Yangihayot tumani Yoshlar Agentligi matbuot xizmati
СтатистикаYangihayot tuman yoshlari ishlari bo’limi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali. Murojaat uchun ushbu ssilka orqali o’ting va o’z murojaatlaringizni qoldiring. https://t.me/+cZc53SmrStdmMzBi Murojaatlar uchun: @islombek3338
- Последний пост
- 5 окт. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Tadbir_2-video📹 Eng ulug‘ g‘oyamiz: “Jaholatga qarshi — ma’rifat" ILMNI OLISHDAN MAQSAD! O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Yunusobod tuman hokimligi hamda “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” hamkorligida Yunusobod tumanidagi 21-sonli maktab faollar zalida “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Ustoz Rahimberdi domla Rahmonov ishtirokida “Turkiston”, “Registon” va “Qo‘shchinor” MFYda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. ✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
#Tadbir_2-video MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT KO’RKI! ✨Haftaning har jumasi "Milliy liboslar kuni" etib belgilangan. 🇺🇿 Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Do'stlik istirohat bog'i”da “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida “Milliy liboslar maʼnaviyat ko‘zgusi” nomli keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy urf-odatlarimizni ifodalovchi liboslar ko‘rgazmasi tashkil etilib, rang-barang sahna chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. ✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
#Tadbir_1-video MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT KO’RKI! ✨Haftaning har jumasi "Milliy liboslar kuni" etib belgilangan. 🇺🇿 Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Do'stlik istirohat bog'i”da “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida “Milliy liboslar maʼnaviyat ko‘zgusi” nomli keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✅TELEGRAM 🌐INSTAGRAM
30 июнь — Ёшлар куни муносабати билан ўтказилган учрашувда Президент параспортчи қизга уй совға қилди. Давлат раҳбари велоспорт бўйича Ўзбекистон миллий паралимпия терма жамоаси аъзоси Фотима Саиповани уй билан таъминлаш бўйича Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаевга топшириқ берди.
⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar 1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish; 2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish; 3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish; 4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash; 5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi; 6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish; 7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari; 8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi; 9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari; 10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri; 11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring; 12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; 13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar; 14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi; 15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash; 16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta; 17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial; 18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi; 19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm; 20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov; 21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar; 22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish 23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish; 24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash; 25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish 26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish; 27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l; 28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish; 29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar; 30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang; 31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish. Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring! @alisher_sadullaev
Интернетда хавфсизлик кучаяди: янги қонун ҳақида нималарни билиш керак? Сўнгги йилларда интернетда зарарли контент: ёлғон ахборотлар, гиёҳванд моддалар ва порнография рекламаси кескин ошди. Масалан, 2024 йилда наркотик моддаларга оид контент 112 баробарга, порнографик материаллар 5 баробарга кўпайган. Интернет катталашгани сари, унинг хавфлари ҳам ортиб боряпти. Шуни инобатга олиб, янги қонун лойиҳаси ишлаб чиқилди. Унинг асосий мақсади — фойдаланувчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва интернетни хавфсизроқ қилиш. Қонун платформалардан зарарли контентни 24 соат ичида ўчиришни, аноним каналларни тартибга солишни ва ёлғон ахборот тарқатишга қарши чора кўришни талаб қилади. Оддий фойдаланувчи учун бу нима дегани? Интернетда шахсий маълумотларингиз яхшироқ ҳимояланади. Ёшлар ва болалар зарарли сайтлардан сақланади. Агар кимдир сиз ҳақингизда ёлғон ёки ҳақоратли хабар тарқатса, унинг устидан қонунан мурожаат қилиш имкони пайдо бўлади. Тинч ва хавфсиз интернет муҳити барчамиз учун керак. Янги қонун айнан шу мақсадда ишлаб чиқилган.
Қаҳрамон фахрийларимизга, тинч ҳаётимиз йўлида ҳалок бўлган жасур посбонларимиз оилаларига меҳр ва эътибор кўрсатиш – Президентимизнинг инсон қадрини улуғлаш сиёсатида ўзгармас тамойил. — Забота о наших уважаемых ветеранах и семьях героев, отдавших жизнь ради нашего мирного неба, – неизменный принцип политики Президента по возвышению чести и достоинства человека. Facebook|Instagram|X
⚡️Doppitwins жамоаси миллийлигимизни тараннум этувчи оҳангларни замонавий талқинда намойиш этмоқда.
⚡️Ko‘plab bilimdon obunachilarimizni o‘ylab, “Zukkotest” tanlovi yuzasidan berilgan savollarga javob bermoqchiman. 1. Tanlov menga nima beradi? Tanlovda qatnashish avvalambor, bilimingizni mustahkamlash, mantiqiy fikrlash va beshta yo‘nalishda salohiyatingizni oshirish imkonini beradi. Bu siz uchun unutilmas tajriba bo‘ladi. 2. Biz shunchaki tanlov emas, sovg‘alarga boy bo‘lsin deb “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovasidan premium obunalar sovg‘a qilishga kelishdik. Bundan tashqari, TOP10 reytingga kirgan ishtirokchilarimizning har biriga 1 million so‘mdan pul mukofotlari berishni maqsad qilganmiz. 3. Tuzilayotgan savollar ham aynan sizlarning kitobxonlik, chet tillari, zamonaviy kasblar, shaxmat va intellektual bilimlaringizni oshirishga qaratilgan. Albatta, bu sizlarga oson bo‘lishi uchun darsliklarni oldindan e’lon qilganmiz. 4. Test qachon bo‘lib o‘tadi? 13-mart kuni boshlanadi va 24 soat davom etadi. 5. Tanlovda kimlar qatnasha oladi? Biz bu tanlovga umuman chegara qo‘ymaganmiz. Istagan odam qatnashishi mumkin! 6. Nega yo‘nalishlar har xil? Tanlov maqsadi turli yo‘nalishlarni qamrab olish. Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan mavzular qisqa bo‘lib, o‘qib tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli muddat belgilangan. 7. Bitta test to‘plamini qayta ishlash imkoniyati bormi? Yo‘q. Har bir ishtirokchi bitta to‘plamni faqat bir marotaba ishlashi mumkin. 8. Testlar soni qancha? 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 45 ta savol bo‘lib, ular Telegramning ixtiyoriy (random) tanlovi asosida tushadi. 9. G‘oliblar qanday aniqlandi? Eng yuqori ball to‘plagan va eng kam vaqt ichida javoblarni aniq topgan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. Agar natijalar teng bo‘lsa, bunda testni eng qisqa vaqt ichida tugatgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. 10. Biz barchani g‘olib bo‘lishini istaymiz! Test savollarini 70 foizi (32-44) va undan ko‘piga to’g’ri javob berganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirmali promokod berishni reja qilganmiz. Bu esa bilimingiz orqali pullaringizni tejash imkonini beradi! Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: @kitobxontestbot
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось торжественное мероприятие по случаю Международного женского дня Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали тадбирда иштирок этди ва давлат мукофотларини топширди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии по случаю Международного женского дня и вручил государственные награды. #Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X