Yuldashev Code
Статистика"O‘rgan, o‘rgat, ilhomlantir – bilim bo‘lishgan sari ko‘payadi!" Dasturlashda 4 yillik tajriba. 100+ muvaffaqiyatli shogirdlar. Kanalda asosan dasturlash, shaxsiy rivojlanish va marketingga oid ilmlar ulashib boraman! Aloqa uchun: @yuldashev_meneger
- Последний пост
- 25 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bilasizmi katta-katta ishlar qilish uchun avval biroz tin olish kerak! Kanalga oxirgi marta post joylaganimga ancha vaqt bo'libdi. Shu tanaffus davrida hayotimda va ishimda ko'p narsalar o'zgardi. Sun'iy intellektni shunchaki trend emas, balki kundalik mahsuldorlik va ish jarayonimning bir qismiga aylantirish bo'yicha ko'p izlandim, turli tajribalar qildim. Eng asosiy o'zgarishlardan biri — bor e'tiborimni va vaqtimni o'zimning Dream Tech IT agentligimni rivojlantirishga qaratdim. Shu vaqt ichida mijozlar uchun yirik veb-platformalar, elektron tijorat loyihalari va qator muvaffaqiyatli raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish ustida ishladik. Qolaversa, shaxsiy hayotimda ham meni o'zgartirgan muhim voqealar yuz berdi. Lekin bu jarayonda tushunib yetgan eng muhim narsam boshqacha bo'ldi: To'plangan tajriba, qilingan xatolar va yangi bilimlarni faqat o'zim uchun saqlash noto'g'ri ekanini angladim. Rivojlanish va o'sish ulashilganda tezlashadi. Shu sababli kanalni yana faol yuritishni boshlayman. Oldinda dasturlash sirlari, Dream Tech agentligidagi ish jarayonlari (parda ortidagi qiziq holatlar), yangi loyihalar va shaxsiy tajribalarim haqida ko'plab foydali postlar bo'ladi. @yuldashev_code
Baxtni nimadirlardan qidirib, o'zimizni tamom qilyapmiz... Ajoyib video ishlashgan ekan. Izohda nimani tushunganingizni yozib keting. #illusionOfHappiness @UmarSadullayev
Qaytish kerakmikin... @yuldashev_code
u ishi o’ziga yoqmas ekan, maoshi qo’lda turmas ekan. hozir puli yetmasa - bo’lib to’lab ayfon-u, kreditga moshina olar ekan. to’yida to’yona kutarkan, yolg’on aytib pul toparkan. ertaga nima qilarin bilmay, 30 yilga ipoteka olibdi. ozish uchun dori icharkan, muskul xohlab, ukol olibdi. yuragi chidolmay paq etibdi, dunyoni oxiratiga olgan ekan.
Bugun ideal kun — "Dushanbadan boshlayman" deganlar uchun. Haftaning birinchi kuni, oyning birinchi kuni 😄
Bayram muborak azizlarim 🙂
Boylik ko‘zga ko‘rinadimi? Ko‘cha-ko‘yda, ijtimoiy tarmoqlarda tanishlarimizning qimmat xaridlarini ko‘rib, ichimizdagi "shaytoncha" pichirlay boshlaydi: "Qara, u boyib ketyapti, sen esa haliyam joyingda turibsan..." Aslida-chi? Aslida vaziyat biz o‘ylagandan butunlay boshqacha. Keling, bu "shaytoncha" bilan bahsda g‘olib chiqish uchun ikki dona kuchli argumentni o‘rganamiz: 1. Xarid — boylikning isboti emas, uning kamayishi! Ko‘pchilik yangi mashina olgan odamni "falon summaga boyidi" deb o‘ylaydi. Haqiqatda esa, o‘sha insonning boyligi mashina narxi miqdorida kamaydi. Arava boylik emas: Undan zakot berilmaydi, u daromad keltirmaydi. Vaqt faktori: Bugun maqtanmaslikni tanlab, o‘sha pulni ilmga yoki biznesga tikkan odam 3 yildan keyin 4 barobar boyigan bo‘ladi. Mashina olgan esa 2 barobar kambag‘allashgan. Xulosa: Boylikni ko‘rish qiyin. Agar u ko‘zga yaqqol tashlanyaptimi — demak, u sarflanyapti, demak u kamaymoqda. 2. Siz buyum sotib olmayapsiz, umringizni sotyapsiz Har bir yangi buyum o‘z shartlari bilan kirib keladi. Qimmatroq kiyim, qimmatroq mashina, qimmatroq gadjet — bularning hammasi ko‘proq e’tibor, ko‘proq vaqt va ko‘proq xizmat talab qiladi. Gedonik adaptatsiya: Har qanday qimmat matohga 2 haftada o‘rganib qolasiz. Rohati ketadi, lekin shartlari (xizmati) qoladi. Zanjir: Bugun eng qimmat smartfonni olish — bu shunchaki xarid emas, bu kelajakda ham undan arzoniga rozi bo‘lmaslik haqidagi "shartnoma". Endi siz umringizni o‘sha darajani ushlab turish uchun sarflashga majbursiz. Tanishlaringizning "xaridlar olimpiadasi"ga qarab siqilmang. Ular boyib ketishmayapti, ular shunchaki o‘z umrlarini buyumlarga almashishni tanlashdi. @yuldashev_code
Tanish-bilishlar haqida... Tanish-bilish orttirishda "Bu odam nima ishimni bitiradi?" deb emas, "Bu odamdan nima o'rgana olaman?" degan savolni berish kerak. Va'dada turishi, taqvosi, eruditligi, fikrlashi yoki jasoratiga havas qilgan odamlar bilan yaqinlashishga harakat qilish kerak. Chunki odamlar bilan qo'lidagi narsa yoki ostidagi kreslo uchun tanishsak, narsaning bir bo'lagi yoki kresloning bir-ikki foydasi tegishi mumkin xolos. Xislatlari uchun tanishadigan, yaqinlashadigan bo'lsak, axloqli inson bo'lib qolishimiz osonlashadi. @yuldashev_code
Avval hayot 2 xil tanlov bergan bo'lsa hozir esa 10 xil... Bittasini tanlasak, adashishimiz ehtimoli endi 90%. Adashmagan taqdrimizda ham ichimizda bir ovoz yangrashni boshlaydi: Tanlovda adashgan bo'lsang-chi? Yaxshirog'ini tanlashing mumkin edi. Bu eng zo'ri emas. Anavini qara! Nega tanlov ko'paygani sari tanlovimizdan afsuslanamiz? Chunki boshqasini tanlashimiz mumkin edi. Tanlay oladiganimiz ko'p edi. @yuldashev_code
Shoshma, to‘xtama! To‘xtamaslik uchun esa muhabbatni topguncha, qo‘rquv bilan qilib tur! Paralel muhit @yuldashev_code
👋 Assalomu alaykum jigarlar! Vibe coding mavzusida yangi video darslik tayyorlamoqchiman qaysi yo'nalishda, qanaqa dastur yaratib berishimni xohlaysizlar? Kommentariyada yozib qoldirsangiz eng yaxshisini video darslik qilamiz! @yuldashev_code
🧠 O‘sishingizni 1024 Baravar Tezlashtiradigan 10 Ko‘nikma Biron bir sohada "dunyo tanigan" ekspert bo'lish shart emas. Strategiya oddiy: 10 ta asosiy ko‘nikmaning har birida eng yaxshi 25% likka kiring. Ularning kombinatsiyasi sizni super-mutaxassisga aylantiradi. 📈 Formula: 10 ko‘nikma × 2x o‘sish = 1024 baravar yaxshiroq versiyangiz. 🔹 1. Mutolaa (Axborotni filtrlay olish) Shunchaki o'qish emas, kerakli ma'lumotni tez topish va hazm qilish. Kuniga 20 sahifa — yiliga 30 ta kitob demakdir. Bu sizni sohangizdagi odamlarning 90%idan bilimliroq qiladi. 🔹 2. Ishontirish san’ati (Persuasion) G'oyalaringizni "sotish"ni o'rganing. Investor, mijoz yoki jamoangiz bo'lsin — mantiq va emotsiya orqali odamlarni o'z ortingizdan ergashtirish qobiliyati. 🔹 3. Zamonaviy Marketing Odamlar nima xohlashini anglash. O'z xizmatingiz yoki mahsulotingizni to'g'ri odamlarga, to'g'ri qadoqda va to'g'ri vaqtda ko'rsata olish — bu har qanday muvaffaqiyat asosi. 🔹 4. Dizayn-fikrlash (Problem Solving) Muammolarga to'siq deb emas, loyiha deb qarash. Jarayonlarni maksimal qulay, kreativ va foydalanuvchi uchun oson yechimlar bilan hal qilish. 🔹 5. Yozish (Tiniq fikrlash) Yaxshi yozgan odam yaxshi fikrlaydi. Fikrlaringizni qog‘ozda lunda va mantiqiy bayon qila olsangiz, hayotda ham qarorlaringiz shunday tiniqlashadi. 🔹 6. O'rgatish (Feynman texnikasi) Biron narsani o'rgangach, uni darhol birovga tushuntiring. Agar murakkab narsani oddiy tilda tushuntira olsangiz, demak mavzuni haqiqatda tushungansiz. Bu bilimingizni 100% mustahkamlaydi. 🔹 7. Video-storitelling Hozir — video asri. 1 daqiqalik videoda katta ma'noni vizual dinamika orqali yetkazish — hozirgi bozordagi eng qimmatli "skill"lardan biri. 🔹 8. Arifmetika (Raqamlarda fikrlash) Foizlar, xarajatlar va daromadni tez hisoblash. Raqamlarni yaxshi ko'rgan insonni aldash qiyin, u har doim hissiyotga emas, faktlarga tayanadi. 🔹 9. Aniq va qisqa muloqot Vaqt — eng qimmat resurs. Ortiqcha "suv"larsiz, aniq maqsad va natijaga yo'naltirilgan gapirish (Nima? → Nega? → Keyingi qadam?). 🔹 10. O‘z-o'zini tahlil (Refleksiya) Har kun yakunida: "Nima xato bo'ldi? Nima yaxshi chiqdi?" deb so'rang. Anglangan xato — bu o'sish degani. O'zini tahlil qilgan inson to'xtab qolmaydi. Ushbu ko'nikmalar yig'indisi sizni bozorda "topilmas" mutaxassisga va kuchli shaxsga aylantiradi. Tanlang: har kuni 1% ga o'sasizmi yoki joyingizda qolasiz? @yuldashev_code
Hammasiga instagram aybdor! Odamlar shunchaki yaxshi yashashni xohlashmaydi. Ular qo‘shnisi va tengdoshlaridan yaxshiroq yashashni xohlashadi. Instagram algoritmlari esa bizga chiroyli hayot tuynuklarini ochib beradi. Keyin biz ham o‘shanday hayotni xohlay boshlaymiz. "Xohlash yaxshi. Ko‘proq ishlashga undaydi" deb o‘ylarsiz balki. Ha, ba’zilarda shunday bo‘ladi. Harakatlari ko‘payadi. Ko‘pchilik esa bu chiroyli hayotga qarab boshqa narsani o‘ylaydi: Birinchisi, men ham harakat qilsam, u qilgan ishlarni qila olaman degani. Ya’ni erishmaganimiz sababini o‘zimizdan qidirish. Ikkinchisi, u o‘zi menga o‘xshagan oddiy odam. Omadi kelib qolgan xolos, degani. Ya’ni, boshqalarning yutuqlarini pastga urish orqali, erishmaganimiz sababini tashqaridan qidirish. Bittasi bizni harakatga undaydi. Ikkinchisi noshukur qiladi. @yuldashev_code
🚀 Baxt — bu manzil emas, u yoʻlning oʻzi! Koʻpincha biz baxtni qandaydir katta natija, erishilgan maqsad yoki moddiy yutuq bilan bogʻlaymiz. Lekin ortga qarasangiz, baxt aslida oʻsha "yetishmovchiliklar", izlanishlar va kurashlar ichida boʻlganini payqaysiz. Keling, buni oddiy hayotiy misollarda koʻraylik: Oʻqishga kirishdan oldin: "Talaba boʻlsam, hayotim goʻzal va begʻubor boʻladi," deb oʻylaysiz. Talabalik yillarida: Pul faqat "rolton" va buxonkaga yetganda, "mana shu mashaqqatlar tugab, mazza qilib ovqatlana oladigan daromadim boʻlsa, haqiqiy baxtga erishaman," deb niyat qilasiz. Pul topishni boshlaganda: Oʻzingiz xohlagan narsani yeyish imkoni tugʻilganda esa, "bu yetarli emas, eng katta baxt — shu neʼmatlarni ijaradagi uyda boʻlsa ham, oilangiz bilan birga baham koʻrish," ekanini anglaysiz. Asosiysi — toʻxtamaslik, har bir soniyani his qilish va boriga shukur qilish. @yuldashev_code
Dasturchilar uchun yangi keyboard chiqibdi... Kim oberadi menga endi? @yuldashev_code
Natija bizga bog‘liq emas, lekin harakatlarimiz o‘z qo‘limizda. Hayotda muvozanatni saqlashning oltin qoidasi: 🔸 Natijaga rozi bo‘lish — bizni siqilishdan, tushkunlikdan saqlaydi. 🔸 Harakatdan norozi bo‘lish — bizni to‘xtab qolishdan asraydi va yaxshilanishga majbur qiladi. Konfutsiy aytganidek: "Kuchli odam doimo baxtli". Nega? Chunki baxtli inson o‘z kamchiliklarini tan olishdan qo‘rqmaydi. Kamchiligini qabul qilgan odam esa o‘z harakatlarini osonroq tuzatadi va tezroq rivojlanadi. Qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz, natijasiga esa kuyinib o‘tirmaymiz. Ilm olishda davom etsak, harakatlarimiz sifati oshib boraveradi. Harakatingizni bugun kechagidan yaxshiroq qiling, natija esa o‘z vaqtida keladi. @yuldashev_code
Ohhoy oramizda tiriklari bormi? Qani bitta reaksiyasini bang'illatingchi... @yuldashev_code
Bahor kelib jiyda gullaganda endi bo'lyaptimi-aa? Sizlarda ham shundaymi endi sovuq ketib bahor kelganga o'xshayaptida :) @yuldashev_code
видео или голосовое, без подписи
Assalomu alaykum yaxshimisizlar jigarlar! Bayramlarni yaxshi o'tkazib oldilarmi? @yuldashev_code