UZ.RES.KOP
СтатистикаAssalomu alaykum hurmatli foydalanuvchi: O’zbekiston Respublikasidagi ko’zi ojiz talaba va pedagoglar uchun ochilgan telegram kanalga hush kelibsiz. Guruh: t.me/uzreskop Adminga murojat: https://t.me/f_bozorov_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 50
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 198
- 1/48двое суток
- 226
- 1/72трое суток
- 244
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#xushxabar #mobil_ilova #muftiyuz 📢ХУШХАБАР: “MUFTIY.UZ” ИЛОВАСИ ИШГА ТУШДИ! 🌙 Ўзбекистон мусулмонлари идораси “Muftiy.uz” мобиль иловаси ишга тушди. Ушбу замонавий платформа муҳим эслатмаларни тезкор етказиши, тез ва енгил ишлаши, ҳатто айрим бўлимлардан интернетсиз ҳам фойдаланиш мумкинлиги ва телефон хотирасида кам жой эгаллаши билан ажралиб туради. 📲 Илованинг асосий имконият ва афзалликлари: 🌙 – “Муфтий минбари” материаллари, бой кутубхона ва диний-маърифий янгиликлар; 📍– Жойлашувингизга мос аниқ намоз вақтлари ва навбатдаги ибодатгача қолган вақт таймери; 🕋– Қибла томонни сониялар ичида аниқ кўрсатиб берувчи қулай компас; 🕌– Харита орқали атрофингиздаги энг яқин масжидлар ва уларнинг манзилини топиш имконияти; 📖 – Қуръони карим суралари, кундалик зикрлар, дуолар ва электрон тасбеҳ; 💬 – Соҳа мутахассисларига тўғридан-тўғри савол ва мурожаат юбориш тизими. ✅“Muftiy.uz” – бу ибодат, илм ва замонавий қулайликларни бирлаштирган платформа. ⬇️ Юклаб олиш учун: 📱 play.google: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.muslim.mosque_app 📱 App Store: https://apps.apple.com/uz/app/muftiy-uz/id6757763485 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar: 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
🔵 eMAKTAB KURSI — KO'ZI OJIZ PEDAGOGLAR UCHUN Ekran o'quvchi NVDA bilan eMaktabni 0 dan mukammal darajada o'rganish imkoniyati 👇 ✅ Tizimga kirish (captcha bilan) ✅ Jurnal, davomat, baholash (klassik + kriterial) ✅ BSB, CHSB, imtihon baholari ✅ Hisobotlar, dars jadvali, reyting 🎯 Natija: hech kimning yordamisiz, sog'lom hamkasblar darajasida mustaqil ishlash 👨🏫 O'qituvchi: Jaloliddin Sirojiddinov 15 yil nazariy + 9 yil amaliy tajriba, Respublika kompyuter savodxonligi tanlovi g'olibi (2023, 2025) 🗓 1 oygacha | haftasiga 3 kun | 2 soatdan 💻 Telegram guruhida, jonli, onlayn 👥 5 kishilik guruh (ayollar/erkaklar alohida) 💰 narxi 300 000 so'm 📩 Yozilish: @jaloliddin1199 | jaloliddinsirojiddinov3@gmail.com Talab: tugmalarni bilish va ekran o'quvchi nutqini tushunish. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
❗️Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi 📌 Agar siz maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. ✔️ Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. 📑Siz o‘zingizga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Eng asosiy dastlabki maqsadlarimiz ushalgan bo’lgan bo’lsada, hali oldimizda yana bir qancha masalalar turibdi. Ulardan eng asosiylarini keltirib o’taman: Ko’zi ojizga yordamchi asisentni bog’chadan to OTMgacha bo’lgan barcha tashkilotlarda tashkil etilishiga erishish, yordamchi asisent bugungi kunda olayotgan maoshini ozligiga e’tibor qaratsak Shahar va poytaxt hududlarida bu maosh uchun ishlash hoxishini bildiradigan kadirni topilmasligi kuzatilyabdi. Imkoniyat qila olsak shu masalalarni ijobiy hal etish uchun harakat qilamiz. Bu maqsadga erishish uchun fan nomzodligi uchun qilayotgan ilmiy tatqiqot ishimda alohida tohtalib o’taman va shu maqsadda ilmiy ishni yozyabman. Jamoadan bundan keyingi harakatlarda ham bir-birimizga hamroh bo’lib harakat qilishimizni so’rab qolaman. Telegramdagi qisqacha tariximiz shundan iborat bo’lib, mavjud ma’lumotlarni eng asosiylarini e’tiboringizga taqdim etishga harakat qildim. Aslida yozamiz desak masalalar juda ko’p edi. Tayyorladi: F.N. Bozorov 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Birinchilardan bo’lib, milliy sertifikatni Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan sudlashib yurib yutib chiqgan Bobur Tillayev va undan keyin Islombek Qulturayevlarni Aplus natijasi katta kuch bo’lib hizmat qildi. Bu jarayon yuzasidan 2025-yilning 28-dekabrida ovozli chat tashkillashtirgan edik. Milliy sertifikatda qatnashish uchun ruhsat berishini so’rab qayta-qayta agentlikni ostonasiga borib, ularni achiq gaplariga bardosh berib qahramonlik ko’rsatgan Adhambek Qarshiboyevni saiharakatiga tohtalib o’tish muhim. Negaki bu harakat natijasida endilikda sudlashib emas, balki hujjat topshirilganidan so’ng yana alohida sertifikatga nomzod savollarni o’qib beruvchi ajratilishini so’rab qo’shimcha murojat yuborish imkoniyatini qo’lga kiritildi. Ammo bu faqatgina tarix fani uchun bo’lib, mas’ullar boshqa fanga ruhsat bermaganligini boshqa fan o’qituvchilaridan murojat bo’lmaganligiga yo’yishdi. Shundan so’ng har bir fan alohida harakat qilishi kerak ekanda? Degan xulosa bilan boshqa fan o’qituvchilari ham harakatni boshlab yuborishgan edi. Biroq 2026-yilning 4-avgustida PQ-292-sonli qarorni imzolanishi va 2026-yilning 5-avgustidan kuchga kirishi barchasiga hursanchilik bilan nuqta qo’ydi. Negaki bu qarorda milliy sertifikat masalasi ham, attestatsiya masalasi ham, qo’shimcha vaqt berish masalasi ham va eng asosiysi tarjimon kotiba masalasi ham hal etilgan edi. Ushbu tarixni yozar ekanman ohirgi 4 yillik vaqtda bo’lib o’tgan bir-biridan dahshatli yomon munosabatlarga jamoamiz bardoshi bilan javob qaytarib kelganligiga xulosa qilib turibman. Albatta bu voqealar sizga ham notanish emas. Ammo g’alabadan so’ng o’tgan qiyinchiliklar tez unitiladi. Bu tarix bizga o’tmishni eslatib, kelajakda hato qilmasdan harakat qilishimizga ozgina bo’lsada hissasini qo’shadi degan umiddaman. Yana biroz qo’shimcha qilay-a? Siz aytishingiz mumkin! Bu guruh ingiliz tili sertifikatini olinishida ham o’z hissasini qo’shgan-ku? Deb. ha to’g’ri shunday bo’lgan Oz’KOJ hodimlari bilan bu masalada 2024-yilning 24-martida ovozli chat tashkillashtirib ingiliz tili o’qituvchilarini fikri bilan tanishgan edik va ularni hoxish istaklarini inobatga olingan edi. Biroq bu ish boshida rasmiy kuchga ega bo’lgan uzoq yillardan beri ko’zi ojizlar manfaati uchun faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotni rasmiy rahbarlari turgan edi. Biz esa shunchaki davlatni fuqarosi sifatida, fuqarolik huquqimizdan foydalanib harakat qildik holos. Yana siz eslatishingiz mumkin attestatsiyada ko’zi ojiz talabgorlar uchun alohida kun belgilanishiga ham ushbu guruh sabab bo’lgan edi-ku? Deb. Ha to’g’ri aytasiz shunday bo’lgan hattoki mas’ullar bilan aloqaga chiqib, ko’zi ojiz nomzodlarni sonini aniqlash oson bo’lishi uchun 2026-yilning yanvar-iyun attestatsiya bosqichida ishtirok etishga ro’yhatdan o’tish jarayonida ko’zi ojizlikni belgilab qo’yiladigan funksiyani qo’shilishiga ham hissamizni qo’shdik. Yana siz aytishingiz mumkin yuqorida bir nechta shahslarni nomini keltirib o’tilibdi nega Furqat Bozorovni nomi yo’q deb? F. Bozorov yuqoridagi ishlarni hammasida ham maslahat bo’lib turgani va jamoa bilan ham jihatlida ishlashga imkon qadar harakat qilayotgani uchun alohida mana bu ishni qilgan deb yozmadim. Davomi keyingi postda. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
#Ushalgan_orzu yohud maqsad sari qat'iyatli harakat natijasi 2023-yilning 26-aprel sanasida @uzreskop jamoasini tashkil etish uchun ilk qadam qo’yilgan. Ushbu kungacha bo’lgan vaqtda alohida lichkalar yoki telefon orqali suxbatlashilar va bir-birimizga ma’lumotlar ulashar edik. Qanday masalada Deysizmi? Attestatsiya va milliy sertifikatda ishtirok etish uchun harakat qilgan ko’zi ojiz pedagoglar duch kelgan sun’iy to’siqlar va bu pedagoglarga qilinayotgan sovuq momilalar haqida. @uzreskop avvaliga yopiq guruh shaklida tashkil etilgan bo’lsa, keyinchalik bu masala bilan turli muammolarga duch kelgan pedagoglarni jamoaga qo’shilishi natijasida ommaviy guruhga aylandi. Guruhimizni dastlabki nomi “ko’zi ojiz o’qituvchilar” deb nomlangan edi. Biroq ushbu guruhni tashkil topishida va jamoani jam bo’lishida biz uni yonida, u bizni yonimizda turgan Qashqadaryolik Islombek Qulto’rayev bilan telefon orqali suxbat natijasida guruhni nomini muhokama qildik. Natijada guruhni kelajakda keng auditoriyaga hizmat qilishini hisobga olib, “O’zbekiston Respublikasidagi ko’zi ojiz pedagoglar” deb nomlashga qaror qildik. Ko’rinib turibdiki; bu nom telegramdagi guruh uchun judayam uzunlik qilar edi. Biz o’zaro maslaxatlashib, hozirgi nomi UZRESKOP ya’ni yuqoridagi so’zni qisqartmasini shakillantirdik. Sizga ma’lumki ushbu nom bugungi kunda tilga oson va boshqalarga tafsiya qilish mumkin bo’lgan eng qulay so’z o’rnida ishlatilyabdi. Avvaliga guruhni kanali sifatida shahsiy ehtiyojim uchun ochilgan @imtiyozlilaruchun degan kanalni ulab qo’ydim. Biroq muhokamalar natijasida guruh bilan kanalni nomini bir hil qilish masalasi ko’tarildi. Men imtiyozlilar uchun nomli kanalimni nomini UZRESKOPga o’zgartira olmas edim. Sababi bu kanalni havolasi shahsiy ehtiyojlarga asoslangan holda turli joylarga jo’natilgan edi. Agar nomni o’zgartirsak tabiiyki taklif havolani ham nomga moslash kerak. Bu esa kanalni avvalgi funksiyasiga ta’sir etardi. Shu boisdan 2024-yilning 2-fevralida @uzreskopK taklif havolasi bilan UZRESKOP nomli kanalni ham tashkil etdik. Hozirga qadar guruh va kanal Respublikamizdagi ko’zi ojiz o’quvchilardan too tatqiqotchilargacha hizmat ko’rsatib kelmoqda. Endi maqsadga qaytamiz. So’zimiz boshida aytganimiz kabi attestatsiya, milliy sertifikat va kotiba masalasidagi muammolarni hal etish uchun mas’ullarga holatni bayon etish maqsadida juda ko’plab harakatlarni qildik. Masalan Xalq ta’lim info telegram kanal asoschisi Ulug’bek Po’latov bilan ochiq ovozli chat tashkillashtirdik. Keyinroq esa, attestatsiya masalasida ta’lim vazirligini attestatsiyaga mas’ul hodimi Umid Do’stnazarov bilan 2024-yilning 5-aprelida ovozli chat tashkil etdik. Bulardan tashqari Sharoit plus jamoasi asoschisi Dilmurod Yusupov bilan ham 2025-yilning 2-noyabrida ovozli chatlar tashkil etib, har bir muammoli masalalarga tohtaldik. Natijada muammo bilan yonma-yon ishlab kelayotgan ko’zi ojiz pedagoglar yordamida o’z ovozimizni eshittira oldik. Bu masalada alohida takidlab o’tishim kerakki; Hechkim hech bir ishni yolg’iz o’zi bajargani yo’q. Har bir natija ortida bir nechtadan ko’zi ojiz pedagoglarni nomi va mehnati turibdi. // Davomi keyingi postda. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Kapitalbank 🇺🇿O'zbekistonda birinchi bo'lib ko'rish bo'yicha nogironligi bor shaxslar uchun bankomatlar tarmog'ida ovozli yo'riqnoma xizmatini ishga tushirdi. 🏧🔊 Endilikda bu toifa insonlar asosiy moliyaviy amaliyotlarini mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 🤝♿️ Bu amliyotni O'zbekistonda nogironlik masalalari bo'yicha ekspert Ulug'bek Mamatkhanov tajribadan o'tkazdi. 💬Ulug'bek Mamatkhanov Kapitalbank boshqa banklar uchun o'rnak ekanligini ta'kidlab Kapitalbank jamoasiga o'z minnatdorchiligini bildirdi. 🌱 Inklyuziv muhit — hamma uchun teng imkoniyat! @chapanitv 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
#Tarjimon_kotiba_shtati_uchun_navbatdagi_harakat Jamoamiz kuzatuvchilari e'tiboringizga umumiy o'rta ta'lim muassasalaridan tashqari ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ko'zi ojizlar uchun ham yordamchi asisent (Tarjimon kotiba) shtati ajratilishi yuzasidan murojatnoma tayyorlash uchun to'planilayotganini ma'lum qilaman. Xabaringlar bor: 04.08.2026 da PQ-292-sonli qarorni imzolanishi natijasida davlat umumiy o'rta ta'limda ishlayotgan pedagoglarni har biri uchun yordamchi asisent ajratilishi ma'lum qilindi. Qarordagi so'zlarga e'tibor qiladigan bo'lsak, bu faqatgina umumiy o'rta ta'lim muassasalariga amal qilib, boshqa muassasadagi masalan: Maktabgacha ta'lim, musiqa to'garak rahbari, musiqa maktabi o'qituvchilari, sport maktabidagi o'qituvchilari, umumiy o'rta ta'limdagi psixoliklar va maslahatchilar, kolej, litsiya, OTM va undan keyingi ta'lim muassasasidagi ishlayotgan ko'zi ojizlar uchun kotiba berilishi nazarda tutilmagan. Ushbu qaror e'lon qilinganidan so'ng yuqoridagi muassasalarda ishlayotgan ko'zi ojiz mutaxasislardan "Bizga ham shtat ajratiladimi?" mazmunidagi savollar berila boshlandi. Shu boisdan bu masala bilan qiynalayotgan ko'zi ojiz mutaxasislarni aniqlashimiz uchun bizga murojat yuborishingizni so'raymiz. Biz mavjud pedagoglarni ro'yhatini mas'ullarga jo'natib, masalaga ijobiy yechim topishga harakat qilamiz.
Ko'zi ojizlar notarius xizmatidan foydalanish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartib bilan quyidagi havolada tamishib olishingiz mumkin. https://t.me/imtiyozlilaruchun/397 Bu ma'lumotlarni bilishimiz, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklarni oldini olishga xizmat qiladi. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
UZ.RES.KOP pinned a photo
05.08.2026-yildagi PQ-292-son hujjatning uchinchi saxifasida joylashgan 4. V. 1. bandida 2026-2027-o’quv yilidan boshlab davlat umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi har bir ko’zi ojiz pedagog uchun shahsiy assistant (Tarjimon kotiba) shtat birligi ajratiladi. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi “Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Samarqand viloyatidan @uzreskop a’zosi Islombek Omonboyev ko’rish bo’yicha I guruh nogironi bo’lib, pensasini proaktiv shakilda qayta hisoblanishi natijasida 1-avgust 2026-yilgacha olib kelayotgan mablag’ miqdorini kamayib qolganligini, mutahasislar bilan bog’langanda qayta hisoblash natijasida oylik maosh oz bo’lsa nafaqa miqdori pasayishini aytishganligini ma’lum qildi . Biz savolga asoslanib, mavjud hujjatlarni o’rganish jarayonida olib kelinayotgan pensa miqdori qayta proaktiv shakilda hisoblamishi natijasida kamayishi kerak bo’lsa, buqarorni bekor bo’lishini va avvalgi miqdorda saqlanib qolishini aniqladik. Vazirlar mahkamasining 04.09.2024 sanasidagi VQ-592-sonli qarorining 134-bandida yuqoridagi masalaga javob berilganligini ma’lum qilamiz. “Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qayta hisoblangan pensiya miqdori, toʻlanib turgan pensiya miqdoridan kam miqdorda hisoblangan hollarda komissiya pensiya miqdorini qayta hisoblashni rad etish va amalda toʻlanib turgan pensiya toʻlovini davom ettirish boʻyicha qaror qabul qiladi .” Ushbu banddagi ma’lumotda ko’rinib turibdiki ko’rish bo’yicha nogironligi mavjud bo’lgan fuqaroga pensa jamg’armasidagi mutahasis hodim “Qayta hisoblash natijasida pasaysa pasaytiramiz, ko’paysa ko’paytiramiz” deb noto’g’ri javob berganligi ma’lum bo’ladi. Ushbu nizomning 134-bandiga va fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonuning 43-moddasiga asoslanib, fuqaro ohirgi jarayonni bekor qilish to’g’risida arizani mas’ullarga topshirishi natijasida avvalgi holatga qaytarib olishi mumkin . https://t.me/imtiyozlilaruchun 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
#Axborot24 | 04.08.2026 Prezidentimizning “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt berilishi mumkin Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi boʻlgan 168 mingdan ortiq bola bor. Ularning 133,8 ming nafari taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan. Yana 34,6 ming nafar bolani taʼlimga jalb etish zarur. Har bir bolaning ehtiyojlari erta bosqichda va kompleks baholanib, unga mos taʼlim muhiti hamda zarur xizmatlar belgilanadi. Yangi baholash mexanizmi 2026-yil 1-oktabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida tajriba tariqasida joriy etiladi. 2027-yildan bolalarni matnni oʻqish qurilmalari, ovoz sintezatorlari, Brayl displeylari va boshqa assistiv jihozlar bilan vaucher asosida taʼminlanadi. 2027/2028-oʻquv yilidan esa nogironligi boʻlgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qoʻshimcha vaqt, Brayl alifbosi, surdotarjimon, assistent va boshqa zarur sharoitlar yaratiladi. 👉 @xushnudbek 👈 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
TAKLIF VA TALABLARIMIZ Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jamiyat rahbariyati va mas’ul idoralardan quyidagi chora-tadbirlarni kelgusi dam olish mavsumi boshlangunga qadar amalga oshirishlarini soʻraymiz: 1. Ishchi guruh tuzish va monitoring oʻtkazish: Jamiyat mutaxassislari hamda koʻzi ojiz ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzib, “Kosonsoy sohili” sihatgohida toʻliq texnik koʻrik oʻtkazilsin. 2. Taktil va navigatsiya infratuzilmasini yaratish: Darvozadan boshlab asosiy bino, taomlanish joyi, hojatxonalar va basseyn yoʻnalishlariga qat’iy ravishda taktil yoʻlaklar va xavfsiz tutqichlar (perilalar) yotqizilsin. 3. Sanitariya obyektlarini qayta ta’mirlash: Tashqi va ichki hojatxonalar koʻzi ojiz insonlar xavfsiz va qulay foydalana oladigan holatga keltirilsin, shamollatish va uzluksiz issiq suv tizimi yoʻlga qoʻyilsin. 4. Brayl va ovozli tizimlarni joriy etish: Bino xonalari, ma’muriyat, oshxona hamda asosiy burilish nuqtalarida Brayl yozuvli koʻrsatkichlar hamda ovozli mayoqchalar oʻrnatilsin. 5. Namunaviy maskanga aylantirish: Ushbu sihatgoh OʻzKOJning yuzi hisoblangani bois, u respublikadagi boshqa ijtimoiy obyektlarga toʻsiqsiz muhit boʻyicha namuna qilib koʻrsatiladigan darajaga keltirilsin. Ushbu murojaat shunchaki tanqid emas, balki jamiyatimiz a’zolarining qadr-qimmati, xavfsizligi va teng imkoniyatlarga ega boʻlishi yoʻlidagi xolis taklifdir. Murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va tasdiqlangan reja-grafik haqida Jamiyat a’zolariga va jamoatchilikka rasmiy munosabat berilishini soʻraymiz. Murojaat muallifi: F. N. Bozorov 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
OCHIQ MUROJAAT • Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Markaziy Kengashi raisiga • Viloyatlararo Koʻzi ojizlar jamiyati raislariga • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Mavzu: OʻzKOJ tarkibidagi Kosonsoy tumanida joylashgan “Kosonsoy sohili” dam olish sihatgohida koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun toʻsiqsiz hamda xavfsiz muhit barpo etish yuzasidan. Muhtaram mas’ullar va Jamiyat rahbarlari! Ma’lumki, respublikamizning turli hududlarida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi fuqarolarimizning salomatligini tiklash va hordiq chiqarishlari uchun maxsus manzilgohlar tashkil etilgan. Ulardan biri — Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati tasarrufidagi “Kosonsoy sohili” dam olish sihatgohidir. 2026-yilning 30–31-iyul kunlari ushbu sihatgohda boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar hamda hududning salqin tabiatidan bahramand boʻldik. E’tirof etish lozimki, sihatgohda oʻziga yarasha obodonlashtirish ishlari olib borilgan: taomlanish joylariga sun’iy yomgʻir yogʻdiruvchi salqinlatish texnikalari oʻrnatilgan, bino ayvoniga ovoz kuchaytirgichlar qoʻyilgan, surilar atrofidagi yoʻlaklar biroz tekislangan. Ammo ushbu maskan, eng avvalo, koʻzi ojizlar xizmatiga moʻljallanganini inobatga olsak, mavjud qulayliklar maxsus ehtiyojli shaxslar uchun qanchalik mustaqil va xavfsiz harakatlanish imkonini bermoqda? Mavjud muammolar va haqiqiy holat (Shaxsiy kuzatuv) Ushbu tashrifim davomida men hamroh (yetaklovchi) koʻmagisiz hamda zaif koʻruvchi hamrohlarga tayanmasdan, faqat hassa yordamida mustaqil harakatlanib koʻrdim. Natijada quyidagi jiddiy noqulayliklar va xavf-xatarlarga duch keldim: 1. Mustaqil harakatlanish uchun taktil va xavfsiz yoʻlaklarning yoʻqligi: Darvozadan kirgan koʻzi ojiz shaxs bino, taomlanish joyi, hojatxona yoki basseyn kabi obyektlarga borishda moʻljal oluvchi birorta taktil (sezgi) belgisini topa olmaydi. Bir necha yil avval yotqizilgan asfaltlar koʻchib, tuproqqa aralashib ketgan. Natijada yoʻlni topaman deb bir necha bor adashib, shudgorga (haydalgan yerga) kirib ketish yoki qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketish holatlari yuz berdi. 2. Hojatxona va sanitariya-gigiyena sharoitlari: Tashqaridagi birinchi hojatxona: Bino yaqinida joylashgan boʻlib, shamollatish (havo aylanishi) tizimi umuman hisobga olinmagan. Kirib-chiqish qismining noqulayligi ushbu inshoot koʻzi ojiz inson uchun emas, balki boshqa maqsadda qurilgandek taassurot qoldiradi. Tashqaridagi ikkinchi hojatxona: Basseyn yoʻnalishida joylashgan boʻlib, unga boruvchi yoʻlda chegara yoki yoʻnaltiruvchi koʻrsatkich yoʻqligi sababli koʻzi ojiz kishi manzilga yetganini aniqlay olmaydi hamda atrofdagi shudgor ichiga kirib ketadi. Bino ichidagi hojatxonalar: Ularning texnik va sanitariya holati ham talabga javob bermaydi. 3. Issiq suv ta’minoti: Kosonsoy hududining salqin iqlimini inobatga olsak, sahargi va tungi vaqtda issiq suvning mavjud emasligi nafaqat koʻzi ojizlar, balki zaif koʻruvchi dam oluvchilar uchun ham jiddiy noqulaylik va salomatlikka xavf tugʻdirmoqda. Savol tugʻiladi: Agar koʻzi ojizlar uchun maxsus qurilgan/ajratilgan sihatgohda koʻzi ojiz inson toʻliq yetaklovchiga muhtoj boʻlib qolsa, biz boshqa jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan toʻsiqsiz muhit yaratishni qanday talab qila olamiz? Qonunchilik va shaharsozlik talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasida nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan toʻsiqsiz foydalanish huquqi kafolatlangan. Shuningdek, amaldagi SHNK 2.07.02-22 (“Aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda muhitni loyihalash”) standartlariga koʻra, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan obyektlar: • Kirish qismidan to barcha ichki va tashqi obyektlargacha taktil (sezgi) yoʻlakchalari (sariq plitkalar) va yoʻnaltiruvchi tutqichlar bilan; • Bino va xonalar kiringlarida Brayl yozuvidagi lavhalar hamda asosiy chora-tadbirlar joyida ovozli navigatsiya/mayoqchalar bilan taʼminlanishi shart. 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш 1 октябрга қадар давом этади! 📌 Мурожаатларни: 📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) - платформаси орқали (ONE ID-тизими орқали шахсий кабинетга кирилади ва тегишли маълумотлар киритилади:; 📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали 📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин. 📍Август-сентябрь ойларида мурожаатлар қабул қилинади; 📍Октябрь-ноябрь ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади; 📍Декабрь ойида Сертификатлар тарқатилади. Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar:
Kvartira olishdan quruvchi korxona haqida maʼlumot olishni unutmang! 👷♂️Quruvchi: "Bu uy 9 qavatli, 3 ta podyezdli bo'ladi", deyapti. Rostdan ham shunaqami? Buni dshk.shaffofqurilish.uz sayti orqali tekshirib ko'rish mumkin. Xaritadagi: ⏺ko‘k – qurilayotgan, ⏺qizil – qurilishi toʻxtatilgan, ⏺qora – qurilishi bekor qilingan obyektlar hisoblanadi. 🔝 @foydali_moliya — obuna boʻling 👇 Asosiy havolalar: 🔗 Guruh: 🔗 Kanal: 🔗 Yordamchi yo‘nalishlar: