Temir yoʻl vokzallari
Статистика"Temir yoʻl vokzallari" Mas'uliyati cheklangan jamiyatining rasmiy axborot sahifasi. Facebook:https://www.facebook.com/share/1Awq265CJL/ Instagram:https://www.instagram.com/uzrailwaystations?igsh=dW1sc21zd3 YouTube:https://youtube.com/@uzrailwaystations?s
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 230
- 1/48двое суток
- 263
- 1/72трое суток
- 284
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
без подписи
Hurmatli temiryo‘l sohasi fidoyilari! Sizlarni kasb bayramingiz — Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Temiryo‘l tizimi — bu yurt taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va insonlar ishonchini birlashtiruvchi muhim sohalardan biridir. Ana shu sharafli yo‘lda har biringizning fidokorona mehnatingiz, mas'uliyatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz yuksak e'tirofga loyiq. Sizlarning kecha-yu kunduz tinimsiz mehnatingiz tufayli minglab yo‘lovchilar o‘z manziliga xavfsiz va qulay yetib bormoqda. Bu esa yurtimiz ravnaqiga qo‘shilayotgan munosib hissangizning yaqqol ifodasidir. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi zafarlar tilayman. Xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan esa kasbingizga bo‘lgan faxr tuyg‘usi hech qachon arimasin. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, "Temir yo‘l vokzallari" MChJ direktori Mamaraimov Murodjon Bazarbayevich Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Hurmatli temir yo‘l transporti sohasi fidoyilari, aziz temiryo‘lchilar! Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar temir yo‘l transporti tizimini ham mutlaqo yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tayanchi bo‘lgan mazkur tarmoqda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, transport-logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida sohaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib, yuk va yo‘lovchi tashish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Yangi temir yo‘l liniyalari qurilib, mavjud tarmoqlar modernizatsiya qilinib va elektrlashtirilmoqda. Harakat tarkibi parki izchil yangilanib, tarmoq sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari tobora ortib bormoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt elementlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va innovatsion yechimlarning keng joriy etilishi xizmatlar sifati, harakat xavfsizligi va boshqaruv samaradorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Soha har tomonlama bilimli va yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlanib, mamlakatimizning xalqaro transport-tranzit salohiyati izchil yuksalmoqda. Ayniqsa, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston xalqaro temir yo‘li loyihasining amaliy bosqichga o‘tishi, yangi temir yo‘l liniyalari va yuqori tezlikdagi yo‘nalishlarning barpo etilishi, “Jaloliddin Manguberdi” zamonaviy elektropoyezdi qatnovining yo‘lga qo‘yilishi milliy temir yo‘l tizimi taraqqiyotining yangi sahifasini ochdi. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda temir yo‘l sohasi mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yganining, uning mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi o‘rni tobora yuksalib borayotganining yorqin ifodasidir. Bu yuksak yutuqlar, avvalo, sizlarning yuksak kasbiy mahorati, fidokorona mehnatingiz, mas’uliyatingiz va Vatan taraqqiyotiga bo‘lgan sadoqatingiz samarasidir. Qadrli hamkasblar! Barchangizga mamlakatimiz ravnaqi va temir yo‘l sohasi taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va milliy temir yo‘l sohasi ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz doimo yuksak e’tirofga sazovor bo‘lsin! Hurmat va ehtirom bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Gʻ.Narzullayev O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Q.S.Sabirov |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
🚉 Men temiryoʻlchiman Bu shunchaki kasb emas — mas’uliyat, fidoyilik va sharafdir. Har bir poyezd harakati, har bir bekat, har bir xavfsiz manzil ortida temiryoʻlchilarning mashaqqatli mehnati mujassam. Kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha temiryoʻlchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, tinch-osoyishta hayot va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin! Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы железнодорожного транспорта Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
без подписи
Bugun O‘zbekiston temiryo‘lchilari o‘z kasb bayramini nishonlamoqda Bugun, 2026-yil 31-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruvida Temir yo‘l transporti xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi …BATAFSIL O’QISH BU YERDA⬅️ Сегодня железнодорожники Узбекистана отмечают свой профессиональный праздник Сегодня, 31 июля 2026 года, в центральном управлении акционерного общества «Узбекистон темир йуллари» состоялось торжественное собрание, приуроченное ко Дню работников железнодорожного транспорта …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
“Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
#vokzal 🚉 Pop temir yo‘l vokzali — ixcham bo‘lishiga qaramay, har kuni ko‘plab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, sifatli xizmat va xodimlarning mas'uliyatli mehnati tufayli vokzal hudud transport infratuzilmasining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Pop vokzali minglab insonlarning xavfsiz va qulay safar qilishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
#Qiziqarli_fakt | #Bilasizmi Dunyodagi eng to'g'ri chiziqli temir yo'l — Avstraliyada joylashgan Avstraliyaning Nullarbor tekisligi orqali o'tuvchi Trans-Australian temir yo'lining bir qismi 478 kilometr masofada birorta ham burilishga ega emas. Bu ko'rsatkich dunyodagi eng uzun to'g'ri chiziqli temir yo'l qismi sifatida rasman qayd etilgan. Ushbu yo'l shu darajada to'g'ri chizilganki, uni kosmosdan turib ham kuzatish mumkin. Astronavtlarning ta'kidlashicha, u cho'l ustiga tushirilgan ingichka chiziqqa o'xshab ko'rinadi. 1917-yilda foydalanishga topshirilgan bu temir yo'l Port Augusta va Kalgoorlie shaharlarini bog'laydi. Umumiy uzunligi 1691 kilometrni tashkil etadi. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
#vokzal Margʻilon temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar bilan suhbatlashdik. Ular vokzaldagi yaratilgan qulay sharoitlar, xizmatlar sifati va safar taassurotlari haqida oʻz fikrlarini bildirishdi. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
“Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
#vokzal Namangan temir yoʻl vokzali bugungi kunda zamonaviy qiyofasi va qulay sharoitlari bilan yoʻlovchilarni kutib olmoqda. Keng va yorugʻ kutish zallari, tartibli hududi hamda rivojlangan infratuzilmasi har bir yoʻlovchining safarini yanada qulay qiladi. Vokzal nafaqat transport maskani, balki Namangan viloyatining muhim darvozalaridan biri sifatida har kuni minglab yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda. Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
🚉 Safaringizni yanada qulay boshlang! Toshkent vokzalidagi yangilangan VIP kutish zali yo‘lovchilarga zamonaviy va yuqori darajadagi xizmatlarni taklif etadi. ✅Sizni bu yerda: • shinam va sokin kutish muhiti; • qulay o‘rindiqlar; • bepul Wi-Fi; • ichimliklar; • zamonaviy interyer; • poyezdgacha kuzatib borish xizmati; • yuklarni vagongacha yetkazib berish kabi qulayliklar kutmoqda. 📲 VIP xizmatlarini oldindan uzrailpass.uz yoki temiryolvokzal.uz saytlari orqali bron qilishingiz mumkin. Shuningdek, xizmat uchun vokzalning o‘zida naqd pul, bank kartasi yoki Payme orqali ham to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud. ➡️ Poyezdlarda tez-tez safar qiladigan yaqinlaringizga ham ushbu videoni ulashing. 🚉«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Vebsite 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
без подписи
без подписи
без подписи