✨ 𝐒𝐚𝐫𝐯𝐚𝐫 𝐎𝐱𝐮𝐧 ✨
Статистика✒️ 𝐒𝐚𝐫𝐯𝐚𝐫 𝐎𝐱𝐮𝐧 𝙞𝙟𝙤𝒅𝒊 🏫 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchisi 🌊 9-Sinf 🌍 Volontyor ✍️ Shoir 💫 Ko'plab tanlovlar g'olibi 💥 Millati Uyg'ur 👂im sizda @Sarvar_Oxun
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 30
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 51
- 1/48двое суток
- 58
- 1/72трое суток
- 63
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Tarjimasi: QADR QOG‘OZI Abdurahmonov Sardor Abdug‘ahhor o‘g‘li Sizning “Plogging” kampaniyasida faol ishtirokingiz uchun. Sizning mas’uliyatingiz, jismoniy mehnatingiz va ijobiy ruhingiz atrof-muhitimizni yanada toza va yashil qilishga hissa qo‘shdi. Tabiatni…
Tarjimasi: QADR QOG‘OZI Abdurahmonov Sardor Abdug‘ahhor o‘g‘li Sizning “Plogging” kampaniyasida faol ishtirokingiz uchun. Sizning mas’uliyatingiz, jismoniy mehnatingiz va ijobiy ruhingiz atrof-muhitimizni yanada toza va yashil qilishga hissa qo‘shdi. Tabiatni asrash va ekologik toza hayot tarzini targ‘ib qilish yo‘lidagi fidoyiligingizni chin dildan qadrlaymiz. Ushbu mazmunli tashabbusning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur! Sana: 09.08.2026 Yashil Qo‘llar — ekologik tashabbus.
#Istiqlol_Shukuhi Dard Muhabbat haqida so‘ylama, So‘ylama ishqnoma qissasin. Go‘zal so‘z qidirma, o‘ylama, Eshitmay jarangdor bir sasin. Menga va’z o‘qima, foydasiz, Sen menga ishonch ber, umid ber. Dod solib yig‘layin bir mazlum, Xalqimning dardidan so‘ylab…
#Istiqlol_Shukuhi Dard Muhabbat haqida so‘ylama, So‘ylama ishqnoma qissasin. Go‘zal so‘z qidirma, o‘ylama, Eshitmay jarangdor bir sasin. Menga va’z o‘qima, foydasiz, Sen menga ishonch ber, umid ber. Dod solib yig‘layin bir mazlum, Xalqimning dardidan so‘ylab ber. O‘risning qop-qora xatidan, Kemalar sahrosi qa’ridan, Qatag‘on burgutlar patidan, Xalqimning dardidan so‘ylab ber. Adolat unmagan yerlardan, Paxtani ho‘l qilgan terlardan, Olamni ko‘rmagan she’rlardan, Xalqimning dardidan so‘ylab ber. So‘ylab ber, yanada qattiqroq, Sevayin bu azim Vatanni. Jannatdan olingan bu tuproq, Quvvatlar jonim-u tanimni. Birdam titrasin hatto yer, Xalqimning dardidan so‘ylab ber... 14.08.2026. ✍ Sardorbek Abduraxmonov
Istiqlol (Istiqlolimizni muborak, 35 yillikiga bag'ishlayman) Kimdir savol berdi: — Aytgin, ey do‘stim, Senga suyuklarning suyugi nedir? Qalbingning to‘ridan joy olgan, Ulug‘lar ulug'i, ayt, nedir? Men aytdim, Yuzimda hayajon, Iftixor his qilgan sas bilan:…
Istiqlol (Istiqlolimizni muborak, 35 yillikiga bag'ishlayman) Kimdir savol berdi: — Aytgin, ey do‘stim, Senga suyuklarning suyugi nedir? Qalbingning to‘ridan joy olgan, Ulug‘lar ulug'i, ayt, nedir? Men aytdim, Yuzimda hayajon, Iftixor his qilgan sas bilan: Azizdir, shubhasiz, onajon, Lek Vatan baridan buyukdir. Eng avval men uni ko‘rgandim, Beshikdan boshlandi hammasi. Shu ondan sevishni o‘rgandim, Jonimni jo etdi nafasi. Ey Vatan, Ko‘taray boshimda, Yuragim ichida yashagin. Unutmay, hatto ming yoshimda, To Mahshar kelguncha yashnagin. Sensiz bor bo‘lishga haqqi yo‘q, Baxtiyor, tinch o‘tar har bir hol. Men bugun baralla aytaman: Istiqlol! Istiqlol! Istiqlol! 13.08.2026. ✍ Sardorbek Abduraxmonov
#Yagona_Vatan_35 Andijon ✍Muhammad Yusuf O‘zbekiston xalq shoiri 🎙Durdona Abdukarimxodjayeva Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktor o‘rinbosari 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim

#Eng_yorug_xotiralar #Unutilmas_damlar #Qadrdon_odamlar #Seni_unutmayman_buyuk_yoshligim 2026 yil aprel. "Русская кухня" bayrami Suratda "9"- B Sinf.
#Eng_yorug_xotiralar #Unutilmas_damlar #Qadrdon_odamlar #Seni_unutmayman_buyuk_yoshligim 2026 yil aprel. "Русская кухня" bayrami Suratda "9"- B Sinf.
Live stream finished (60 days)
Nechta she'ringiz bor deganlarga javob: - 54 ta ekan hozrcha Va bularni tayyor mundarija qilib to'plab qo'ydim, sizlarga oson bo'lishi uchun.
44_Men ketishga muqarrarman 45_Animatsiya 46_Xudo meni avaylaydi 47_"Ona" 48_Maktublar 49_"XX-Asr" 50_Tajalli 51_Yo'llarimiz uzundan uzun 52_Kerak 53_Subh 54_Meni oqqushlarga berma azizam
44_Men ketishga muqarrarman 45_Animatsiya 46_Xudo meni avaylaydi 47_"Ona" 48_Maktublar 49_"XX-Asr" 50_Tajalli 51_Yo'llarimiz uzundan uzun 52_Kerak 53_Subh 54_Meni oqqushlarga berma azizam
So'z boshi o'rnida 1_Sho'ng'ib 2_Cho'lponga Xat 3_Ikki Shuaro 4_Masqaraboz 5_"9 - may" 6_Nahor 7_Qalam 8_Kapalak 9_Yolg'iz armon 10_Qardosh elim 11_Sog'inganlarim 12_Qudrat qarshisida 13_Kulguli haqiqat 14_Nima ham qilardim 15_Mayning sovuq ohangi 16_Maqsad 17_Shovqin qilma 18_Hamza 19_Bu g'alaba muazzam 20_Tahallus 21_Ko'zlarimdan o'taverasiz 22_Meni yomon kuydirding 23_Qora zamin 24_Suvlar isyoni 25_Sevgi oq kaptar 26_Yomg'ir 27_Iltijo 28_Ketsam 29_Vatan 30_Hasanot 31_Orzu 32_Ishon 33_E'tibor 34_Hayronman 35_Yetti intiqom 36_Qirg'iz sululari 37_Sen tomon yuryapman 38_Bir paytlar 39_Ko'ringay 40_Hamma chaman desa 41_Stol tennisi 42_Kulgim keladi 43_Hayollar qush bo'lib uchgan lahzada
#tugʻilgan_kun Bugun 13-avgust Oʻzbekiston xalq shoiri, tarjimon, dramaturg — Usmon Azim tavallud topgan kun. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, hayot va ijod yoʻllarida ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz. Tashvishlanmang! Nechun xavotir! Men olisdan qarayman sizga. Siz xuddi tong monandsiz — harir Sokingina turishingizda. Imo aylang — ketaman yigʻlab, Cheksiz hijron dashtlari sari. Va sheʼrlar ham yozaman minglab! — Faqat sizni taʼrif etgani. Shu ketishda magar eslasam, Gulga toʻlar koʻnglimning ichi. O, albatta! — siz kabi odam Bu dunyoda borligi uchun! Tillarimda ne oʻtligʻ kalom! Ammo qanday soʻylayin sizga: Hatto sheʼr ham beradi ziyon — Bu harirhol turishingizga. Umrim borar jami sarhadni Chulgʻayapti ruhning patvozi. Menga sizni bir bor uchratdi — Hayotimdan roziman, rozi. Usmon Azim "Kollaj" kitobidan @qaqnus_klub
#yangi_ijod 𝑀𝑒𝑛𝑖 𝑜𝑞𝑞𝑢𝑠ℎ𝑙𝑎𝑟𝑔𝑎 𝑏𝑒𝑟𝑚𝑎, 𝑎𝑧𝑖𝑧𝑎𝑚. Meni oqqushlarga berma, azizam, Qalbim olib ketish juda ham oson. Hech qachon ketmayman, derdim, azizam, Jilokor ranglarga bu ko‘zim yomon. Axir men osmondan qo‘rqaman, Qo‘rqaman bulutlar quchgani. Baribir boshimga yetadi Qanotlar ustida uchganim. Azizam, zanjirband qil meni, Ko‘zlarim bog‘lagin iymon-la. Bir kuni o‘ldirar dil meni, Kezaman samoda sarson-la. Ishonchim darbadar, qaydadir, Bilmadim umidim qay go‘rda. Muhabbat nimadir, ishq nadir, U ham bir qiyomat, aslida. Andalib honishim bo‘laver, Bo‘ladi yerimiz osmon ham. Sen o‘zing oqqushim bo‘laver, Meni oqqushlarga berma, azizam. ✍ 𝐒𝐚𝐫𝐯𝐚𝐫 𝐎𝐱𝐮𝐧 ®
Yangi obunachilarim xush kelibsizlar ! ❤️
Bu ko‘ngil nelarni istamagandi, Hozir istashni ham istamas endi . ( Tajalli she'ridan) #sher_parcha ✍ Sarvar Oxun