tgindex
𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

Статистика

Sayt : uzDeutschland.com

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 253
−15 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 448
26 постов
Вовлечённость
81,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 888
1/48двое суток
2 163
1/72трое суток
2 333

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 9 авг.1 2724618

    #Kredit Bismillahir Rohmanir Rohim. Vatandagi yangiliklar haqida öqib turib, 32 yoshli bir vatandoshimiz bankdan olingan krediti tufayli avtobus bekatida özini osib qöygani haqidagi xabarga közim tushib qoldi. U ösha joyda vafot etibdi. Bu juda achinarli albatta. Afsuski, jamiyatda kredit olish (ribo, ya'ni foizga pul olish) oddiy holga aylanib borayotgandek. Aslida esa kredit islom dinida eng köp qoralangan harom amallardan biri hisoblanadi. Alloh taolo Baqara surasi 275-oyatida “Alloh savdoni halol, riboni esa harom qildi.” deb marhamat qilgan bölsa, 278-279-oyatlarda “Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqinglar va agar mo‘min bo‘lsangiz, ribodan qolganini tark qilinglar. Agar bunday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan urush e’lon qilinganini bilinglar.” deb aytgan. Kredit haqida oyatda shunday ogohlantirishlar aytilgan bölsa, Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Jobir roziyallohu anhu “Rasululloh ﷺ ribo yeyuvchini, uni beruvchini, uni yozib qo‘yuvchini va ikki guvohini la’natladilar va: ‘Ular barobardir’, dedilar.” deb xabar bergan. Undan tashqari Rasululloh riboni yetti halokatga olib boruvchi gunohlar qatorida sanab ötgan. Ya'ni ribo Allohga shirk keltirish, odam(lar)ni nohaq öldirish kabi gunohlar bilan bir qatorda zikr qilingan. Endi aytingchi, shuncha ogohlantirishlarga qaramay, bir kishi shu ishga qöl ursa, Alloh unga qanday muomala qilarkin? Ishini yurishmayotgani, bolasining kasal bölishi, musibat ustiga musibat kelishi balki qilinayotgan gunohlarga kafforot yoki jazodir? Bu haqida albatta fikr qilish lozim. (Eslatma: Bunday musibatlar mömin insonga uning ajrini, darajasini kötarish uchun sinov tariqasida ham kelishi mumkin.) Ba'zilar "palonchi kredit olib, mazza qilib yuribdi" deb öylaydi. Avvalo, siz uning ichidan nimalar ötayotganidan xabardor emassiz. Undan tashqari, Alloh ba'zilarni jazolashdan oldin, ularga mol-dunyo, muvaffaqqiyat va imkoniyatlarni köpaytirib beradi. Natijada u g'aflatga tushib, oxir-oqibat kutilmaganda jazoga uchraydi. Buni bir kishi narvon orqali eng baland joyga chiqib, keyin ösha joydan yiqilishiga öxshatish mumkin. Agar u narvonga bir ikku pog'ona chiqib yiqilganida, u yerga qattiq tushmas edi. Ammo yuqoridan yiqilsa, unga azob qattiqroq böladi. Yoki, musulmon bölmaganlar kredit olib, mazza qilib yashayotgani kimlargadir ajibdek tuyiladi. Bu haqida Alloh taolo Oli Imron surasida “Kofir bo‘lganlar ularga muhlat berishimizni o‘zlari uchun yaxshilik deb o‘ylamasinlar. Biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchun muhlat beramiz. Ular uchun xor qiluvchi azob bordir." deb marhamat qilgan. Ya'ni Alloh ularning ba'zilariga azobni qiyomat kunigacha kechiktirib turadi xalos. Chunki, jahannam azobi dunyo azobidan dahshatliroq. Shuning uchun, özini musulmon hisoblagan inson kreditdan uzoqroq yurishi lozim. Agar bu ishga qöl urgan bölsa, tezda tavba qilib, kreditdan iloji boricha tezroq qutilishi kerak. Inson tirik ekan unda tavba qilish imkoniyati mavjud. Alloh shunaqangi mehribon zotki, u tavba qilgan insonning gunohlarini kechirishdan tashqari, ösha gunohlarni solih amal sifatida yozib ham qöyadi. Tahrim surasida “Ey iymon keltirganlar! Allohga chin tavba bilan tavba qilinglar.” deyilgan bölsa, Baqara surasi 222-oyatda “Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni va poklanuvchilarni sevadi.” deyilgani tavba naqadar buyuk amal ekanligining isboti. Ulamolar tavbaning shartlarini quyidagicha aytishadi: 1. Gunohni darhol tark qilish. (Kredit misolida: kreditdan iloji boricha tezroq qutilish) 2. Qilgan gunohidan chin dildan pushaymon bo‘lish. 3. Unga qaytmaslikka qat’iy azm qilish. (Misol uchun, kimdir sizga "yur, kredit olaylik" deyishi xuddi "yur, chöchqa göshti yeylik" degandek jirkanch bölishi.) Yuqoridagi gaplar musulmonlar uchun nasihat, chunki Rasululloh "Din - nasihatdir" degan va insonlarni yomonlikdan uzoqlashishga hamda yaxshilikka chaqirishga buyurgan. Alloh barchamizni isloh qilsin, amin! Foydalanilgan manba: https://muslim.uz/uz/e/post/41894-ribo-va-uning-turlari

  • 31 июл.2 1291910

    #Eslatma Germaniyada ba'zi holatlarda soliq dekloratsiyasi ya'ni Steuererklärung topshirish majburiy hisoblanadi. Yuqoridagi rasmda kimlar Steuererklärung topshirishga majbur ekanligi ko'rsatilgan. Misol uchun, siz yoki turmush örtog'ingiz Elterngeld, Arbeitslosengeld yoki shu kabi pullarni olgan bölsangiz, Steuererklärung sizlar uchun majburiy hisoblanadi. Yoki bir vaqtning özida bir nechta joyda ishlagan bölsangiz ham, soliq dekloratsiyasini topshirishingiz lozim. (Minijob hisobga kirmaydi.) Agar sizga Steuererklärung topshirish shart bölsa, 2025-yil uchun 31.07.2026 gacha ya'ni bugungacha hujjat topshirishingiz kerak edi. Ammo bir necha oy kechroq topshirsangiz ham odatda hech qanday muammo bölmaydi. Agar siz ixtiyoriy tarzda Steuererklärung topshirmoqchi bölsangiz, bu uchun naqd 4 yil vaqtingiz bor. 2025-yil uchun 31.12.2029 gacha topshirsangiz böladi. @uzDeutschland

  • 22 июл.2 819622

    #ildiz Bugun bog'da kichkina daraxtchaning ildizini chiqarib tashladim. Boshida bir qarab "bir ikki ursam chiqib ketsa kerak" deb o'ylagandim. Lekin kamida 5 daqiqa vaqtim ketdi. Yer ustida faqat kichkina qismi turgandi, lekin tagi ancha baquvvat ekan. Ildiz qancha baquvvat bo'lsa, daraxt ham shunga yarasha bo'ladi. Keyin Qur'oni Karimning Ibrohim surasidagi quyidagi oyat yodimga tushdi: "Alloh qanday misol keltirganini ko'rmadingmi? Yaxshi so'z xuddi yaxshi daraxtga o'xshaydi: uning ildizi mustahkam, shoxlari esa osmonda. U Parvardigorining izni bilan har vaqt meva beradi. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun misollar keltiradi.". Ulamolar bu oyatdagi "yaxshi so'z" dan maqsad Tavhid kalimasi ya'ni "La ilaha illalloh" deb tafsir berishgan. Demak, Tavhid hamma solih amallarning asosi va ildizi ekan. Ildiz baquvvat bo'lsa daraxt kuchli, mevador bo'lgani kabi tavhid mustahkam o'rnashgan odam ham solih amallar qilishga harakat qiladi. Kimdadir solih amallar kamayib, yomonliklari ko'paysa, u holda u "La ilaha illalloh" ni qalbga yanada mustahkam o'rnatishga ehtiyojmand bo'ladi. Aqlli bog'bon daraxt meva berishi uchun unga suv quyib turadi, chunki hadeb shoxlaga e'tibor beravergani bilan, ildiz zaif bo'lsa, u daraxt meva bera olmaydi. Alloh hammamizning "ildiz"imizni mustahkam qilsin, amin🤲

  • 19 июл.3 2899231

    #Siyosat Rasmda öng tomonda Germaniyaning CDU/CSU partiyalarining Bundestagdagi fraksiyasining (ya'ni deputatlar guruhining) sobiq rahbari - Jens Spahn. Chap tomonda esa uning turmush örtog'i. Körib turganingizdek bu ikkala mavjudot tabiiy yöl bilan farzand köra olishmaydi. Shuning uchun ular yaqinda Amerika Qöshma Shtatlarida surrogat ona (Leihmutter) orqali farzand körishdi. Bunda erkakning urug'ligi va ayolning tuxum hujayrasi laboratoriyada urug'lantiriladi. Hosil bölgan embryon ayolning bachadoniga joylanadi. Bola tug'ilgandan keyin, onadan olinib, buyurtmachiga qaytarib beriladi. Sodda tushintiradigan bölsak, bir ayolning tanasini ijaraga olgandek gap, xuddi avtomobilni ijaraga olgan kabi. Muammo shundaki, Germaniyada surrogat ona orqalik farzand körish ta'qiqlangan. Eng qizig'i aynan CDU/CSU partiyasi va Jens Spahnning özi bu narsa qonuniylashtirilishiga qarshi chiqqan edi. Shuning uchun, Spahn surrogat ona orqalik farzandlik bölganini e'lon qilganidan söng, juda köp siyosatchilar uni ikki-yuzlamachilikda (doppelmoralda) aybladi. Undan tashqari partiyaning boshlig'i böla turib, partiya prinsiplariga qarshi ish qilgani köp siyosatchilarga yoqmadi. Shuning uchun u fraksiya rahbarligidan iste'foga chiq(aril)di. Ayrim g'arb davlatlari özi shunday. Ba'zi tadqiqotchilar aytishicha, g'arb mamlakatlari bundan yuz yillar oldin fabrikalarda, dalalarda ishchi kuchi yetishmayotgan vaqtda turli vajlar bilan ayollarni fabrikalarda, dalalarda ishlatishni boshlagan. Chunki kapitalistik tuzim uchun arzon ishchi kuchlari zarur edi. Lekin "bizga arzon ishchi kerak, endi ishlanglar" deyilsa qaysi ayol bunga rozi bölar edi? Shuning uchun "ayollarga ozodlik", "teng huquqlilik" degan shiorlar bilan bu narsaga erishildi. U vaqtda ayollardan ishchi sifatida foydalanilgan bölsa, hozirgi kunda boshqa tijoriy uslublarda foydalanishmoqda, misol uchun surrogat ona sifatida yoki reklama bannerlarida mahsulotni reklama qiluvchi model sifatida. Bular yana islom dinini, aniqroq aytganda, islom dinini tushirgan Allohni, ayollarga zulm qilganlikda ayblashadi. Qizlar haqida «Kimning ikkita qizi yoki ikkita opa-singlisi bo'lsa, ularga yaxshilik qilsa, odob bersa va ularga mehribon bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi.», ayollar haqida "Sizlarning eng yaxshilaringiz o‘z ayollariga eng yaxshi muomala qiladiganlaringizdir" yoki onalar haqida "Jannat onalarning oyoqlari ostidadir." degan islom dinini.

  • 12 июл.3 060188

    Buxoriy haqida she'r ham zarar qilmasa kerak :)

  • 12 июл.2 897531

    #Manba Bismillahir Rohmanir Rohim. Germaniyada ta'lim olish davomida o'rganish mumkin bo'lgan eng muhim ko'nikmalardan biri bu - keltirilayotgan fakt, fikr yoki mulohaza uchun manba ko'rsata olish. Misol uchun, siz bironta uy ishi, bakalavr ishi yoki boshqa turdagi ilmiy ish yozayotgan bo'lsangiz, o'zingiz keltirayotgan da'vo uchun manba ko'rsatish talab etiladi. Agar o'zingiz tajriba yoki surishtiruv o'tkazgan bo'lsangiz, shuni dalil sifatida ko'rsatishingiz mumkin. Agar boshqa odam o'tkazgan tajriba yoki tadqiqotga asoslangan fikrni ilgari sursangiz, unda o'sha odamning ilmiy ishini manba sifatida ko'rsatasiz. Masalan, siz ilmiy ishingizda "Uyquning yetarli bo‘lishi xotirani va bilim olish jarayonini yaxshilaydi." degan fikrni yozyabsiz. Buning uchun albatta manba ko'rsatishingiz kerak bo'ladi. "Bu gapni qayerdan olding?" deb so'rab qolishsa, "buni hamma biladiyu", "Men ko'p uxlayman, shunga xotiram yaxshi, shunga asoslanib aytyabman" degan gaplar o'tmaydi. Chunki ilmiy ishlarda shaxsiy tajriba emas, tekshirilishi mumkin bo'lgan dalillar va ishonchli manbalar asos bo'lishi kerak. Gaplarni yoki fikrlarni manba bilan asoslay olish shunaqangi muhim ko'nikmaki, u hayotning har bir jabhasida kerak bo'ladi. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda kimdir "Oila birlashtirish vizasi uchun qancha oylik daromad bo'lishi kerak?" deb savol bersa, 10 ta odamdan 10 xil javob keladi. Ularning qaysi biriga ishonish kerak? Siyosatda ham, tibbiyotda ham, iqtisodda ham deyarli hamma sohada odamlar har kuni bir-birlariga turli ma'lumot va maslahat berishadi. Agar ma'lumotlarni saralashni bilmasangiz (fact-checking), kimning gapiga ishonish kerakligini ham bilmay qolasiz. Ma'lumotni saralash uchun esa albatta u ma'lumot qayerdan kelayotganini surishtirib, oxiriga yetishga harakat qilish lozim. Yaqinda bölgan bir vaziyatni misol qilib keltirsam. Bir yurtdoshimiz Elterngeld uchun ariza jönatgan. Elterngeldstelle arizani quyidagi sabab bilan rad etgan: (7) Ein nicht freizügigkeitsberechtigter Ausländer oder eine nicht freizügigkeitsberechtigte Ausländerin ist nur anspruchsberechtigt, wenn diese Person 1. eine Niederlassungserlaubnis oder eine Erlaubnis zum Daueraufenthalt-EU besitzt, 2. eine Blaue Karte EU, eine ICT-Karte, eine Mobiler-ICT-Karte oder eine Aufenthaltserlaubnis besitzt, die für einen Zeitraum von mindestens sechs Monaten zur Ausübung einer Erwerbstätigkeit berechtigen oder berechtigt haben oder diese erlauben, es sei denn, die Aufenthaltserlaubnis wurde ..." " (§ 1 Abs. 7 BEEG). "Der ihnen erteilte aufenthaltstitel begründet keinen Anspruch auf Elterngeld." Ya'ni holat quyidagicha: Yurtdoshimizning passportida oila birlashtirish vizasi bölgan, hali Aufenthaltserlaubnis olmagan. Elterngeldstelleni hodimi BEEGdagi qoidalarni sanab, oxiriga "Sizdagi viza bilan Eltergeld olib bölmaydi" deb yozgan. Lekin xatga qaraydigan bölsak (xatning rasmini kommentga joylayman), avval qoidalarni yozib, qoidalarga manba sifatida BEEGni keltirgan. Lekin undan keyingi, rasmda belgilangan joyni özi, qoidalardan tashqarida yozgan. Ya'ni, "Viza bilan Elterngeld olib bölmaydi." degan yozuv qoida emas, ösha hodimning qoidalarga qilgan tadbiqi. Lekin hodimning tatbiqi esa xato bölishi ham mumkin. Keyin arizani qayta körib chiqishlari uchun Widerspruch yozdik. Asos sifatida Aufenthaltsgesetzdagi viza bilan bog'liq qoidani keltirdik: "Die Dauer des rechtmäßigen Aufenthalts mit einem nationalen Visum wird auf die Zeiten des Besitzes einer Aufenthaltserlaubnis, Blauen Karte EU, Niederlassungserlaubnis oder Erlaubnis zum Daueraufenthalt - EU angerechnet.". Undan tashqari, Aufenthaltskarte olinmaganligiga asosiy sabab Ausländerbüro hali termin bermaganligini aytib ötdik. Ya'ni ayb yurtdoshimizda emas. Arizani qayta körib chiqishib, Elterngeld berishadigan böldi. Aytmoqchi bölganim, agar shunday vaziyatlarda "Bu hodim qaysi manbaga köra arizamni rad etyabdi?" degan savolni öylamasangiz, u holda arizangiz asossiz rad etildimi yoki asos bilanmi, bilolmay qolasiz. Xulosa örnida yuqoridagi gapni qaytarishimiz mumkin: ma'lumotlarni manba bilan asoslay olish juda muhim könikma ekan. Islomda ham albatta bu mavzuga urg'u berilgan. Alloh taolo Hujurot surasida "Ey iymon keltirganlar! Agar sizlarga bir fosiq kishi biror xabar keltirsa, uni aniqlab (tekshirib) ko'ring." deb buyurgan bo'lsa, Yunus surasida "Ularning ko'plari faqat gumonga ergashadilar. Holbuki, gumon haqiqat o'rnini bosa olmaydi." deb marhamat qilgan. Ya'ni musulmon odam gumonga ergashmasdan, aslida haqiqat nima ekanligini qidirishi lozim ekan. Manbalar haqida gap ketganda bir buyuk inson - Imom Al Buxoriy yodga keladi. Chunki Islomda Qur'oni Karimdan keyingi eng ishonchli manba bu Imom Buxoriyning "Sahih Al Buxoriy" kitobi hisoblanadi. Nega shunday ekanligiga qiziqib körganmisiz? Nega shuncha hadis kitoblari böla turib, aynan Buxoriyning hadis kitobiga eng sahihi (ya'ni eng ishonchlisi) sifatida qaraladi? Chunki, qisqa qilib aytganda, Imom Buxoriy hadislar töplashda ularning manbalariga juda katta e'tibor bergan. Misol uchun, birinchi hadis: «Bizga Humaydiy Abdulloh ibn Zubayr hadis aytdi. U dedi: bizga Sufyon hadis aytdi. U dedi: bizga Yahyo ibn Sa’id Ansoriy hadis aytdi. U dedi: menga Muhammad ibn Ibrohim Taymiy xabar berdi. U Alqama ibn Vaqqosni eshitgan, Alqama esa Umar ibn Xattobni minbarda shunday deganini eshitgan: “Men Rasululloh ﷺning: ‘Amallar faqat niyatlar bilandir…’, deganlarini eshitdim”» Bilamizki, hadislarning manbasi bu Rasululloh s.a.vning sözlari yoki fe'llari. Buxoriy hadisni ishonchli ekanligini bilish uchun köp kriteriyalarni tekshirgan. Shulardan: 1. Hadisning roviylarini ya'ni rivoyat qilgan insonlarning rostg'oy va xotirasi kuchli ekanliklarini. Yuqoridagi hadis Rasululloh -> Umar ibn Xattob -> Alqama ibn Vaqqos -> Muhammad ibn Ibrohim Taymiy -> Yahyo ibn Said -> Sufyon -> Humaydiy (Alloh hammalaridan rozi bölsin) yönalishida Buxoriyga yetib kelgan. Buxoriy shu insonlarning har birining qanchalik ishonchli ekanligini va qanchalik mustahkam xotiraga ega ekanliklarini tekshirib chiqqan. Ular yolg'on gapirmagammi? Ularning xotirasi kuchli bölganligini boshqalar tasdiqlaydimi? Boshqa muhaddislar bu shaxslar haqida nima deyishgan? 2. Roviylar bir biri bilan aniq uchrashganmi? Yuqorida Muhammad ibn Ibrohim Alqama ibn Vaqqosdan hadis eshitganini aytgan. Ular qayerda va qachon uchrashishgan? Bunga dalil bormi? Ular bir zamonda va bir makonda yashashganmi? 3. Ushbu hadis boshqa ishonchli hadislarga zid kelmaydimi? Imom Buxoriy shu va shunga öxshash kriteriyalar asosida har bitta hadisni tekshirib chiqqan. Yuz mingdan oshiq hadisni yoddan bilgan, tasavvur qilyabsizmi? Buning uchun esa minglagan kilometer yöl bosgan. Sufyon Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilgan bölsa (ya'ni shunchaki misol tariqasida), ular deylik Köfa shahrida uchrashgan bölsa, imom Buxoriy kerak bölsa 1000km yöl bosib, Köfadagi odamlardan shu ikkalasi rostdan bir biri bilan körishganmi yoki yöqmi, shuni tekshirib chiqqan. Agar hadisni Rasullulohgacha bölgan roviylarini kamaytirish mumkin bölsa, buning uchun ham piyoda yuzlab kilometer yöl bosishga tayyor bölgan. Misol uchun, agar Sufyon tirik bölsa (tirik bölgan, bu prinsip haqida misol), Buxoriy hadisni Humaydiydan eshitib kifoyalanib qolmasdan, Sufyonning uyiga borib, hadisni uning özidan eshitishga harakat qilgan. Yuqorida Imom Buxoriy qilgan ba'zi ishlarini sanab ötdim xalos, aslida esa u kishining zehniyu, islom uchun qilgan ishlarini sanasak, bu haqida kunlab gaplashib ötirsak böladi. Bugun odamlar internetda bitta xabarni tekshirishga erinadigan zamonda, Imom Buxoriy birgina hadisning manbasini tekshirish uchun yillab vaqt sarflaganini, minglab kilometr safar qilganini va yuzlab olimlarning fikrini solishtirgani bilish insonni taajubga soladi. Balki aynan shuning uchun ham Buxoriyning kitobi Qur'oni Karimdan keyingi eng ishonchli hadis to'plami sifatida e'tirof etilgandir. Alloh bizni ham Buxoriyga loyiq avlodlardan qilsin, amin.

  • 5 июл.3 7279527

    #Gam_tashvishlar_yechimi Bismillahir Rohmanir Rohim. Atrofdagi insonlar bilan suhbatlashsangiz, hamma turli g'am-tashvishlar bilan band bölib yurgan böladi. Kimdir uy sotib olish tashvishida, kimdir biznes ochmoqchi, kimdir uylanish uchun qiz qidirmoqda, boshqa kimdir esa öqishini tezroq bitirish g'amida yuribdi, yana kimdir mashina olish payida bölsa, kimdir chet elga chiqishga harakat qilmoqda. Turli odamlarning hayollarida turlicha öy-fikrlar. Aslida, agar umumlashtriradigan bölsak, hamma deyarli bir maqsad uchun harakat qilmoqda - g'am-tashvishlarni özidan ketkazib, xotirjam yashash. Lekin odamlar tashvishlarga yechimni, xotirjamlikni turli joylardan qidirar ekan. Misol uchun, kimdir sayohatga boradi, kimdir köp mol-mulk töplaydi, kimdir yangi qimmat mashina sotib oladi, kimdir yuqori mansablarga harakat qiladi. Afsuski ba'zi odamlar tashvishlarga yechimni noto'g'ri yöllardan qidiradi. Masalan, sigaret chekishni boshlaydi, pivo sayliga boradi, nomahramlar bilan gaplashib, g'amlarini ketkazmoqchi böladi. Ammo öylab qaraydigan bölsak, inson ösha "shu narsani qilsam, keyin g'am-tashvishlardan qutulsam kerak" yoki "shu ishni qilsam xotirjam bölsam kerak" degan ishlarini qilganda ham qalbda töliq xotirjamlik topa olmaydi. Aksincha, ba'zida ular g'am ustiga g'am olib keladi. Misol uchun, sayohatga borgan odam köp pul ishlatib qöygani uchun g'amga tushib qolishi mumkin, qimmat mashina olgan odam mashinasiga ozgina shikast yetsa ham g'amga tushib qolishi mumkin, uy olsangiz keyin uyni ham yana 100 ta qöshimcha tashvishi böladi. Sigaret yoki alkogolga öxshagan narsalar esa g'am-tashvishni köpaytiradi xalos, sog'likka zarar yetkazadi, aqlni ketkazadi, oilaviy muammolar keltirib chiqaradi. Mansabga erishib, "shu ishga bekor kiribman" degan odamlarni yoki öqishni tamomlab, "nega shu yönalishda öqidim özi?!" deb siqilib yurganlarni sizlar ham körgan bölsanglar kerak. Xulosa qiladigan bölsak, inson bu dunyoda g'am-tashvishdan qutulishga harakat qilgani sari, yangi tashvishlarga kirib boraverar ekan. Masalaning boshqa tomoniga nazar soladigan bölsak, ming afsuski ba'zi odamlar yuqorida aytilgan töliq bölmagan baxtga erishish uchun hayotdagi eng muhim narsani ikkinchi darajaga tushirib qöyadi. Hayotdagi eng muhim narsa nima? Bu albatta - Allohning roziligi. Allohning roziligiga qanday erishiladi? Alloh buyurganidek yashash orqali. Yuqorida insonlar "shu narsa meni g'am-tashvishdan xalos qiladi, xotirjamlik olib keladi" deb qilgan ishlari ham köp hollarda qöshimcha tashvishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini yozgandim. Lekin hayotda shunday ishlar ham borki, u ishlarni qilsangiz, sizga hech qanday g'am - tashvish olib kelmaydi, aksincha g'am-tashvishlardan xalos qilib, xotirjamlik olib keladi. Bular - oxirat uchun qilinadigan amallar. Misol uchun, Alloh uchun bir kambag'al insonga yordam bersangiz, bu ish özingizning esingizdan chiqishi mumkin, ösha kambag'alning esidan chiqishi mumkin lekin Alloh hech narsani esdan chiqarmaydi. Har qanday amal, namoz, sadaqa, röza, ilm olish, odamlarga yordam berish agar Alloh uchun bölsa, uning uchun albatta mukofotga erishasiz. Zalzala surasi yettinchi oyatda aytilganidek "Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko'radir." Yoki Rod surasida Alloh taolo "Ular iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlardir. Ogoh bo‘lingkim, Allohning zikri ila qalblar orom topur!" deb marhamat qilgan. Bu oyatlar xotirjamlikka faqatgina Allohga bog'lanish orqali erishish mumkinligini körsatadi. Yoki hadisda Rasullulloh s.a.v ham "Kimning g'ami oxirat bo'lsa, Alloh uning qalbini boy qiladi, ishlarini jamlaydi va dunyo unga xor holda keladi. Kimning g'ami dunyo bo'lsa, Alloh kambag'allikni uning ko'z oldiga qo'yadi, ishlarini tarqatib yuboradi va unga dunyodan faqat taqdir qilinganigina keladi." deb aytgan. Yanada osonroq tushunish uchun, quyidagi holatni tasavvur qiling. Hammamiz bir juda ham katta kon oldida töplanib turibmiz. Har birimizning qölimizda bir donadan bösh qop (nemischa: Sack) bor. Bizga "konga kirib, qopga özingiz xohlagan hamma narsani töldirib olishingiz mumkin. Lekin konda chiroq yöq, qorong'u" deb aytishsa. Biz kirib, qopni töldiramiz. Qop og'ir bölib ketgani uchun, uni qiynalib katta konning u chekkasidan bu chekkasiga zörg'a kötarib chiqamiz. Kondan chiqqandan keyin hamma özining qopini tekshiradi. Qorong'ida hech narsa körinmagani uchun, kimdir öz qopini tosh bilan töldirgan, kimdir kömir bilan, yana kimdir esa oltin bilan töldirgan. Shu holatda kimni "yutuqqa erishibdi" deb ayta olamiz? Albatta qopni oltin bilan töldirgan insonni. Hayot ham shunday. Yer yuzidagi barcha odamzot "yuk" kötarib yuribdi. Kimdir "qanday qilsam tezroq boyib ketaman ekan?" degan "yuk"ni kötaryabdi, kimdir "qanday qilsam mashxur inson bölaman?" degan "yuk"ni. Kimdir esa "nima qilsam Alloh mendan rozi bölarkin?" degan "yuk"ni. Bu "yuk"larning qaysi biri oltin-u, qaysi biri kömir ekanligini oxirat diyori körsatib beradi. Dalil sifatida ikkita oyatni eslatib ötsam: 1. Ankabut surasi 64-oyat "Bu dunyo hayoti faqat o'yin-kulgi va ermakdir. Albatta, oxirat diyori – ana o'sha haqiqiy hayotdir, agar ular bilganlarida edi." 2. Hashr surasi 18-oyat "Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va har bir jon ertangi kun (oxirat) uchun nimani taqdim etganiga nazar solsın. Allohdan qo'rqingiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir." Agar oxirat uchun amal qilish muhim ekanligini tushunsak, u holda özimizning amallarimizni hisob-kitob qilib yurishimiz lozim. Vaqtimizning, molimizning, öy-hayollarimizning qanchasini oxirat uchun ajratyabmiz? Oila davrasida yoki döstlar bilan ötirganda qaysi mavzular haqida suhbatlar bölmoqda? Agar mavzu futbol yoki pul topish kabilardan nariga ötmayotgan bölsa, buni balki isloh qilish kerakdir? Buning uchun esa avvalo oxiratga iymonni kuchaytirish kerak. Bunga esa ilm olish, Allohni tanish orqali erishish mumkin. Hammamiz uning oldida qilgan amallarimiz uchun birma-bir javob beramiz. Bu postni öqiyotgan bölsangiz, siz uchun amal eshigi hali ham ochiq, qachon yopilishi esa noaniq. Kim uchundir balki ertaga yopilar, kimgadir bir yildan söng... Qur'oni Karimning Sod surasida "...Haq yo'ldan ozadiganlar uchun Hisob kunini unutganlari sababli qattiq azob bordir." deb aytilan. Yozganlarim orqali musulmonlarga oxiratni unutmaslik kerakligini, oxirat haqida g'am qilish lozimligi eslatib qöymoqchi böldim xalos. Zero Alloh taolo Zariyat surasida "Albatta, eslatma mo‘minlarga manfaat beradi." deb, A'la surasida "Bas, agar eslatma foyda bersa, eslat. Allohdan qo‘rqadigan kishi albatta eslatmani qabul qiladi." deb marhamat qilgan.

  • 3 июл.3 013203

    #Krankschreibung 2023-yildan beri Germaniyada quyidagicha vaziyat odatiy hol edi: 1️⃣. Ertalab tursangiz, istima chiqib, boshingiz og'riyabdi. Ishga borib, ishlay olmaysiz. 2️⃣. Avvalo ishxonaga buni xabar berishingiz kerak böladi. Agar ish beruvchi kasalligingiz haqida ma'lumotnoma (Arbeitsunfähigkeitsbescheinigung) talab qilsa, telefon orqali Hausarzt (ya'ni doktor)ga murojaat qilasiz. 3️⃣. Doktor kasalligingiz haqidagi ma'lumotnomani elektron shaklda Krankenkassega jönatadi. Ish beruvchi öshani keyin elektron tarzda oladi. Ya'ni siz kasal bölsangiz, doktor huzuriga bormasdan telefon orqali ma'lumotnomani olsangiz bölar edi. Merz boshchiligidagi amaldagi hukumat kasallik haqidagi ma'lumotnomani telefon orqali olishni bekor qilmoqchi ekan...

  • 3 июл.2 86741

    без подписи

  • 29 июн.3 9085922

    #Soliqlar Germaniyada qonuniy nikohdan o'tgan oilalar oilaviy holatda soliq dekloratsiyasi (Ehegattensplitting) topshirsa bo'ladi. Agar oilada bir tomon ko'proq daromad qilsa, birga soliq dekloratsiyasi topshirish deyarli har doim foydaliroq bo'ladi. Misol uchun, agar er yiliga 60000€ daromad qilsa va ayolning daromadi 0€ bo'lsa, u holda oilaviy holatda 8500€ atrofida daromad solig'i (Einkommensteuer) to'laydi. Agar ular turmush qurmagan bo'lsa, erkak 14500€ atrofida soliq to'lashi kerak bo'lar edi. Shuning uchun, Steuerklasse ham odatda 4 dan 3 ga o'tkaziladi. Agar Steuerklasse 4 da qolsa ham, soliqlarni yil oxirida Steuererklärung qilib qaytarib olsa bo'ladi. O'zbek oilalarda aksar holatda faqat bir kishi ishlagani uchun, oilaviy soliq dekloratsiyasi topshirish ko'p foyda keltiradi. Misol uchun, vrach aka 100 ming yevro daromad qilgan bo'lsa, ayoli ishlamagan bo'lsa, u holda oilaviy holatda 21000€ atrofida soliq to'laydi. Alohida soliq dekloratsiyasi topshirganida, 32000€ to'lashi kerak edi. Naqd 11000€ ko'proq. Hozirgi kunda Germaniyadagi siyosatchilar yangi turmush quradiganlar uchun shu oilaviy soliq dekloratsiyasi topshirishni bekor qilishni muhokama qilishmoqda. Ya'ni agar hukumat shu qarorga keladigan bo'lsa, yangi turmush qurgan, 100 ming daromadi bor o'zbek vrach akamiz 23000€ emas, 32000€ soliq to'lashiga to'g'ri keladi. Shuning uchun, bunaqa qonun chiqishidan oldin tezroq uylaninglar, hurmatli bo'ydoqlar😁

  • 24 июн.4 1036929

    #Minijob_wird_abgeschafft? Germaniyada ijtimoiy to'lovlar va soliq (Lohnsteuer) baland ekanligini ko'pchilik bilsa kerak. Misol uchun, 2000€ brutto oylik olsangiz, shundan 21%i ya'ni 435€ ijtimoiy sug'urtalarga olib qolinadi. Aniqroq aytganda, 186€ pensionniy fond, 26€ ishsizlik sug'urtasi, 48€ g'amxorlik sug'urtasi (PV) va 175€ sog'lik sug'urtasi. Bu degani sizda brutto oylik qancha ko'paysa, ijtimoiy to'lovlar ham ko'payib boraveradi. 3000€ brutto oylikdan 650€ ijtimoiy to'lovlarga to'lash kerak. Undan tashqari 300€ cha daromad solig'i. Agar ishda qo'shimcha soatlar (Überstunden) qilsangiz, o'sha qo'shimcha puldan ham soliq va ijtimoiy to'lovlar olinadi. Ana shunday to'lovlarni aylanib o'tish uchun ko'pchilik Minijob deb atalgan ishlarda ishlar edi. Bu ishda hozirgi kunda 603€ gacha hech qanday soliq va ijtimoiy to'lovlarsiz daromad topish mumkin. Soatiga 15€ dan 40 soat ishlab, 600€ ni hammasini o'zingizga olsangiz bo'ladi. Germaniya hukumati endilikda Minijob orqali soliqlar va sug'urtalardan ozod qilingan holda pul topishni bekor qilmoqchi ekan. Ya'ni Minijob orqali 600€ topsangiz, undan ham 130€ cha ijtimoiy to'lovlar uchun olib qolishmoqchi. Qonun hali qabul qilinmadi, hozircha reja qilishyabdi ekan xalos...

  • 14 июн.4 248769

    #Iqro Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaqinda bir video körib qoldim, AQSHdagi Harvard universitetining tadbirida bir qiz Qur'oni Karimdagi Alaq surasini o'qib berdi. Alaq surasidagi birinchi söz "O'qi" deb boshlangani uchun, köpchilik bu surani bilim olishga bog'lab keltiradi. Albatta bu tög'ri, men bugun shu sura haqida ba'zi özim öqigan muhim fikrlarni keltirib ötmoqchiman, balki sizlarga ham manfaatli bölar. Muhammad sallollohi alayhi vassallamga eng birinchi bölib aynan Alaq surasidagi ilk besh oyat tushirildi, aynan shu oyatlar bilan u zotning payg'ambarligi boshlandi. Boshqacha qilib aytganda, Alloh taolo aynan shu oyatlar bilan insonlarni zulmat botqog'idan hidoyat nuriga olib chiqa boshladi. Shuning özi ham, Alaq surasi va uning ma'nolari naqadar muhim ekanligini anglatadi. Tarixga nazar solsak, islom kelishidan oldin arab jamiyatida fohishabozlik, spirtli ichimliklar, qimorbozlik, sudxörlik kabi illatlar oddiy hol bölgan. Shuning uchun u davr johiliyat davri ya'ni ilm-ma'rifat bölmagan davr deb ataladi. Johiliyatni ketkizadigan narsa bu albatta ilm-ma'rifat, vahiy va hidoyat. Shuning uchun ham islom insonlarni birinchi navbatda namoz öqishga, zakot berishga yoki haj qilishga emas, aynan ilm-ma'rifatga chaqira boshladi. Endi, sura boshidagi ikki oyatga nazar solsak, 1. Öqi Yaratgan Robbing nomi bilan. 2. U insonni alaqdan (ya'ni "laxta qondan", hozirgi kunda "bachadonga yopishib turgan embriondan" deb tarjima qilinadi) yaratdi. Rasululloh sallollohi alayhi vassallam Hiro g'orida ekanligida, farishta Jabroil alayhissalom ilk vahiyni olib keldi: "Iqro" ya'ni "Öqi". Rasululloh öqishni ham, yozishni ham bilmas edi. Hech öylab körganmisiz, Alloh nega öqishni bilmaydigan zotga "Öqi" deb buyruq bermoqda? Chunki, öqish deganda faqatgina qog'ozdagi yozuvlarni öqish tushunilmaydi. Eng avvalo, koinot "kitobini" öqish lozim. Alloh payg'ambarimizdan va insoniyatdan atrofga, koinotdagi yulduzlardan tortib dengizning eng tubidagi baliqlargacha bölgan mahluqlarga nazar solishni, ular haqida tafakkur yuritishni xohlamoqda. Shuning uchun ham Qur'onda "Tafakkur qilmaysizlarmi?", "Aql yuritmaysizlarmi?" degan kalimalar köp uchratiladi. Chunki, atrofga qarab tafakkur qilgan odam Yaratuvchining qudratiga qoyil qolmasdan ilojisi yöq. Kengayib borayotgan koinot, daqiq suratda öz ishini qilayotgan quyosh va oy, atmosfera qobig'i, undagi kislorod va azotning miqdori, karbonat angidridni yana kislorodga aylantirib berayotgan daraxtlar, gullarni changlatib, bol yig'adigan asalarilar, bog'lardagi million turdagi gullar va shunga öxshash tabiatdagi barcha narsalar Yaratuvchining borligiga va uning cheksiz qudrat egasi ekanligiga yetarli dalil bölsa kerak. Alloh "öqi" degan buyrug'i orqali shu kabi atrofga nazar solishga, yoki hayotda bölayotgan hodisalardan xulosa chiqarishga chaqirmoqda. Kuzda yöq bölib, bahorda yana chiqadigan don-ekinlar va gullarni yoki tuxumdan chiqayotgan jöjani kuzatib, aql yuritgan odam ölimdan keyin qayta tirilish borligiga ajablanmaydi. Hammasi Yaratuvchi zotning qudrati oldida oddiy bir ish ekanligini anglaydi. Tafakkur qilishga Baqara surasida ham "Shunday qilib, Alloh sizlarga oyatlarni bayon qiladi, shoyadki tafakkur qilsangiz." yoki Oli imron surasida ham "Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun alomatlar bordir." chaqiriqlar bor. Bulardan tashqari, albatta "öqi" chaqirig'i ostiga yaratgan zotning kalomi bölmish Qur'on kitobi, hadislar va boshqa har qanday ilm-ma'rifatga aloqador kitoblarni kirgizish mumkin. "Öqi" degan buyruqning qisqacha mazmunini tushungan bölsak, oyatning davomiga qaraymiz "Yaratgan Robbing nomi bilan". Allohning 99 ta yoki undan ortiq ismlari bor deymiz, nega Alloh eng birinchi oyatda özining Robb ismini zikr qilmoqda? Nega "Öqi, yaratgan Ar Razzoq nomi bilan" yoki "Öqi, yaratgan Al Malik" nomi bilan emas, aynan Ar Robb? Robb özi nima degani? Robb lug'atda Tarbiyalovchi, Boshqaruvchi, Isloh qiluvchi kabi ma'nolarini beradi. Buni yaxshiroq tushunish uchun ikkinchi oyat bilan yonma yon qöyishimiz kerak. 1. Öqi Yaratgan Robbing nomi bilan. 2. U insonni alaqdan yaratdi. Bu ikki oyat bilan Alloh özining kimligini va insoniyat aslida kim ekanligini tanishtirmoqda. Oyatlar "Ey inson, sen laxta qondan yaratilgan bir mahluqsan, Men esa seni boshqaruvchi, seni tarbiyalovchi va seni yaratgan zotman" kabi ma'nolar beradi. Tushunish uchun öz hayotimizdan misol keltiradigan bölsak, birinchi sinfga borganda öqituvchi bizga "sizlar öquvchisizlar, men öqituvchiman, men nima desam shuni qilishinglar kerak" deb aytadi. Yaxshi öquvchi esa öqituvchiga quloq soladi. Alloh taolo esa insonlarni yaratdi, ularga rizq berdi, atrofdagi hamma ne'matlarni ular uchun muhayyo qildi. Evaziga esa, Alloh buyurgan buyruqlariga amal qilish va qaytariqlaridan qaytishni talab qildi. Mabodo, qaytariqlaridan qaytmasdan gunoh qilib qöysak ham, tavba qilish evaziga gunohlarni kechirishini aytdi. Ar Robb ismi Fotiha surasining birinchi oyatida ham keladi. "Alhamdu lillāhi Rabbil-'ālamīn" ya'ni "Hamd olamlarning Robbi bo‘lgan Allohgadir." Har kuni har namozda Ar Robb ismining zikr qilinishi ham bejiz emas. "Ey inson, sening ustingda seni va butun olamlarni Boshqaruvchi bölgan zot Ar Robb bor" degan xabar takror va takror uqtiriladi. Buni tushungan inson gunohlardan tiyilishga, savob amallarni köpaytirishga va "qanday yashasam Ar Robb buyurganidek yashagan bölar ekanman? Qanday yashasam Ar Robb rozi bölar ekan?" degan savollarga javob topishga harakat qiladi. Bularga javob esa Alaq surasidagi birinchi oyatda aytilgan: "Öqi" (va örgan, tafakkur qil, Robbingni tani!).

  • 7 июн.4 3051519

    Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳ! Азиз, қалбга яқин муслималар! Сизларни Иншааллоҳ, душанба кунидан бошлаб биргаликда «Ар-Роҳиқул Махтум» (Пайғамбаримиз Муҳаммад ﷺ сийратлари) китобини мутолаа қилишга таклиф қиламиз. 📖✨ Сийратни ўрганиш орқали Расулуллоҳ ﷺ ҳаётларидан ибрат оламиз, иймонимизни мустаҳкамлаймиз ва у зотнинг муборак ахлоқларини яхшироқ таниш имконига эга бўламиз. 📚 Китоб: «Ар-Роҳиқул Махтум», Hilolnashr 📅 Бошланиши: Душанба куни 🕓 Вақт: Ҳар куни соат 16:00 (Ўзбекистон вақти билан) Аллоҳ таоло бу илм мажлисини барчамиз учун манфаатли, баракали ва сабаби ҳидоят қилсин. Марҳамат, яқинларингизни ҳам таклиф қилинг! Ундан ташқари, ҳар куни Ўзбекистон вақти билан соат 8:00 да Қуръони Карим хатми ҳам бöлади, яъни биргаликда Қуръон ўқиймиз. ‼️ Канал фақат аёллар учун ‼️ "Улар Аллоҳга, охират кунига иймон келтирурлар, амри маъруф ва наҳйи мункар қилурлар ҳамда яхшиликларга шошилурлар. Ана ўшалар аҳли солиҳлардандир." (Оли Имрон, 114) https://t.me/+Ue_gC2rddmNkNmQy

  • 6 июн.3 3995414

    #Yangi_qoidalar Germaniyada odatda Internetda bo'sh ish o'rinlari haqida e'lonlarda oylik maosh yozilmas edi. Misol uchun, siz IT sohasida ish qidiryabsiz, 90% holatda ish haqqi haqidagi ma'lumotlarni bilmasdan turib, ishga hujjatlarni topshirar ediz. Vaqtingizni ketkazib hujjat topshirib, intervyulardan o'tgandan keyin qancha maosh taklif qilishlarini aytishar edi. Maosh sizga ma'qul kelmasa, vaqtingiz bekorga ketgan bo'lar edi. Yevropa ittifoqi shu masala yuzasidan yangi qoida (EU-Entgelttransparenzrichtlinie) qabul qilibdi. Unga ko'ra endilikda ish e'lonlarida aniq maosh yoki maosh oralig'ini (masalan, 7100€-8000€) yozishi majburiy bo'libdi. Undan tashqari, endilikda suhbat davomida sizning oldingi ishxonangizdagi maoshingizni so'rash ham mumkin emas ekan. 2026-yil 7-iyun ya'ni ertadan Germaniyada ham ushbu qoidalar kuchga kirishi kerak edi. Lekin Nemislar hali Yevropa ittifoqi qoidasini milliy qoida sifafida joriy etishga ulgirishmabdi😁 2027-yildan amalga kirishi kutilmoqda.

  • 2 июн.7 23340130

    🇩🇪 Germaniyada ba'zi O'zbekiston fuqarolariga nisbatan yirik tekshiruv o'tkazilibdi Germaniya Federal politsiyasi va prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun Shengen vizalarini soxta ma’lumotlar orqali rasmiylashtirishda gumon qilinayotgan guruhga qarshi keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra: 🔹 76 taga yaqin Shengen vizasi soxta ma’lumotlar asosida olingan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda 🔹 Soxta YI (Yevropa Ittifoqi) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari va haydovchilik guvohnomalari qo‘llangani gumon qilinmoqda. 🔹 Bir nechta manzillarda tintuv o‘tkazilib, hujjatlar va elektron qurilmalar musodara qilingan. 🔹28-may kuni to'qqiz nafar O'zbekiston fuqarolari tergov uchun qo'lga olingan. Ularning besh nafariga nisbatan Germaniya hududidan chiqib ketish bo'yicha ko'rsatma berilgan (ya'ni deport). ⚠️ Muhim: Bu holat ayrim shaxslarga nisbatan olib borilayotgan tergov bo‘lib, Germaniyaga qonuniy tarzda kelayotgan talabalar, mutaxassislar yoki oilaviy viza oluvchilarga tegishli emas. ❗️Hech qanday “viza kafolati”, “elchixonada tanishlarimiz bor” yoki “tezlashtirilgan viza” kabi va’dalarga ishonmang. Germaniya elchixonasi vizalarni faqat rasmiy tartibda ko‘rib chiqadi. Tergov davom etmoqda va hozircha sud qarori chiqmagan. Shuning uchun gumon qilinuvchilarga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi. Manba

  • 26 мая4 800483

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Muhtaram va aziz dindoshlar, qadrli ota-onalar, aka-uka va opa-singillar! Sizlarni, oilangizni va butun islom ummatini ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Bu muborak kunlarda Alloh taolodan shu kunlarda qilayotgan barcha yaxshi amallarimiz, xossatan, takbir, duo va qurbonliklarimizni O‘z dargohida husni maqbul aylashini so‘raymiz. Bu ulug‘ ayyom qalblarimizga taqvo, xonadonlarimizga qut-baraka va tinchlik olib kelsin. Aziz birodarlar! Musulmonlarning bayrami faqatgina shodlik va ziyoratlardan iborat emas, balki u islomiy birdamlik va hamjihatlik ramzidir. Bugun biz o‘z uylarimizda tinchlik-omonlikda bayram qilar ekanmiz, dunyoning turli chekkalarida, xususan, Falastin, Sharqiy Turkiston va boshqa mazlum o‘lkalarda qiyinchilik, zulm va urush olovi ichida qolayotgan musulmon birodarlarimizni qalban his qilamiz. Ularning dardi – bizning dardimiz, ularning qayg‘usi – bizning qayg‘umuzdir. Chindan ham, Falastinda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qatliomlar, zulm va adolatsizliklar har bir mo‘minning yuragini tirnaydi. Lekin musulmon kishi bunday sinovlar qarshisida aslo tushkunlikka tushmasligi lozim. Aksincha, bu voqealar bizni dinimizga yanada mustahkam bog‘lanishga, mazlumlar haqqiga tinimsiz duo qilishga va qo‘limizdan kelgan barcha moddiy va ma’naviy yordamni ayamaslikka undashi kerak. Yaratgan Egam ushbu muborak Hayit kunlari sharofati bilan butun dunyodagi mazlum va jabrdiyda birodarlarimizga tez fursatda nusrat, ofiyat va ozodlik ato etsin. Zolimlarning zulmini o‘zlariga qaytarsin. Islom ummatini aziz va birdam qilsin, yoshlarimizni har xil buzg‘unchi g‘oyalardan, iymon va axloqimizga putur yetkazuvchi ofatlardan O‘zi asrasin. Alloh taolo barchamizni din rivoji yo‘lida xolis xizmat qiladigan va ushbu yo‘lda sobitqadam bo‘ladigan bandalaridan qilsin. Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

  • 25 мая3 6145310

    #10_yil #25_may Bugun akademik litseyni tamomlab, katta hayotga qadam qo'yganimga ham 10 yil to'libdi. O'n yil❗️. Eshitganingda juda uzoqdek tuyiladi, aslida esa ko'z ochib yumgandek tezda o'tib ketadi. Qur'oni Karimdagi Mo'minlar surasida qiyomat kunida Alloh insonlardan "Yer yuzida necha yil qoldingiz?" deb so'rashi va ular "Bir kun yoki kunning ba'zisicha qoldik" deb javob berishlari zikr qilingan. Dunyo hayoti shunday foniy. Lekin aynan shu foniy va qisqa bo'lgan dunyo hayoti insonga abadiy bo'lgan oxirat hayotidagi manzili qanday bo'lishini belgilab beradigan bir imtihon. Alloh bandalarini shunday imtihon qilishni iroda qildi. Bu dunyo hayoti imtihon ekanligini deyarli hamma biladi, musulmonman degan odam bunga iymon keltiradi. Ammo ba'zida buni unutib qo'yamiz. Hadisda Rasululloh «Dunyoda goʻyo gʻarib (musofir) yoki yoʻlovchidek boʻlgin» (Imom Buxoriy rivoyati) deb aytgan bo'lsa ham, dunyoda yaxshi yashash uchun xuddi unda juda ham uzoq muddat qoladigandek harakat qilamiz ammo abadiy bo'lgan oxirat haqida kamroq qayg'uramiz. Alloh bizlarni umrlarini sarhisob qilib, undan xulosa chiqaradiganlardan qilsin, amin. Abdulla Oripovning shu she'ri yodga keldi: Bir kimsa umrining soʻngiga qadar, Yigʻdi mol-u dunyo, yigʻdi siym-u zar. Uni qiziqtirdi na doʻstning holi, Va na qoʻshnisining oʻksik ahvoli.   U chindan mol-mulkning jilovin tutdi, Faqat nafs ortidan ot surib oʻtdi.   Bir kuni ba hukmi taqdiri azal, Shamshirin koʻtarib keldi-ku ajal. Endi na siym-u zar qutqara olur, Na billur, na gavhar qutqara olur. Rozi yo norizo - farqi yoʻq mutloq, Bunday choq chorasiz hatto doʻst-oʻrtoq.   Beshafqat ajalga berar ekan tan, U dedi: «Shu ekan, dunyo shu ekan».   Marhumga marhumlik koʻrilgay loyiq, Uni qabristonga eltdi xaloyiq. Uyum tuproq boʻldi quvonchi-gʻami, Kimdir boqib dedi: «Shunga shunchami»...

  • 24 мая3 0427

    Qurbon hayitini birga nishonlaymiz 🌙 Sizni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirimizga samimiy taklif etamiz. ✨ Tadbir faqat: — Ayollar uchun — 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar uchun 💶 Kirish narxi: 15 yevro (ayollar uchun…

  • 24 мая3 17276

    #Bayram Bismillahir Rohmanir Rohim. Qurbon hayiti munosabati bilan Dortmund, Bochum, Hamm shaharlari atrofida yashaydigan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etilayabdi. Oilaviy kelmoqchi bölganlar bölishi mumkinligini inobatga olgan holda, tadbir yonidagi parkda osh yoki picknick qilishni reja qilayabmiz. Sizlarni ham bayramni birga ötkazishga taklif qilamiz. Röyhatdan ötish uchun ayollar @ummusafia1221 ga, erkaklar @Temur_econ ga murojaat qilsa böladi inshaallah.

  • 24 мая2 06369

    Qurbon hayitini birga nishonlaymiz 🌙 Sizni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirimizga samimiy taklif etamiz. ✨ Tadbir faqat: — Ayollar uchun — 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar uchun 💶 Kirish narxi: 15 yevro (ayollar uchun, bolalarga bepul) 📅 Sana: 30.05.2026 🕚 Vaqt: 11:00 📌Manzil: Bergkamen, Ela events Tadbirda sizni: 🎨 Bolalar bilan har xil o'yinlar, 🥇Ayollar orasida har xil qiziqarli musobaqalar, 🎁 Turli sovg'alar, 😋 Mazzali taom va shirinliklar 🍲🍰🧁🥗🍔 va yana boshqa turli xil programmalar kutadi, InshaaAlloh. Joylar soni cheklangan... 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Ummusafia1221 ga murojaat qiling