"QORAKO'L ILM NURI"
СтатистикаUshbu kanal tashkilotchisi TARIX FANI O'QITUVCHISI SOBIR UBAYDULLOYEVICH ARSLONOV. Darslarni bevosita o'zim olib boraman va barcha fanlarga oid testlarni kanalga o'zim tashlayman. Murojaat uchun tel: +998 99-708-76-04; +998 94-244-35-36
- Последний пост
- 29 янв.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#ВИДЕО_ИЗОҲ ❗️Энди чет тили 1-фан бўлган йўналишларга B1 сертификат билан ҳам ҳужжат топшириш мумкин бўлди! Вазирлар Маҳкамаси қарорига кўра: 🔹 Чет тили 1-фан бўлган йўналишларда қабул камида B1 даражадаги миллий ёки халқаро сертификат асосида амалга оширилади. 🔹 B1 сертификат учун — ушбу фан бўйича 75% балл берилади. 🔹 B2 ва ундан юқори сертификат учун — 100% балл берилади. ❗️B1 бўйича имтиёз сертификат қачон олинганидан қатъи назар, амалда бўлган барча сертификатлар учун тааллуқли. Сертификатлар одатда 3 йил амал қилади, яъни ўтган йили олинган B1 сертификат учун ҳам 75% имтиёз берилади. Қайта топшириш шарт эмас. Истакка кўра, 100% балл олиш учун сертификатга қайта имтиҳон топшириб, B2 сертификатини олиш мумкин. ТАЛАБА БЎЛАМАН ДЕГАНЛАРГА ВА ОТА-ОНАЛАРГА БУ ХАБАРНИ ЮБОРИБ ҚЎЙИНГЛАР Обуна бўлинг 👉 @PATRUL_UZ
Ilmsizlik qimmat. Ilm emas Ustozlik qilib, ma’lum maqomga kelib, tajriba to‘plab, kurs yoki dars o‘tayotgan mutaxassislar deyarli bir xil savolga duch keladi: “Kursingiz nega qimmat?” Bu savolni berayotgan odam ko‘pincha bitta narsani ko‘rmaydi. Ustoz shu darajaga kelguncha: - qancha xatosi uchun to'laganini, - nechta sinovdan o‘tganini, - qancha vaqt, sog‘liq, imkoniyat qurbon bo‘lganini, - bepul ishlagan, kam baholangan, e’tiborsiz qolgan davrlarini. Bu yerda insof bilan narx qo‘ygan, haqiqiy mutaxassis haqida gap ketyapti. Ba'zilarda g‘alati tafovut bor. - Hashamat uchun ketgan pul qimmat emas. - Obro‘ uchun ketgan pul qimmat emas. - Ish bitishi uchun ketgan pul qimmat emas. Lekin ilm uchun so‘ralgan pul “qimmat”. Holbuki, yuqoridagilarning ko‘pi ilmga ketadigan puldan bir necha barobar qimmat bo‘ladi. Bunga hayotda misollar yetarli. Abituriyentlar bilan ishlagan paytlarimda sharoitini aytib, oylik to‘lovdan chegirma so‘ragan ayrim o‘quvchilar yil oxiriga kelib “x variant”lar uchun tayyorlov kursining yillik pulidan ham qimmat summa to‘lashga tayyor bo‘lib chiqardi. Bepul SAT o‘qib yurgan, lekin “LEAK” sotib olishga pul topadigan o‘quvchilarni ham ko‘rganman. Bu yerda muammo pulda emas. Muammo — qarashda. Men bir narsaga hanuz tushunmayman. Qarz olib to‘y qilganlarni ko‘rdim. Qarz olib mashina olganlarni ko‘rdim. Kreditga texnika sotib olganlarni juda ko‘p ko‘rdim. Ammo ilm uchun qarz olganlarni, ilm uchun pul so‘raganlarni juda kam ko‘rdim. Go‘yo odamlar ko‘zga ko‘rinadigan narsaga ishonadi, lekin kelajakni quradigan ilmga shubha bilan qaraydi. Bu yerda “ilm” deganda umumiy gap ketmayapti. Gap xos ilm haqida. Xos ilm nima? Bu umumiy bilim emas. Bu aynan siz turgan joyda sizni keyingi bosqichga olib chiqadigan ilm. Abituriyent bo‘lsangiz: DTM, SAT yoki universitetga kirish uchun zarur ilm. Vaqtni tejaydigan, xatoni kamaytiradigan, imkoniyatni oshiradigan ilm. Ustoz bo‘lsangiz: Dars sifatini oshiradigan, metodikani kuchaytiradigan, natija beradigan ilm. Shunchaki dars o‘tish emas, ta’sir qilishni o‘rgatadigan ilm. Ota-ona bo‘lsangiz: Farzand tarbiyasi, psixologiyasi, yosh bosqichlariga oid ilm. Xatoni oldindan to‘xtatadigan, pushaymonlikni kamaytiradigan ilm. Tadbirkor bo‘lsangiz: Brendni to‘g‘ri qurish, rivojlantirish va himoyalash uchun zarur ilm. Marketing, pozitsiyalash, narx, ishonch va tizim haqidagi ilm. Ilm qimmat deyotganlar, Endi savolni teskari qo‘ying: ilmsizlik sizga qanchaga tushayapti, keling hisoblab ko'ramiz: Kasb tanlash haqida ilm yo‘q. 5–10 yil yoqtirmagan ishda qolish. Moliyaviy savod yetishmaydi. Daromad bor, baribir doim qarz. Vaqt boshqaruvi ilmi yo‘q. Bandlik bor, natija yo‘q. Nikoh va munosabat ilmi o‘rganilmagan. Sevib qurilgan oila sovib ketadi. Farzand tarbiyasi haqida ilm yetarli emas. Bola ko‘cha va ekran tarbiyasiga topshiriladi. Sog‘lom hayot ilmi yo‘q. Kuch yoshligida ketadi, qarilik erta boshlanadi. Shartnoma va huquqiy bilim yo‘q. Sheriklik buziladi, yillar boy beriladi. Tanqidni qabul qilish ilmi yo‘q. Rivojlanish to‘xtaydi, ego o‘sadi. Diniy ilmsizlik Niyat yaxshi, ammo amali zararli bo‘lib chiqadi. Prioritet qo‘yish ilmi yo‘q. Hamma narsa bor, lekin muhim narsa yo‘q. “Yo‘q” deyishni bilmaslik. Hamma rozi, o‘zi charchagan. Bularni cheksiz davom ettirish mumkin: Aynan shu sabablar yig‘ilib, bitta xulosaga olib keladi: Ilmsizlik birdan urmaydi. U sekin, lekin doimiy zarar qiladi. Ilm qimmat emas, hech qachon qimmat bo‘lmagan. Qimmat narsa — ilmni kech anglash, uni rad etish. Tanlov oddiy: oldindan to‘lash, yoki umr bo‘yi to‘lash.
Assalomu aleykum, guruhimiz a'zolari! Barchani kirib kelayotgan 2026-yil bilan tabriklayman. Yangi yilda hammani xonadonida yaxshi kunlar, sevinchli xushxabarlar koʻpaysin. Yangi yil hammaga omad olib kelsin!!!
Vaqtingiz kam, ammo nufuzli universitet talabasi bo‘lmoqchimisiz? Orzudagi universitetga kirish uchun yillar emas, to‘g‘ri yo‘l kerak. Bizning markazda siz: ✅ Qisqa vaqt ichida samarali tayyorgarlik olasiz ✅ Tajribali ustozlardan maxsus metodika bo‘yicha saboq olasiz ✅ Grant va yuqori ballga olib chiqadigan strategiyani o‘zlashtirasiz Siz faqat intilish olib keling – qolganini biz birga uddalaymiz! 👉 Bugun ro‘yxatdan o‘ting va farzandingizning kelajagini kafolatlang! ☎️+998997087604 ☎️+998942443536 ☎️+998995701705 @Qorakolilm_nuri
https://www.instagram.com/reel/DN8KWzOiGZv/?igsh=dXNqNHRqcGN5NzBr
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи