UzFHM
СтатистикаO‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 22
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Спорт (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 709
- 1/48двое суток
- 1 958
- 1/72трое суток
- 2 112
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📋 “Navbahor” — “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha izoh. Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Bunyodkor” uchrashuvining 86-daqiqasida himoyachi to‘p uchun kurash jarayonida qo‘lini cho‘zib, tana hajmini notabiiy ravishda kengaytirgan va shu orqali to‘p yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Bosh hakam vaziyatga yaqin masofada bo‘lgan va holatni aniq kuzatgan. Shu sababli penalti belgilash haqidagi qaror to‘g‘ri qabul qilingan. ⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
📹 📋 Superliganing 15 va 16-tur uchrashuvlari tahlili davomida ko‘rib chiqilgan vaziyatlar. “Andijon” — “Paxtakor”: uchrashuvning 34-daqiqasida o‘yindan tashqari holatda turgan “Paxtakor” hujumchisi to‘pni qabul qilib olib, hujumni davom ettirdi. Ushbu hujum gol bilan yakunlandi va hakamlar jamoasi tomonidan gol inobatga olindi. VAR tekshiruvidan so‘ng o‘yindan tashqari holat qayd etildi va gol to‘g‘ri bekor qilindi. “Andijon” — “Paxtakor”: uchrashuvning 79-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. “Andijon” himoyachisi hujumchini ikki qo‘li bilan ushlab to‘xtatib qoldi va yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun maydondan chetlatildi. “Andijon” — “Paxtakor”: uchrashuvning 90+3-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. “Andijon” futbolchisi raqibining yuziga boshi bilan zarba bergan bo‘lsa, “Paxtakor” futbolchisi qo‘li bilan raqibining boshiga zarba berdi. Har ikkala futbolchi tajovuzkor harakatlari uchun maydondan chetlatildi. “Buxoro” — “Lokomotiv”: uchrashuvning 34-daqiqasida o‘yindan tashqari holatda turgan “Buxoro” hujumchisi raqib darvozaboni bilan to‘p uchun kurashdi. Shundan so‘ng “Lokomotiv” darvozaboni hujumchining yuziga tirsagi bilan zarba berdi va tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Raqib hujumchisi o‘yindan tashqari holatda bo‘lib, o‘yinga aralashgani sababli erkin zarba belgilandi. Darvozabonning keyingi harakati uchun maydondan chetlatilishi to‘g‘ri qaror bo‘ldi. “Mash’al” — “So’g’diyona”: uchrashuvning 47-daqiqasida jarima maydoni ichida “Mash’al” himoyachisi raqib hujumchisi ortidan tortib, yiqitdi. Shu sababli bosh hakam penalti belgiladi. Ushbu vaziyatda hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri bo‘lgan. “Mash’al” — “So’g’diyona”: uchrashuvning 68-daqiqasida “Mash’al” jamoasi gol kiritdi. Biroq VAR tekshiruvidan so‘ng, gol bilan yakunlangan hujumning avvalida “Mash’al” futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani qayd etildi va gol to‘g‘ri bekor qilindi. “Paxtakor” – “Buxoro”: uchrashuvining 83-daqiqasida “Buxoro” jamoasi hujumchisi burchak zarbasi davomida raqib himoyachisi to‘pga o‘ynaganidan so‘ng u bilan to‘qnashdi. Bunday to‘qnashuvlar yakkakurashlarda sodir bo‘ladigan oddiy futbol kontakti hisoblanadi. “Buxoro” jamoasi golni hech qanday qoidabuzarliklarsiz kiritdi. Hakamlar jamoasi qarori to‘g‘ri. “Xorazm” – “Ma’shal”: uchrashuvining 31-daqiqasida mehmonlar himoyachisi raqib hujumchisini ikki qo‘li bilan ushlab qolib, to‘xtatdi va penalti belgilandi. Hujumchi to‘pga egalik qilmaganligi sababli himoyachi sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Hakamlar jamoasi qarori to‘g‘ri. ⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
📋 Birinchi liga 10-tur bahslarida ishlovchi rasmiylar bilan tanishing. 👉 Batafsil ⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚽️ Proliga–2026: 15-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing. O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 15-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi. 📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada. ⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+4
📋 Proliga 11, 12, 13 va 14-tur uchrashuvlari tahlili o‘tkazildi. Bugun Zoom platformasi orqali Proliga 11, 12, 13 va 14-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi. Tahlil davomida uchrashuvlarda kuzatilgan bahsli vaziyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir epizod yuzasidan hakamlar qarorlari tahlil qilinib, to‘g‘ri yondashuv va qaror qabul qilish borasida amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim vaziyatlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusi o‘yinlarda yagona yondashuvni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. ⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи