ХДП Тошкент вилояти
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 55
- Всего постов
- 352
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 22
- 1/48двое суток
- 25
- 1/72трое суток
- 27
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Toshkent_v_2026 “Quvonch va mehr ulashaylik” O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Ohangaron shahrida 4 maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Kosimova, partiya Markaziy Kengash bo‘lim boshlig‘i M.Nizomiddinov, viloyat Kengashi raisi A.Umaraliyev hamda tuman-shahar Kengashlari raislari, deputatlar ishtirok etishdi. Partiyamiz deputatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda inklyuziv ta’lim sharoitlari bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida bolajonlarga bayram sovg‘asi ulashildi. 👉Yoshlar bilan ulashing! 🌐 Obuna bo‘ling: Yoshlar l Ayollar l Qizlar l Ins l YouTube l Telegram l YQ l YP l TV
видео или голосовое, без подписи
Тошкент вилояти худудларида байрам тадбирлари кутаринги рухда утказилмокда
Тошкент вилоятида байрам шукуҳи. Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон ХДП Тошкент вилояти Кенгаши томонидан Оҳангарон шаҳар Ижтимоий қўллаб-қувватлаш марказида “Имконияти чекланмаган” шиори остида тадбир ўтказилди. Тадбирда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Қ.Косимова, Марказий Кенгаш бўлим бошлиғи М. Низомиддинов, вилоят Кенгаши раиси А. Умаралиев ҳамда туман-шаҳар Кенгашлари раислари иштирок этдилар. Иштирокчилар марказда яратилган шароитлар ва ногиронлиги бўлган фуқароларнинг ўз қўллари билан тайёрлаган ҳунармандчилик ва ижодий ишлари билан танишдилар. Сўзга чиққан А. Умаралиев, Мамлакатимизда кекса авлод ва ижтимоий ҳимояга муҳтож фуқароларга ғамхўрлик ва муносиб шароитлар яратишга қаратилаётган эътиборни таъкидлаб, Ўзбекистон ХДП Уставида белгиланган инсон қадри, ижтимоий адолат ва ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламлар манфаатларини ҳимоя қилиш мақсадларидан келиб чиқиб, бундай эзгу ташаббусларни давом эттириш муҳимлигини айтди. Тадбир байрамона концерт дастури билан якунланди.
🇺🇿 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputati N. Xolto‘rayeva o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Umid” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofi va ichki yo‘llarning holatini o‘rgandi. Fuqarolarning murojaatlari asosida muammo joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida, xususan, ko‘p qavatli uylarning kirish qismlaridagi yo‘laklar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Bu holat, ayniqsa, bolalar, yoshi katta fuqarolar va piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Deputat tomonidan mavjud muammoni tegishli mas’ullar bilan birgalikda hal etish, yo‘laklarni tartibga keltirish va fuqarolar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalasi nazoratga olindi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#Yoshlar_2026 “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 🌐 Obuna bo‘ling: Yoshlar l Ayollar l Qizlar l Ins l YouTube l Telegram l YQ l YP l TV
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Тошкент вилоятида байрам шукуҳи. Ўзбекистон ХДП Тошкент вилояти Кенгаши томонидан Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан Оҳангарон шаҳрида 4 махсус давлат мактабгача таълим ташкилотида “Қувонч ва меҳр улашайлик” акцияси байрам тадбири ўтказилди. Тадбирда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Қ. Косимова, партия Марказий Кенгаш бўлим бошлиғи М. Низомиддинов, вилоят Кенгаши раиси А. Умаралиев ҳамда туман-шаҳар Кенгашлари раислари, депутатлар иштирок этишди. Партиямиз депутатлари давлат мактабгача таълим ташкилотида яратилган шароитлар, моддий-техник база ҳамда инклюзив таълим шароитлари билан танишдилар. Шунингдек, тадбирда тарбияланувчилар томонидан тайёрланган шеър ва қўшиқлар иштирокчиларга кўтаринки кайфият бағишлади. Тадбирга сўзга чиққанлар имконияти чекланган болаларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, уларга яратилган шароитлар, гуруҳ хоналари, ошхона, болалар майдончалари, хавфсизлик талаблари алоҳида эътибор берилганилиги таъкидланди. Тадбир сўнгида болажонларга байрам совғаси улашилди.
YANGIOBOD MFYDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI Hududlarda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi. 6-Yangiobod saylov okrugi deputati (O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zosi) I.Mullajonova hududiga qarashli Yangiobod MFYda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlami bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalari va amalga oshirilgan ishlar: Ijtimoiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilgani, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi. Moddiy yordam va vaucherlar: O‘rganish jarayonida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turuvchi 4 nafar ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xarid qilish uchun maxsus vaucherlar berilgani aniqlandi. Hisobga olish va xatlov: Hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar yangilangan tartibda qayta xatlovdan o‘tkazilib, aniq hisobga olingan va maqsadli ro‘yxat shakllantirilgan. Mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw
24_ta_masala #okrug_oʻrganish 🔂 ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА ЎРГАНИЛДИ 🇺🇿 Халқ депутатлари Оҳангарон тумани Кенгашининг 4-“Убайд” сайлов округидан сайланган депутати, Ўзбекистон Халқ демократик партияси аъзоси Абдуқулова Нилуфар Умирзаковнанинг иш режасига асосан, туман Кенгаши котибият мудири Нишанова Мадҳия томонидан ҳоким ёрдамчиси Ф. Мирзаевнинг фаолияти депутатлик назорати доирасида ўрганилди. ✨ Ўрганиш жараёнида ҳоким ёрдамчисининг маҳаллада аҳоли билан ишлаш самарадорлиги, фуқароларнинг мавжуд муаммоларини аниқлаш ва уларни ҳал этишга кўмаклашиш, аҳоли бандлигини таъминлаш, камбағалликни қисқартириш ҳамда оилаларнинг барқарор даромад манбаларини яратиш борасида амалга ошираётган ишларига алоҳида эътибор қаратилди. ✨ Шунингдек, фуқароларни касб-ҳунарга ўқитиш, уларнинг тадбиркорлик ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, оилавий тадбиркорликни ривожлантириш, янги иш ўринларини яратиш ҳамда аҳоли даромадларини ошириш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳолати ўрганилди. ✨ Бундан ташқари, ижтимоий ҳимояга муҳтож, кам таъминланган ва оғир ижтимоий вазиятда бўлган оилалар билан ишлаш, уларнинг муаммоларини ўрганиш ҳамда оилаларни камбағалликдан чиқариш бўйича индивидуал ёндашув асосида амалга оширилаётган чора-тадбирларга ҳам эътибор қаратилди. ✨ Шу билан бирга, фуқароларнинг мурожаатларини ўз вақтида ўрганиш, мавжуд муаммоларни тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда ҳал этиш, тадбиркорлик фаолиятини бошлаётган аҳолига амалий ва ҳуқуқий кўмак кўрсатиш ҳамда яратилган иш ўринларининг барқарорлигини таъминлаш муҳим вазифалардан бири эканлиги таъкидланди.
Hamkorlikdagi tashkilot faoliyati o‘rganildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 1-“Yangihayot” okrugi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov Bekobod shahar Soliq inspeksiyasida ijro organi tashkilotlarining o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari o‘rganildi. O‘rganishda shahar Soliq inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari U.Rahimjonov ishtirok etdi. Shahardagi 33 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga soliq inspektorlari biriktirilgan bo‘lib, belgilangan soliq turlari bo‘yicha byudjetga tegishli mablag‘larni undirish va mahalla byudjetini daromadlarini oshirish yuzasidan 13 ta yo‘nalishlarda faoliyatlarini olib bormoqdalar. Shahar mahalliy byudjetining 1-yarim yillik ijrosi 53 mlrd 961,3 mln.so‘m bo‘lib, amalda 56 mlrd 861,4 mln.so‘mga rejaga nisbatan 2 900,1 mln.so‘m (105%) bajarilgan. Biroq, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i 2,0 mlrd.so‘mga bajarilmagan. Ushbu mablag‘ni “mahalla yettiligi” va hududlardan saylangan deputatlar hamkorligida undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
MUNOSABAT. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sanalardan biridir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson qadri, xalq farovonligi va yurt taraqqiyotiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugun yurtimizda zamonaviy infratuzilma, ta’lim va tibbiyot tizimi, tadbirkorlik hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va munosib turmush sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda. Deputat sifatida men ham o‘z faoliyatimda fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xalq manfaatlarini munosib himoya qilishni eng muhim vazifam deb bilaman. O'zbekiston XDP Nurafshon shahar kengashi deputati S.Niyozov.
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 20-“Ma’rifat” okrugi deputati O‘zXDP a’zosi A.Ismatov va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan shaharning 2-son Oilaviy poliklinikasida bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi. O‘rganishda O‘zXDP shahar Kengashi raisi J.Artiqbayev ва poliklinika ma’sul xodimlari ishtirok etdilar. Poliklinikada bemorlarga kunduzgi shifoxona sharoitida davolash uchun 8 o‘rinli kunduzgi shifoxona tashkil etilgan. Hozirgi kunda 122 xil dori-darmonlardan avgust oyida 87 turdagi dorilar mavjud. Aholi bilan suhbat jarayonida 8 o‘rinli kunduzgi shifoxona 3-qavatda joylashganligi va hojatxonasi yo‘qligi bois nuroniylarga noqulayliklar vujudga kelmoqda. Shuni 1-qavatga tushirilsa kunduzgi davolanishga kelgan fuqarolarni sog‘ligini tiklashga katta yordam bo‘lar edi. Ushbu masalani hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan shahar Tibbiyot birlapshmasiga chiqish belgilandi.
#Live N.Ismoilov ijtimoiy himoya tizimi yangi bosqichga ko‘tarilgani, so‘nggi uch yilda ijtimoiy xizmatlar soni 23 tadan 140 taga yetganligini ta’kidladi. Kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholining daromadi oshirilib, kambag‘allik darajasi qariyb 35 foizdan 5,8 foizga tushirildi. Ta’lim sohasidagi tizimli ishlar natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov 27 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9 foizdan 44 foizga yetdi. ——————————————————— Н. Исмоилов отметил, что система социальной защиты населения вышла на новый уровень. За последние три года количество социальных услуг выросло с 23 до 140. Сокращение бедности возведено в ранг государственной политики. За истекший период повышены доходы 8,5 млн нуждающихся граждан, в результате чего уровень бедности снизился почти с 35 до 5,8 процента. В результате системной работы в сфере образования охват дошкольным образованием вырос с 27 до 78 процентов, а высшим образованием — с 9 до 44 процентов. 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи