Sarvar Rahimov (Yölovçi) | Ijodxona
СтатистикаIlm ummonidan aql idishiga quyilgan bilimni o‘z o‘rnida ishlatish hikmat deyiladi. Yo'lovchi. Kanalni qoʻllab-quvvatlash uchun: https://tirikchilik.uz/yolowchi Murojaat uchun @Murojaatnoma_bot ga murojaat qiling.
- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 61
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#hikmat Rivoyat tushuntirish sifatida emas dalil sifatida keltirilgan vaqtda mantiq oʻladi. Yoʻlovchi
#mutolaa 12 Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir oʻtkazish xususida. Bundan tahminan oʻn ikki yil avval Deyl Karnegining kitoblari ommalashib ketgan, koʻpchilik "Karnegilashib" ketgan edi. Karnegi fanatlari bilan gaplashib uning fikrlari ayyorlik (manipulyatsiya) dan boshqa narsa emas degan xulosaga kelgan edim. Mana vaqtlar oʻtib oʻzim oʻqib koʻrishga qaror qildim. Ayniqsa "Antikarnegi" kitobi nashrdan chiqqach ikkisini solishtirish istagi oshdi. Asarni oʻqir ekanman birorta tanqidiy xulosa qilmadim. Hay brat toʻgʻri aytyabdiyu dedim. Kitob oʻqishga juda yengil. Asosiy tamoyillarni tushuntirish uchun voqealar, odamlarning boshdan kechirganlari va chiqargan xulosalari keltirilgan. Asosiy gʻoya esa psixologiyadagi moslashuvchanlikka qaratilgan. Oʻzim tanqidiy xulosalar qilmaganim sabab "Antikarnegi" asari yanada qiziq tuyulmoqda. Xozircha asardan chiqargan xulosam, Deyl Karnegi eng notoʻgʻri tushunilgan yohud notoʻgʻri talqin qilingan kitob. Yoʻlovchi
Psixologiyaga qiziquvchilar uchun maxsus kanalim. Voyaga yetmaganlar qoʻshilmasin!
#mutolaa 11 #tahlil Oʻzbek: eskirgan tarix va yangi oʻzlik. Baxtiyor Alimjanov Fargʻonadan Toshkentga yoʻlga chiqqanimda yoʻl boʻyi oʻqib tugatdim. Kitob juda qiziq. Xuddi Oxfordning "oʻta qisqa tanishtiruv" seriyasi janridek yozilgan. (Bu seriya haqida bilmoqchi boʻlsangiz "1000 kitob" loyihasi doirasida bir qanchasi tarjima qilingan). Kitobda asosan tarix fanidagi muammolar, tarix fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va oʻzbek haqida soʻz yuritiladi. Avvalo kitobda K. Marks va F. Engelslardan bemalol iqtibos keltirilgani tahsinga sazovor. Nega? Chunki mustaqillikdan keyin bu ikki shaxsning xoh toʻgʻri boʻlsin, xoh notoʻgʻri har qanday gapi "tozalab" tashlandi. Ilmiy kitoblarda bu shaxslardan iqtibos keltirilsada ismlari yozilmay qoʻyilgan edi. Bu kitob ana oʻsha senzurani buza oldi deya olaman. Kitob boblarining aksari savol shaklida qoʻyilgan. Masalan "Tarix buyuk shaxsni yaratadimi?". Buni oʻziga xos yondashuv deyish mumkin. Kitobni birinchi nomi ham shu shaklda edi va bu kitob mohiyatini yaxshiroq ochib berar edi afsuski. Kitob mutolaasi davomida men uzoq kutgan bob negadir "Tarixni gʻoliblar yozadimi?" edi. Biroq bunday bob yoʻqligi qaysidir maʼnoda hafsalamni bir qildi. Sababi oʻzbek bu stereotipni koʻp qoʻllaydi va shu sabab tarix faniga salbiy munosabatda degan boʻlardim. Kitobni yozilish uslubi meni ham ilhomlantirdi deya olaman. Soham Psixologiya boʻlganligi sabab, psixologiya atrofida shakllangan noilmiyligu stereotiplarga (baʼzida "psixologiya fan emasu" degan "fikr"larga) koʻp duch kelaman. Demak Psixologiya borasida ham shunday kitob yozilishi kerak. Nafaqat Tarix yoki Psixologiya, balki har bir fanga bagʻishlab shunday kitoblar yozilishi kerak degan boʻlardim. Tarixi zerikarli xalq - baxtli xalq Mantiqshunos
без подписи
#tahlil Shu kunlarda boʻlayotgan Rasul Kusherbayev va AYQSH mojarosidan habaringiz boʻlsa kerak. Bugun R. Kusherbayev sud ishida yutqazganini va yuqori sudga murojaat qilishini eʼlon qilganini koʻrib qoldim. Mojaro AYQSH shaxobchalarida yonilgʻi naqd pulga sotilmasligi haqidagi qarordan kelib chiqqan. Shu voqea sabab qiziqib konstitutsiyani 150-moddasini qarab koʻrdim. Avvalo Kusherbayev daʼvo qilayotgan "naqd pul" haqida u yerda xech gap yoʻq. Moddada soʻm deyilgan. Yaʼni plastik kartadagi pul ham soʻm, naqd pul ham soʻm. Ikkinchidan esa markaziy bank pul belgilarini muomalaga kirgizish yoki chiqarishda mutlaq huquqga ega ekan. Shu sabab bu sudda yutqazishi tabiiy edi. Kusherbayev koʻtargan masala qanchalik dolzarb boʻlmasin, konstitutsiya buni qoʻllamaydi deb oʻylayman. PS agar Konstitutsiya sharhida, "pul birligi deganda naqd pul nazarda tutiladi" degan boʻlsa unda bu boshqa masala. Mantiqshunos
#mutolaa 10 Konfutsiy Men uchun qiziq boʻlgan Chinning yana bir buyuk faylasufi. Konfutsiy taʼlimoti bilan tanishishdan avval hayoti haqida oʻqib chiqishga qaror qilgan edim. Juda qiziq maʼlumotlarga duch keldim. Ayniqsa juda koʻp sohalarni bilgani, oʻz davrining konservatori boʻlgani va diniy mavzulardagi bahslardan qochgani haqidagi maʼlumotlar qiziq boʻldi. Yoʻlovchi
#mutolaa 9 Zukkolar va landavurlar Kitob juda yoqdi. Qolganlarga ham oʻqib chiqishni tavsiya etaman. Inson shakllanishidagi (asosan muvaffaqiyatga erishishidagi) atrof muhit, madaniyat va omadning roli faktlar asosida yoritib berilgan. Yoʻlovchi
#mutolaa 8 Genetika Universitetda psixogenetika fani qoʻyilganligi sababli avval asosini oʻqib qoʻyay dedim. Biologiya oʻzi qiziq fan, genetika esa eng qiziq qismlaridan biri boʻlsa kerak. Kitobga kelsak, juda koʻp imlo xatolari bor. Bundan tashqari mantiqsiz tuzilgan gaplar ham chiqib turdi. Kitobni tugatgach saviyani oʻstirish kerak degan fikrim yanada kuchaydi. Balki bu kitob haqida video qilib qolishim ham mumkin, balki yoʻq. Yoʻlovchi
#audiokitob 7 #1000kitob 13 Fandagi inqilob Kitob ilm-fanning shakllanishi, qanday yoʻllarni bosib oʻtganligi haqida ekan. Astrologiya va alkimyoning oʻrni, erishgan yutuqlari va hozirgi kundagi labaratoriyalarning shakllanishiga taʼsirini tan olmay iloji yoʻq. Baʼzi davrlarda dinning qoʻllovi va baʼzi davrlarda taqiqi ham yetarli boʻlgan. Va eng qiziqarli joyi barcha antik Yevropa matnlari musulmon dunyosi orqali yana Yevropaga qaytarilgan. Yoʻlovchi
#audiokitob 6 #1000kitob 12 Kapitalizm Kapitalizmning bosib oʻtgan yoʻli ajoyib tarzda tushuntirib berilgan ekan. Ayniqsa orada Sotsializmni xolis baholagani serianing ilmiyligini yana bir bor isbotladi. Yoʻlovchi
#mutolaa 7 Dinshunoslik Mayda boʻlajak semestrga tayorgarlik sifatida qoʻyilgan darslarni oʻzlashtirishni boshlavordim. Avval koʻp dinlar haqida oʻqiganim uchun bu kitobda deyarli boʻlmadi. Yagona qiziqtirgan narsa Sikxiylik dini boʻldi. Bu din bilan ham yaqindan tanishib qoʻymoqchiman. Yoʻlovchi
#mutolaa 6 Vorislar Oʻqigan asarlarim ichida eng rasvo asar boʻldi. Ham tarjima, ham yozilish jihatidan. Bundan tashqari ichi toʻla noilmiy va mantiqsiz maʼlumotlar. Yoʻlovchi
#mutolaa 6 Vorislar Oʻqigan asarlarim ichida eng rasvo asar boʻldi. Ham tarjima, ham yozilish jihatidan. Bundan tashqari ichi toʻla noilmiy va mantiqsiz maʼlumotlar. Yoʻlovchi
#mutolaa 5 Psixoanaliz Kitob xatolar bilan toʻla. Bunday kitobni ilmiy deyishning oʻzi qiyin masala. Yoʻlovchi
#audiokitob 5 #1000kitob 11 Taʼlim Kitobda juda qiziq qarashlar bor ekan. Ayniqsa erinmay soʻnggi bobni oʻzini eshitib (yoki oʻqib) koʻring va doʻstlaringiz bilan shu mavzu haqida fikr almashing. Kitobni barcha pedagoglar oʻqishini tavsiya qilaman. Yoʻlovchi
#qisqa_hikoyalar_turkumidan Dars oʻtayorgan muallim: - Biz barcha odamga teng munosabatda boʻlishimiz kerak, hoh dindor boʻlsin, hoh ateist. Talaba qoʻl koʻtarib: - Uzr ustoz, siz oʻziz xudoga ishonasizmi? - Ha. "Hayriyat" deb qoʻydi ichida talaba. Yoʻlovchi
#mutolaa 4 Psixologiya Asosiy oʻrganayotgan mavzuyim sovet psixologiya maktabi. Shu sabab har bir farqlilik eʼtiborimni tortyabdi. Sovet psixologiya maktablari ham turli xil nazariyalarga toʻla. Yoʻlovchi
#audiokitob #4 #1000kitob 10 Falsafa Falsafaga qiziqib nimadan boshlashni bilmay turgan boʻlsangiz bu ancha yaxshi tanlov. Juda qiziqarli qilib yozilgan. Odatda ilmiy kitoblar zerikarli boʻladi. Yoʻlovchi
#mutolaa #3 Qizil ajdarho Asarni yarmida butun boshli gʻoyasini tushunib qolganim uchun unchalik shedevr tuyulmadi. Oʻrtacha asar degan boʻlardim. Endi kitob oʻqishni boshlaganlar uchun esa yaxshi tanlov boʻla oladi. Yoʻlovchi