tgindex
Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | Zangiota IM

Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | Zangiota IM

Статистика
@zangiotaimузбекский

🏫 Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Aql tarozusida o'lchab ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir. ✍️ Murojaat uchun: @ZangiotaIMBot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
223
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
139
34 постов
Вовлечённость
62,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 34
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
34
1/48двое суток
38
1/72трое суток
42

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⚡️ Mandat ertaga, 15-avgust kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. ©️ Shahzod Rahmon | 🔴Telegram

  • без подписи

  • 🤖 “Internetning o‘limi” boshlandimi? Endi reklamani siz emas, AI ko‘radi 🟣 Internetda yangi davr boshlanmoqda. Time Magazine endi reklamani odamlarga emas, AI botlarga — ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt agentlariga ham sotmoqda. Sayt AI uchun alohida, soddalashtirilgan Markdown sahifalarini taqdim etadi. Ularning ichiga esa brendlar haqidagi homiylik kontenti joylashtirilishi mumkin. Buning nomi — GEO (Generative Engine Optimization). SEO’da kompaniyalar Google’da birinchi chiqish uchun kurashardi. GEO’da esa maqsad boshqacha: ➡️ ChatGPT yoki boshqa AI modellar siz haqingizda nima deyishini nazorat qilishga urinish Masalan, siz AI’dan: “Qaysi bank yaxshiroq?” — deb so‘raysiz. Siz hech qanday reklama ko‘rmadingiz. Lekin AI sizdan oldin botlar uchun tayyorlangan homiylik materialini “ko‘rgan” bo‘lishi mumkin. Natijada u sizga ma’lum bir bank nega yaxshiroq ekanini juda ishonarli tarzda tushuntiradi. 🔵Time ma’lumotiga ko‘ra, ayrim kunlarda saytga odamlardan ko‘ra botlar ko‘proq kiradi. Endi esa bu trafik ham monetizatsiya qilinmoqda. ❗️ Bu internet reklamasidagi juda katta burilish: Kecha — brendlar Google’da yuqoriga chiqish uchun kurashardi. Bugun — ular AI javoblariga kirish uchun kurashmoqda. Ertaga — siz ko‘rmagan reklama qaroringizga ta’sir qilishi mumkin. Internet tobora “inson → sayt” modelidan “inson → AI → internet” modeliga o‘tmoqda. Va eng muhim savol: ❓ Kelajakda AI biror mahsulotni tavsiya qilsa, bu haqiqatan ham eng yaxshi tanlov bo‘ladimi yoki AI uchun yozilgan eng yaxshi reklama bo‘ladimi? ©️ Shahzod Rahmon | 🔴Telegram

  • #CallForVolunteers ‼️ Volunteers needed for an international football match! 🗓 Date: August 11 ⏰ Time: 4:00 PM – 10:00 PM 📍 Location: Paxtakor Stadium Requirements: • Boys (17–18 years old) • Responsibility Your role: • Assist with carrying the stretcher in case a player gets injured during the match. What is provided: • Certificate • Networking & experience Registration: Send your: full name, phone number, telegram username and CV ( or just volunteering experience) to @O57_VSB First come, first served⚡️ @YVC_UZ 🖐

  • #Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 📍 Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. 👨‍💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. ✅ BBA 🇬🇧@AptisCefr | 💬 Chat | ❤️ OLIY.UZ

  • 📊 So'nggi 2 yilda OTM kirish imtihonlarida maksimal ball to'plaganlar statistikasi 😎 2025-yilda 826 nafar talabgor 189 ball va undan yuqori natija qayd etgan bo'lsa, 2026-yilda bu ko'rsatkich 5934 nafarga yetdi. Bu esa bir yil ichida 5112 nafarga (+618%) o'sish kuzatilganini anglatadi. 📊 Eng katta o'sish quyidagi fanlar majmuasida kuzatildi: 1️⃣ Chet tili – Ona tili — +1366 nafar 2️⃣ Biologiya – Kimyo — +1265 nafar 3️⃣ Matematika – Chet tili — +1161 nafar 4️⃣ Tarix – Chet tili — +949 nafar 🔴 Shuningdek, joriy yilda barcha fan bloklari bo'yicha sertifikatlardan to'liq foydalangan talabgorlar soni 12 997 nafarga yetgani ma'lum qilindi. Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu ko'rsatkich atigi 678 nafar edi. 🟡 Mazkur tendensiyalar 2026-yilgi qabul natijalarida o'tish ballarining sezilarli oshishiga olib kelishi ehtimoli yuqori. Ayrim ta'lim yo'nalishlarida o'tish ballari 5–10 ball, ayrimlarida esa 20–30 ballgacha oshishi mumkin. 🟢 Davlat OTMlariga qabul yildan-yilga tobora raqobatli tus olmoqda. 2026-yil esa bu jarayonning eng keskin bosqichlaridan biri bo'lishi mumkin. Ayrim yo'nalishlarda yuqori ball to'plagan talabgorlar soni ajratilgan davlat granti va to'lov-kontrakt kvotalaridan ham oshib ketishi ehtimoldan xoli emas. 📌 Shu sababli bu yilgi mandat nafaqat abituriyentlar, balki butun oliy ta'limga qabul tizimi uchun ham muhim sinov bo'ladi. P.S. Ushbu tahlil va statistik ma'lumotlar shaxsiy izlanishlar hamda ochiq manbalar asosida tayyorlangan. Hisob-kitoblarda yoki ayrim yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlarda kichik xatoliklar uchrashi ehtimoldan xoli emas. #infografika #OTM ©️ Shahzod Rahmon | 🔴Telegram

  • Hech kim tinglamayotgan vaqtda ham gapirishda davom etadigan insonni kim deb ataymiz? 🔴Telegram

  • 🎓 OTM tanlovida ustuvorlik qanday ishlaydi? OTMga kirishda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash bilan birga, abituriyent ustuvorlik turini ham belgilaydi. Bu tanlov abituriyentning qaysi yo‘nalishga va qaysi moliyalashtirish shakliga tavsiya etilishiga bevosita ta’sir qiladi. 1️⃣ Ustuvorlik — "Davlat granti" Agar "Davlat granti" ustuvorligi tanlansa, tizim birinchi navbatda abituriyentning barcha tanlagan yo‘nalishlarini grant bo‘yicha qat’iy ketma-ketlikda tekshiradi: 1-yo‘nalish grant → 2-yo‘nalish grant → 3-yo‘nalish grant → 4-yo‘nalish grant → 5-yo‘nalish grant. Agar abituriyentning bali shu yo‘nalishlardan birortasida davlat grantiga yetarli bo‘lsa, u birinchi mos kelgan yo‘nalishga grant asosida tavsiya etiladi va tanlov yakunlanadi. Agar 5 ta yo‘nalishning hech birida grantga ball yetmasa, shundan keyingina to‘lov-kontrakt bo‘yicha tekshiruv boshlanadi: 1-yo‘nalish kontrakt → 2-yo‘nalish kontrakt → 3-yo‘nalish kontrakt → 4-yo‘nalish kontrakt → 5-yo‘nalish kontrakt. 2️⃣ Ustuvorlik — "Ta’lim yo‘nalishi" Bu variantda esa yo‘nalishning o‘zi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha avval grant, keyin kontrakt tekshiriladi: 1-yo‘nalish grant → 1-yo‘nalish kontrakt → 2-yo‘nalish grant → 2-yo‘nalish kontrakt → ... Masalan, abituriyentning bali 1-yo‘nalishda grantga yetmasa, ammo kontraktga yetsa, u aynan shu yo‘nalishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etiladi. Bunday holatda tizim 2-, 3-, 4- yoki 5-yo‘nalishdagi grant imkoniyatlarini boshqa tekshirmaydi. ❗️ Davlat granti bo‘yicha yana bir muhim jihat Davlat granti endilikda talabaning butun o‘qish davri uchun avtomatik tarzda kafolatlanmaydi. Grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi va keyingi o‘quv yillarida belgilangan tartib asosida qayta taqsimlanadi. Shu sababli yuqori natija ko‘rsatgan kontrakt asosidagi talaba keyingi kurslarda grant o‘rnini qo‘lga kiritishi mumkin. Aksincha, grant asosida o‘qishga kirgan talaba talab etilgan natijalarni ko‘rsatmasa, keyingi o‘quv yilida grant o‘rnini yo‘qotib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin. 🔴Telegram

  • 📊 Tarix yo‘nalishlarida 189 va undan yuqori ball to‘plaganlar tahlili 1️⃣ Tarix – Chet tili yo‘nalishida: • 1 095 nafar abituriyent 189 va undan yuqori ball to‘plagan. • Shundan 125 nafari 189 balldan yuqori natija qayd etgan. • 970 nafari esa 189 ball olgan. • Eng yuqori natija — 217,4 ball. 2️⃣ Tarix – Ona tili yo‘nalishida: • Jami 3 nafar abituriyent 189 va undan yuqori ball to‘plagan. • 1 nafari 189 balldan yuqori (193,3 ball) natija ko‘rsatgan. • 2 nafari esa 189 ball olgan. 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • ⚡️ Asosiy fanlari biologiya va kimyo bo‘lgan yo‘nalishlarda jami 1 526 nafar abituriyent maksimal hisoblangan 189 ballni qo‘lga kiritgan. E'tiborga molik jihati shundaki, ulardan 1 524 nafari Biologiya – Kimyo yo‘nalishini tanlagan bo‘lsa, atigi 2 nafar abituriyent Kimyo – Biologiya yo‘nalishida ushbu natijaga erishgan. Ushbu ikki yo‘nalishda 189 balldan yuqori natija qayd etilmagan. 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • ⚡️ Matematika - Chet tili fanlarini tanlagan talabgorlardan 1300 nafari 189 ball va undan ko'proq to'plagan Eng yuqori ball 217.4 ballni tashkil etadi va 37 nafar talabgor 189 balldan yuqori to'plagan, 1263 nafar talabgor esa 189 ball to'plagan. 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • ⚡️ HUQUQSHUNOSLIK FANIDAN MILLIY SERTIFIKAT JORIY ETILMOQDA! ⚖️ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qaroriga muvofiq, ta'lim va baholash tizimida muhim yangilik amalga oshirilmoqda. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yiladi. Imtihon test topshiriqlari maktab o‘quv dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi. 🎯 SERTIFIKATNING AFZALLIKLARI VA IMTIYOZLARI: 👨‍🏫 O‘qituvchilar va pedagoglar uchun (Attestatsiya): Kamida B+ darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan huquqshunoslik/maktab fani o‘qituvchilari navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va malaka sinovidan ozod etiladi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi. 🎓 Abituriyentlar va o‘quvchilar uchun (OTMga kirish): Boshqa umumta’lim fanlari milliy sertifikatlari kabi, huquqshunoslik fanidan olingan yuqori darajadagi sertifikat ham OTMga kirish imtihonlarida tegishli fan bo‘yicha imtiyozli ball olish imkoniyatini beradi. 📌 Huquqshunoslik va jamiyatshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi barcha pedagoglar va abituriyentlarga ulashing! 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • 📊 Bitiruvchilar sertifikatlari va ulardan foydalanish statistikasi #bitiruvchi 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • 🏆 Bu esa maktabimiz bitiruvchilaridan birining natijasi: 189 ball. 4 ta fan (tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyot hamda matematika) sertifikatlari va hech qanday imtihonlarsiz 189 ball. #bitiruvchi 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • ❗️ Ushbu abituriyent 97 ball to'plagan va o'tgan yilgi ballar bilan solishtirganda, birorta oliygohga kirish imkoniyati mavjud emas! Shu sababdan, yo'nalish tanlayotganda, bilimingiz yetadiganini tanlang yoki o'z yo'nalishingizda zo'ri bo'ling. ✍️ BBA ajoyib xizmatni yo'lga qo'yibdi, ID raqamingizni kiritsangiz, sizga mos yo'nalishlarning o'tgan yilgi o'tish ballarini (to'lov-kontrakt ballari) ko'rishingiz mumkin. ➡️ https://mandat.uzbmb.uz/Bakalavr/BallInfoByResult 📌 Bizning saytimizda (https://my.zangiotaim.uz) esa grant va to'lov kontrakt ballari ajratilgan holda allaqachon mavjud edi. #bitiruvchi 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • 📊 11-sinf bitiruvchilarining kirish imtihoni natijalari 46 nafar bitiruvchilarning o‘rtacha natijasi 157,91 ball (83,55%), median natija esa 164,65 ball (87,12%)ni tashkil etdi. Eng yuqori natija — 189 ball, eng past natija — 71,7 ball. 3 nafar o‘quvchi (6,5%) maksimal 189 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. #bitiruvchi 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • 🎓 OTM tanlovida ustuvorlik qanday ishlaydi? OTMga kirishda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash bilan birga, abituriyent ustuvorlik turini ham belgilaydi. Bu tanlov abituriyentning qaysi yo‘nalishga va qaysi moliyalashtirish shakliga tavsiya etilishiga bevosita ta’sir qiladi. 1️⃣ Ustuvorlik — "Davlat granti" Agar "Davlat granti" ustuvorligi tanlansa, tizim birinchi navbatda abituriyentning barcha tanlagan yo‘nalishlarini grant bo‘yicha qat’iy ketma-ketlikda tekshiradi: 1-yo‘nalish grant → 2-yo‘nalish grant → 3-yo‘nalish grant → 4-yo‘nalish grant → 5-yo‘nalish grant. Agar abituriyentning bali shu yo‘nalishlardan birortasida davlat grantiga yetarli bo‘lsa, u birinchi mos kelgan yo‘nalishga grant asosida tavsiya etiladi va tanlov yakunlanadi. Agar 5 ta yo‘nalishning hech birida grantga ball yetmasa, shundan keyingina to‘lov-kontrakt bo‘yicha tekshiruv boshlanadi: 1-yo‘nalish kontrakt → 2-yo‘nalish kontrakt → 3-yo‘nalish kontrakt → 4-yo‘nalish kontrakt → 5-yo‘nalish kontrakt. 2️⃣ Ustuvorlik — "Ta’lim yo‘nalishi" Bu variantda esa yo‘nalishning o‘zi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha avval grant, keyin kontrakt tekshiriladi: 1-yo‘nalish grant → 1-yo‘nalish kontrakt → 2-yo‘nalish grant → 2-yo‘nalish kontrakt → ... Masalan, abituriyentning bali 1-yo‘nalishda grantga yetmasa, ammo kontraktga yetsa, u aynan shu yo‘nalishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etiladi. Bunday holatda tizim 2-, 3-, 4- yoki 5-yo‘nalishdagi grant imkoniyatlarini boshqa tekshirmaydi. ❗️ Davlat granti bo‘yicha yana bir muhim jihat Davlat granti endilikda talabaning butun o‘qish davri uchun avtomatik tarzda kafolatlanmaydi. Grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi va keyingi o‘quv yillarida belgilangan tartib asosida qayta taqsimlanadi. Shu sababli yuqori natija ko‘rsatgan kontrakt asosidagi talaba keyingi kurslarda grant o‘rnini qo‘lga kiritishi mumkin. Aksincha, grant asosida o‘qishga kirgan talaba talab etilgan natijalarni ko‘rsatmasa, keyingi o‘quv yilida grant o‘rnini yo‘qotib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin. 🔴Telegram

  • #imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 1️⃣ https://my.gov.uz/uz/service/1095 2️⃣ https://ariza.piima.uz 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • 🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA! Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi? 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi. ✅ Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat. Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi. Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan. ✅ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi. 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ

  • ⚡️ OTMlarga qabulning ikkinchi — tanlov bosqichi 25-iyuldan boshlanadi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonining birinchi — test bosqichi yakunlandi. 10 kun davom etgan test sinovlari bugun, 23-iyul kuni nihoyasiga yetdi. So‘nggi test natijalari 24-iyul kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qabulning ikkinchi — tanlov bosqichi 25-iyuldan 8-avgustga qadar davom etadi. 🎓 Ushbu bosqichda abituriyentlar: • oliy ta’lim muassasasini; • ta’lim yo‘nalishini; • ta’lim shaklini; • tanlov ustuvorligini tanlaydi. ❗️ Tanlov bosqichi yakunlangach, 9–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish ishlari amalga oshiriladi. Mandat natijalariga ko‘ra OTMga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga keyinchalik texnikumlarni tanlash imkoniyati beriladi. 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ