Uztelecom sport
Статистика⚽️Aloqa sohasi futboli va korporativ sport hayotini yoritib boruvchi norasmiy kanal. 🏆Musobaqalar, o‘yinlar, natijalar, sport yangiliklari hammasi bir joyda. 🥸Admin: t.me/AxmedovDR
- Последний пост
- 24 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Спорт (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hali ham umid bor! Doimgidek Bizda hali ham keyingi bosqichga chiqish uchun matematik ehtimollik mavjud. Terma jamoamiz keyingi o‘yinini yakshanba tongida Kongoga qarshi o‘tkazadi. Lekin bugundan biz uchun ham muhim o‘yinlar, ya'ni uchinchi turga start beriladi. Nega muhim? Aynan shu o‘yinlardagi natijalar yakshanba kuniga bizda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qoladimi yoki yo‘q, aniqlab beradi. Quyida bizni qoniqtiradigan ehtimoliy natijalar: 1. Meksika Chexiyadan, Janubiy Koreya Janubiy Afrikadan yutqazmasligi. 2. Germaniya Ekvadordan, Kot-d’Ivuar Kyurasoadan yutqazmasligi. 3. Ispaniya Urugvayni yutishi. 4. Bosniya va Gertsegovina – Qatar durang bo‘lishi. 5. Misr Eronni yutishi. 6. Senegal va Iroq durang o‘ynashi. Mana shu 6 holatdan 4 tasi sodir bo‘lsa, Kongo bilan o‘yindagi g‘alaba bizni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. "Так что" umid qilishdan to'xtamaymiz, charchamaymiz! Olg'a O'zbekiston!💪🇺🇿 👉@uztelecom_sport🇺🇿⚽️
Ha mayli...
Aloqachilar ham trenddan ortda qolmadi! O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash chellenjiga soha xodimlari ham qo‘shildi. Bizning aloqachilarimiz ham bir tan-u bir jon bo‘lib, milliy jamoamizga omad tilamoqda. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽️💪 Darvoqe, bugun IT PARK'da Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi katta ekranda namoyish etiladi. Kelinglar! P.S.: Dress-kod — oq futbolka. Video juda chiroyli chiqibdi! 🥰 👉@uztelecom_sport🇺🇿⚽️
🇺🇿⚔️🇵🇹 BUGUN – TARIX YOZILADIGAN KUN! Bir tomonda – futbol tarixidagi eng buyuk nomlardan biri, Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya. Ikkinchi tomonda esa – ilk bor Jahon chempionatida qatnashayotgan, ammo butun bir xalqning orzusini yelkasida olib maydonga tushadigan O‘zbekiston! Bugun Xyustondagi stadionda 11 nafar futbolchi emas, 38 million yurak maydonga tushadi. Abduqodir Xusanovning matonati, Abbos Fayzullayevning sehri, Eldor Shomurodovning gollarga bo‘lgan chanqoqligi va butun jamoamizning kurash ruhi yana bir mo‘jizani yaratishi mumkin. Ha, Portugaliya favorit. Ha, ularning yulduzlari ko‘p. Ammo Jahon chempionati tarixini aynan shunday kechalarda autsayderlar yozadi. Portugaliya g‘alaba uchun o‘ynaydi, O‘zbekiston esa butun xalqning orzusi uchun! Bugun natijadan qat'i nazar, bizning yigitlar maydonga qo‘rquvsiz chiqishi kerak. Chunki bu o‘yin – shunchaki 90 daqiqa emas. Bu kelajak avlodlarga aytiladigan hikoya. 👉@uztelecom_sport🇺🇿⚽️
Va nihoyat, bu kun ham yetib keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi kuni. 2026-yil 17-iyun — bundan roppa-rosa 34 yil avval, Dushanbeda Tojikistonga qarshi o‘tkazilgan terma jamoamiz tarixidagi ilk o‘yindan keyingi eng muhim sana. Biz bu kun sari uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib keldik. Turli taqdir va turli natijalarga ega bo‘lgan yetti urinish ortda qoldi. Ammo ularning barchasini bitta haqiqat birlashtirib turardi — armon. Nihoyat, sakkizinchi urinishda xalqimiz yillar davomida orzu qilgan maqsad ro‘yobga chiqdi. Bu yo‘lni boshlab bergan insonlarning ko‘pchiligi bugun oramizda yo‘q. Safda qolganlarning hammasiga ham Meksikagacha yetib borish nasib etmadi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi maydonga tushadigan stadionda muxlislarning deyarli barchasi raqibni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Ammo bu muhim emas. Chunki bizning qalbimiz o‘sha yerda bo‘ladi. Dunyoning turli burchaklarida televizor qarshisida o‘tirgan, telefon ekranlariga termulgan millionlab yurtdoshlarimiz ruhan “Asteka” stadionida bo‘ladi. Bu stadion futbol tarixining eng buyuk sahifalarini ko‘rgan. U yerda Pele zafar quchgan, Maradona afsonaga aylangan. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi debyuti uchun bundan munosibroq maydonni tasavvur qilish qiyin. Oldinda juda og‘ir sinov kutmoqda. Ammo biz aynan shunday o‘yinlar, shunday lahzalar uchun Jahon chempionatiga intildik. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bugungi kun tarix sahifalariga oltin harflar bilan bitiladi. Bu — O‘zbekiston futboli tarixidagi eng buyuk kun. 👉@uztelecom_sport🇺🇿⚽️
без подписи
Video yuborishibdi. Videoni ko'rib turib yigitlarning yosh bolalarcha hursand bo'lishiga ahamiyat berdim. Bunday olib qarasa O'tish musobaqasi g'olibligi ja unchalik katta g'alaba emas, jamoalar Respublikada g'olib bo'lib bunachalik hursand bo'lmaydi xatto. Bu g'alabaning totli va qadrliligi nima bilan o'lchanadi bilasizlarmi? Bugun finalga kelib, tepada hayqirib turgan, ishxonadan chiqolmay o‘z hamkasblarini g‘oyibona bo‘lsa-da jonli efirda qo‘llab-quvvatlagan muxlislar — maydondagi baaarcha yigitlarning ismini, qaysi bo‘limda ishlashini, kerak bo‘lsa qancha oylik olishini bilgani uchun ham qadrlidir bu — g‘alaba!😉 ☺️@uztelecom_sport👟
🔄Shunday qilib har yili Soha futbolsevarlari orziqib kutuvchi musobaqa o'z nihoyasiga yetdi. Musobaqa yana har yilgidek yuqori daraja va a'lo kayfiyatda o'tdi. Saralash musobaqasi natijalariga ko'ra 📬Toshkent pochtamti, 🏛TATU va 🏦Aloqa bank jamoalari joriy yilning noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Respublika-final bosqichiga yo'l oldi. Ming afsus va nadomatlar bo'lsinkim Musobaqaning amaldagi Nizom talablariga asosan 🛡ALSKOM va 💻IT PARK jamoalari O'tish musobaqasiga ravona bo'ldilar. Balki kelasi mavsumgacha talablar o'zgarib qolar. Menga qolsa bu ikki jamoa bu yilcha tepada qolavergani yaxshi. O'tish musobaqasi esa bu yil yondi. Kutilmagan natijalar, UZTELECOM guruhi, g'ayriqonuniy ishlar, debyutant jamoaning muvaffaqiyati, 6 ochko bilan guruhda qolganlar, yongan final, (Hojining g'alaba goli😁) - bularning hammasi bu yilgi O'tish musobaqasi haqida. Musobaqa yakuniga ko'ra chempionlik (kutganimdek va xohlaganimdek) 🌐Kontakt markazi jamoasiga, vitse-chempionlik 🏪MATB jamoasiga nasib etdi. Endi bu ikki jamoa kelasi mavsumda Sohaning mutloq chempioni bo'lish uchun Saralash bosqichida o'z kuchini sinab ko'rish huquqiga ega bo'ldi. Musobaqa debyutanti 🔢Raqamli hukumat va musobaqaga qaytgan 📺MTRK jamoalari 3-o'rin bilan kifoyalandi. Shu bilan musobaqaning 1-pallasi yakunlandi. Endigi gal Jahon chempionatidan bahra olishga. 🏆Chempionlik muborak bo'lsin, UKALAR!❤️ ☺️@uztelecom_sport👟
без подписи
без подписи
Asosiy Musobaqa bilan chalg'ib bugun 23-Jahon chempionatiga start berilishini unutibman. Musobaqada ilk bor qatnashayotgan Vatanimiz terma jamoasiga omad tilaymiz! Fayzimizni bersin!🤲 ☺️@uztelecom_sport👟
без подписи
Ertaga Oʻtish musobaqasining finali hamda final oʻyiniga tenglashtiriluvchi Respublika-final bosqichi 3-yoʻllanmasi uchun oʻyinlar bor. Kelinglar, chiroyli boʻlishi kerak. Bundan tashqari soat 11:00 da taqdirlash marosimi va Musobaqaning rasmiy yopilishi boʻlib oʻtadi. Bu tadbirda esa barcha ishtirokchilar qatnashsa yaxshi boʻlar edi. Har qalay hammaga sovgʻalar bor. Sovgʻa emas, sovgʻalar!😁 ☺️@uztelecom_sport👟
без подписи
без подписи
без подписи
Saralash musobaqasi yakuniy jadvali. Toshkent pochtamti va TATU jamoalari Respublika-final bosqichiga yoʻllanma oldi. ☺️@uztelecom_sport👟
без подписи
без подписи
без подписи