- Последний пост
- 25 февр.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🔴BUGUN 25-fevral 🇺🇿 Onlayn audio muloqot o'tkazadigan hudud havolasi hamda o'tkazilish vaqti: 📍 Qashqadaryo viloyati — 15:00 📍 Toshkent shahar — 15:00 📍 Farg‘ona viloyati — 16:00 🔵Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Mazkur muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — sizning kadastr sohasiga oid savollaringizga javob berish hamda mavjud murojaatlaringizni tezkorlik bilan ko‘rib chiqishdir.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING! 🟢 Uydan chiqmagan holda: ➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish; ➡️ Kadastr pasportini shakllantirish; ➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish; ➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; ➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; ➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish ➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish ➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish ➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash ➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin. #Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar 📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Adliya vazirligi LexAI huquqiy chatboti ishlay boshladi. Ayni paytda chatbotning birinchi funksiyasi ishga tushirildi - huquqiy savollarga tezkor javoblar . 🎯 Tez orada ishga tushiriladigan funksiyalar: 1. Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish – qonun hujjatlari loyihalarini onlayn tahlil qilish imkoniyati. 2. Huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish – foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan yuridik ishlarga javoblar berish. 3. Loyiha hujjatlarini tayyorlash - hujjatlarni mustaqil tayyorlash uchun dizayner. 🔎 Nima uchun bu loyiha muhim? Bugungi kunda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida : • 48 mingdan ortiq hujjatlar, • amaldagi hujjatlar – 34 mingdan ortiq, • to‘liq hujjatlar – 28 mingdan ortiq, • o'zgartirish va qo'shimchalarni nazarda tutuvchi hujjatlar – 5700 dan ortiq. Chatbotning ma'lumotlar bazasi 604 milliondan ortiq belgilarni o'z ichiga oladi va uni ishlab chiqish tajribali huquq va IT mutaxassislarining 5 oydan ko'proq vaqtini talab qildi. Barcha texnologiyalar Ochiq manbadan foydalanmasdan yaratilgan, butunlay avtonom. ❗️ Hozirda chatbot test rejimida va huquqshunoslar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Tez orada u hamma uchun mavjud bo'ladi! Ushbu loyiha O‘zbekiston fuqarolari uchun huquqiy bilimlarni yanada qulayroq va samaraliroq qilishga qaratilgan. https://ai.lex.uz/
https://youtu.be/VfJbNgBlp5s?si=bwtms9byWgK_M1MM
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat https://kun.uz/uz/73260344 Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Hovlimiz 12 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 6 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi? 🇺🇿Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi. ❌ Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
⁉️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi va qancha to‘lov qilinadi? O‘ziga tegishli yerni xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari markazlariga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinadi. https://my.gov.uz/oz/primary-amount-privatization-land Shu link orqali, kirib o'zingizga tegishli uy-joyning kadastr raqamini kiritsangiz, onlayn kalkulyator hisoblab beradi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
❓Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi? 1️⃣ yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari; 2️⃣ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari; 3️⃣ xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari joylashgan yer uchastkalari; 4️⃣ bo‘sh turgan yer uchastkalari. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
⁉️O‘zboshimchalik bilan egallangan yoki uyimning yonidagi meniki bo‘lmagan yerni qo‘shib olganman shuni xususiylashtirsam bo‘ladimi? Yo‘q. Buning umuman iloji yo‘q. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplaridan biri bu - qonuniylik. O‘z nomi bilan aytib turibdi O‘zboshimchalik bilan egallangan degani huquqni begilovchi hujjatlari yo‘q degani. Qonunga va reglamentga ko‘ra huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lmagan yerlar xususiylashtirilmaydi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
без подписи
без подписи
⚡️CHORVOQDAN YER KERAKMI ? Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani "Chorvoq" turistik-rekratsion zonasi hududida joylashgan yer uchastkalari savdoga chiqarildi. 🔹 Lot-7 (4.9 ga) 6,5 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-17 (1,1 ga) 1,2 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-18 (1,3 ga) 1,4 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-20 (0,9 ga) 775 mln so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-46 (1.0 ga) 1,1 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-48 (1,0 ga) 1,1 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-57 (1,9 ga) 1,4 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-58 (1,8 ga) 1,3 mlrd so'mdan (ko'rish) 🔹 Lot-59 (1,8 ga) 1,3 mlrd so'mdan (ko'rish) Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
❗️Ва ниҳоят, Сенатнинг 21.06.2024 й. ялпи мажлисида “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун маъқулланди. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Yoʼqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak? 👨💻Yoʼqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelgan holda murojaat etishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʼyxatdan oʼtishi kerak. Аgar fuqaro oʼzi kelib murojaat qilsa DXM xodimlari uning nomidan, YaIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʼrovnomani elektron shaklda mustaqil toʼldiriladi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʼrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi. Kadastr (yigʼmajildi) pasporti yoʼqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʼoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
‼️ Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi. Fuqaro onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni bo'lish va bo'lish natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi! Xizmatni ko'rsatish muddati: 13 ish kuni mobaynida. Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida. Yaqinlaringizga ulashing 👉 @UzKadastr
‼️Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi? Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevral kunidagi 71-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi. Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Bizga kelib tushgan savollardan biri 🏢 Assalomu aleykum ko'p qavatli uyda ichki qismi bo'linmagan xonadoni bo'lish tartiblari qanaqa, kimga qachon qay tartibda murojaat qilish kerak va kadastr harajatlari qanaqa bo'ladi Toshkent shahrida ❓️ Vaalaykum Assalom, 1. Agar yangi turar-joylardagi kvartirani nazarda tutgan bo'lsangiz. Kvartirani o'zingiz xohlaganday ichki xonalarni bo'lib chiqasiz. Keyin Yagona darchaga ariza bilan murojaat qilasiz. Kadastr mutaxassis kelib, o'lchov ishlarini amalga oshiradi va necha pul bo'lganini aytadi. Bir oy ichida to'lov qilasiz. Yagona darcha kadastr xujjatini 10 ish kunida qilib beradi. 2. Agar Ikkilamchi (1970-1980 yillarda qurilgan) turar-joylardagi kvartirani nazarda tutgan bo'lsangiz. Bemalol xonalarni ikki yoki uchga bo'lib ishlatavering. Agar kadastr xujjatini yangilab qo'ymoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi qadamlarni amalga oshirishingiz mumkin. Lekin kadastr xujjatini qishlishingiz shart emas. Agar maslahatimiz foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Bizga kelib tushgan savollardan biri ⛺️ Yer sotib olganman hozirda uning loyiha bo'yicha qurdim shuni kadastr ro'yxatidan o'tkizishga ariza berdim arizamni rad etishdi qayerga murojat qilishim kerak❓️ O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga Arizangizni tushuntirasiz. Maslahat: Avvalo davlat xizmatlari markazi orqali kadastr agentligiga murojaat qilganizda Sizga nima uchun kadastr qilinmasligi sabablarini va kamchiliklarini keltirib o'tgan bo'lish kerak. O'sha kamchiliklarni bartaraf qilish orqali ham masalani hal qilsa bo'ladi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
⁉️Qachon ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi? 1️⃣Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda; 2️⃣Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berishda; 3️⃣Qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda; 4️⃣Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
⁉️Uy-joy merosxo'rlar o'rtasida qanday taqsimlanadi? 🏡Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Asos: “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunining 57-moddasi Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr