WordBridge
Статистика- Последний пост
- 2 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 239
- 1/48двое суток
- 273
- 1/72трое суток
- 295
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Biz odamlarning oramizga, har birimiz miyamizga shunaqa narsalar joylab tashlashganki, biz juda mayda narsalar ustida oʻralib chirmalib yurgan paytimiz inson sifatida haqli boʻlgan hamma narsamizni yulib ketishyapti. Shu “mayda narsalarga oʻralashib jiqqamusht boʻlmaylik” deyotganlardan ham xoʻp nima katta narsa deb soʻrasangiz, katta deb koʻrsatadigan narsasini oʻzi ham singdirilgan, uqtirilgan, oʻsha mayda deyilayotgan narsalardan farqi yoʻq gʻoyalar. Eh, umid yoʻq.
👋
“O‘ziga bo‘lgan ishonch bu har doim, har qanday vaziyatda odamlar orasiga qo‘shilishga, bir ishni boshlashga tayyor bo‘lish emas, balki qachon tayyor ekaningni his qilish, tayyor bo‘lmasang, tayyor bo‘lguningcha kutish, tayyor emasligingni qabul qilishdir”…
“O‘ziga bo‘lgan ishonch bu har doim, har qanday vaziyatda odamlar orasiga qo‘shilishga, bir ishni boshlashga tayyor bo‘lish emas, balki qachon tayyor ekaningni his qilish, tayyor bo‘lmasang, tayyor bo‘lguningcha kutish, tayyor emasligingni qabul qilishdir” - deydi, Becky Kennedy men tarjima qilayotgan “Good Inside” kitobida.🐮
Eski narsalarning go'zalligi Yaqinda yaxshi ko'rgan YouTube vloggerimning shunday nomdagi videosiga ko'zim tushib qoldi. Sarlavhadanoq u nima demoqchi bo'lganini tushundim. Chunki biz o'zimiz bilan bir xil ritmda yashayotgan, bir xil ritmda fikrlayotgan mualliflarni kuzatamiz. Ularni yaxshi ko'rgan vlogerim, yozuvchim, shoirim, vhkz deb ataymiz. Xullas, men ham oxirgi paytlar eski narsalarning go'zalligi haqida o'ylab yurgan edim. Hammasi o'ta mukammal bo'lgan uy, qiyofa, kiyimda qandaydir sovuqlik, kishining g'ashini keltiradigan yasamalik bordek tuyuladi. Paradoksni qarangki, ba'zida eski narsalar eski bo'lishiga qaramay o'ziga yarasha uslub, iliqlik, hashamat yaratadi. Chunki bunday narsalarda, u xoh siz anchadan buyon ishlatib keladigan, u-bu joylari qirilgan yog'och kursi bo'lsin, sifatli ammo ko'p tutilganidan qayerlaridir ko'chgan charm sumka bo'lsin, ularda qiymat bor. Sizning qanchalik tartibli, sabrli inson ekaningiz, siz uchun yarqiroqlik emas, amaliylik muhimligi, siz o'zingizga ana shu amaliyligi bilan uzoq vaqt davomida xizmat qilgan narsalarni qadrlashingiz, o'ziga yarasha xotiralarni olib yuradigan narsalarni qadrlashingiz, tashqi tarafdan sal eskirsa-da hali maza qilib foydalansa bo'ladigan narsalaringizdan qo'rqmay foydalana olishingiz, bo'lar-bo'lmasga, shunchaki zo'r ko'rinish uchun narsalar sotib olmasligiz haqida message beradi. Bunday narsalarda hayotning hidi bor. Ularga qarab yashash shunday nomukammalliklardan iboratligini ko'rasiz. Hamma narsa mukammal bo'lishi shart emasligini tan olgan, buni normal qabul qilgan insonni ko'rasiz. Ps. Rasmdagi stul Sex and City seriali bosh qahramoni Carrie Bradshawning xonasidagi stul. U ranglari ko'chgan bu stuldan nightstand sifatida foydalanadi.
Erning jamiyatga qiladigan ta'siri xotinning erga qiladigan ta'sirini o'zida aks ettiradi. © Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Vaqtli uxlab vaqtli uyg'onish yaxshi, kun barakali bo'ladi deyishadi. Men shu paytgacha bunga ishonib keldim. Vaqtli tura olmaganim uchun ko'pincha o'zimni aybdor ham his qilardim. Ma'lum bir muddat o'g'lim 20:30 - 21:00 atrofida uxlab soat 5 da uyg'onishni odat qildi. Lekin bu men uchun juda qiyin bo'ldi. U tenggi soat 8-9 da uxlasam ham baribir soat 5 da uyg'onishga qiynaldim. Ko'zlarim qizargan, asablarim tarang, charchagan yurdim. Ishimda ham unum bo'lmadi. Lekin yaqinda, sayohatga chiqib kelganimiz uchun uyqusi o'zgarib ketdi va kechroq yotib, soat 8-9 da uyg'onyapti. Men ham qancha kech yotsam-da ertalab kech turganim uchun uyquga to'yib, kayfiyatim yaxshi uyg'onyapman. Kunni deyarli tush paytida boshlayotgan bo'lsak-da, ishlarimda unum bo'lyapti. O'g'limning o'ziga ham bu yoqyapti. Vaqtli turishni uzoq vaqt sinab ko'rganim yaxshi bo'ldi. Buni menga foydasi tegmasligini tushunib yetdim. Biz nima desak-da hammaning organizmi har xil degan gap o'z ishini qilar ekan. Kimdir early bird, kimdir night owl. Men ekkisi ham emas ekanman. Men shunchaki vaqtli uxlasa ham, kech uxlasa ham ertalab kech uyg'onsagina uyquga to'yadigan odamman.💘
🫧Keyingi videoni ham YouTubega joyladik. Qiziq bo'lsa boshqalarga ham tavsiya qiling, xursand bo'laman. https://youtu.be/Ez7UjoJMuvg?si=WntFX_K3XofvIavw
Kerak bo'lmagan paytda maslahat berish yo o'z hikoyasini bo'lishish foyda keltirmasligi-ku mayli, ba'zida zarar ham yetkazadi. Sarvinoz bola parvarishi, tarbiyasi bilan bog'liq o'z tajribasini universal deb hisoblaydiganlar haqida yozibdi. Rostdan ham, homiladirlikda, hatto tug'ganingdan keyin ham o'zining alamli tajribasi bilan bilib-bilmay seni qo'rqitadiganlar ko'payadi. Mayli, bunga-ku chidasa bo'ladi. Lekin eng yomoni tug'ruq jarayoni haqidagi qo'rqinchli hikoyalar. Men og'limni c-section bilan tug'ganman. Tug'ruqxonaga borgan kunim, yonimda yotgan, ikkinchi farzandini tug'ishga kelgan bir ayol (o'zi mendan ancha kichkina) operatsiya bilan tug'ish qanchalik noto'g'ri tanlovligi, operatsiya jarayoni qanchalik yomonligi, hali operatsiyadan keyin ham yillab bellarim, oyoqlarim og'rib yurishi, epiduralning o'rni zirillab yurishi haqida gapirgan edi. Eng qizig'i u buni menda shunday bo'lgan deb emas, unda shunday bo'lgani uchun hammada shunday bo'ladi degan qat'iy ishonch bilan gapirgan edi. O'zi operatsiyadan qo'rqib turgan men bularni eshitib, hammaning tanasi har xilligi, hammaning operatsiyasi har xil o'tishini bilsam-da baribir stressga tushganman. Biz ko'pincha bilib-bilmay, ba'zida yordam, maslahat berish maqsadida boshqalarning hissiyotlariga ta'sir o'tkazamiz. Lekin agar u odam shundoq ham emotsional, shundoq ham havotirda bo'lsa va uni yaqin orada tug'ruqmi, yoki boshqa qandaydir murakkab tibbiy jarayon kutib turgan bo'lsa yomon hikoyalar uning tanasiga ham ta'sir o'tkazadi. Bu esa juda yomon. O'zini yaxshi his qilishi, pozitiv kayfiyatda bo'lishi, chuqur nafas olishi, o'zini bo'sh qo'yishi kerak bo'lgan odam uchun havotirdan qaltirash albatta operastsiyaning oson kechishiga olib kelmaydi. Shunday hikoyalarimiz o'zimizda qolgani ma'qul.
💜Do'stlar, YouTubeda bir loyiha boshladim. Vaqtingizni qizg'onmay kirib ko'ring! Bundan juda xursand bo'laman. Mana link:👇 https://youtu.be/Sc-ibXNYquY?si=-IEbFjj83h-diWyt Uslub, moda menga har doim qiziq bo'lgan. Anchadan buyon shu mavzuda videolar ko'raman. Buni ilm sifatida o'rganish menga yoqadi. Va qachondir men ham to'plagan bilimlarimni ulashsam derdim-u qunt qilmasdim. Nihoyat, shu ishga vaqt ajratdim. Sizga qiziq bo'lsa ko'ring, obuna bo'ling, do'stlaringizga ham ulashing, davom etishim uchun motivatsiya bo'ladi.
Sizlarni ajoyib yangilik kutyapti
🥪16:11 nonushta qilgim kelyapti
🥪16:11 nonushta qilgim kelyapti
Nima demoqchiman, ba'zida biz vaziyatning o'zidan emas, biz o'sha vaziyatdan ideallik kutganimiz, lekin u biz kutgandek ideal bo'lib chiqmaganidan qiynalamiz.
🟠Har doim uyga, qishloqqa kelganimda bobom-buvimlarnikiga ham boraman. Lekin oxirgi paytlar u yerga borgim kelmay qolgan. Chunki qachon borsam faqat qayerlaridir og'riyotgani haqida juda ko'p gapirishadi. Necha marotalab do'xtrlarga ko'rsatishgani, davolanishgani…
Insonni ko'pincha baxtliroq yashashga intilish baxtsiz qiladi
Insonni ko'pincha baxtliroq yashashga intilish baxtsiz qiladi
Hamma har xil sevadi. Aaaancha oldin erimdan siz meni qanday yaxshi ko‘rasiz deb so‘raganimda, erim, masalan, qornizni to‘yg‘azgim keladi degan edi.
Agar siz birovning chegarasini buzayotgan bo‘lsangiz uni qanchalik nazokat bilan buzishingizning ahamiyati yo‘q. Siz baribir birovning chegarasini buzayotgan odam bo‘lib qolaverasiz. Yangi uyga ko‘chganimizda 1-2 ta og‘irroq buyumlar vaqtincha podyezdda qoldi. Eshigimizni yoniga, hech kimga xalaqit qilmaydigan qilib taxlab qo‘ydik. Chunki ularni olib kirish uchun ombordagi narsalarni joylab, ularga joy bo‘shatish kerak edi. Lekin ko‘chishdan keyin shunaqa ish ko‘p ediki, bunga 2-3 kun vaqt topa olmadik. Bir kuni ko‘chaga chiqib ketayotgan edim. Lift kutib tursam qo‘shni (men hali uni tanimayman. Lekin u meni taniydi, chunki eshigining tagida kamerasi bor, va u shu kamerada kun davomida qaysi qo‘shni podyezdga chiqib nima qilayotganini tomosha qilib o‘tiradi) chiqib, salom yo‘q, alik yo‘q, menga qarang, sizlar mana bu narsalaringni qachon olib kirasizlar deb qoldi. Men, tushunmadim, sizga nima qizig‘i bor desam, "bu nima deganingiz, podyezd-ku, ishim bo‘ladi-da, men podyezdga qarayman, (uni qanday usulda saylashdi ekan bu lavozimga, haligacha tushunmayman😁) dedi. Jahlim chiqib ketdi. Sizni nima ishingiz bor, sizga xalaqit qilyaptimi, yo sizni eshigizni tagiga qo‘ydikmi, turgan narsalar podyezdda turadigan narsa emas-ku, qachondir olib kiriladigan narsalar ekaniga jinnining ham aqli yetadi-ku, undan tashqari yoyilib yotgan bo‘lmasa, birovga xalaqit qilmasa, siz u tarafdan o‘tmasangiz dedim. Shunda u menga (boshqa hamma haqoratlari, qarg‘ishlari, tahdidlarini boshlashdan oldin) men senga to‘g‘rilikcha aytyapman-ku, dedi. Va butun bir janjalda eng ko‘p jahlimni chiqargan narsa shu gap bo‘ldi. Qanday qilib birovning ishiga aralashayotgan odam, u buni nazokat bilan qilayotgani uchun o‘zini bunga haqli deb hisoblashi mumkin? Menimcha, agar siz kimningdir chegarasini buzsangiz, uni "to‘g‘rilikcha" buza olmaysiz. Bu o‘rinda to‘g‘rilikcha, noto‘g‘rilikcha degan gaplarni ishlatish juda bir kulgili. O‘sha ayol, mendan eshigim yonida turgan narsalarimni olib kirishimni, iltimos qilib, yalinib so‘ragan taqdirda ham baribir uning ishi xatoligicha qolaveradi. Chunki bu vaziyatda xato narsa uning gap ohangi, gapni yetkazish tarzi emas, bu yerda xato narsa u o‘zini aralashishga haqqim bor deb hisoblashi. P.s, yonida narsalar turgan eshik bizniki, ko‘rinib turgan boshqa eshik men bilan janjallashgan qo‘shniniki emas, U podyezdning umuman boshqa tarafida turadi va bizning eshigimiz oldidan o‘tmaydi.
3️⃣Namunali minimalist bo‘lishga to‘sqinlik qiladigan keyingi narsa ba’zi buyumlarimizning emotsional ahamiyatga egaligi. Farzandimizning eskirgan, kichkina kelib qolgan kiyimlari, qadrli insonimiz sovg‘a qilgan biror suvenir, va hokazolar. Albatta, bunday narsalarning ba’zilarini saqlab qo‘yish kerak. Lekin hammasini ham emas. Bizga nimanidir eslatadigan har bir buyumni saqlab qo‘yadigan bo‘lsak, sekin-asta uyda o‘zimiz yashashimizga joy qolmaydi. Tashlab yuborayotganda, yoki kimgadir berib yuborayotganda, aybdorlik hissini kamaytirish uchun, buyum bu aslida yaxshi xotiraning o‘zi emas, shunchaki o‘sha xotira bilan assotsiatsiya qiladigan bir jism ekanini tan olsak, aslida o‘sha xotirani shu buyumsiz ham o‘zimizda qoldirishimiz mumkinligini hisobga olsak bas.