Zakot kóprigi 🫂
Статистика"Zakot kóprigi" rasmiy xayriya tashkiloti ijtimoy himoyaga muhtoj oilalarga, bemorlarga óz mehrli qóllarini uzatuvchi insonlar kanaliga xush kelibsiz!!! 📩Murojat uchun: Erkaklar uchun: @u1mon Ayollar uchun: @imsadoqat
- Последний пост
- 11 апр.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalamu aleikum ✨ Alhamdulillah, bugun sizlarning ko‘magingiz bilan yana bir muhim ish amalga oshirildi. Avval murojaat qilgan xonadonga tashrif buyurildi. Ularning holati o‘rganilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, dori-darmon…
Assalamu aleikum ✨ Alhamdulillah, bugun sizlarning ko‘magingiz bilan yana bir muhim ish amalga oshirildi. Avval murojaat qilgan xonadonga tashrif buyurildi. Ularning holati o‘rganilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, dori-darmon xarajatlari uchun ham moddiy yordam topshirildi. ● Mazkur ezgu ishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha ehson qiluvchilarga hamda tashkilot ishlarida faol ishtirok etgan insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni qabul qilib, o‘zingizga va yaqinlaringizga baraka ato etsin 🤲🏻 ● Ba’zan bir kichik yordam kimningdir butun kunini, balki butun hayotini yengillashtiradi… Bugun sizlar sabab bir oila o‘zini yolg‘iz his qilmadi. ● Unutmang, yaxshilik hech qachon yo‘qolmaydi. U albatta qaytadi — balki siz kutmagan paytda, siz kutmagan shaklda… Birgalikda biz ko‘p ish qila olamiz. 💗 @zakotimiz
● Assalamu aleikum. Arafa kuni barchamizga muborak boʻlsin. ● Ertaga hayit ayyomi munosabati bilan zakot tarqatiladi. Yordam kerak boʻlgan rostan qiynalgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar boʻlsa iltimos murojat qiling. 📩Murojat uchun: Erkaklar uchun: @u1mon Ayollar uchun: @imsadoqat Tanishlaringiz boʻlsa xabarini bering. @zakotimiz
Bilaman… sizlar bilan birga ko‘p savobli ishlarni qildik. Ko‘p oilalarga umid bo‘ldik, ko‘p ko‘z yoshlarga taskin bo‘ldik. InshaAlloh, bu ezgu yo‘ldan to‘xtamaymiz 🤲🏻✨ Bugun esa bir opamiz sizlarning yordamingizga muhtoj… Oilada yolgʻiz farzandlar. 2-guruh nogironligi bor. Otasi ham xuddi shunday holatda, onasi esa pensioner. Uyda ishlaydigan inson yo‘q… Tasavvur qiling… dori-darmonga muhtoj, ro‘zg‘orida esa yetishmovchilik 🥺 Ular bugun bizning mehrimizni,qo‘llab-quvvatlashimizni kutishmoqda. Hozirda ularga dori-darmon va ro‘zg‘orlik mahsulotlari juda zarur. Qanchalik tez harakat qilsak, shunchalik tez ularning eshigini taqillatamiz 🚪🤍 ● Ehsonning miqdori muhim emas. Muhimi — uni chin qalbdan, yagona Alloh roziligi uchun berishdir 🤍 Bir insonning kichik hissasi boshqasi bilan qo‘shilib, katta najotga aylanadi. ● Iltimos, ushbu postni ko‘proq insonlarga ulashing. Birlashaylik. Birga bo‘laylik. Yana bir oilaga umid bo‘laylik 🤲🏻✨ Unutmang… mazlumning ko‘z yoshlari oldida jim turish ham javobgarlikdir. Qiyomat kuni ularning ko‘z yoshlari uchun javob beramiz… bugun imkonimiz borida yaxshilik qilaylik Alloh qilgan har bir ehsoningizni ming barobar qilib qaytarsin 🌙✨ Ehson uchun karta raqam: 9860010130567877 Turdaliyeva S @zakotimiz
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh 🤍 ● Ramazon barchamizga muborak bo‘lsin. Bu oy – rahmat, mag‘firat va saxovat oyidir. ● Alhamdulillah, “Zakot ko‘prigi” oilasi biroz tanaffusdan so‘ng yana savobli ishlariga qaytdi, inshaAlloh. Bizni kutgan, sog‘ingan, qaytishimizni so‘ragan va biz uchun duo qilgan har bir insondan Alloh rozi bo‘lsin. ● Sizlarning duolaringiz va ishonchingiz bizga kuch berdi. Alloh sizlarni ham dunyo va oxiratda suyuntirsin 🤲🏻 ● Avval ham sizlar bilan birga ko‘p yo‘llarni bosdik. O‘nlab oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdik, masjidlarni obod qilishga hissa qo‘shdik. Har bir qilingan yaxshilik qalblarimizni yanada yaqinlashtirdi. ● Ushbu muborak Ramazon oyida mehribon insonlar sababli yana yeng shimarib ishni boshladik. Yaxshilik yo‘lida birga bo‘lish nasib qilsin. ● Alloh qilayotgan har bir sa’y-harakatimizni O‘zi qabul qilsin va uni savoblarimizga qo‘shsin. 🤍 @zakotimiz
✨Assalamu aleikum xayrli kun barchaga. ✨Ertaga ehson topshirishga boriladi. Niyat qilib yurganingiz boʻlsa: 9860010130567877 Turdaliyeva S Yordam bergani volontyorlar bòlsa bog'lansangiz bòladi. Ehson topshirilish manzili: Toshkent vil. Angren shaxri. @zakotimiz
✨Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, aziz opa-singillar va birodarlar! Rasululloh ﷺ aytganlar: “Kim bir musulmonning dunyodagi bir dardini ketkazsa, Alloh Qiyomat kunidagi dardlaridan birini yengillashtiradi.” (Muslim rivoyati) ✨Bugungi zamonda yordamga muhtoj insonlar ko‘p. Balki sizning mahallangizda, qo‘shningiz orasida biror yordamga muhtoj insonlar bordir. ✨Shunday insonlarni bilsangiz, bizga xabar bering. Alloh roziligi yo‘lida, holatini o‘rganamiz va kerakli oziq ovqat va kiyimlarni yetkazamiz, In shaa Alloh. 🤲 Sizdan iltimosimiz: Kim yordamga muhtoj bo‘lsa – bizga yozing. ● Bu yordam bo‘lishi mumkin: oziq-ovqat kiyim pul yoki bir duo bilan ham... Har bir xabar — savobli eshikni ochadi. Har bir savob — siz uchun Qiyomatda nur bo‘ladi, in shaa Alloh. Biz bu yerda shunchaki odamlar o‘rtasida vositachimiz. Savobni Alloh beradi.Yaxshilikni yashirish shart emas. Yaxshilikni ulashish — sunnatdir. ✨Alloh barchamizni bir-biriga mehribon bandalaridan qilsin. ● Iltimos murojat qiling: Erkaklar: @u1mon Ayollar: @imsadoqat @zakotimiz
Assalamu aleykum. Xayrli kun barchaga. ● Ayrim sabablarga ushbu ohirgi post òchirilyapti. Iltimos tushunmovchiliklar bòlmasin. @zakotimiz
✨Assalamu aleykum Allohning suyuklilari. ILTIMOS OHIRIGACHA ÒQING. Videodagi Sevara opa va qizchasi E'zoza. Sevara opa òzlari necha yildan buyon, oilasini yolgʻiz boqib kelmoqda. Bugun qizimizning tug'ilgan kuni. 8 yoshga to'ladi. Dadasi vafot etgan. Onasi…
✨Assalamu aleykum Allohning suyuklilari. ILTIMOS OHIRIGACHA ÒQING. Videodagi Sevara opa va qizchasi E'zoza. Sevara opa òzlari necha yildan buyon, oilasini yolgʻiz boqib kelmoqda. Bugun qizimizning tug'ilgan kuni. 8 yoshga to'ladi. Dadasi vafot etgan. Onasi 2-guruh nogironi. Sizlarga KATTA iltimos bilan yozayapman. Sevara opaning kòz operatsiyalari uchun 7 yarim millon pul kerak bòlmoqda. Òzingizdan orrtirib, ozroq yordam qilsangiz oila xursand bòlib qolardi. ✨Moddiy yordam bera olmasangiz, ushbu videoni yaqinlaringziga ulashing. Zero sababchi boʻlgan, qilgan bilan barobardir. ✨Ehson uchun karta raqami: 9860010130567877 Turdaliyeva Sadoqat ✨Naqd pul va hamkorlik uchun: • Erkaklar uchun: @u1mon • Ayollar uchun: @imsadoqat @zakotimiz
Bir insonning qalbiga quvonch olib kirish Allohning nazidida eng buyuk solih amal.Ularni quvonchini kòrish, bir mushukolitini hal qilib berish juda ham ezgu ishlardan biri. Alloh qilgan ehsonlaringizni òz dargohida qabul qilsin.Duolaringizni qabul qilsin. @zakotimiz
без подписи
• Assalamu aleykum. Juma ayyomi barchamizga qutlugʻ bòlsin. • Muzakkira uchun yigʻilgan ozroq ehson puli tashlab berildi egasiga. Yordam bergan barchaga rahmat. 100 barobar bòlib qaytsin. @zakotimiz
• Kim bir yaxshilik qilishga ahd etsayu, ammo amalga oshira olmasa, Alloh taolo uning uchun O‘z huzurida komil yaxshilik qildi, deb yozib qo‘yadi. Agar yaxshilik qilishga qaror berib, uni amalga oshirsa, unga Alloh taolo O‘z huzurida o‘n savobdan yetti yuz savobgacha, hatto bundan bir necha barobar ko‘p savob beradi. Agar biror yomonlik qilishni o‘ylasayu, uni amalga oshirmasa, Alloh taolo unga bir yaxshilik savobini beradi. Yomonlik qilishga qaror bersayu uni amalga oshirsa, Alloh taolo unga bitta yomonlik yozadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘sha yaxshiligi o‘n barobar qilib qaytariladi” (An’om surasi, 160-oyat). @zakotimiz
✨Assalamu aleykum va rahmatulloh va barokatuh. Boshlangan hafta barchamizga xayrli va barokatli bòlsin. ✨Xabaringiz bor Muzakkira uchun dori-darmonlariga ehson yigʻilayotgan edi. Ammo bu biroz kechikmoqda va yetarli pul yigʻilmadi. Eslatib òtaman❗️ ✨Yuqorida Muzakkiraning ahvoli haqida yoritilgan post bor. Iltimos shuni iloji boricha tarqatishga yordam beringlar. Zero sababchi bòlgan qilgan bilan barobardir. Ehson uchun karta raqami: 9860010130567877 Naqd pul va hamkorlik uchun: @imsadoqat Bizni shu yerlardan kuzating: Telegram. Instagram
“(Ey Muhammad), SAV, sizdan nima ehson qilishni so‘rashsa, “Nima ehson qilsangiz ham ota-onaga, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qiling, qanday yaxshilik qilsangiz ham Alloh uni albatta biladi», deng” (Baqara surasi, 215-oyat). @zakotimiz
✨Assalamu aleykum Allohning suyuklilariga Juma Muborak bòlsin. Juma kuni musulmonlar uchun ulug' va barakotli kundir. Bu kunda qilingan ibodatlar, duolar va yaxshi amallar Alloh taoloning izni bilan ko'plab ajrlarga sabab bo'ladi. Shunday ekan, har bir musulmon bu kunning fazilatlaridan to'liq foydalanishga loyiqdirlar ✨Juma kuni qilingan yaxshi amallar 2 hissa ajr olishingizga sababchi bòladi. @zakotimiz
без подписи
Assalamu aleykum yaxshimisizlar ✨Yodingizda bòlsa Muzakkira uchun pul yigʻib bergan edik, dori-darmonlariga. Hozir ahvoli yana ham ogʻirlashib qolibdi. Shifoxonaga yotqizish kerak ekan. Yuqoridagi video xabarni kòrib, tògʻrisi nima deyishni bilmay qoldim. Farzandimiz, jiyanimiz tengi qizaloq, saraton bilan nech yillardan buyon kurashib kelmoqda. ✨Sizning yordamingiz juda-juda kerak. Qòlingizdan kelganicha moddiy yordam qiling. Ushbu xabarni dòstlaringiz bilan bòlishing. Muzakkira haqqiga duo qiling. ✨Bizdan faqat yaxshilik qoladi. Ushbu yaxshilikni bugun qiling. Muzakkiraga yordam uchun: 9860010130567877 @zakotimiz
✨Assalomu alaykum, Allohning suyuklilari! O'tgan hafta 2 ta oilaga ehsonlar topshirildi. Yordam bergan barchaga, ehson qilgan, postlarimizni ulashib do'stlarini taklif qilayotgan, amaliy yordam ko'rsatayotgan, duo qilayotgan barcha-barchaga rahmat. Alloh qilayotgan yaxshiliklaringizni 1000 barobar qilib qaytarsin. Shu insonlarning duolari sizni Firdavs Jannatiga kirishingizga sababchi bo'lsin. ✨Ehson qilishni niyat qilib yurganlar uchun: 9860010130567877 ✨Do'stlaringizga ulashishni unutmang: @zakotimiz