Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi -Jizzax
СтатистикаHar birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 71
- 1/48двое суток
- 81
- 1/72трое суток
- 87
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 “TAʼLIMDA SUNʼIY INTELLEKT VA RAQAMLASHTIRISH: ZAMONAVIY PEDAGOGIK MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ! Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026-yil 11-12-sentabr kunlari ushbu dolzarb mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi. 📅 Sana: 2026-yil 11–12-sentabr 📍 Oʻtkazilish joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti 🔤 Anjuman tillari: oʻzbek, rus, ingliz ✍️ Maqolalar qabuli: 2026-yil 8-sentabrga qadar 💰 Badal puli: 80 000 soʻm (2026-yil 8-sentabrga qadar) 💡 Raqamli taʼlim va sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy gʻoyalaringizni namoyish etish hamda xalqaro tadqiqotchilar va olimlar bilan tajriba almashish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! 📄 Anjumanning asosiy yoʻnalishlari (shoʻbalar): 1️⃣ Boʻlajak oʻqituvchilarning raqamli va AI-kompetentligini shakllantirish 2️⃣ Raqamli muhitda pedagogik texnologiyalar va metodika 3️⃣ Sunʼiy intellekt va neyron tarmoqlarini oʻquv jarayoniga tatbiq etish 4️⃣ Raqamli muhitda pedagogik etika, akademik halollik va
❗️#E'lon ❗️ IYUL oyi "O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish" kursi tinglovchilari sertifikatlari tayyorligini ma'lum qilamiz. 📂 Sertifikatingizni Markazning rasmiy veb saytidan yuklab olishingiz mumkin. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
📢 SIRCON 2026 xalqaro konferensiyasiga taklif qilamiz! Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Turkiya Respublikasining Necmettin Erbakan universiteti hamkorligida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi o‘tkaziladi. 📅 Sana: 2026-yil 22–23-sentabr 📍 O‘tkazilish joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti 📝 Annotatsiyalar qabuli: 10-avgustga qadar Ilmiy g‘oyalaringizni xalqaro maydonda namoyish etish va xorijiy olimlar bilan tajriba almashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📄 Konferensiya haqida batafsil ma’lumot axborot xatida berilgan. ☎️ Murojaat uchun: +998 91 209 07 66 🔹JDPU axborot xizmati.
#qaror Respubikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida hukumat qarori qabul qilindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
без подписи
https://youtu.be/pIruQRSmKL0?si=kviugy23MDfSesvQ
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 37 yilligi hamda taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Bekmurod Yo'ldoshev xotirasining 80 yilligi munosabati bilan 2026-yil 20-21-oktabr kunlari “Davlat tili – taraqqiyot va milliy yuksalish mezoni ” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi. ANJUMANDA MUHOKAMA QILINADIGAN MASALALAR: 1. Davlat tili – taraqqiyot omili sifatida. 2. Globallashuv davrida davlat tilini rivojlantirish masalalari. 3. O'zbek tilining davlat tili sifatida shakllanishi. 4. Davlat tili – barqaror iqtisodiy yuksalish omili. 5. Taniqli tilshunos olim - Bekmurod Yo'ldoshevning o'zbek tilshunosligi rivojiga qo'shgan hissasi. 💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari. ➡️ Ma'ruza matnini rasmiylashtirish bo'yicha talablar: - ma'ruza matnlari 14 o'lchamdagi shriftda 1,5 intervalda, 4-6 varaq hajmda Times New Roman 14 shriftida yozilgan bo'lishi lozim; - ma'ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi va to’liq ma’lumotlari to'liq ko'rsatilishi kerak. - maqola va tezislar umumiy talablar bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim ( IBC “Introduction – Body – Conclusion”). 💳 Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to'plamni nashr qilish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 25 000 (yigirma besh ming) so'm belgilangan. ⏳ Muddat: ma'ruzalar 2026-yilning 1-oktabrigacha qabul qilinadi va anjumanga qadar chop etiladi. ✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: @TatianaAlekseevna (+998915526075) 📬 E-mail: tatyha.1990.1103@mail.ru. ✅ Qabul qilish muddati: 01.10.2026 (soat 18:00 ga qadar).
без подписи
без подписи
#e'tirof O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining 2026-yil 27-iyuldagi 39-sonli buyrug‘iga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Boboyorov O‘rinboy Mahmudovich "XALQLAR DO‘STLIGI" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Mazkur yuksak e’tirof Sizning millatlararo totuvlikni mustahkamlash, davlat tilining nufuzini oshirish, turli millat vakillariga o‘zbek tilini o‘qitish hamda jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini qaror toptirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatingizning munosib bahosidir. Sizning mas’uliyat, tashabbuskorlik va kasbga sadoqat bilan olib borayotgan faoliyatingiz jamoamiz uchun doimo ibrat bo‘lib kelmoqda. Ishonchim komilki, bundan buyon ham o‘z tajribangiz, bilim va salohiyatingiz bilan Markazimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishda davom etasiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hurmat bilan, Markaz rahbari Inomjon Azimov
без подписи
#ommaviy_diktant Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlarimizning farzandlari ishtirokida ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
без подписи
https://youtu.be/UBL0bZOnaA8
без подписи
без подписи
без подписи