Zakovat_Fakt
СтатистикаZako fakt Qiziqarli savollar Qiziqarli Faktlar Kanal egasi @Madetov_Jahong1r Kanallar @ZooFobiya @zakovatfakt3
- Последний пост
- 10 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://t.me/jahongir_academyy
Dabbobat – arabcha so‘z bo‘lib, “asta sudralmoq” degan ma’noni anglatadi. Bu moslamaning nomi dabbaba – “sudraluvchi jonzot” so‘zidan kelib chiqqan. Qamal qurilmasi usti toshbaqa kosasiga o‘xshash qalin himoya qobig‘i bilan yopilgan bo‘lib, askarlar uni ichkaridan sekin surib harakatlantirgan. Shu sababli uning harakati toshbaqaning sudralishiga o‘xshagan va qurilma dabbaba deb atalgan. Xalq orasida “toshbaqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Dabbobat qal’alarni qamal qilishda askarlarni dushman devori ostiga o‘q, tosh va yonuvchi moddalar zarbasidan himoyalangan holda yetkazib beruvchi “qamal mashinasi” bo‘lgan. Zakovat_Fakt
📚 Tomas Melori (Thomas Malory) Tomas Melori (taxminan 1415–1471) — ingliz yozuvchisi bo‘lib, qirol Artur haqidagi afsonalarni bir kitobga jamlagan ijodkor sifatida mashhur. Uning eng mashhur asari “Le Morte d’Arthur” (“Arturning o‘limi”) bo‘lib, unda Qirol Artur, Dumaloq stol ritsarlari va Muqaddas Graal haqidagi rivoyatlar bayon qilingan. Melorining asari Artur afsonalarining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi va keyingi asrlarda ko‘plab yozuvchi hamda san’atkorlarga ilhom bergan. Asar ilk bor 1485-yilda nashr etilgan. 📖 Qiziqarli fakt: Bugungi kunda Qirol Artur haqidagi ko‘plab mashhur hikoyalar aynan Tomas Melorining asari orqali keng tarqalgan. Zakovat_Fakt
🌿 Tamarind — nordon va foydali meva Tamarind — tropik hududlarda oʻsadigan noodatiy meva boʻlib, uning taʼmi shirin va nordon aralash bo‘ladi. U asosan Osiyo va Afrikada mashhur hisoblanadi. 🥤 Tamarinddan sharbat, sous va turli shirinliklar tayyorlanadi. 💪 Tarkibida vitaminlar va minerallar koʻp bo‘lgani uchun sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. 🌱 Daraxti uzoq yashaydi va juda katta boʻlib oʻsadi. Qiziqarli fakt: Tamarind ayrim mamlakatlarda tabiiy dori sifatida ham ishlatiladi. #Tamarind #QiziqarliFakt #Mevalar #Tabiat Zakovat_Fakt
Appendiks - koʻrichakning chuvalchangsimon qismi Dovot- siyohdon Infografika - axborot va maʼlumotlarni uzatishning grafik usuli Kamin- Devorga oʻyib ishlangan keng ochiq otinxonasi boʻlgan xonani isitish uchun oʻrnatiladigan oʻchoq. Kirza- suv oʻtkazmaydigan, pishiq sunʼiy materialdan tayyorlangan oyoq kiyim Misqol- 4,35-4,86 gramm oraligʻidagi ogʻirlik oʻlchov birligi Novator - kishilik faoliyatining biror sohasida yangilik kirituvchi odam Paykal-marza,ariq, yoʻl kabilar bilan ajratilgan yer Zakovat_Fakt
Zeeman effekti — bu atom yoki molekuladan chiqayotgan yorug‘lik spektr chiziqlari tashqi magnit maydon ta’sirida bir nechta chiziqlarga ajralib ketish hodisasidir. 👨🔬 Bu hodisa Pieter Zeeman tomonidan 1896-yilda kashf etilgan. Zakovat_Fakt
https://t.me/+vvNR2CBLch42Mjhi Zakovat_Fakt
Golografik tasvir Golografik tasvirni 1947 yilda Buyuk Britaniyada Venger olimi Dennis Gabor ixtiro qilgan Lekin U 60 yillarda lazerlar rivojlanganiga qadar keng qoʻllanilmagan 1980 yillarda Metal plyonkada oq nur bilan koʻrish mumkin boʻlgan gologrammalarni suratga olish usuli topildi va shu vaqtdan boshlab ular qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida banknotalar ,kredit kartalar va pasportlarning xavfsizligi uchun muhim vositaga aylandi Zakovat_Fakt
📚 Tarixiy Fakt Mirkomil Mirmo‘minboyev — XX asr boshlarida yashagan andijonlik boy savdogar, sanoatchi va ma’rifatparvar bo‘lgan. U Turkistonda ilm-fan va ta’lim rivojiga katta hissa qo‘shgan shaxslardan biri hisoblanadi. U yoshlarning zamonaviy bilim olishini qo‘llab-quvvatlab, o‘z mablag‘i hisobidan bir guruh iqtidorli talabalarni Germaniyaga o‘qishga yuborgan. Bu yoshlar keyinchalik Yevropa ilm-fanini o‘rganib, yurt taraqqiyotiga xizmat qilishi maqsad qilingan. ✨ Qiziqarli jihat: Mirkomilboy nafaqat savdogar, balki jadid ma’rifatparvarlariga yordam bergan saxovatli homiylardan biri bo‘lgan. #TarixiyFakt #OʻzbekistonTarixi #Jadidlar Zakovat_Fakt
📚 Tarixiy Fakt Said Gʻani Saidazimboy — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashagan Toshkentlik boy savdogar va ma’rifatparvar homiy bo‘lgan. U ilm-fan va ta’limni juda qo‘llab-quvvatlagan. Hatto 1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi uning uyida ochilgan. Shuningdek, u jadid ma’rifatchilarini moddiy jihatdan qo‘llab, yoshlarning bilim olishi uchun katta yordam bergan. ✨ Qiziqarli jihat: Saidazimboy o‘z mablag‘idan yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi uchun yordam bergan boylardan biri hisoblanadi. #TarixiyFakt #OʻzbekistonTarixi Zakovat_Fakt
💎 Fakt Zabarjad — qadimdan mashhur bo‘lgan yashil rangli qimmatbaho toshdir. U zargarlik buyumlari — uzuk, sirg‘a va marjonlarda keng ishlatiladi. Ilmiy nomi Peridot bo‘lib, tarixda u baxt, boylik va himoya ramzi deb hisoblangan. Baʼzi qadimgi manbalarda bu tosh yomon energiyadan himoya qiladi deb ham ishonilgan. Zakovat_Fakt
🪶 Qarqara nima? Qadim zamonlarda ayollar bosh kiyimiga qarqara deb ataladigan baland patli bezak taqishgan. U ko‘pincha qush patlaridan tayyorlanib, go‘zallik va salobat belgisi hisoblangan. 👑 📜 Shu so‘z bilan bog‘liq eski o‘zbek maqoli ham bor: “Qaynanalik kelin — qarqara kelin, qaynanasiz kelin — masxara kelin.” 💡 Ma’nosi: Qaynona bor uyda kelin ko‘proq tartib va odob bilan yuradi, nazorat bo‘lmaganda esa tartib buzilishi mumkin degan kinoyali fikr ifodalanadi. 📌 Bu maqolda “qarqara kelin” — bezakli, tartibli va hurmatli kelin ma’nosida ishlatilgan. 📚 Qadimiy so‘zlarimiz va maqollarimiz xalq hayoti hamda madaniyatini aks ettirib turadi. @INCOGNITIVER
KIMNINGDIR NIMASIDIR 30 ta Fakt.Kam uchratiladigan faktlar ! Do'stlaringizga ham ulashing ! Goosebumps✨ https://teletype.in/@ordinary_muslim1/DwEyafVUbAX
🧠 Bernard Barux 💼 To‘liq ismi: Bernard Mannes Barux 📅 Yashagan yillari: 1870–1965 🇺🇸 Davlati: Amerika Qo‘shma Shtatlari Bernard Baruch — mashhur amerikalik moliyachi, birja investori va siyosiy maslahatchi bo‘lgan. U o‘z davrida “Uoll-strit bo‘risi” (Wall Street Wolf) nomi bilan tanilgan. 📈 Muvaffaqiyati Baruch yoshligidan moliya bozorida ishlagan va qisqa vaqt ichida katta boylik orttirgan. U fond birjasida juda ehtiyotkor va uzoqni ko‘ra oladigan investor sifatida mashhur bo‘lgan. 🏛 Siyosiy faoliyati U bir nechta AQSh prezidentlariga maslahatchilik qilgan, jumladan: Woodrow Wilson Franklin D. Roosevelt Birinchi jahon urushi davrida u harbiy sanoatni boshqarishda muhim rol o‘ynagan. ☢ “Sovuq urush” atamasi 1947-yilda Baruch ilk bor “Sovuq urush” (Cold War) iborasini omma oldida ishlatganlardan biri hisoblanadi. 🌳 Qiziqarli fakt U ko‘pincha Nyu-Yorkdagi parkda oddiy skameykada o‘tirib, siyosatchilar va tadbirkorlar bilan uchrashgan. Bu joy keyinchalik “Baruch bench” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zakovat_Fakt
🎨 Barbizon 📍 Barbizon — XIX asr o‘rtalarida Fransiyada shakllangan rassomlar harakati. Bu yo‘nalish vakillari tabiatni imkon qadar tabiiy va haqqoniy tasvirlashga intilganlar. 🌳 Nomi Barbizon qishlog‘idan olingan. Rassomlar Parij yaqinidagi Fontenblo o‘rmoni atrofida yashab, asarlarini ochiq havoda — bevosita tabiat qo‘ynida yaratishgan. 🖌 Asosiy xususiyatlari: Sun’iylikdan voz kechish Qishloq hayoti va oddiy inson mehnatini tasvirlash Yorug‘lik va tabiiy ranglarga e’tibor Realizmga yaqin uslub 👨🎨 Mashhur vakillari: Jean-François Millet Théodore Rousseau Camille Corot 📖 Ahamiyati: Barbizon harakati keyinchalik impressionizm rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan va tabiat manzarasini mustaqil janr sifatida mustahkamlashga yordam bergan. Zakovat_Fakt
New Fact Onnagata — ayol obrazlarini ijro etishga ixtisoslashgan aktyorlar bo‘lib, ular ayollarning harakati, nutqi va kiyinish uslubini san’at darajasida namoyon etadi. Yani ayollar rollarini erkaklar oʻynaydi Zakovat_Fakt
George Sand Asl ismi Amantine Lucile Aurore Dupin (1804-1876) – George Sand (erkak ismi ostida ijod qilgan) taxallusi ostida tanilgan fransuz yozuvchisi va jurnalisti.Uning asarlarida ayollarning huquqlari,sevgi va erkinlik,ijtimoiy tengsizlik,qishloq hayoti…
George Sand Asl ismi Amantine Lucile Aurore Dupin (1804-1876) – George Sand (erkak ismi ostida ijod qilgan) taxallusi ostida tanilgan fransuz yozuvchisi va jurnalisti.Uning asarlarida ayollarning huquqlari,sevgi va erkinlik,ijtimoiy tengsizlik,qishloq hayoti va tabiat kabi mavzular muhim o'rin tutgan.Romanlari "Indiana","Valentina" ,"Leliya", "Jak" ,"Sayok shogird" ,"Yan jijka" ,"Yosh qizning e'tirofi" ,"So'nggi muhabbat" ,"Mopra" ,"Oras" ,"Qor odam" ,"Rimlik Jan". Feministik g'oyalarni ilgari surgan.U mashhur bastakor Frederic Chopin bilan uzoq vaqt yaqin munosabatda bo'lgan. Zakovat_Fakt
“Six feet under” — ingliz tilidagi idioma bo‘lib, quyidagi ma’noni anglatadi: 👉 o‘lgan, vafot etgan, qabarga ko‘milgan Nega aynan “six feet”? An’anaviy ravishda odamlar taxminan 6 fut (≈1.8 metr) chuqurlikka ko‘milgan. Shuning uchun bu ibora bevosita o‘lim bilan bog‘langan. Undertakerda shu nomdagi podcast bor
"Beshinchi kolonna” "Beshinchi kolonna" — davlat, jamiyat yoki tashkilot ichida bo‘la turib, uni ichidan yemirish, beqarorlashtirish yoki qulatish uchun ishlaydigan , yashirin guruh yoki shaxslar. “Beshinchi kolonna” atamasi Ispaniya fuqarolar urushi davrida paydo bo‘lgan. 1936-yil 15-oktabrda millatchilar o‘sha paytda ularga dushman bo‘lgan respublikachilar nazoratida turgan Madrid shahriga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Poytaxt aholisi orasida qo‘rquv uyg‘otish maqsadida frankistlar armiyasiga qo‘mondonlik qilgan general Emilio Mola radio orqali murojaat bilan chiqdi. U o‘z nutqida shunday dedi: “Yettinchi noyabr kuni men Gran Via’da qahva ichaman. To‘rtta kolonna — men bilan, beshinchisi esa — Madridning ichida bo'ladi.” Shundan so‘ng Mola armiyasi hujumni boshladi va Madridga juda yaqinlashdi, shahar yaqinidagi aerodromlarni egalladi. Zakovat_Fakt