- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 109
- 1/48двое суток
- 124
- 1/72трое суток
- 134
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
☄️Xovos tuman texnikumida 11-sinf bitiruvchilari uchun qabul boshlandi! 🎓Xovos tumani 2-son texnikumida zamonaviy kasblarni egallash va kelajakdagi faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor yaratish imkoniyati! ✔️ Mavjud yo‘nalishlar: ➖ Zooinjeneriya ➖ Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi 🎯 O‘z kelajagingizni bugundan boshlang! 📍Manzil: Xovos tuman Gulbahor MFY Mustaqillik ko'chasi 4 -uy 📞Bog‘lanish: +998972776041 +998945859798 🏳️Telegram: Xovos tumani 2-sonli Texnikumi
без подписи
без подписи
📚 “Skills-2026 Workshop”: yangi avlod modulli ta’lim dasturlari amaliyotda Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim muassasalarida “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida seminar-treninglar boshlandi. ⚡️ Shirin energetika texnikumida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda Boyovut va Xovos tumanlaridagi texnikumlarning 52 nafar maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ustalari ishtirok etdi. 🔺 Seminar davomida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalarini belgilash, baholash mezonlarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-treningda Shirin energetika texnikumi maxsus fan o‘qituvchilari Xudoyqulov Xolbozor va Isroilov Zulhaydar trener sifatida faol ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus zamonaviy metodik yondashuvlarni keng joriy etish va mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Bizni kuzating Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram
🏆🏫 Сирдарё ёшлари — касбий маҳорат майдонида муносиб натижа! Пайвандлаш, модалар технологияси, сартарошлик технологияси, тиббий ва ижтимоий ғамхўрлик, ошпазлик, электромонтаж, автомобилларга техник хизмат кўрсатиш, қурилиш ва бошқа замонавий касблар бўйича ёшларнинг маҳорати намойиш этилган “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” Республика танловида Сирдарё вилояти ёшлари муносиб иштирок этиб, жами 13 та совринли ўринни қўлга киритди. Жумладан, 2 нафари I ўрин, 6 нафари II ўрин ҳамда 5 нафари III ўрин соҳиби бўлди. Мамлакатимизда илк бор ўтказилган мазкур танлов ёшларнинг касбий салоҳияти, амалий кўникмалари ва ўз касбига бўлган қизиқишини намоён этиш учун катта имконият яратди. Сирдарёлик ёшларнинг ушбу натижалари вилоятда ёшларни замонавий касбларга ўқитиш, уларнинг касбий компетенсияси ва амалий кўникмаларини ривожлантириш борасида олиб борилаётган ишларнинг амалий самараси сифатида эътироф этилади. Бу ҳали якун эмас. Энг кучли иштирокчилар WorldSkills жаҳон чемпионатида Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилиш имкониятига эга бўлади. Жаҳон чемпионатида ғолиблик учун 1 миллиард 30 миллион сўм миқдорида мукофот белгиланган. Сирдарё ёшлари — касбда маҳорат, натижада эътироф! Сирдарё вилояти Касбий таълим бошқармаси матбуот хизмати Канал👉 @SirdaryoSadosi ↗️
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari! Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi. Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Simbank🦁 дарит бонус 200 сом за подписку на канал🖤 😎Не упускай возможность получить бонус от Simbank🦁☑️
без подписи
без подписи
без подписи
🏃♀️Yengil atletikachi yoshlar Sirdaryoda 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning Yengil atletika turi bo'yicha Viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. 🏆Unda Xovoslik yoshlarimiz juda faol qatnashishdi. Xovos tuman 2-son Texnikumi Jismoniy Tarbiya oʻqituvchisi Abbos Xudoyberdiyev 200 m masofaga 1-likni qoʻlga kiritib Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. 05.08.2026
без подписи
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi davom etmoqda! 📍 Xovos tumani 2-son Texnikumi da “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi tadbirlar qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda. 🏅 Bugungi kunda bollar o‘rtasida sportning Shaxmat va Shashka turidan sport o‘yinlari bo‘lib o'tdi. 🔰 Loyihamiz davom etmoqda! Sizni ertangi tadbirlarimizda faol ishtirok etishga chorlaymiz. 📌 Manzil: Xovos tuman 2-son Texnikumi 21.07.2026
📢 9–11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga! Texnikumlarda sizni 300 dan ortiq zamonaviy kasb va mutaxassisliklar kutmoqda. 📌 DIQQAT! 9-sinflar uchun bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni Texnikumni tanlasangiz, sizni quyidagi imkoniyatlar kutadi: 💵 Har oy BHMning 1 barobari miqdorida stipendiya - grandga o'qishga kirib dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarga. 🏆 BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya — a’lo o‘qigan (85%+) va tanlov g‘oliblari uchun. 💸 1 milliard so‘mdan ortiq Prezident sovrini — WorldSkills xalqaro chempionatida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun. 🔵 “Work and Travel” dasturi orqali xorijda ishlab, daromad topish imkoniyati. 🔵Xorijiy tillar bo‘yicha 600 soatgacha chuqurlashtirilgan ta’lim. 🔵Mahalliy va xalqaro dasturlar orqali sertifikat olish imkoniyati. 🔵Startup va innovatsion loyihalarda ishtirok etib, amaliy tajriba orttirish. 🔵Ishga joylashganda ijtimoiy soliq 1% etib belgilangan. 🏛 11-sinfni tugatib texnikumda o'qiganlarga universitetda 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati. 📝 Qabul onlayn: my.edu.uz 📞 Murojaat uchun: 78 707-28-28 ⏰ Bugun hujjat topshiring — ertaga kasb egasi, malakali mutaxassis va muvaffaqiyatli inson bo‘ling! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
без подписи
без подписи
без подписи
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi davom etmoqda! 📍 Xovos tumani 2-son Texnikumi da “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi tadbirlar qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Bugungi kunda bollar "Chilangarlik "kasbi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida amaliy darslar oʻtmoqda . 🔰 Loyihamiz davom etmoqda! Sizni ertangi tadbirlarimizda faol ishtirok etishga chorlaymiz. 📌 Manzil: Xovos tuman 2-son Texnikumi 18.07.2026
Xovosda yana bir o‘quv markazi ish boshladi Xovos tumanida yoshlarning bilim olishi va xorijiy tillarni puxta o‘rganishi yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi. Tumanda "Andromeda" o‘quv markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Xovos tumani hokimi Qomus Yuldashev, tuman prokurori Faxriddin Raximov, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi maskanning faoliyatiga omad tilashdi. "Andromeda" o‘quv markazi ingliz, nemis va xitoy tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘lib, tumandagi yoshlar tashabbusi bilan tashkil etilgan yettinchi xorijiy tillar o‘quv markazi hisoblanadi. Bu esa Xovosda ta'lim, tashabbus va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etayotganining yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur loyiha "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg'armasi"ning "Ko'mak" loyihasidan 70 million so‘m miqdoridagi foizsiz kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Bu kabi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yosh tadbirkorlarning o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etishiga, yangi ish o‘rinlari yaratishiga hamda yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Yangi o‘quv markazi – bu shunchaki ta'lim maskani emas, balki kelajak sari ochilgan yangi imkoniyatlar eshigidir. Xovos yoshlari uchun xorijiy tillarni puxta egallash, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida yana bir muhim manzil bunyod etildi. 📲Rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram🔵Facebook📷Instagram🎬You tube
без подписи