XNU tadqiqotchilari|Ilmiy-Innovatsion tadqiqotlar departamenti
Статистика- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 73
- 1/48двое суток
- 83
- 1/72трое суток
- 90
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📌 OAK: ilmiy nashrlarni baholash mezonlari yangilandi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qarori bilan 2026-yil 10-iyundan boshlab attestatsiya jarayonlarida qo'llaniladigan xalqaro ma'lumotlar bazalari ro'yxati aniqlashtirildi. ✅ Mustaqil baholash mezoni sifatida qoladi — A, B, C toifalarga kiruvchi 12 ta xalqaro baza (Web of Science, Scopus, JCR, AGRIS, CAS, GeoRef, PubMed, Compendex va boshqalar). ❌ Endi mustaqil mezon sifatida qo'llanilmaydi — Springer, ResearchGate, CrossRef, SCImago, DOAJ va yana 10 ta manba (jami 15 ta). To'liq ro'yxat, har bir baza bo'yicha yo'nalishi va tekshirish havolalari — ilova qilingan faylda #OAK #attestatsiya #ilmiynashr
🎓📚 Academia.edu Ilmiy ishlaringizni dunyoga tanitishning qulay yo‘li — Academia.edu. 🌍 Academia.edu — tadqiqotchilar, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan xalqaro akademik platforma bo‘lib, unda ilmiy ishlarni ulashish, hamkorlik o‘rnatish va so‘nggi tadqiqotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Platforma orqali siz: 📄 ilmiy maqolalaringizni joylashtirasiz; 🌍 xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lanasiz; 🔍 millionlab ilmiy maqolalarni izlaysiz; 📊 maqolalaringiz statistikalarini kuzatasiz; 🔔 qiziqqan yo‘nalishlaringiz bo‘yicha yangiliklarni olasiz. 📎 Platformadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ilova qilinadi.
📱 ScienceID tizimida telefon raqamini qanday oʻzgartirish mumkin? ScienceID tizimiga kirish uchun foydalanayotgan telefon raqamingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring: 1️⃣ Browser orqali id.ilmiy.uz saytiga kiring va «Tizimga kirish» tugmasini bosing. 2️⃣ Ochilgan sahifada «Telefon raqamini oʻzgartirish» boʻlimini tanlang. 3️⃣ «OneID orqali tiklash» tugmasini bosing va OneID akkauntingizning login hamda parolini kiriting. 4️⃣ Tizimga muvaffaqiyatli kirgach, yangi kiritilgan telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini tegishli maydonga kiriting va oʻzgarishni tasdiqlang. ✅ Barchasi tayyor! Endi ScienceID tizimiga yangi telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin. 🔹 Foydali havola: id.ilmiy.uz 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov Muddat: 20.07.2026 📥 Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar Muddat: 21.07.2026 📥“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi Muddat: 22.07.2026 📥“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 23.07.2026 📥“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 25.07.2026 📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang Muddat: 30.07.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
📢 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ilmiy maqola yozish bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar! Sizlarni Malayziyaning MathsProofread kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn tanishtiruv uchrashuviga taklif etamiz. Uchrashuv davomida kompaniya vakillari: 🔹 ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va tadqiqot ishlari uchun proofreading (ilmiy tahrirlash) xizmatlari; 🔹 maqolalarni xalqaro nashrlarga tayyorlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar; 🔹 tadqiqotchilar uchun taqdim etilayotgan chegirmalar va imkoniyatlar; 🔹 hamkorlik yo‘nalishlari hamda xizmatlardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot beradilar. Mazkur uchrashuv xalqaro jurnallarga maqola tayyorlayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 📅 Sana: 16-iyul 2026-yil (Payshanba) 🕘 Vaqt: 09:00 (O‘zbekiston vaqti) 💻 Platforma: Zoom 🔗 Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/2453029641?pwd=TMD9CjwfslAlZra9dpAWlpjMPucdUD.1&omn=81171208501 🆔 Meeting ID: 245 302 9641 🔑 Passcode: 781607 📌 Uchrashuvda ishtirok etish ixtiyoriy. Qiziqish bildirgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni qatnashishga taklif etamiz.
arXiv 🚀 Ilmiy maqolalarni hammadan oldin toping va o'qing 📚. arXiv — dunyodagi eng yirik ochiq ilmiy preprint platformasi bo'lib, fizika, matematika, kompyuter fanlari, sun'iy intellekt, statistika, iqtisodiyot va boshqa ko'plab yo'nalishlardagi millionlab ilmiy ishlarga bepul kirish imkonini beradi. arXiv sizga: — eng so'nggi ilmiy tadqiqotlarni rasmiy nashrdan oldin topish 🔍 — 2,5 milliondan ortiq ilmiy maqolalardan foydalanish 📄 — maqolalarni PDF va HTML formatlarida bepul yuklab olish ⬇️ — kuchli qidiruv va filtrlash vositalari orqali kerakli adabiyotlarni tez topish 🗂 — BibTeX iqtiboslarini bir klikda olish 📑 — tanlangan yo'nalishlar bo'yicha yangi maqolalar haqida xabarnomalar olish imkonini beradi. Ilmiy yangiliklarni oylar davomida kutmang ⏳. Tadqiqotlar bilan birinchi bo'lib tanishing ✅. 📎 Qo'llanma ilova qilinadi.
#E'LON 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda. 📋 Universitet tadqiqotchilari va oxirgi 2 yil ichida ilmiy darajaga ega bo'lgan professor-o'qituvchilarni ushbu so'rovnomada ishtirok etishga taklif etamiz. 🎓👨🏫👩🏫 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfrGpdfL2tHPBKAnimMHZDH6iyeODFFjDlucNycZpylrhfuKA/formResponse 🔗
BASE 🌍 Bitta qidiruv. Minglab ilmiy manbalar 📚. BASE — dunyodagi eng yirik akademik qidiruv tizimlaridan biri bo‘lib, turli bazalar va repozitoriylardagi ilmiy materiallarni bir joydan izlash imkonini beradi 🔍. BASE sizga: — maqola, dissertatsiya, hisobot va preprintlarni topish 📄 — natijalarni yil, til, mavzu va hujjat turi bo‘yicha saralash 🗂 — ochiq kirishdagi manbalarga tez chiqish ⚡️ — ilmiy ish uchun kerakli adabiyotlarni ancha tez yig‘ish imkonini beradi 📚 Ko‘p qidirib vaqt yo‘qotmang ⏳. To‘g‘ri platformadan foydalaning ✅. 📎 Qo‘llanma ilova qilinadi.
OpenAIRE 🌍🔬 Ilm-fan ochiq bo‘lsa, imkoniyat ham keng bo‘ladi. ✨ OpenAIRE — ochiq kirishdagi ilmiy maqolalar, tadqiqot natijalari va akademik ma’lumotlarni topish uchun zamonaviy platforma. 📚🌐 Bu platforma orqali siz: — Open Access materiallarni topasiz 🔍 — xalqaro tadqiqot natijalariga chiqasiz 🌏 — ilmiy loyihalar va ma’lumotlar bilan ishlaysiz 📊 — ORCID va boshqa ilmiy tizimlar bilan bog‘lanasiz 🔗 Agar siz zamonaviy tadqiqotchi bo‘lsangiz, bu platformani chetlab o‘tish xato bo‘ladi. 🚫📉 📎 Qo‘llanma ilova qilinadi. 📄
🔎 Google Scholar ⚡️⚡️ Ilmiy izlanishni qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? 🤔 ✨Google Scholar✨ — maqola, dissertatsiya, patent va iqtiboslarni bir joydan topish imkonini beradigan eng qulay ilmiy qidiruv platformalaridan biri. 📚🔍 Bu platforma sizga: — kerakli maqolalarni tez topish 🚀 — kim siz iqtibos keltirgan ishlarni yana ishlatganini ko‘rish 👀 — muallif, mavzu va yil bo‘yicha aniq qidiruv qilish 🎯 — ilmiy faoliyatingizni samaraliroq tashkil etish imkonini beradi 📈 Bugundan boshlab ilmiy qidiruvni tasodifga emas, tizimga tayang. 💪 📎 Qo‘llanma ilova qilinadi. 📄
📢 Malakaviy imtihonlar uchun qabul davom etmoqda! 💼 Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan (may oyi sessiyasi) malakaviy imtihonlar uchun hujjat topshirishingiz mumkin: ➡️ 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti ➡️ 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ➡️ 08.00.13 – Menejment ➡️ 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya. 🗓 Hujjatlar 2026-yil 26-aprelga qadar qabul qilinadi (shu kuni ham). 📎 Kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing. 📚 Ilmiy izlanishlaringizni yuqori bosqichga olib chiqish imkoniyatidan foydalaning! 🚀 🌐 Web-site
📣 Komissiya aʼzolari va tadqiqotchilar diqqatiga! 📊 Xalqaro Nordik universitetida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, tadqiqotlar sifatini tahlil qilish hamda ilmiy va innovatsion yondashuvlarni baholash maqsadida kafedralar kesimida monitoring jarayonlari tashkil etiladi. 📅 Monitoring o‘tkazilish vaqtlari: 📌 Pedagogika kafedrasi ➖ Kafedra mudiri: D.Miraliyeva 🗓 31-mart ⏰ 10:00. 📌 Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi Kafedra mudiri: X.Sabirov 🗓 2-aprel ⏰ 10:00. 📌 Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi Kafedra mudiri: M.Abdullayev 🗓 2-aprel ⏰ 14:00. 🔔 Eslatma: Barcha komissiya aʼzolari va tadqiqotchilardan: ✔️ belgilangan vaqtda ishtirok etish ✔️ ilmiy ishlarga oid zarur hujjatlarni tayyor holda olib kelish ✔️ taqdimot va natijalarni asosli himoya qilish so‘raladi. 📍 Sebzor 22a, 2-bino. Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti 🌐 Web-site
OpenAIRE: ilmiy ma’lumotlar uchun ochiq platforma OpenAIRE — Yevropa miqyosidagi yirik infratuzilma bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ochiq va bepul taqdim etishga xizmat qiladi. Platforma orqali maqolalar, tadqiqotlar va ma’lumotlar bazalariga qulay kirish imkoniyati yaratiladi. To‘liq ma’lumot va qo‘llanma orqali platformadan samarali foydalanishingiz mumkin. ⚪️Qo‘llanma: https://drive.google.com/file/d/1MDxZbmol4Bt_WNCKr4_PAOQowIJQNwKx/view?usp=drive_link Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ Telegram kanal
SCImago nima? Jurnal nufuzli yoki yo‘qligini qanday bilish mumkin? Q1, Q2, SJR degan belgilar nimani anglatadi? Bu savollarga javob topishda SCImago juda foydali. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ Telegram kanal
#Xalqaro_konferensiyasi 🗓 Xalqaro Nordik universitetida 2026-yil 30-aprel kuni “XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga bo'lib o'tadi. 🌀 Konferensiya yo‘nalishlari: ✅ Tilshunoslik va xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanishning innovatsion pedagogik yondashuvlari; ✅ Ta’lim jarayonida sun’iy intellektni joriy etishning nazariy va konseptual asoslari; ✅ Jahon adabiyotini tadqiq etishda sun’iy intellekt yordamida badiiy matnlarni tahlil va talqin qilish masalalari; ✅ Tarjimashunoslikda sun’iy intellektdan foydalanishning lingvistik muammolari va imkoniyatlari. Konferensiya materiallari 2026-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi: 📱 @conference_nordic_2026 ✉️ d.nasriddinov@nordicuniversity.org Murojaat uchun: Dilshod Nasriddinov +998947541887 Manzil: Toshkent shahar, Sebzor ko‘chasi 22A 302-xona
#seminar ❗️❗️❗️❗️❗️ Mavzu: “Xalqaro ilmiy qo‘shma tanlovlarda loyihalarga qo‘yiladigan talablar” 📆 Sana: 18.03.2026 ⏰ Vaqti: 11:00-12:00 🗣Seminar YouTube'dagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi. Havola: https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz ♻️ E’lonni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan bo‘lishing! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🚀 TasIMO: nafaqat o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni ham hayajonga solgan loyiha! 👉 "TasIMO-2026" mavsumiga ro‘yxatdan o‘tdingizmi? 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun yagona manzil: 👉 https://t.me/tasimo_login_bot 👈 🎥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 📌 VIDEO qo‘llanmani ko‘rib, bajaring: 😎 https://youtu.be/qVF53tJwioM
#tanlov #MirzoUlugʻbekVorislari ☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda! 2026-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan o‘tib, IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar 2026-yilning 3-mart kunidan boshlab tuman (shahar)lar kesimida o‘z loyihalarini taqdimot qiladilar. Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing. Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan eng yaxshi loyiha mualliflari g‘olib deb topiladi hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan BHMning 5 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
🎓 27-fevral — malakaviy imtihon kuni Ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkazilishini maʼlum qilamiz. 📌 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” 📌 08.00.13 – “Menejment” 🗓 27-fevral 🕑 Soat 14:00 📍 2-o‘quv bino, 302-xona 🔗 Lokatsiya 📌 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” 🗓 27-fevral 🕑 Soat 14:00 📍 3-o‘quv bino, 6-qavat, majlislar zali 🔗 Lokatsiya 📝 Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlar ro‘yxati 👉 bu yerda 🌐 Web-site
🚀 START BERILDI! HAMMASI TAYYOR! Endi TasIMO olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati OCHIQ! ✅ Hoziroq ro‘yxatdan o‘tishingiz uchun yagona telegram bot 👉 https://t.me/tasimo_login_bot 👈 📹 Siz adashib qolmasligingiz uchun maxsus videoqo‘llanma tayyorladik — unda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qadam-baqadam, aniq va sodda tushuntirilgan. 📌 Videoni ko‘rish uchun pastdagi havolani bosing 👇 😎 https://youtu.be/qVF53tJwioM 📌 Batafsil maʼlumot uchun: 🌐 Web-sayt | 😎 Telegram