tgindex
Yosh_olimlar
@yosh_anatomicузбекский
Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
544
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
318
29 постов
Вовлечённость
58,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
200
1/48двое суток
229
1/72трое суток
247

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #savol_javob #Rasmiy ❓ 2026-2027-oʻquv yili kunduzgi taʼlim shakli uchun darslar qachondan boshlanadi? ✅ Universitet barcha kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalarning dars jarayonlari 14-sentabtr 2-3-4-kurslar uchun 16-sentabr 1-kurslar uchun boshlanadi. Lekin Tibbiyot yo’nalishlari bundan mustasno. Ular uchun quyidagi grafik: 7-sentabr 2-3-4-kurs 14-sentabr 1-kurs ❗️ Qoʻshimcha maʼlumotlarni fakultet xodimlaridan yoki mana shu telegram kanal orqali bilib borishingiz mumkin. t.me/yosh_anatomic

  • University of Business and Science: kelajakning eng kuchli shifokorlari shu yerda tayyorlanadi! t.me/yosh_anatomic

  • kayfiyat • Kimga joʻnatishni yaxshi bilasiz 😉 Yosh_olimlar

  • Nefrologiya ⚡️ Qoʻllanma: Renal sistema embriologiyasi ◾️Buyrak taraqqiyoti ◾️Siydik yigʻuvchi tizim taraqqiyoti ◾️Siydik nayi taraqqiyoti ◾️Siydik pufagi taraqqiyoti ◾️Ayollar uretrasi taraqqiyoti ◾️Erkaklar uretrasi taraqqiyoti ◾️Renal tizim tugʻma anomaliyalari © Mansur Otamurodov t.me/yosh_anatomic

  • • Buyraklar qanday ishlaydi? t.me/yosh_anatomic

  • 👣Babinskiy refleksi • Bu refleks haqida nimalarni bilasiz? t.me/yosh_anatomic

  • 🔺 Mavzu: Ayollar jinsiy a'zolarining rivojlanishi va tug’ma anomaliyalari! Like 🎁, Comment✍️, Share ⚡️Bizni kuzatishda davom eting! t.me/yosh_anatomic

  • 🔺 Mavzu: Ayollar jinsiy a'zolarining anatomofiziologiyasi ⚡️Bizni kuzatishda davom eting! t.me/yosh_anatomic

  • 🧠 XOTIRANI KUCHAYTIRISHNING 5 TA SIRI! Bir o‘qigan narsani eslab qolmoqchimisiz? Unda quyidagilarni bajaring 👇 1️⃣ TUSHUNIB O‘QING Yodlamang — mazmunini anglang! 2️⃣ TAKRORLANG 🔁 1 kun ichida qayta ko‘ring — unutmay qolasiz 3️⃣ O‘ZINGIZ TUSHUNTIRING 🗣️ Boshqalarga aytgandek gapirib bering 4️⃣ QISQA YOZING ✍️ Asosiy fikrlarni yozib boring 5️⃣ YAXSHI UXLANG 😴 Uyqu — xotiraning eng katta do‘sti ⚡ FORMULA: O‘qi → Tushuntir → Takrorla 🔥 Shu usul bilan 2 baravar tez yodlaysiz! 📩 Saqlab qo‘ying va do‘stlarga ulashing! t.me/yosh_anatomic

  • #ppt 🩺Buyraklar t.me/yosh_anatomic

  • 🔈"Oʻychi oʻyini oʻylaguncha..." UBSning iqtidorli talabalari diqqatiga! O‘zingizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyalaridan biriga munosib deb bilsangiz, vaqtni boy bermang — hujjat topshirishga shoshiling! Tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati yakunlanmoqda! Sizdan talab etiladigan hujjatlar: ✅ Shaxsingiz haqida ma'lumot (Obyektivka) ✅ Dekan tavsiyanomasi ✅ Kafedra tavsiyanomasi ✅ Ilmiy rahbar xulosasi ✅ Transkript nusxasi ✅ Ilmiy ishlar roʻyhati (3/4 shakl) Bu — bilim, salohiyat va erishgan yutuqlaringizni munosib namoyon etish uchun muhim imkoniyat! ⌛ Vaqt oz qoldi! Hujjatlaringizni belgilangan tartibda tezroq topshirishga ulgurib qoling. 📌 Batafsil ma’lumot olish va hujjatlarni topshirish uchun Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qiling. Murojaat uchun: @Diyorbek_Kamolov t.me/yosh_anatomic

  • • Haqiqiy buyrakni ko‘ramiz t.me/yosh_anatomic

  • #kayfiyat • Kasal boʻlmang, xoʻp 😁 t.me/yosh_anatomic

  • ⚡️Мактабларда ўқувчилардан китоблар учун ижара пули олинмайди, ижара пулини ўқувчиларга давлат тўлаб беради ✅2022/2023-ўқув йилидан бошлаб мактаб дарсликлари ўқувчиларга бепул тарқатиб бошланди. ➡️ Президент фармони (ПФ-79-сон, 26.05.2023 й) га кўра 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб мактаб дарсликларининг ижара тўлови тўлиқ Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қоплаш ҳамда ўқувчиларга дарсликларни бепул фойдаланишга бериш тизими жорий қилинганлиги муносабати билан бюджетдан ташқари Республика мақсадли китоб жамғармаси фаолияти тугатилган эди. ➡️ Бунда, Республика мақсадли китоб жамғармасининг барча функциялари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига ўтказилиб, Давлат бюджети ҳисобидан ушбу мақсадлар учун ажратиладиган маблағлар алоҳида шахсий ғазна ҳисобварағида юритиш орқали мустақил тасарруф этилади.

  • #muhim #talabalarga ❗️Yangi o‘quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o‘zgaradi Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazish tizimi joriy etiladi. ➖ O‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko‘nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatgan holda kiritiladi. ➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo‘yilmaydi. ➖ Har bir kafedra fan bo‘yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o‘quv dasturida aks ettiriladi. ➖ Har bir fan bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi. ➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo‘yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to‘plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. ➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazoratlar kamida bir kun oralig‘ida belgilanadi. ➖ Yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi. ➖ Semestr va o‘quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni qayta o‘zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag‘ini to‘laydi. ➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. Yozgi semestrda qayta o‘qish faqat to‘lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno). ➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. @zufarxurramov

  • 📢 Hurmatli talabalar! Assalomu alaykum! Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tmoqda. Mazkur konferensiya tezislari OAK tasarrufiga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop etilishi rejalashtirilgan. Bilasiz, avvalgi konferensiyalarda ham ko'plab talabalarimiz faol ishtirok etishgan. Afsuski, ayrimlari turli sabablarga ko'ra sertifikatlarini olishmagan. Insha Alloh, sentabr oyida navbatdagi konferensiyada o'zim ham ishtirok etaman. Agar siz ham ushbu konferensiyada qatnashishni istasangiz, bemalol murojaat qilishingiz mumkin. Maqola va tezislarni tayyorlashda shaxsan o'zim yordam beraman. ⚡ Ishtirok etish ixtiyoriy. Bu imkoniyat, avvalo, ilm-fanga qiziqadigan, o'z ustida ishlashni istaydigan va kelajagini bugundan qurayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Ko'pchilik: "Bugun konferensiyada qatnashish menga nima beradi?" deb so'raydi. Rostini aytsam, bugunning o'zida katta foydasini sezmasligingiz mumkin. Lekin men har doim sizlarga ochiq va samimiy fikrimni aytaman: bunday ilmiy faoliyatning haqiqiy mevasi kelajakda bilinadi. 🟢 Ordinatura va magistraturaga hujjat topshirishda. 🟢 Ilmiy portfolio shakllantirishda. 🟢 Respublikaning turli oliygohlaridagi talabalar va ustozlar bilan tanishishda. 🟢 Tajriba orttirishda. 🟢 Eng muhimi, o'zingizni ilmiy izlanishlarga yo'naltirishda. Bu kabi konferensiyalar sizning ilmiy va kasbiy rivojlanishingizda juda katta ahamiyatga ega. Bugun qilgan har bir ilmiy qadam ertaga siz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Kim biladi, balki aynan shu tajriba kelajakdagi katta yutuqlaringizning boshlanishi bo'lar. 📩 Qatnashish istagida bo'lganlar: @lee_03_08 orqali bog'laning. Bugun ilm sari tashlangan qadam — ertangi muvaffaqiyatning poydevoridir. Insha Alloh!

  • Kontrakt subsidiyasiga ariza topshirish ketma-ketligi: 1. subsidiya.imv.uz saytiga kiring. 2. OneID orqali tizimga kiring. 3. Kerakli subsidiya turini tanlang. (Ta'lim sohasini rivojlantirishni bosing) 4. Ariza formasini to'ldiring. 5. Kerakli ma'lumotlarni tekshiring va tasdiqlang. 6. "Yuborish" tugmasini bosing. 7. Arizangiz ko'rib chiqiladi va natijasi shaxsiy kabinetda ko'rsatiladi. https://t.me/Tibbiyot_UBS

  • ❗️Tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontraktining bir qismini qoplab berish bo’yicha subsidiya ajratish tizimi ishga tushdi 👥 Kimlarga to’lanadi: davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga 🏢 Qaysi oliygohlar uchun: respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat hamda nodavlat) 🔢 Qaysi bosqich uchun: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqich uchun 💰 Qanchasi qoplab beriladi: yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi 📲 Ariza qayerda beriladi: arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda 🔖 Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025-yildagi PQ-336-sonli qarori 👉 @xushnudbek 👈

  • <<Diqqat tarqating>> OMX 25-01 dan 07 gacha bo'lgan guruhlar hamda DI 25-17 dan DI 25-37 gacha bo'lgan talabalar. Anatomiyadan yiqilgan, yoki ma'lum sabablar bilan kira olmagan talabalar fan ustozingizga topshiring va bahosini fan ustozingiz @Medic2305 ga yozib yuborsin bugun ohirgi kuni yuborilmagan o'quvchilarni bahosi qo'yilmaydi va ikkinchi qaydnomadan qolib ketadi. Bu esa talabalar safidan chiqishiga olib keladi shuning uchun befarq bo'lmay fan ustozingizni topib bugun bahoni manga jo'nating.

  • Di 17-18-19-20 va 37-38-39-40 guruhlar Anatomiyadan yakuniga kirmagan, qolib ketgan talabalar bugun @Medic2305 ga telegramdan aloqaga chiqing. IFO va guruhingizni yozib qoldiring. Gurupadoshingizga yetkazing habarni o'qiganlar. t.me/yosh_anatomic