Toshkent vagon deposi rasmiy🌐🇺🇿
СтатистикаToshkent vagon deposi rasmiy telegram sahifasi
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 182
- 1/48двое суток
- 208
- 1/72трое суток
- 224
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
16-BAXTSIZ HODISA 09.08.2026-yil kuni Сота 08-19 ларда Тошкент станциясига карашли Гарбий Аэропорт шахобча йулида ОПМС-203 корхонасига тегишли ТЭМ-2 русумли 956-сонли тепловоз машинисти Абдувалиев, поезд тузувчи Рахмонкулов бошкарувида 'разборка ва укладка' ишларни бажариш учун кетиш вактида кран машинисти Бухоро вилояти, Гиждувон туманида 1990 йилда тугилган Шодиев С. автомашиналарни ювиш учун мулжалланган шахобча олдидан утиш вактида, ногабарит булган темир устунга бош кисми билан урилиб вокеа жойида вафот этган. Жойида ДС Курбатов, НОДНЗ Зокиров. Вокеа тавфсилотлари урганилмокда. https://telegram.me/+1TwjppeBZecwMjUy
"Temiryo'lkargo" AJ uchun ovoz berishingizni so'raymiz
🏆 "Yoshlar e'tirofidagi eng yaxshi korxona" tanloviga start berildi! Hurmatli temiryo'lchilar! "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar o'rtasida "Yoshlar e'tirofidagi eng yaxshi korxona"ni aniqlash maqsadida onlayn ovoz berish jarayoni boshlandi. ✨ Sizning ovozingiz eng munosib korxonani aniqlashda muhim ahamiyatga ega! 📌 Ovoz berish tartibi: 👍 O'zingiz munosib deb bilgan korxonaga ovoz bering. 📊 G'olib eng ko'p ovoz to'plagan korxona sifatida aniqlanadi. 🗓 Ovoz berish 27 iyul soat 12:00 dan boshlab 30 iyul soat 23:59 gacha davom etadi! 🏆 G'olib deb topilgan korxona rahbari "Temiryo'lchilar bayrami" arafasida munosib taqdirlanadi! ⚠️ Eslatma: • Har bir ishtirokchi uchun faqat bitta ovoz hisobga olinadi. • Ovoz berish yakunlari shaffof tarzda sarhisob qilinadi. 🤝 Faolligingiz uchun tashakkur! "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi 1. Toshkent MTU filiali — 16 ta ovoz (9%) 2. Qo‘qon MTU filiali — 4 ta ovoz (2%) 3. Buxoro MTU filiali — 20 ta ovoz (11%) 4. Qo‘ng‘irot MTU filiali — 42 ta ovoz (23%) 5. Qarshi MTU filiali — 6 ta ovoz (3%) 6. Termiz MTU filiali — 33 ta ovoz (18%) 7. TRZ — 1 ta ovoz (1%) 8. LMZ — 1 ta ovoz (1%) 9. AMZ — 1 ta ovoz (1%) 10. TMZ — 0 ta ovoz (0%) 11. TYVQTZ — 1 ta ovoz (1%) 12. “O‘zvagonta’mir” AJ — 1 ta ovoz (1%) 13. EP-1 — 30 ta ovoz (16%) 14. TCH-1 — 16 ta ovoz (9%) 15. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ — 6 ta ovoz (3%) 16. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ — 0 ta ovoz (0%) 17. “Temiryo‘lekspress” AJ — 1 ta ovoz (1%) 18. “Temiryo‘lkargo” AJ — 3 ta ovoz (2%) 19. “Temiryo‘l ijtimoiy xizmatlar” MCHJ — 0 ta ovoz (0%) 20. “Temiryo‘linfratuzilma diagnostika markazi” filiali — 1 ta ovoz (1%) 21. “Temiryo‘linfratuzilma maxsus qurilish” MChJ — 0 ta ovoz (0%) 22. Xarbiylashgan qo‘riqlash boshqarmasi — 1 ta ovoz (1%) 23. Eyvalek maxsus temir beton MCHJ — 0 ta ovoz (0%) 👥 Jami ovoz: 184 ta ⏰ Tugash vaqti: 30/07/2026, 23:59 📢 Kanalga o'tish
без подписи
без подписи
JAZIRAMA — ISH JOYIDAGI JIDDIY XAVF! ⚠️ Ish beruvchilar xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishi shart.
#Tayinlov Umaraliyev Aʼzamjon Abdumajit oʻgʻli - Jamiyat boshqaruvi raisining 2026-yil 3-iyuldagi tegishli buyrug‘iga asosan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
MUHIM YANGILIK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 331-N-sonli buyrug‘i bilan Yetakchilar Kengashi negizida Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi tashkil etildi. Shuning bilan: ✅ "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish bo'yicha vazifalar belgilandi; ✅ Yoshlar siyosati yo'nalishida zamonaviy talablar asosida ixcham hamda professional boshqaruv modeliga o‘tildi; ✅ Jamiyat tizimida yoshlar bilan ishlash mexanizmi tubdan transformatsiya qilindi. Boshqarmaga quyidagi muhim vazifalar yuklatildi: • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini yuqori darajada ijrosini ta'minlash; • Temir yo'l tarmog'ida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash; • Innovatsion g‘oyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli departamentlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy etishga ko'maklashish; • Soha uchun malakali, raqobatbardosh va vatanparvar yosh mutaxassislar zaxirasini shakllantirishga ko'maklashish; • Temiryo'lchilarning ijtimoiy himoyasi, ma'naviy muhiti va birdamligini mustahkamlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish; • Volontyorlik, ekologik, xayriya hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish; • Tegishli departmentlar bilan birgalikda xorijiy temir yo‘l kompaniyalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan yoshlar siyosati va ijtimoiy loyihalar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish; • Iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, mukofotlash va ularning kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish; • Yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish; • Yoshlar siyosati va ijtimoiy loyihalar samaradorligini KPI asosida baholash, tahlil qilish hamda raqamli monitoring tizimini joriy etish. Kelajak — bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar bilan barpo etiladi. Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi ana shu ezgu maqsadlar yo'lida tizimdagi barcha yoshlarni birlashtiruvchi, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlovchi hamda ijtimoiy loyihalarni yangi bosqichga olib chiquvchi tuzilma bo'lib xizmat qiladi. 🤝 Yangi marralar sari — birgalikda!
без подписи
без подписи
без подписи
"Temiryo'lkargo" AJ Toshkent vagon deposida Yoshlar oyligi doirasida tadbir o‘tkazildi "Temiryo'lkargo" AJ Toshkent vagon deposida "Yoshlar oyligi" doirasida ma'naviy-ma'rifiy va rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida korxonada o‘zining bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan bir guruh yosh xodimlar faxriy yorliq hamda moddiy rag‘bat bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti o‘tkazilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasbiy mahoratni oshirish va tashabbuskor bo‘lish muhimligi ta'kidlandi. Tadbir yakunida "Uchinchi Renessans poydevori: ijtimoiy siyosat davrida jadidchilik ta'limotining o‘rni" mavzusida davra suhbati tashkil etilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
✅“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent vagon deposi yuk vagonlarini ta’mirlash va ularning texnik sozligini ta’minlash bo‘yicha tizimning muhim ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblanadi. 1933-yilda tashkil etilgan depo bugungi kunda qariyb 65 ming kvadrat metr maydonda faoliyat yuritmoqda. Korxonada 292 nafar malakali ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Depoda har kuni o‘rtacha 4–5 ta, oyiga esa 120 ga yaqin yuk vagoni ta’mirdan chiqariladi. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 700 dan ortiq vagon ta’mirlanib, ekspluatatsiyaga topshirildi. Korxonada joriy, depoli va mukammal ta’mirlash, shuningdek, mukammal ta’mirlash orqali vagonlarning xizmat muddatini uzaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’mirlash jarayonlari vagon yig‘uv, kuzov, telejka, g‘ildirak juftliklarini ta’mirlash, avtobirikmalar hamda avtotormozlar nazorati sexlarida bosqichma-bosqich tashkil etilgan. Dastlab vagonlar zang va qoldiq yuklardan tozalanadi. Shundan so‘ng ular ta’mirlash pozitsiyalariga o‘rnatilib, telejkalar, g‘ildirak juftliklari, avtobirikmalar va tormoz tizimlari alohida sexlarda ta’mirlanadi. Kuzov va rama qismlari tiklangach, barcha agregatlar qayta yig‘iladi, vagonlar bo‘yaladi, maxsus belgilari qo‘yiladi hamda zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach foydalanishga chiqariladi. Ta’mirlash sifati texnik nazorat bo‘limi, texnik ishlab chiqarish bo‘limi, harakat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo‘linmalari, shuningdek, vagon qabul qiluvchilari va sex ustalari tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Natijada Toshkent vagon deposida ta’mirlash jarayonlari zamonaviy talablar asosida tashkil etilib, yuk vagonlarining xavfsiz, sifatli va uzluksiz ekspluatatsiyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda. ✅✅✅✅✅✅ #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
без подписи
без подписи
без подписи
✅“Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi O‘zbekistonga yetkazildi. 🔘“Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Janubiy Koreyadagi ishlab chiqaruvchi zavoddan O‘zbekistonga navbatdagi uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar yo‘lovchi poyezdini multimodal yo‘nalish orqali yetkazib berish jarayoni yakunlandi. ❗️Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida dastlabki 7 ta vagondan iborat poyezd 2025-yil 10-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portidan jo‘natilgan va joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga muvaffaqiyatli yetkazib kelingan edi. ➡️To‘liq poyezd tarkiblarini qit’alararo tashish oddiy yuk yetkazish jarayoni emas, balki yuqori mas’uliyat, aniq muvofiqlashtirish va murakkab loyiha logistikasi talab etuvchi jarayondir. Mazkur tashuv quyidagi muhim logistik yechimlarni o‘z ichiga oldi: ➡️Katta gabaritli va og‘ir vaznli vagonlarni tashish uchun maxsus avtotransport vositalari hamda platformalarni jalb etish; ➡️Tranzit davlatlardagi qayta yuklash va ortish punktlarida yukga zarar yetkazmaydigan maxsus texnologiyalarni qo‘llash; ➡️Tranzit, sug‘urta va bojxona jarayonlarini yagona uzviy logistika zanjirida muvofiqlashtirish. 🔘Ushbu muhim jarayonda “Temiryo‘lkargo” AJ xalqaro multimodal logistika operatori sifatida yetakchi rolni bajardi. Tashuvlar ishlab chiqaruvchi zavoddan O‘zbekistondagi yakuniy manzilgacha “eshikdan-eshikkacha” tamoyili asosida amalga oshirildi. ➡️Kompaniya mutaxassislari tomonidan “Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston” maxsus tranzit marshruti ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalishda dengiz, avtomobil va temir yo‘l transporti imkoniyatlari yagona samarali tizimga birlashtirildi. 🔘Zamonaviy “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdlarining O‘zbekistonga keltirilishi mamlakatimizda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda ichki turizm rivojiga xizmat qiladi. ✅✅✅✅✅✅ #⃣web sayt ❤️🔥linkedin.com ❤️🔥instagram ❤️🔥facebook
без подписи
без подписи
без подписи