Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi
Статистика📍Manzil: Guliston shahar, 4-mavzre, Bo'ston MFY, Do'stlik kanali qirg'oq bo'yi, Tadbirkorlar va Hunarmandlar markazi. e-mail: srssp@mail.ru web-site: sr.chamber.uz Tel: 📞 (67) 236-37-27 📱+99897 224-62-22 📱+99899 086-19-99
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 35
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 51
- 1/48двое суток
- 58
- 1/72трое суток
- 63
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 Hurmatli tadbirkorlar! Rossiya Federatsiyasining «TransMexanizatsiya» MCHJ kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan transport-logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagi bildirilgan. Ma’lumot uchun, «TransMexanizatsiya» MCHJ 2010 yildan buyon yuk tashish va transport-logistika xizmatlari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, kompaniya tomonidan MDH davlatlari hududida kompleks transport-logistika yechimlari taqdim etiladi. Kompaniya faoliyati yo‘nalishlariga yuk tashishni tashkil etish, temir yo‘l transporti xizmatlaridan samarali foydalanish, vagonlar bilan ta’minlash, ekspeditorlik xizmatlari, konteyner tashuvlarini amalga oshirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun logistika jarayonlarini optimallashtirish kabi xizmatlar kiradi. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
📢 Hurmatli tadbirkorlar! “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida jami 322,7 gektar zarur muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘sh yer maydonlari to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmasevtika, mebelsozlik, metallni qayta ishlash, logistika va boshqa yo‘nalishlarda yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun ajratildi. “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasida loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlar : 78-150-60-06 raqamiga aloqaga chiqishingiz so`raladi. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
📢📢📢📢 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
без подписи
📢 Hurmatli tadbirkorlar! 2026-yil 16–18-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahrida Orenburg viloyati hukumati tomonidan 41-xalqaro agro-sanoat ko‘rgazma-forumi tashkil etilishi hamda unda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikasi, agrotexnologiyalar, raqamlashtirish, sun’iy intellekt yechimlari, eksport salohiyatini rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar, biznes uchrashuvlari hamda savdo-xarid sessiyalari o‘tkazilishi ma’lum qilingan. 📍 Ushbu ko‘rgazma yangi hamkorlar topish, eksport bozorlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish uchun muhim imkoniyatdir. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
📢 Hurmatli tadbirkorlar! “TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH KOMPANIYASI” AJ tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida o`tgan yillar davomida Kompaniya tomonidan viloyatdagi tadbirkorlarning 3 541 ta loyihalariga 1 048 mlrd soʻmdan ortiq xizmatlar taqdim etildi. Xususan, 744 ta loyihalarga 608 mlrd soʻm kafillik, 827 ta loyihalarga 239 mlrd soʻm kompensatsiya, 4 ta loyihaga 11 mlrd soʻm xizmatlar ipotekasi, 261 ta loyihalarga 28 mlrd soʻm kredit (lizing) resursi xizmatlari koʻrsatilib, 1 705 ta tadbirkorlik subyektiga garov taʼminotisiz mikrokredit ajratish uchun 162 mlrd soʻm resurs taqdim etildi. Kompaniya tomonidan, 2026-yilda viloyatdagi tadbirkorlarning jami 1 876 tadan ortiq loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 401 mlrd soʻm moliyaviy yordam taqdim etish koʻzda tutilgan. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
📢 Hurmatli tadbirkorlar! Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari Isfahon xalqaro ko‘rgazma markazida "Oltin, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, mashinasozlik va tegishli sohalar bo‘yicha 19-xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma" (The 19th International Specialized Exhibition of Gold, Precious Metals, Gemstones, Machinery and Related Industries) o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazma doirasida innovatsion mahsulot va ishlanmalar namoyishi, tegishli soha vakillari bilan B2B uchrashuvlar hamda boshqa tadbirlar tashkil etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan tanlab olingan va tasdiqlangan ishtirokchilar uchun mehmonxonada joylashtirish (tashrif buyuruvchilarga — 2 kecha, ko‘rgazma qatnashchilariga — 4 kecha) va shahar ichida transport xizmati ko‘rsatilishi qayd etilgan. Bog‘lanish uchun: tel./whatsApp: +98 912 947-25-67. gmail pochta :Ghorbani.intexpo@gmail.com, 📍 Ushbu ko‘rgazma yangi hamkorlar topish, eksport bozorlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish uchun muhim imkoniyatdir. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
без подписи
Россия Федерациясининг Ўзбекистон Республикасидаги Савдо ваколатхонаси Сизга шуни маълум қиладики, Россия Федерацияси субъектларининг экспорт фаолиятини ривожлантириш доирасида Россия Федерацияси Иқтисодий ривожланиш вазирлиги ҳамда ривожланиш институти «КАВКАЗ.РФ» АЖ ҳамкорлигида «Шимолий Кавказ макроҳудуди» номли буклет тайёрланган. Мазкур буклетда Шимолий Кавказ федерал округи (СКФО) ҳудудидаги инвестиция лойиҳалари, махсус иқтисодий зоналар ва саноат парклари, шунингдек, ташқи иқтисодий фаолиятни амалга оширишдан манфаатдор бўлган СКФО ташкилотлари ва корхоналарининг алоқа маълумотлари жамланган. Материал ҳаволаси: https://disk.yandex.ru/d/oWw8cDA-FQPNQ
Ўзбекистон Савдо-саноат палатасига Беларус Республикаси Савдо-саноат палатасининг Минск бўлимидан 2026 йил 2 июлдаги 1.15-8/1089-сонли хати келиб тушган. Унга кўра, Минск шаҳрининг 959 йиллиги муносабати билан 2026 йил 11 сентябрь куни Минск шаҳрида бўлиб ўтадиган Халқаро иқтисодий ҳамкорлик форуми ўтказилиши режалаштирилган. Форумда давлат органлари, бизнес ҳамжамияти ва олий таълим муассасалари вакиллари иштирок этади. Кун тартибидан замонавий иқтисодий шароитларда ривожланишнинг долзарб масалалари ва истиқболлари ўрин олган. Форум дастури учта асосий мавзули йўналишдан иборат: - Минск шаҳрининг инвестициявий, экспорт ва туризм салоҳияти; - халқаро ҳамкорликнинг янги йўналишлари ҳамда ишбилармонлик географиясини - кенгайтиришнинг амалий механизмлари; - бизнес жараёнларига сунъий интеллектни жорий этиш: хавфлар, истиқболлар ва афзалликлар. Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, қизиқиш билдирган корхоналар +998990064151 рақамига алоқага чиқишингиз сўралади.
Ўзбекистоннинг Варшавадаги элчихонаси Дрохичин шаҳри мэри В.Божим билан ўтказган учрашув давомида хориж томон Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган вино маҳсулотларини импорт қилишга қизиқиш билдириб, рақобатбардош улгуржи нархлар тақдим этилса, уларни импорт қилиш имконияти мавжудлиги таъкидлаган. Шу билан бирга, В.Божим савдо стеллажлари учун металл компонентлар ишлаб чиқарувчи Ўзбекистон корхоналари тегишли маълумотларни мазкур линк орқали олишингиз мумкин: : https://drive.google.com/file/d/15TUe3inaunSN5onsr7YIFyvLz83dkb8K/view?usp=sharing.
Ищете новое оборудование для текстильного, трикотажного, швейного производства? На CAITME 2026 Вас ждут: 🔹 ведущие мировые бренды; 🔹 современные технологии для всех этапов производства; 🔹 живые демонстрации оборудования; 🔹 прямые переговоры с производителями и поставщиками. Не тратьте время на долгие поиски - познакомьтесь с решениями в одном месте. 📅 8–10 сентября 2026 📍 НВК «Узэкспоцентр», Ташкент 👉 Зарегистрируйтесь заранее и получите бесплатный онлайн-бейдж - https://bit.ly/CAITME-ru_reg 📲 Следите за нами: 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 LinkedIn | 📱 Telegram
📢 Eksportyor tadbirkorlar diqqatiga! Bugungi kunda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga eksportoldi kreditlari ajratish uchun tijorat banklariga imtiyozli moliyaviy resurslar taqdim etilmoqda. Mazkur moliyaviy ko‘mak O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi PQ–126-son qarori hamda Hukumat komissiyasining 2025-yil 22-iyuldagi 178-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirilmoqda. ✅ Ushbu imkoniyat eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablag‘larini mustahkamlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tashqi bozorlarga chiqish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 📞 Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘linmasiga yoki xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilishingiz mumkin. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
📢 Hurmatli tadbirkorlar! Joriy yilning 2–4-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Ipak yo‘li mamlakatlari mahsulotlari ko‘rgazmalari hamda Xitoy brendlari mahsulotlari ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmalarda quyidagi yo‘nalishlardagi mahsulot va texnologiyalar namoyish etiladi: 🔹 Intellektual ishlab chiqarish, innovatsion va raqamli texnologiyalar hamda raqamli savdo; 🔹 Yashil energetika va energiya samarador texnologiyalari; 🔹 Aqlli qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi texnikalari va chorvachilik; 🔹 Qurilish materiallari, uy uchun tovarlar va qurilish texnikalari; 🔹 Tibbiy uskunalar hamda farmatsevtika mahsulotlari; 🔹 Avtomobillar, avtokomponentlar va sotuvdan keyingi servis xizmatlari; 🔹 Yengil sanoat, to‘qimachilik mahsulotlari va xalq iste’moli tovarlari. 🤝 Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlardan +998 99 006 41 51 telefon raqami orqali bog‘lanishlari so‘raladi. 📍 Ushbu ko‘rgazma yangi hamkorlar topish, eksport bozorlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish uchun muhim imkoniyatdir. 👍 Telegram 👍 Instagram 👍 Facebook 👍 YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи