Taqriz✍
Статистика"TAQRIZ" – kitob va muhabbat birlashtiradigan joy.📚❤️ Gʻoya mualliflari: Obidiy & Daryo qizi Muhokama: @bookreview_uz Shaxsiy kanallar: @obidiyman @feruzas_ego Murojaat: @yaxshi_kishi 25.08.2024 y.
- Последний пост
- 29 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Nimaga kitoblarda ijodkor odamlarni nuqul xotini o'lgan bo'laveradi a? Shu joyi odamni yuragini siqadida😕
Abduqayum Yo'ldoshevni "Puankare"sini hozir o'qib tugatdim. Ilm odamiga nafqat muhit balki odamlarni, ular o'ylab topadigan keraksiz "ehtiyojlar" va "urf-odatlar" ta'sirini ham chiroyli hayotiy argumentlar bilan ochib berganda bu asar. Asar davomida "Domla"ni ba'zi tasvirlari tanish ustozlarni eslatadi odamga. Shu joyini o'qib tushungan odamni ko'ngli hira bo'ladi: "bizni ustozlar ham shunaqa g'alati, odamgarchiligi yo'q muhitda bo'lsa-chi?" deb. Eng yomonni nimagadir yig'lagim keldi, balki "domla"ning ro'shnolik ko'rmagani uchundir deb o'yladim. Lekin Abduqayum Yo'ldoshevni o'zim uchun kashf qildim,"Puankare" esa sizlarga tavsiya😊
Ular yosh qizaloqni bolaligidan boshlab go'yo u faqat tana va qomatdan iboratdek tarbiya qilishdi. Natijada, u butun umrini faqat tashqi ko'rinishi haqida qayg'urish bilan o’tkazdi va o'zida parvarishga muhtoj bo’lgan aql ham borligini hech qachon anglab yetmadi.
#davomi Nozima Habibullayeva
#kun_videosi Shahriyor Shavkat
#h_havas Odil akani tengdoshlarim bilan solishtirganda ular orasida osmon bilan yercha farq bor edi. Odil aka mulohazali, aqlli, mening ko‘nglimni og‘ritmas, go‘yoki kaftlarida guldek meni asrardilar. Men ularning yonlarida o‘zimni baxtli sezardim. P/s; Maryamxon aya Yoqubovaning xabar.uz bilan bo'lgan suhbatida Odil Yoqubov haqidagi xotiralaridan parcha...
Nima derdik?.. Hayot qisqa. Kechir, Yordam ber, Shukr qil, Sev, Tabassum qil, Baxtli boʻl!
Назар Эшонқул. Қўл (ҳикоя) — ziyouz.uz https://share.google/f155SUNy7OsPAA7zN Iqtisodiy publitsistikani o'rganayotganimizda "Invisible hand" birikmasi shu hikoyani esimga soldi negadir.
Чинор таржимонлар бу дунёдан кетяпти. Аҳмад Отабой, энди Карим Баҳриев 😔 Шамоллар уйғонди. Барг – ҳаяжонда... Ҳатто ер тагида қўзғалди илон. Дунё тирилаётган шу тоза тонгда Ўлгим келмаяпти, онажон. Ўнгирларда кезар муздай ҳаволар, Ишқалаб қабоғин кўтарар осмон. Дунё кўзларини очаётганда Мен кўз юмайинми, онажон?! Қайдадир силкинар томчидил ўтлар, Баргида чумоли кезади ҳайрон. Ҳали мен кўрмаган боғлар бор экан, Ўлгим келмаяпти, онажон. Қизларнинг овози жаранглар мунис, Ишқ десам – дафтарга сачраб кетди қон. Севмаса севмабди мени битта қиз, Дунёда қиз камми, онажон?! Қаёққа қочади бу иссиқ қоним, Қўлларни соғиниб сочларим ғужғон. Кимга керак бўлди менинг ёш жоним, Ўлгим келмаяпти, онажон. Бегуноҳ биттадир – у ҳам осмонда, Қўлга чивин қўнди, қувмоққа йўқ жон. Чивинлар, чумчуқлар юрган жаҳонда Менга жой йўқмикан, онажон?! Қуёшга термулдим – кўзим қамашди, Киприкдан шабнамдай ёш оқди маржон. Нурларни соғиниб қақшар қовурғам, Ўлгим келмаяпти, онажон! Гарчанд мен қайғули шеърлар тўқидим, Гарчанд азоб кўрдим мудом бепоён – Мен ҳали дунёга тўйган йўқ эдим, Дунё тўйдимикин мендан, онажон... Карим БАҲРИЕВ
Yerdagi uchrashuvimiz haqida bilmayman. Ammo osmon boshqa masala... Maktub yozmay qo'yganimga ham bir oydan oshgandir. Ochigʻi nima haqida yozishni bilmayapman. Hissizligim haqida yozaymi? Yoki nechinchidir kitobning 5-6 varogʻini oʻqib xonaning bir burchagiga uloqtirganim haqida aytaymi? Balki necha kundan beri tushlarimda borliging haqida aytarman. Bor yoʻgʻi shu mavzular haqida soatlab gapirishim mumkin ekan. Kunning qaysidir paytida instagramimni ochaman, biz haqimizda reelslar. Qaysidir mahalda toʻsatdan koʻcha kezish xayolimga kelib qoladi. Birga sayr qilishimiz uchun manzillarni belgilayman, oʻtirib suhbatlashishimiz kerak boʻlgan oʻrindiqlarni topaman. Menga olib berishing kerak boʻlgan o'yinchoqlar, kitoblarni koʻz ostimga olib qo'yaman (albatta, ungacha sotilib ketishi aniqkuya, lekin inson ba'zan xayollarga ehtiyoj sezadi) Oxirgi paytlarda she'riyat bilan yashayapman. Kundalik, oddiy so'zlardan qochgim kelyapti. Yangilik kashf etishni istayapman. Yangi joylar, yangi insonlar, yangi sogʻinchlar, yangi tuygʻular, ehtimol oʻzimni ham yangilarman. Lekin baribir hayotim kutganimdek emas. Shu kuzda barchasi oʻzgarishini istagandim. Oʻzgarmadi. Odatiy hayot, odatiy qafas, bosimlar va eski men) Va doimgidek sensizlik. Kelishing yoki kelmasliging haqida bilmayman. Men shunchaki vazifamni bajaraman. Ko'chalar, oʻrindiqlar, kitoblar, oʻyinchoqlar... P.s: avvalgidek chiqmadi bilaman. Bu shunchaki oddiy qoralamadek. Sen paydo boʻlganingda oq varoqqa kamchiliklari tuzatilib, koʻchirilishi kerak boʻlgan qoralama.. 19-sentabr 2024-yilda shaxsiy kanalimga uzatilgan ekan, aniq qachon yozilgani ma'lum emas!
#Nazm "Uy qiling!" deb do'q qilding, jonim, "Toʻy qiling!" deb do'q qilding, jonim, Ko'mib ro'zgʻor tashvishlariga, Zo'r shoirni yo'q qilding, jonim. © Bahodir Iso 📖 "Puankare"ni oʻqimagan boʻlsangiz oʻqing. Faqat oʻqiganlar siqilsinmi?
E'lon! 🗣Ertaga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ko‘pchilik tanigan yozuvchi Nazar Eshonqul ishtirokida "Giryon" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 💬 Muallif bilan uchrashishni va dildan suhbat qurishni istagan barcha kitobxonlarimizni…
E'lon! 🗣Ertaga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ko‘pchilik tanigan yozuvchi Nazar Eshonqul ishtirokida "Giryon" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 💬 Muallif bilan uchrashishni va dildan suhbat qurishni istagan barcha kitobxonlarimizni kutib qolamiz! 😊 ⏳ 26-fevral soat 14:00 da 📌 O‘zJOKU 📚 @bookuzbekistan
видео или голосовое, без подписи
uyga borib beriladigan kitoblarni aytaman🙈 rasmdagilar o'zimga sovg'aga kelgan😊
bugun sizlarga kitob sovg'a qilsam nima deysizlar? sababi o'zim ham shunday sovg'a oldim😊
bugun sizlarga kitob sovg'a qilsam nima deysizlar? sababi o'zim ham shunday sovg'a oldim😊
MohiRa bilan birga yashaganimzda badiiy adabiyot, yozish uslubi va holatlarni talqin qila olish haqida juda ko'p foydali(ishlaydigan) tavsiyalar bergandi. "Yangi davr adabiyotida o'qishga arzigulik odam topish qiyin" degan gaplarimga rossa xafa bo'lib o'zini tanishlaridan, o'zi o'qib mazza qiladigan zamondoshlarimizni tanishtirgandi. Aynan yangi zamonaviy adabiyotni ularni o'qib taxminiy siluetga keltirgandim miyyamda. MohiRa orqali essenavis - Sevara Alijonova, adabiy tanqidchi - Gulqachi(Gulrang), Shahzod Shomansur, Alisher Fayzullayev, Nodirabegimlarni tanidim. Bugun esa "Jahon publitsistlari maktabi" fanimizdan esa essenavis Sevara Alijonovadan mahorat darsi oldik, ilmi mahorati borasida MohiRa aytganiday bilimli va qanaqadir "unique" jihatini kashf qilolgan ijodkorday ko'rindi manga. p/s: o'ziz xohlagan qiziqqan sohaizda yaqinlariz do'stlariz bo'lishi juda muhim. aynan ular ba'zida sizga kerakli va foydali maslahatlarni bera oladi.
-Sevgi nima, ey olim? Sevgi hisob-kitobmi?.. Shoir to'qib qoldirg'on Yolg'on to'la kitobmi?.. -Sevgi nima, ey oshiq? Yonib turgan olovmi? Sevib qolgan har yurak Shu olovga qalovmi?.. -Sevgi nima, ey g'ofil? Balki o'zni bilmoqdir... Qotib ketgan dilingni O'zga qalb-la tilmoqdir... O'zga qalb-la tilmoqdir... O'zga qalb-la tilmoqdir... -Sevgi nima, ey odam?.. ©...
Biz kitoblarga o‘xshaymiz. Odamlarning ko‘pchiligi faqat muqovamizni ko‘radi, ozchilik faqat kirish qismini o‘qiydi, ko‘plar tanqidchilarga ishonadi. Juda kamchilikgina bizning asl mazmunimizni biladi. Emile Zola 🪶