tgindex
Yangichek MFY kanal hokim yordamchisi

Yangichek MFY kanal hokim yordamchisi

Статистика
@yangichek2022узбекский

Namangan viloyati Uychi tumani Yangichek Mahalla fuqarolar yig'ini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va kambag'allikdan chiqarish masalalari bo'yicha hokim yordamchisining kanali

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
31
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
261
+2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
408
31 постов
Вовлечённость
156,3%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 31
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
44
1/48двое суток
50
1/72трое суток
54

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🗣Eʼlon!  📱Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 17-avgustiga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.    ⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 📣Diqqat e’lon!   🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi AT (DevSecOps) mutaxassislarni  fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.   ✅ Tanlovda qatnashish uchun (mutaxassisligiga qarab)  qo‘yiladigan talablar: ✅ Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli; ✅ O‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-5 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; ✅ O‘zbek va rus tillarini bilishi kerak. 💵 Oylik ish haqi kelishuv asosida belgilanadi.   📌 Tanlov komissiyasiga, to‘liq rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma (obyektivka), ma’lumoti haqidagi diplom nusxasi va malaka oshirganligi yoki qayta tayyorlashdan o‘tganligi haqidagi guvohnomalar (Sertifikat) va telefon raqamini yozgan holda taqdim etilishi yoki t.xojaqulov@ihma-atm.uz  manziliga yuborilishi lozim.   📍 Manzilimiz: Toshkent shahri,  Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: 99 808-63-31, 55 508-08-12 (4006). 📅 Tanlov muddati - 2026 yil 17 avgustga qadar! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • ⚠️ «Ижтимоий кўмак», «Компенсация пули» ва «Моддий ёрдам» ниқоби остида тарқатилаётган сохта эълонларга ишонманг! 🔐 Давлат томонидан Telegram каналлари ёки номаълум ҳаволалар орқали моддий ёрдам пули ажратилмайди. Шахсий маълумотларингиз, банк картаси реквизитлари ва SMS-кодларни ҳеч кимга берманг. 🛡 Огоҳ бўлинг! Шахсий ва банк маълумотларингизни ҳимоя қилинг. 📱Telegram | 📱Youtube |📱Instagram | 📱 Facebook

  • E'lon! Hurmatli foydalanuvchilar, Ijtimoiy himoya milliy agentlikning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida rejadan tashqari profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shu sababli Baraka ilovasida roʻyxatdan oʻtishda vaqtincha uzilish kuzatilmoqda. Ro'yxatdan o'tayotganingizda telefoningizga tasdiqlash kodi (SMS) kelmasligi mumkin. Ilovaning boshqa imkoniyatlari odatdagidek ishlamoqda. Texnik ishlar yakunlangach, roʻyxatdan oʻtish tiklanadi va bu haqda qoʻshimcha xabar beramiz. Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz. 📞 Ishonch raqami: 1070 🌐 Batafsil: baraka.gov.uz ————————————- Объявление! Уважаемые пользователи, В информационной системе «Единая национальная система социальной защиты» Национального агентства социальной защиты проводятся внеплановые профилактические работы. В связи с этим регистрация в приложении Baraka временно недоступна. При регистрации на ваш телефон может не поступать код подтверждения (SMS). Остальные функции приложения работают в штатном режиме. После завершения технических работ регистрация будет восстановлена — сообщим об этом дополнительно. Приносим извинения за неудобства. 📞 Телефон доверия: 1070 🌐 Подробнее: baraka.gov.uz Telegram| YouTube | Instagram | Facebook | X.com | TikTok

  • 2026-yilning avgust oyida ijtimoiy nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026-yil avgust oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 708 242 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan 760,2 mlrd so‘m mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi. O‘z navbatida nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarning (jami oluvchilarning 92 foizi ) bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilayotganini ma’lum qilamiz. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • #kiberogohlik ⚠️ Kiberjinoyatchilar qanday ishlaydi? Ularning o‘zaro suhbati va firibgarlik mexanizmi ushbu videoda bosqichma-bosqich tushuntiriladi. Telegram | Instagram | Youtube

  • без подписи

  • 2026-yil 1-iyuldan nafaqa miqdorlari yangi tartibda 2026-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalarining quyidagi miqdorlari amal qiladi: 👥 Bolalar nafaqasi: 1️⃣ 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik farzand uchun — 386 000 so‘m; 2️⃣ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun — 295 000 so‘m; 3️⃣ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m; 4️⃣ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 118 000 so‘m. 🖋 Boshqa nafaqa va to‘lovlar: 1️⃣ moddiy yordam — 450 000 so‘m; 2️⃣ yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m; 3️⃣ nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m; 4️⃣ I guruh nogironlik nafaqasi — 1 209 000 so‘m; 5️⃣ II guruh nogironlik nafaqasi — 1 083 000 so‘m. Mazkur oshirilish aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand qatlamlar turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Avgust oyi yaqinlashishi bilan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari bo‘yicha turli savollar ko‘paymoqda. ❓Eng ko‘p berilayotgan savollardan biri — avgust oyidan nafaqalar to‘xtatiladimi? ‼️Yo‘q. Hech kim asossiz ravishda nafaqadan mahrum qilinmaydi. Ushbu videoda avgust oyida nima uchun qayta baholash o‘tkazilishi, to‘lovlar qaysi hollarda davom etishi yoki to‘xtatilishi, shuningdek, bu oilaning “Ijtimoiy reyestr”dan chiqarilganini anglatmasligi haqida tushuntirib o‘tdik. 🎬 Videoni tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Telegram

  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam qancha muddatga tayinlanadi?   📅 To‘lov muddati oilaning Ijtimoiy reyestrdagi toifasiga qarab belgilanadi. ✅ “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kirgan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam ular ushbu toifada bo‘lgan davr mobaynida to‘lanadi. Bunda oila a’zolarining band yoki band emasligi ahamiyatga ega emas. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati har 12 oyda oila a’zolari ishtirokida qayta baholanadi.   ✅ “Kambag‘al oila” toifasiga kirgan oilalarga  bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam dastlab 6 oyga tayinlanadi. Shu davrda oilaning mehnatga layoqatli a’zolari rasmiy bandligini ta’minlashi lozim. Qonunchilik bo‘yicha band bo‘lish talab etilmaydigan oila a’zolari bundan mustasno. Agar rasmiy bandlik ta’minlansa, to‘lov qo‘shimcha murojaatsiz davom ettiriladi. ❗️Ushbu shart bajarilmasa, nafaqa yoki moddiy yordam 6 oydan keyin to‘xtatiladi. (Masalan: fevral oyida tayinlangan nafaqalar avgust oyida to‘xtatiladi) Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati har 6 oyda oila a’zolari ishtirokida qayta baholanadi.   ✅ “Kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam 6 oy davomida toʻlanadi. Bunda oila aʼzosi boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining: 1 baravaridan 1,25 baravarigacha (715 000 soʻmdan - 893 750 soʻmgacha) boʻlsa - toʻlovning 75 foizi; 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha (893 750 dan 1 072 500 soʻmgacha) boʻlsa - 50 foizi toʻlanadi. ✅ Shuningdek, Ijtimoiy reyestrdagi barcha oilalarning holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida har oy avtomatik ravishda tekshirib boriladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Бу опамиз кунига 1200 та ғишт қуяркан. «Аслида менга оғир юмуш билан шуғулланиш мумкин эмас. Тутқаноғим бор. Иложсизликдан, ота-онам, рўзғор учун ишлайманда», дебди. Ёз бўйи ғишт қуйиб топган пулига қиш учун 10 та елим идишда ёғ, 10-15 қоп ун, кўмир, картошка, пиёз сотиб олиб, ғамлаб қўяркан. Бу видеони бекорчи ва боқимандаларга юбориб қўйинг, хулоса қилишсин! 👉 @tyxuzbek - энг тезкор ва махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!

  • Kasal bo‘lib qoldingizmi? Endi nafaqani olish yanada oson! 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining ikkinchi bosqichi ishga tushadi. Bu siz uchun nimani anglatadi? ✅ Kasallik nafaqasi endi davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali to‘lanadi. ✅ Nafaqani olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. ✅ Barcha hisob-kitoblar davlat axborot tizimlaridagi ma'lumotlar asosida avtomatik amalga oshiriladi. ✅ Kasallik davom etsa, 6-kundan boshlab nafaqani Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘laydi. 💰 Nafaqa miqdori sug‘urta stajiga bog‘liq: • 6 oydan 8 yilgacha — o‘rtacha ish haqining 60 foizi; • 8 yildan ortiq — 80 foizi. Mazkur tizim nafaqalarni yanada shaffof, qulay va ishonchli tarzda to‘lash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Telegram

  • без подписи

  • Baraka ilovasiga yana bir xizmat qo'shildi! ✉️Endilikda ijtimoiy reyestrga kirish yoki undan chiqish uchun arizani Baraka ilovasi orqali ham jo'natishingiz mumkin. Buning uchun: — ilovaning imtiyozlarim bo'limiga kirasiz; — qidiruv bo'limiga "Ijtimoiy reyestrga kirish yoki undan chiqish" deb yozing; — so'rlagan ma'lumotlarni kiritib arizani jo'natasiz. Arizangiz holatini "Mening arizalarim" bo'limi orqali kuzating. Ayni damda 80dan ortiq ijtimoiy to'lov va xizmatga ilovadan to'g'ridan-to'g'ri ariza bera olasiz. Ilovani yuklab olish 📞 Ishonch raqami: 1070 🌐 Batafsil: baraka.gov.uz Telegram| YouTube | Instagram | Facebook | X.com | TikTok

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Eslatma Ijtimoiy reyestrga kirish tartibi qanday? Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayoni to‘liq shaffof va elektron tizim asosida amalga oshiriladi. ✅ Ariza topshirish usullari: ✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali; ✅ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali; ✅ Mahalladagi ijtimoiy xodim orqali; ✅ my.gov.uz portali yoki “Baraka” ilovasi orqali onlayn. 👥 Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati qanday baholanadi? Ariza qabul qilingach, elektron ma’lumotlar asosida dastlabki baholash o‘tkaziladi. Keyin ijtimoiy xodim tomonidan oila sharoiti o‘rganiladi va «Mahalla yettiligi» xulosasi shakllantiriladi. 💵 Daromad qanday hisoblanadi? Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad so‘nggi 3 oylik ma’lumotlar asosida hisoblanadi. 🖋 Hisob-kitobda: ✅ ish haqi; ✅ mulkiy daromadlar; ✅ alimentlar; ✅ pul o‘tkazmalari; ✅ nafaqa va nafaqalar kabi daromadlar inobatga olinadi. ❗️ Biroq qonunchilikda belgilangan ayrim nafaqalar, moddiy yordamlar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar daromad hisobida inobatga olinmaydi. 👥 Yakuniy baholash natijasiga ko‘ra oilalar: ✅ Davlat ta’minotidagi oila; ✅ Kambag‘al oila; ✅ Kambag‘allik chegarasidagi oila toifalariga ajratiladi. ↗️ Natija haqida fuqaroga SMS-xabar yuboriladi. Keyingi postlarimizda Ijtimoiy reyestrdan chiqarish asoslari va tartibi, qayta ko‘rib chiqish mexanizmi, shuningdek fuqarolarning mazkur jarayonlardagi huquq va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • Baraka ilovasi yangilandi: qanday qulayliklar paydo bo'ldi? Endi ilovada quyidagi funksiyalar ham ishga tushdi: 💵Ilova orqali nafaqat o‘zingiz, balki boshqa foydalanuvchilar uchun ham ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lashingiz mumkin. ✍️ Ilovaning imtiyozlar bo‘limida endi Ijtimoiy reyestrga kirish va undan chiqish, shuningdek, bolalar nafaqasini tayinlash uchun ariza yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. 🫡ISizga mos ijtimoiy xizmatlarni topib berish uchun ilova ichida sun’iy intellekt yordamchini ishga tushirdik. ↗️ Endi siz Baraka kartasini chiqarish (ochish) va qayta chiqarish to‘lovlarini Baraka, Uzcard hamda Humo kartalari orqali amalga oshirishingiz mumkin. ☄️ O‘z kartalaringizni ilovaga biriktirishingiz, ular o‘rtasida o‘tkazmalarni (P2P) bajarishingiz va Baraka kartasini to‘ldirishingiz mumkin. 🧾Karta o'tkazmalari chekida endi jo‘natuvchi va qabul qiluvchining ismi-sharifi va ma’lumotlari ko‘rinadi. Yangi funksiyalardan foydalanish uchun ilovani yangilang. Ilovani yuklab olish 📞 Ishonch raqami: 1070 🌐 Batafsil: baraka.gov.uz Telegram| YouTube | Instagram | Facebook | X.com | TikTok