tgindex
Talim yangiliklari 🎓

Talim yangiliklari 🎓

Статистика
@yangiliklari_talimузбекский

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida! “Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor” Reklama https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
51 681
−30 за 2 дн.
Сутки
−9
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
16,8 тыс
22 постов
Вовлечённость
32,5%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
16 099
1/48двое суток
18 449
1/72трое суток
19 898

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.15,7 тыс1

    Dreamland Development’da eksklyuziv narxda atigi 10 ta xonadon! Toshkentda biznes-klass xonadonining har kvadrat metri 750 $ dan boshlanadi Xonadonni maksimal foyda bilan xarid qiling❗️ (Foizsiz) ☎️ +998781290418 Dreamland_development_bot Sayt | Instagram | Telegram

  • 9 авг.20,6 тыс1

    ❓Abituriyent yoʻnalish tanlashni unutsa, nima boʻladi? ◽️ Yo'nalishni tanlashni unutsa: Bu bosqichda abituriyent yo'nalish tanlashi kerak bo'ladi. Agar 189 ball to'plagan bo'lsa ham, abituriyent yo'nalish tanlashni unutgan bo'lsa, unda OTMga qabul qilinmaydi. ◽️ Tanlov ustuvorligi ahamiyati: Tanlov ustuvorligi — abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. ◽️ Har yili Qabul bo'yicha davlat komissiyasi grant va kontraktga o'tish ballarini tasdiqlaydi. Bu yilgisi hali chiqmadi, lekin bu o'tish ballari bir necha yildan beri o'zgarmay kelyapti. O'tgan yili 68,0 ball grantga, 56,7 esa kontraktga o'tish balli bo'lgan. Ilgari abituriyent shu minimal o'tish balidan past to'plagan bo'lsa ham, xalq tilida aytiladigan "super-muper" kontrakt orqali pul to'lab o'qishga kirishi mumkin edi. Endi minimal o'tish balidan past to'plagan abituriyent endi hech qanday kontraktga ham qabul qilinmaydi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 5 авг.20,3 тыс3

    ⚡️ Qachon mandat chiqishi aniq bo'ldi ◼️ BMBA bu haqida ma'lumot berdi: Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq, tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi.   📝 Mandat (tanlov natijalari) esa 2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinadi. 1 hafta ichida degan jumlani hisobga olsak, mandat 15-avgustgacha, ehtimol undan ham oldin aniq bo'lishi mumkin. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 2 авг.21,6 тыс17

    Dahshat 234 000 abituriyent "minimal oʻtish ballini ham toʻplay olmagan!❌ 😳 Ammo.... Endilikda 56,7 balldan yuqori ball toʻplaganlarning 2 nafaridan 1 nafari 100% talaba boʻladi. mandat.uzbmb.uz saytida egallagan o‘rningizni ko‘rish imkoniyati bor. Ammo... Sizdan tepada necha kishi bor ? Sizdan pastda-chi ? Siz nechanchi oʻrindasiz ? Bilishni istaysizmi ? — @DTMSTAT_BOT Ai✅ ADASHMANG!❗️ Sunʼiy intellekt yordamida natijangizni mukammal tahlil qiling! @DTMSTAT_BOT Ai orqali yoʻnalish tanlang!

  • 30 июл.21,1 тыс13

    ⚡️ Talabalar sessiya topshirishi butunlay qiyinlashishi mumkin 💻Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi. Ushbu tartib 2026/2027-yangi o'quv yilidan boshlab qo'llanilishi ko'zda tutilmoqda. Loyihadagi asosiy yangiliklar: ◽️Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazilishi, video yozuvlar kamida bir yil saqlanishi belgilanmoqda. ◽️Yakuniy nazorat turlarini OTM rasmiy veb-sayti orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. ◽️Yakuniy nazorat asosan 3–5 tagacha topshiriqdan iborat yozma imtihon shaklida, 2 000 tagacha so'z chegarasi bilan o'tkaziladi; test shaklida savollar soni 25–50 ta bo'ladi. ◽️Talaba bilimini baholovchi professor-o'qituvchi har bir savol bo'yicha kamida 2–3 gaplik izoh (feedback) yozishi talab etiladi. ◽️Yakuniy nazorat imtihonini dars o'tmagan professor-o'qituvchilar qabul qiladi; fan o'qituvchisining o'z guruhi imtihonida ishtirok etishi taqiqlanadi. ◽️100 ball nazorat turlari bo'yicha taqsimlanadi: joriy — 30, oraliq — 20, yakuniy — 50 ball (tibbiyot yo'nalishlarida alohida tartib). ◽️ Saralash ball har bir nazorat turiga ajratilgan ballning 60 foizi etib belgilanadi. ◽️ Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun imtihonlarni moslashtirilgan shaklda (Brayl, yirik shrift, ekran o'quvchi dasturlar va h.k.) o'tkazish nazarda tutilmoqda. ◽️ Akademik qarzdorlik, yozgi semestrda to'lov asosida qayta o'qish hamda apellyatsiya tartibi batafsil belgilanmoqda. 🏪Loyiha muhokamasi 12-avgustga qadar davom etadi. Talabalar, loyihaga fikringizni bildiring! Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 27 июл.20,3 тыс1

    ⚡️Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi 💠Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi. Yangi ta’lim yo‘nalishlari: 🔺Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili 🔺Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili 🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili 🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili 🔺Davlat auditi 🔺Islomiy moliya 🔺Islom iqtisodiyoti va moliyasi 🔺Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik 🔺Raqamli huquq 🔺Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik 🔺Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 💡Yodda tuting! Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 22 июл.20 тыс1

    Qaysi magistratura mutaxassisliklariga SAT sertifikati asosida qo'shimcha davlat granti beriladi? 2026/2027-o'quv yilidan boshlab qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadigan ayrim magistratura mutaxassisliklarida "College Board" tashkiloti o'tkazadigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati inobatga olinadi. 🎮Matematika bakalavriat yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar: ➖Matematika ➖Matematik iqtisodiyot ➖Aktuar va moliyaviy matematika ➖Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika) 🔠Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassislik: ➖Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 📚Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar: ➖Lingvistika: ingliz tili ➖Adabiyotshunoslik: ingliz tili 🌐Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar: ➖Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili ➖Sinxron tarjima: ingliz tili Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 21 июл.17,8 тыс2

    2026/2027 o‘quv yili uchun qaysi yo'nalishlarda maqsadli qabul o'rinlari ajratildi? ◼️ Malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi. Maqsadli qabul: abituriyentning belgilangan tuman yoki shaharga qaytib, kelishilgan muddat ishlab berish sharti bilan o'qishga kirish imkoniyati. Bu yilgi maqsadli kvotalar: ◽️ 🏥 Tibbiyot (sog'liqni saqlash) — 1 031 o'rin Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida Yo'nalishlar: Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot, Oliy hamshiralik ishi OTM va hudud: Toshkent tibbiyot universiteti hamda uning Termiz va Chirchiq filiallari; Andijon, Buxoro, Urganch, Farg'ona tibbiyot institutlari; Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti; Qarshi, Namangan, Navoiy va Jizzax universitetlari Soha: 🏫 Maktab ta'limi (pedagogika) — 648 o'rin Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida Yo'nalishlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, ingliz tili, ona tili, boshlang'ich ta'lim va boshqalar OTM va hudud: Nukus, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Chirchiq pedagogika institut/universitetlari; Navoiy va Farg'ona davlat universitetlari 🎭 San'at (teatr) — 4 o'rin Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida Yo'nalishlar: qo'g'irchoq teatr aktyorligi, dramatik va musiqali teatr rejissyorligi OTM va hudud: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Andijon, Namangan, Xorazm teatrlari uchun) Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari — 200 ta ❗❗❗❗ maqsadli qabulni tanlagan abituriyent bir vaqtning o'zida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi — maqsadli o'rin uchun ball yetmasa, umumiy kvota bo'yicha raqobat davom etadi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 20 июл.18,3 тыс2

    ❗️Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas! Shuningdek, javoblar varaqasining belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi. 📌 Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan zarurat bilan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ➖ Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi. ❗️ Shuningdek, quyidagilar sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi: 🔹test materiallarini boshqa talabgorga uzatish; 🔸yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish; 🔹test materiallariga ziyon yetkazish; 🔸hududdan tashqariga olib chiqish; 🔹test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 11 июл.18,9 тыс11

    Rasman: 14-iyuldan test sinovlari boshlandi! 10 kun davom etadi! 📊 Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 664 ming 609 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan. ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. 🏃🏻‍➡️🏃🏻‍♀️‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. 📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi. ✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. ❌ Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. ✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 9 июл.17,9 тыс2

    🟢SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi? 📣SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichida ham imtiyoz beradi. ✅"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi; ✅imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganda amal qiladi; ✅ushbu toifadagi talabgorlar qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi; ✅ buning uchun SAT sertifikati faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 8 июл.17,9 тыс1

    ❓Yuridik universitetda magistratura nechchi yil? ◼️ Bu — talabalarning bakalavr bosqichini qayerda o'qiganiga bog'liq. ⌛️ TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 7 июл.17,5 тыс

    ⚠️ Kirish imtihonida abituriyent nimalarga javobgar bo'ladi? ◼️ Imtihonga sanoqli kunlar qoldi. Abituriyentlarni ungacha barcha qoidalar bilan tanishtirib boramiz. 🫡Test paytida Siz quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanasiz: ✍️ Javoblar varaqasi faqat havo rang (ko'k) pastali sharikli ruchka bilan to'ldirish kerak. 📄Varaqani bukmaslik, marker chizig'iga yozmaslik va varaqa raqami ostidagi doirachalarni bo'yamaslik lozim. 📝 Javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo'lgani uchun uni to'g'ri to'ldirish shart. 🤣Belgilangan vaqt tugaguniga qadar tegishli doirachalarni bo'yab, test kitobi va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish kerak. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 6 июл.17,4 тыс3

    ⚡️ BMB agentligi abituriyentlarga tavsiyalar e'lon qildi 📝 Agentlikka ko'ra, quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:   ✔ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.   ✔ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.   ✔ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.   ✔ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.   ✔ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi. ✔ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.   ✔ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.   ✔ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 6 июл.17,6 тыс1

    ⚡️ Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi 📂 Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. ⌛️ Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini yuqoridagi faylda ko'rib oling Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 6 июл.17,9 тыс2

    ⚡️ Armiyaga borgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlari qoplab beriladi ✅ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan hamda xizmatdan bo‘shatilgan yilda OTMda o‘qish istagini bildirgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi. 💰 Mazkur xarajatlar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • видео или голосовое, без подписи

  • ⚡️ Bugundan magistraturaga qabul boshlandi 🎓 ◼️ Bugun — 1-iyuldan 30-iyulgacha davlat OTMlarining magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi. 🌐 Arizani my.edu.uz sayti orqali topshirish mumkin. 📄 Kerakli hujjatlar: 1️⃣ Bakalavr diplomi 2️⃣ Chet tilini bilish sertifikati ✅ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1️⃣ Tegishli yutuqlari mavjud 2️⃣♿️ Nogironlik ma'lumotnomasi mavjud (ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar) 3️⃣ 🌍 Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar ❗️Eslatma: ariza ma'lumotlarini kiritishda chet tili sertifikatlarini asl nusxasini (imzo va muhrli) yuklash talab etiladi. Xorijiy tilni bilish bo'yicha milliy sertifikatlar BMBAning tegishli bazasidan avtomatik tarzda olinadi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 6 июл.17,8 тыс1

    Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi? Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. ✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. ✅ Abituriyentga: tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini; davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq. ❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

  • 6 июл.17,3 тыс2

    🔍 Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi? 📝 Magistratura ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi. 🎓 Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash 📄 Talabgorning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. ✅ Hujjatlar verifikatsiyasi 📂 Talabgor tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali verifikatsiyadan o‘tkaziladi. ❕ Eslatma: hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

Talim yangiliklari 🎓 — tgindex