tgindex
O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

Статистика

“O’zagrolizing” AJ rasmiy kanali ■ instagram.com/uzal.uz ■ facebook.com/uzal.uz ■ youtube.com/@uzal_uz 🌐 www.uzal.uz 📨 info@agroleasing.uz 📍 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy t, Bobur k, 42A ☎️ 71 207-77-12 | 71 207-30-43 📞 Ishonch tel.: 71 207-30-5

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
00:34
Постов за неделю
0
Всего постов
90
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 800
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
 
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
530
40 постов
Вовлечённость
29,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 90
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
678
1/48двое суток
776
1/72трое суток
838

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🚜 Paxta terish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan zarur tashkiliy ishlar boshlab yuborildi. 🇺🇿Joriy yilda jamiyat tomonidan Respublika fermer xo‘jaliklariga jami 800 dona zamonaviy paxta terish mashinasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shundan dastlabki 50 dona paxta terish mashinasi Xorazm viloyatiga yo‘l oldi. 👍Ayni paytda paxta terish mashinalarini hududlarga tizimli ravishda yetkazib berish ishlari boshlangan bo‘lib, texnikalar bosqichma-bosqich respublikaning qolgan viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklariga ham yetkazib berilmoqda. 🚜 Mazkur texnikalar fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, paxta yig‘im-terimi jarayonini samarali tashkil etish hamda hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga xizmat qiladi. 📼 Batafsil — videoda. #paxta_mavsumi 🌎www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • Yana bir muvaffaqiyatli hamkorlik! 🚜 Buxoro viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri zamonaviy John Deere texnikasini O‘zagrolizing orqali xarid qildi. 🚜 Ushbu zamonaviy texnika fermer xo‘jaligining imkoniyatlarini yanada kengaytirib, qishloq xo‘jaligi ishlarida unumdorlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. ✔️ Fermerimizni yangi texnika bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida mo‘l hosil hamda ulkan zafarlar tilaymiz! #JohnDeere 🌎www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi 🚜 Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–22-son Farmonidabelgilangan ustuvor vazifalarning 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi natijalari hamda Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi hisoboti yakunlari yuzasidan qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 👍 Tadbirda jamiyat rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, qishloq xo‘jaligini texnik modernizatsiya qilish va xizmatlar samaradorligini oshirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi. 👍 Davra suhbatida Prezident Farmoni bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, davlat xizmatlari sifatini oshirish, raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💬 Shuningdek, Hukumatning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi hisoboti yakunlari yuzasidan qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalarning mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ijro intizomini kuchaytirish hamda har bir tarkibiy bo‘linma faoliyatida natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. 🔺 Tadbir davomida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda davlat dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishga munosib hissa qo‘shish har bir xodimning ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi. #manaviyat_soati 🌎www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • 🟦🟦 Paxta mavsumi arafasida Xorazm viloyati fermerlari uchun zamonaviy texnikalar yo‘lga chiqdi. 🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xorazm viloyatiga jami 50 dona zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berilmoqda. 👍 Alohida e'tiborga molik jihati shundaki, ushbu texnikalar orasida Xitoy texnologiyasi asosida ishlab chiqarilib, O‘zbekistonda mahalliylashtirilgan Boshiran rusumli paxta terish mashinalaridir. 🤔 Yuqori unumdorlikka ega mazkur texnikalar paxta hosilini qisqa muddatda, sifatli va kam xarajat bilan yig‘ib olish imkonini yaratib, fermerlar uchun ishonchli ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • 220 ot kuchi – bu shunchaki raqam emas, bu yuqori unumdorlik garovi! 🚜 John Deere texnikasi nega o‘z sinfidagi eng ishonchli va samarali yechimlardan biri hisoblanadi? 🤔 Uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida videomizda so‘z yuritamiz. #ZamonaviyTexnika 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • #XalqPrezidenti 🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz! ✅ Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludining 69 yilligi nishonlanmoqda. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qat’iyat va fidoyilik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak e’tirofga sazovordir. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar doimo ulkan muvaffaqiyatlar bilan davom etsin. El-yurt ishonchi, xalqimizning mehr-muhabbati va duolari Sizga hamisha kuch-quvvat bag‘ishlasin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz shijoat va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 💥 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda hamkorlikka chorlaymiz. Shaxsan Sizga yohud boshqa bir shaxsga nisbatan Jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiyaviy alomatlarga ega xatti-harakatlarni sodir etilganligi yoxud manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga guvoh boʻldingizmi? Jamiyat xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlarga egamisiz? Unda zudlik bilan “O'zagrolizing” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limiga murojaat qiling. ☎️Kompleans-nazorat xizmatining murojaat uchun telefoni: (71) 207-30-39 🌏 Korrupsiyani oldini olish bo'yicha murojaatlar 👉 https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 📧Elektron pochta manzili: anticor@uzal.uz 💬Telegram bot: @uzal_bot 📞Ishonch telefoni: (+99871) 207-30-55 📱Facebook sahifa: https://www.facebook.com/uzal.uz “O'zagrolizing” AJning yuqorida keltirilgan aloqa kanallaridan faqatgina korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar toʻqnashuviga oid faktlar haqida xabar berish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Murojaat qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. 📝📝📝 Уважаемые коллеги, дорогие сограждане, а также деловые партнеры (поставщики и покупатели, инвесторы)! Призываем вас к сотрудничеству в противодействии коррупции, а также предотвращению случаев «конфликта интересов» в структуре "Узагролизинг". Если вы стали свидетелем либо очевидцем коррупционных действий в отношении других лиц или лично к вам, а также фактов «конфликта интересов» в системе общества (при приеме на работу, переводах внутри системы, повышения в должности, ротации кадров, а также в закупочных процедурах) со стороны отдельных и недобросовестных работников общества, просим незамедлительно сообщить об этом в Службу комплаенс-контроля "Узагролизинг". ☎️Контакты Службы комплаенс-контроля: (71) 207-30-39 🌏 Обращения по вопросам предотвращения коррупции 👉https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/ 😄 https://t.me/uzal_uz 📹 instagram.com/uzal.uz 📱 facebook.com/uzal.uz 📨 anticor@uzal.uz Настоятельно рекомендуется использовать вышеуказанные каналы связи "Узагролизинг" исключительно в целях сообщения о коррупционных фактах, а также предотвращения конфликтов интересов. Анонимность личности заявителя гарантируется! #uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

  • #uzagrolizing_sarhisob 👍 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2026-yilning 1-iyul holatiga jami 17 314 dona turli rusumdagi texnikalar monitoring ko‘rigidan o‘tkazildi. ✍️ Batafsil infografikada: #tahlil 🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • John Deere texnikalari O‘zbekiston dala sharoitiga qanday moslashgan? ☀️ Yozning jazirama issig‘i, changli muhit, turli tuproq sharoitlari va uzluksiz dala ishlari... Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun bu jiddiy sinov. 🚜 Xo‘sh, John Deere ana shunday sharoitlarda qanday natija ko‘rsatadi? 📹 Ushbu videoda John Deere texnikalarining O‘zbekiston dala sharoitiga moslashgan jihatlari, ularning unumdorligi, yoqilg‘i tejamkorligi, zamonaviy texnologiyalari hamda fermerlar uchun yaratadigan qulayliklari haqida batafsil ma'lumot olasiz. #JohnDeereUzbekistan 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • #uzagrolizing_sarhisob ✅ 2026-yilning 1-iyul holatiga "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga jami 1 929 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Batafsil infografikada: 🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish – kelajak oldidagi mas'uliyat 🚜 "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yanada yuksaltirish, xodimlarning huquqiy bilimi va huquqiy ongini oshirish maqsadida "Korrupsiya – kelajak kushandasi" mavzusida seminar tashkil etildi. ✅ Mazkur tadbir Namangan viloyati tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari, sudya A. Shokirov ishtirokida o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti Jamiyatning Komplayens nazorati xizmati hamkorligida tashkil etilib, unda yuridik xizmat xodimlari hamda mas'ul mutaxassislar faol ishtirok etdilar. 🟡 Mashg‘ulot davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xizmat faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillariga qat'iy rioya qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 👍 Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan huquqiy javobgarlik choralari hamda amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. ➡️Ta'kidlanganidek, bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korporativ etika va komplayens talablariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash hamda tashkilotda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. #korrupsiya_qarshikurash🌎 www.uzal.uz🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

  • ❗️Mahalla raislariga yangi vakolatlar: tashabbus, loyiha va natija talabi kuchayadi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirishning yangi tizimi taqdim etildi. Qayd etilishicha, mahallada aniqlangan ishsiz fuqarolar bo‘yicha mahalla raisi ularning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o‘rganib, bankirga aniq topshiriqlar beradi. Masalan, agrotexnikumni tamomlagan va tomorqa yeriga ega fuqarolar uchun gul ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, mahalla raisi kim tadbirkorlik boshlashni istayotgani, qaysi oilaga kredit, uskuna yoki yer zarurligini aniqlab, har bir fuqaro bo‘yicha manzilli loyihalarni shakllantiradi. Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlarini barpo etish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga berilishi ma’lum qilindi. Mazkur yondashuv mahallalarni nafaqat muammolarni hal qiluvchi, balki yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlik tashabbuslarini yaratadigan rivojlanish markaziga aylantirishga xizmat qiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  • ⚡️Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi sustkashliklar keskin tanqid qilindi. Qayd etilishicha, ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambag‘al oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmaydi. Jumladan, Qorao‘zak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, 960 ta kambag‘al oila istiqomat qiladigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ishga joylashtirilmagan, 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay ishlamagan, loyiha shakllantirmagan va tadbirkorlar bilan uchrashmagan. Ana shunday sustkashliklar oqibatida yil boshidan buyon mahallalarda ishni lozim darajada tashkil etmagan 152 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 700 nafariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Yig‘ilishda mahallalarda soliq tushumlarini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va aholi muammolarini tizimli hal etish masalalari ham muhokama qilindi. “Mahalla odamlar uchun chinakam ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi bo‘lishi kerak,” - dedi Prezidentimiz. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  • без подписи

  • ⚡️ 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati jamoasi mamlakatimizning barcha yoshlarini samimiy muborakbod etadi! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va ravnaqida yoshlarning bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda fidokorona mehnati muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qilmoqda. "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati ham yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish hamda istiqbolli tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, yuksak marralar sari dadil odimlash, ulkan muvaffaqiyatlar va ezgu maqsadlaringiz yo‘lida zafarlar tilaymiz. #YoshlarKuni #30iyun #Uzagrolizing

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи