UzConsulWA
Статистика🇺🇿 Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar va hamkorlar! Sizni O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasining rasmiy Telegram sahifasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz!
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 63
- 1/48двое суток
- 72
- 1/72трое суток
- 77
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi yaqinlashmoqda! O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun Yangi O‘zbekiston islohotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik sari dadil odimlamoqda. Biz Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! #Özbekiston35 #MustaqillikKuni #YangiÖzbekiston *** #September1 The 35th anniversary of the #Independence of the Republic of #Uzbekistan is approaching! Over the past 35 years, our country has traveled an extraordinary path of development. Today, the New Uzbekistan is moving confidently forward through reform, innovation, and international cooperation. Here in the Pacific Northwest, we are proud to help strengthen the friendship and mutually beneficial partnership between Uzbekistan and the United States. May our independence endure forever! #Uzbekistan35 #IndependenceDay #NewUzbekistan 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Talaba darsxonadan bevosita laboratoriya, ilg‘or ishlab chiqarish korxonasi yoki aviatsiya angariga yo‘l olishi mumkinmi? Har yili 10 mingdan ortiq talabaga ta’lim beruvchi South Seattle College aynan shunday amaliy va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvni muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda. Bosh konsulxonada Kollej prezidenti Dr. Monica Brown, dekani Ferdinand Orbino va dastur direktori Joydeep Hazra bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida kollejning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma o‘quv dasturlari hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ilg‘or ishlab chiqarish, aviatsiya, elektromobillar va zamonaviy texnologiyalar belgilandi. Asosiy maqsad yoshlarni kelajak iqtisodiyoti talablariga mos ko‘nikmalar bilan ta’minlash, bilimni innovatsiya, yangi imkoniyat va munosib kasbga aylantirish. 🇺🇿🇺🇸 O‘zbekiston ta’lim muassasalari va South Seattle College o‘rtasida amaliy hamkorlik ko‘prigini barpo etish yo‘lida ishlarni davom ettiramiz. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Bosh konsulxonada Osiyo tadqiqotlari milliy byurosi prezidenti Michael Wills bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar va dolzarb global jarayonlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Global murakkabliklarga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorlikni mustahkamlash hamda mintaqani ishonchli xalqaro hamkor sifatida namoyon etish yo‘lida izchil sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Bosh konsulxonada “Black Healthcare Advocate” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Rashad Hart boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida aholining barcha qatlamlari uchun qulay bo‘lgan raqamli platforma orqali salomatlikni muntazam kuzatish, xavflarni erta aniqlash va profilaktik tibbiy xizmatlardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan texnologik yechimlar muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonda hamkorlik istiqbollarini o‘rganishga kelishib oldilar. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Bosh konsulxonada “Eosware Inc.” kompaniyasi asoschisi Derrick Watson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishi, mamlakatimizning rivojlanib borayotgan go‘zallik sanoatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahalliy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda xizmatlar sifati va mijozlar tajribasini yaxshilash istiqbollari muhokama qilindi. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Bosh konsulxonada “RIC Enterprises” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori doktor Mithra Sankrithi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda quyosh, shamol va gidrokinetik energetika yo‘nalishlarida tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan qo‘shma tadqiqot va tajriba loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🤝🇺🇸 “Oracle” bilan sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 6-avgust kuni mamlakatimizning Sietl shahridagi bosh konsuli Ahror Burhonov “Oracle Corporation”ning Generativ sun’iy intellekt xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Jun Qian bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli va innovatsion ekotizimi, generativ sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, raqamli ta’lim, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yosh va iste’dodli aholi salohiyati hamda O‘zbekistonni sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi markazlardan biriga aylantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlar muloqotni davom ettirish, yangi imkoniyatlarni birgalikda o‘rganish va O‘zbekistonning “Oracle” bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
#SeaTac shahri bilan hamkorlik kengaymoqda Bosh konsul Ahror Burhonov SeaTac shahri menejeri Jonathan Young bilan uchrashdi. Muloqotda SeaTac shahrida O‘zbekistonning birinchi Savdo uyini ochish, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, ishbilarmon doiralar bilan tadbirlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, SeaTac shahar Kengashida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi va Vashington shtatida Bosh konsulxona ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
5-avgust kuni AQShning “Korn Ferry” kompaniyasi bilan O‘zbekistonlik malakali hamshiralarni AQSh tibbiyot muassasalariga tartibli jalb etish, ularni Amerika talablari asosida tayyorlash va sertifikatlash masalalari muhokama qilindi. “Korn Ferry” tashabbusga katta qiziqish bildirib, AQSh sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralar va yordamchi klinik-texnik mutaxassislarga sezilarli ehtiyoj mavjudligini ta’kidladi. Qator tibbiyot tizimlari xalqaro yollashga ochiqligi, ayniqsa klinik tayyorgarligi va ingliz tili darajasi yuqori bo‘lgan, litsenziyalash talablariga javob beruvchi xorijiy mutaxassislarga talab katta ekanini qayd etildi. Tomonlar loyihani dastlab kichik pilot guruh bilan boshlash, uning natijalari va AQSh ish beruvchilarining talabidan kelib chiqib, o‘zbekistonlik hamshiralarni jalb etish ko‘lamini bosqichma-bosqich kengaytirish istiqbolli ekanini qayd etdi. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
O‘zbekistoning Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasida World Affairs Council of Seattle Prezidenti va bosh ijrochi direktori Jacqueline Miller hamda Jamoatchilik dasturlari va tashkiliy faoliyat bo‘yicha direktori Magda Davis bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Vashington shtati o‘rtasida ta’lim, professional almashinuv, ekspertlar hamda jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Shuningdek, World Affairs Council of Seattle vakillari Sietl jamoatchiligini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti va yangi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Biz bu kunni uzoq vaqt eslab yuramiz Uchirish oldidagi hayajon, parvozning ilk soniyalari va so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ular. Bu kunning muhitini biz bilan birga his eting! ——— Этот день мы запомним надолго Волнение перед стартом, обратный отсчёт, первые секунды полёта и эмоции, которые невозможно передать словами. Прочувствуйте атмосферу этого дня вместе с нами! 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)
🚨 Vashington shtatidagi o‘rmon yong‘inlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasi Vashington shtatining Spokane shahri va unga tutash hududlarda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yong‘inlar sababli ayrim hududlarda majburiy evakuatsiya e’lon qilingan. Favqulodda xizmatlar yong‘inni nazoratga olish, aholini himoya qilish va zarar ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uzluksiz ish olib bormoqda. ⚠️Mazkur hududlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagilar tavsiya etiladi: 🔥mahalliy hokimiyat va favqulodda xizmatlarning evakuatsiya bo‘yicha ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish; 🔥yong‘in sodir bo‘layotgan hududlar va yopilgan yo‘llarga yaqinlashmaslik; 🔥Washington State Department of Natural Resources, Washington Emergency Management Division hamda mahalliy hokimiyatning rasmiy ogohlantirishlarini muntazam kuzatib borish; 🔥zarurat tug‘ilganda yaqinlarini o‘zining joylashuvi va xavfsizligi haqida xabardor qilish. Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaziyatni kuzatishda davom etmoqda hamda zarurat tug‘ilganda 24/7 rejimida konsullik yordamini ko‘rsatishga tayyor. 📞 Favqulodda holatlar yoki konsullik yordami uchun murojaat raqami: +1 (206) 529-7417 *** 🚨 Statement Regarding the Wildfires in Washington State The Consulate General of the Republic of Uzbekistan in Seattle is closely monitoring the ongoing wildfires affecting Spokane and surrounding areas in Washington State. Mandatory evacuation orders have been issued in certain areas, while emergency responders continue working around the clock to contain the fires, protect residents, and assist affected communities. ⚠️Citizens of Uzbekistan currently in or near the affected areas are advised to: 🔥strictly follow evacuation orders and all instructions issued by local authorities and emergency services; 🔥avoid wildfire-affected areas and closed roads; 🔥regularly monitor official updates from the Washington State Department of Natural Resources, the Washington Emergency Management Division, and local authorities; 🔥keep family members informed of their location and safety when necessary; The Consulate General continues to monitor the situation and remains available 24/7 to provide consular assistance when needed. 📞 Call for emergency Consular Assistance: +1 (206) 529-7417 Washington Wildfire Resources 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasi AQShning Aydaho (Idaho) shtati, Tvin-Fols (Twin Falls) shahrida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi hamda jabrlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi. Mahalliy hokimiyatdan hozirgi vaqtga qadar olingan ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud emas. AQSh hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga, jamoat joylarida hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga hamda favqulodda vaziyatlarda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqiramiz. Favqulodda holatlar yoki konsullik yordami zarur bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasiga +1 (206) 529-7417 telefon raqami orqali 24/7 rejimida murojaat qilishingiz mumkin. *** The Consulate General of the Republic of Uzbekistan in Seattle extends its deepest condolences to the close ones of those who lost their lives in the shooting in Twin Falls, Idaho, and wishes a swift recovery to all those who were injured. According to local authorities, there are no citizens of Uzbekistan among those killed or injured in the incident. The Consulate General urges all citizens of Uzbekistan currently in the United States to remain vigilant, strictly observe personal safety precautions, exercise caution in public places, and follow the instructions of local law enforcement authorities in the event of an emergency. In case of an emergency or if consular assistance is required, please contact the Consulate General of the Republic of Uzbekistan in Seattle at +1 (206) 529-7417, available 24/7. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
“Тараққиёт стратегияси” маркази томонидан “Ўзбекистон — 2030” стратегиясига оид инфографик тўплам ўзбек ва инглиз тилларида тайёрланди. Шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг хорижий давлатлардаги тегишли элчихоналари билан ҳамкорликда мазкур тўплам француз, итальян ва хитой тилларига таржима қилинди. Ушбу тўпламда Ўзбекистоннинг 2030 йилгача эришиши белгиланган 100 та муҳим мақсади аниқ, лўнда ва тушунарли тарзда ёритилган. Нашрдан турли даражадаги тадбирлар, тақдимотлар ҳамда ахборот-маърифий учрашувларда кенг фойдаланиш мумкин. Фурсатдан фойдаланиб, ушбу муҳим ташаббусни амалга оширишда кўрсатган амалий кўмаги ва самарали ҳамкорлиги учун Ўзбекистон Республикасининг Франция, Италия ва Хитойдаги элчихоналарига самимий миннатдорлик билдирамиз.
без подписи
без подписи
Ahead of the Informal Summit of the Leaders of Central Asia and Azerbaijan, Uzbekistan and Kyrgyzstan continue to expand their economic partnership by promoting trade, investment, and industrial cooperation through joint value chains. These initiatives demonstrate the countries' shared commitment to strengthening regional connectivity, sustainable development, and long-term prosperity. During the visit of President Shavkat Mirziyoyev to Kyrgyzstan, he was awarded the Order of Manas, First Degree — the highest state distinction of the Kyrgyz Republic. 📄 Read the full publication on our website. *** Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Norasmiy sammiti arafasida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston savdo, investitsiyalar hamda qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirmoqda. Mazkur tashabbuslar ikki mamlakatning mintaqaviy oʻzaro bogʻliqliklarini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash va uzoq muddatli farovonlikka erishish yoʻlidagi umumiy intilishini yaqqol namoyon etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofoti — I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi. 📄 Toʻliq maqolani veb-saytimiz orqali oʻqing. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston va Amazon oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti va Amazonning innovatsion yechimlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar zamonaviy, ishonchli va hamyonbop raqamli infratuzilmani rivojlantirish taʼlim, tadbirkorlik va raqamli xizmatlarni kengaytirishda muhim omil ekanini taʼkidladilar. 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page