уйчи туманидаги 26-, 39-, 41- ва 45-сонли умумтаълим мактаблари педагоглари учун қувонарли янгилик кутилмоқда. Вазирлар Маҳкамасининг 263-сонли қарори асосида мазкур мактабларда педагог ходимларга 40 фоизгача устама белгилаш имконияти мавжуд. 1 август куни Вазирликнинг ишчи гуруҳи ушбу мактабларда ўрганиш ва баҳолаш ишларини олиб бориши режалаштирилган. Агар текширув натижалари ижобий баҳоланса, белгиланган мезонлар асосида мактабларнинг педагог ходимларига 40 фоизгача устама ҳақ тўланиши мумкин. Маълумот учун 2025/2026 ўқув йили давомида Уйчи туманида 6—мактаб педагоглари — 10 фоиз, 10—мактаб педагоглари эса 40 фоиз устама олган. @uychi26maktab

  • 24 июл.1 04135

    🎯 Matematikadan yuqori natijalar sari birinchi qadamni bugun qo'ying! Sifatli ta'lim, zamonaviy yondashuv va ko'p yillik tajriba asosida tashkil etilgan matematika kurslariga qabul boshlandi. 📚 Kurs yo'nalishlari: ✅ SAT Math ✅ Prezident maktabiga tayyorlov ✅ Milliy sertifikat ✅ Maktab matematikasi (5–11-sinflar) 👨‍🏫 Mirzohid Obilov 🔹 10 yillik pedagogik tajriba 🔹 Yuzlab muvaffaqiyatli o'quvchilar 🔹 Online va offline darslar Agar maqsadingiz kuchli universitetga kirish yoki matematikadan yuqori natija ko'rsatish bo'lsa, bugundan tayyorgarlikni boshlang! 📞 Bog'lanish: 📱 +998 91 344 37 36 📨 Telegram: @Obilov_Mirzohid 📍 Joylar cheklangan. Oldindan ro'yxatdan o'ting!

  • без подписи

  • 📢 DIQQAT! TANLOV! "Mening sevimli ertak qahramonim" O‘zingiz sevgan ertak qahramoniga aylaning va uning tilidan barchaga o‘z hikoyangizni aytib bering! 🎭 TANLOV SHARTI Ishtirokchilar o‘zlari tanlagan ertak qahramoni qiyofasiga kiradilar. (Bunda mos kiyim yoki elementlardan foydalanish tavsiya etiladi.) 🎙 IJRO ETISH O‘sha qahramon tilidan maxsus monolog ijro etib, videorolik tarzda beriladi. MUDDATI 16-iyul kunidan 30-iyul kuniga qadar o'tkaziladi. ⏱️ DAVOMIYLIGI Monolog 1,5–2 daqiqa davomida, 50 megabayt hajmda bo‘lishi, olingan videoroliklarni https://t.me/namangan_bolalar_kutubxonasi manziliga hamda tuman shahar nomi ishtirokchini IFO to'liq yozib yuboriladi. 👧🧒 ISHTIROKCHILAR Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining 1–4-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 🌐Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi  rasmiy sahifalariga ulanish 👇 Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Уйчилик белбоғли курашчилар Ўзбекистон чемпионатида муносиб иштирок этди Жорий йилнинг 16–19 июль кунлари Қорақалпоғистон Республикасининг Мўйноқ туманида кичик ўсмирлар ўртасида белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионати бўлиб ўтди. 1-ўрин соҳиблари: 24 кг — Абдумаликов Бекмирза (26-мактаб); 27 кг — Мўминова Шаҳзода (19-мактаб); 33 кг — Носиржонов Камронбек (6-мактаб); 33 кг — Муҳаммаджанов Аюбхон (26-мактаб); 52 кг — Рустамов Исломжон (26-мактаб). 2-ўрин соҳиблари: 24 кг — Иброҳимов Муродулла (19-мактаб); 30 кг — Одилжонов Омадбек (26-мактаб); 30 кг (эркин йўналиш) — Исмоилов Самандар (1-мактаб); 40 кг — Икромжонов Абдулазиз (6-мактаб); +65 кг — Нурмуҳаммадов Азизбек (26-мактаб). 3-ўрин соҳиблари: 27 кг — Иброҳимов Мирзаабдулла (19-мактаб); 27 кг (эркин йўналиш) — Муҳаммаджонов Аҳрорбек (26-мактаб); 30 кг — Носиржонов Имронбек (6-мактаб); 33 кг — Ғофуржонов Муҳаммадали (26-мактаб); 40 кг — Ғайбуллажонов Илёсбек (6-мактаб); 52 кг — Абдураҳматов Улуғбек (6-мактаб); 65 кг — Маҳаматжонов Идрис (26-мактаб).

  • ⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 🌐 @uychi26maktab

  • ❓ O‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi? Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi: ➖ Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar; ➖ Chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.; 📑 Xalqaro sertifikatlar: ▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari) — “B” va undan yuqori daraja; ✔️ Chet tili sertifikatlari: • ingliz tili — ELTS (5.5+), TOEFL iBT (72+), Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP; • nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat; • fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF); • ispan tili — DELE, SIELE; • turk tili — TYS; • koreys tili — TOPIK II; • arab tili — AT Tanal Al Arabi; • xitoy tili — HSK. ❗️Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti: ➖ B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi; ➖ B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. ℹ️ Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi. 🌐 @uychi26maktab

  • без подписи

  • ❗️2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari umumiy soni e’lon qilindi #abituriyent Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, yangi o’quv yilida davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan. 🌐 @uychi26maktab

  • ☀️ SSV aholiga jazirama issiqdan saqlanish bo’yicha tavsiyalar berdi Jumladan: ⚠️ Xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar (65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar) holidan muntazam xabar olib turish; ⚠️ Chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish. Yurak, buyrak kasalliklari yoki shishga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilashi kerak; ⚠️ Yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish; ⚠️ Og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlardan saqlanib, sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish; ⚠️ Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash; ⚠️ Hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmaslik. 🌐 @uychi26maktab

  • ❗️Akademik litseylarga hujjat topshirish yakunlandi: 49 129 nafar abituriyentning arizasi qabul qilindi Hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali qabul qilingan barcha talabgorlarning shaxsiy kabinetida “Ariza qayd varaqasi” avtomatik shakllantirildi. ⚠️ Eslatma: “Ariza qayd varaqasi” faqat ariza muvaffaqiyatli ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma vazifasini bajarmaydi. Abituriyentlardan my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ma’lumotlarini yana bir bor tekshirish hamda qayd varaqasini yuklab olish tavsiya etildi. 🌐 @uychi26maktab

  • 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi. Jumladan: Антракт ➔ Tanaffus Банкет ➔ Ziyofat Брекеты ➔ Tishsim Бренд ➔ Xosnom Датчик ➔ Sezgich Дедлайн ➔ So'ngmuddat Декорация ➔ Sahnabezak Миксер ➔ Qorg'ich Палатка ➔ Chodir Раковина ➔ Chanoq Распродажа ➔ Arzonsotuv Суфлёр ➔ Shivirchi Фрилансер ➔ Erkin ishchi Эможи ➔ Hisbelgi Хештег ➔ Kalitso'z Хостел ➔ Qoʻnoquy 🌐 @uychi26maktab

  • ❗️2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi. 🌐 @uychi26maktab