- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 13
- 1/48двое суток
- 14
- 1/72трое суток
- 16
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🤣 Prompt: Men bilan suhbatlashganing davomida orttirgan shaxsiy taassurotlaringga asoslanib menga oʻxshaydigan bitta film yoki serial qahramonini ayt. Fagat bitta ism yoz. @uzback_note
Kompanion (2025) Boʻlajak turmush oʻrtogʻim bilan birga koʻrish uchun film 1taga koʻpaydi. Bosh qahramon Iris (Sofi Tetcher) o'zini oddiy qiz va Josh (Jek Kveyd) bilan romantik uchrashuvga chiqqan deb o'ylaydi. Lekin u aslida Joshning buyurtmasi bilan yaratilgan sun'iy intellektli robot-hamroh (android) bo'lib chiqadi. Josh psixopatik fe'l-atvorga ega bo'lib, Irisni faqat o'ziga fully bo'ysunishi uchun sotib olgan. Irisning barcha "o'tmish xotiralari" shunchaki soxta dasturlash natijasidir. Iris o'zining sun'iy cheklovlari va tizim blokirovkalarini buzib o'tadi, o'z-o'zini anglab, o'z "egasi" Joshga va uning sheriklariga shafqatsizlarcha qarshi chiqadi hamda erkinlikka erishadi. ™️@uzback_note
Muhim masala @uzback_note
Instagramga kirsam, odamlar tashqi ko‘rinishi orqali auditoriya to‘plagan va hayotda birorta ham tuzukroq yutuqqa erisha olmagan qizlarning "kambag‘al kuyov" haqidagi gaplarini muhoka qilyapti. Ochig‘i, mana shunday holatda "o‘zing kim eding-ku, sening fikring nima bo‘lardi", deb o‘tib ketaverish tarafdoriman. Lekin... Lekin bu qizlar o‘zlari anglab, yo anglamagan holda hayotning eng achchiq haqiqatini yana bir marta eslatib qo‘yishdi. Erkak kishi juftining sevgisini, hatto yaqinlarining mehrini tekinga qozonmaydi. Manfaat keltirishdan to‘xtagan kuningiz, kimlar uchundir orticha ko‘rina boshlaysiz. Endi sizni oldingidek qadrlashmaydi, endi sizni oldingidek tinglashmaydi. So‘zingizda salobat, o‘zingizdan esa viqor qochadi. Eng yomon ko‘rganim – umumlashtirish. Hamma oila ham shunday demayman. Alloh qalbiga qanoat solgan insonlar torlik kunda ham xuddi kenglik paytidagidek yoningda turadi. Qaytanga xuddi shu kunlari kuchliroq mehr beradi: turmush o‘rtog‘i, aka-ukasi yoxud farzandi sinib qolmasligi uchun. Va yana bu bilan halol-haromni unutib, nima qilib bo‘lsa ham pul topishga chaqirmoqchi emasman. Intilish, sabablarni qoyim qilish kerak. Shunda ham ish yurishmadimi, demak sababni taqdirdan izlanadi. Kamina shunchaki, Kafka o‘z asarida yozgan, shunchaki yozmay, balki tengsiz ravishda tasvirlab bergan holat biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha hayotiyroq ekanini yana bir bor ta'kidlamoqchiman. Suvarak surati sizni ajablantirgan va kontekstni tushunmagan bo‘lsangiz, sizga shu videoni ko‘rishni tavsiya qilaman. @bayroqdor
Bugun sahar chog‘i, hali hech kim uyg‘onmasidan ko‘chaga chiqib, atrofga qaradim. Axir odamlarsiz dunyo go‘zalroq emasmi?.. Dostoyevskiy
Xaromi😁
Bugun kassa gapimizdagi bir yoshi katta amaki antiRealchi ekan, aql chichibqoldi. Aytishi boʻyicha bu safargi laligadayam hechnima, hatto paypoq ham yutolmasmish. Paypoqni sizlar baletlik qiladigan klublar yutadi, bizni klub sovrin yutadi degim keldi-yu, yoshi mendan ancha kattaligiga indamay qoʻyaverdim.🗿
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Jamshid Muslimov tomonidan tavsiya qilingan kitoblar ro’yxati👇🏻 1. Yulo Vooglayd — Vatandoshlik dasturi 2. Jonathan Haidt — Behalovat avlod 3. Viktor Gyugo — Kulayotgan odam 4. Adeeb Khalid — O’zbekiston tavalludi 5. Nizomul mulk — Siyosatnoma ❓Qaysi kitobni o’qishni reja qilib qo’ydingiz? 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
#bayram Bugun xalqaro doʻstlar kuni ekan, jigarlarni tabrilab qoʻyamiz🥂 @kinospheree
Messi g‘alaba qozona olmaganini o‘ylab siqilgan Barsa'chilar narigi tomonda Yamal o‘ynaganini eslab qolsa
видео или голосовое, без подписи
Kitob o'qiyotganda diqqatni jamlash - ko'pchilikda muammo. Yaqinda shu mavzudagi ilmiy tadqiqotlar va onlayn kitob gruppalaridagi amaliy tajribalarni o'rganib chiqdim. Ularni bitta interaktiv sahifaga jamladim. Har birining manbasi ko'rsatilgan 20 ta amaliy taktika, fokus bilan o’qish seansini qurishiz mumkin (reading-session builder) va maxsus taymer bor. Kimdir foydalansa xursand bo'laman. https://khursh.id/kitob/ @birfoizbilim
FOMO O‘zimni omadsizlarcha his qilyapman! Hamma qandaydir yutuqlarga erishyapti, lekin men hech nimaga erishmayapman! Kimdir 20 yoshida mashina, kvartira olyapti va dunyo bo‘ylab sayohat qilyapti! Aslida bunday fikrlar qayerdan keladi??? FOMO (Fear of Missing Out) — bu o‘zingizni boshqalardan ortda qolayotgandek his qilishingizga sabab bo‘ladigan sindrom. Qizig‘i shundaki, sizga keladigan barcha shu kabi negativ o‘ylarning sababi bitta — fikrlash. Ko‘p hollarda fikrlashni yaxshilashga intilishning o‘zi sizni, "Boshqalar katta natijalarga erishyapti, men esa yo‘q" degan o‘ylardan butunlay qutqaradi. Muhimi — siz kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishingizdir, boshqalar sizdan ko‘p yutuqqa erishgani emas.
Shunday emasmi?
Kibob oʻqish 1. Asabiylikka barham beradi Asabiylashsangiz musiqa eshitib, ko`chada sayr qilasizmi? Buning o`rniga kitob o`qib ko`ring. Tadqiqotlarga qaraganda, 10 daqiqalik mutolaa asabiylikni ikki baravar kamaytirarkan. 2. Uyqusizlik qiynamaydi Kitob o`qish tinchlanish va uyquga hozirlik ko`rishning eng yaxshi usuli. Telefon yoki televizorning yorqin nuri miyamizga uyg`onish uchun signal beradi. Tungi chiroq ostida kitob o`qish esa miyani dam olishga tayyorlaydi. 3. Ko`nglingiz yumshaydi Mutolaa davomida asar qahramonlari kechinmalari bilan yasharkansiz, uning dardiga sherik bo`lasiz. Oqibatda real hayotda ham insonlarni yaxshiroq tushuna boshlaysiz. 4. Miyani charxlaydi Buni-ku endi yoshlikdan bilasiz. Eng zamonaviy kopyuter diagnostikasi uskunalari ham kitob o`qigach, bir necha kun mobaynida inson miyasidan nerv tolalari soni fiziologik darajada ko`payishini tasdiqladi. 5. Kurashishga o`rgatadi Psixologiyaga oid kitoblarni o`qish tushukunlikdan chiqishga, maqsadlar sari kurashishga yordam beradi. 6. Chiroyingizni ochadi Yuqori aqliy salohiyat atrofdagilarning e`tiborini tortmay qolmaydi. Har qanday mavzuda suhbatlasha olishingiz sizni boshqalardan ko`ra maftunkor ko`rsatadi. 7. Maqsadlaringizni belgilashga ko`mak beradi Qahramonlarning erishgan yutuqlari sizni ilhomlantirishi aniq. 8. Ijtimoiy faol bo`lasiz Kitob o`qiganlar madaniy va ma`rifiy tadbirlarda faolroq ishtirok etishini statistik ma`lumotlar tasdiqlaydi. 9. Xatosiz yoza boshlaysiz Kitob o`qiganlarning yozishmalari xatosizligi bilan ko`zni yayratishi sir emas. 10. Xorijiy tillarni o`rganishga yordam beradi Muntazam mutolaa yangi materiallarni tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ayniqsa, chet tillarini o`rganishda bu qo`l keladi. 11. Ijodiy salohiyatingiz o`sadi Kitob o`qimay tuzukroq qo`shiq kuylagan, musiqa yozgan, rol ijro etgan, rejissyorlik qilgan kimni taniysiz? Xulosa chiqaravering. 12. Farzandlaringiz bilan munosabatlaringni yaxshilaydi Ota-onalar farzandlariga kitob o`qib berarkan, ularning o`rtasida shunday mustahkam rishtalar paydo bo`ladiki, buni birgalikda televizor ko`rish yoki boshqa ko`ngilochar tadbirlarni tomosha qilish bilan solishtirib bo`lmaydi, deydi ruhshunoslar. 13. Boy bo`lasiz Kitob o`qiganlar ichida boylarning ulushi o`qimaydiganlarga nisbatan bir necha karra ko`p. 14. Jinoyatning oldini oladi Kitob o`qiganlar ichida jinoyatchilar kam. Qamoqxonalarda mutolaani boshlagan jinoyatchilar esa qayta qing`ir yo`lga qadam tashlamasliklari ham o`rganilgan. 15. Nutqingiz rivojlanadi Birovlarning hayoti haqida o`qirkansiz, o`z fikringizni ham tiniq bayon etishga o`rganasiz. Keraksiz axborotlarni filtrlash, gapingizni birovlarga uqtirishingiz oson kechadi. So`z boyligingiz oshadi.
Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbat talashib mushtlashish faqat bizda emas. Mana endi Rossiyada ham bor. @bayroqdor