ZikrilloNotes
СтатистикаNotes on AI, startup, marketing & creative economy
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 20:43
- Постов за неделю
- 50
- Всего постов
- 87
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 23
- 1/48двое суток
- 26
- 1/72трое суток
- 28
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prestige Club startapiga Yoshlar Ventures $150,000 investitsiya kiritdi! ✈️ Prestige Club banklar, moliyaviy tashkilotlar va fintech kompaniyalari uchun yagona raqamli infratuzilma orqali sayohat xizmatlari va xizmat safarlarini taqdim etuvchi B2B "white-label" TravelTech platformasi. ⚡️ Ushbu innovatsion yechim yordamida foydalanuvchilar bank ilovalari va raqamli ekotizimlardan chiqmagan holda barcha travel xizmatlaridan qulay foydalana oladilar. 🎉 Prestige Club jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va kelgusida ulkan natijalarga erishishiga ishonamiz! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz @ZikrillosNotes
O'zbek o'yini playmarketda dunyoda topda Asoschi 15 yoshi o'zbek yigiti Top yangiliklar uchun tezda obuna bo'ling⚡️
🇦🇪 Dubaydagi MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) bozoriga chiqishga tayyor bo‘lgan asoschilar uchun Digital Startups Scale Up akseleratoriga qabul ochildi Tumar Innovation Hub IT Park Uzbekistan va Astana Hub bilan hamkorlikda akseleratsiya dasturiga 2-qabulni ishga tushirmoqda. BAAdagi haqiqiy talabga javob beradigan mahsulotga ega Pre-Seed va undan yuqori bosqichdagi startaplarni izlayapmiz. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidentligiga ega bo‘lish, shuningdek, SAFE shartnomasini imzolash va ulushlarni taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxs (YATT emas). 📅 Dastur muddati: 2026-yil sentyabr-noyabr 🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 24-avgust 🔗 Ariza topshirish @ZikrillosNotes
LVL.🌠 Game Jam’da 50,000,000 so‘mgacha maqsadli grant yutib oling! 21–23-avgust kunlari O‘zbekiston mustaqilligining 🌠 yilligiga bag‘ishlangan LVL.35 Game Jam bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga 48 soat ichida o‘yin prototipini yaratish va yakuniy versiyasini itch.io platformasiga joylashtirish vazifasi beriladi. Asosiy mukofotlar: 🥇 1-o‘rin — 50 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 35 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 20 mln so‘m Mavzular tadbir boshlanishida e’lon qilinadi, ishlab chiqishda AI vositalaridan foydalanish mumkin. 🗓 21–23-avgust 📍 Oflayn — School 21, Toshkent 💻 Onlayn — butun O‘zbekiston bo‘ylab Ro'yxatdan o'tgandan so'ng ishirikchilar guruhiga qo'shing 👇 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 👥 Ishtirokchilar guruhi 🚀 Jamoangizni yig‘ing va o‘z o‘yiningizni yaratishga tayyorlaning! @ ZikrillosNotes
🎙 RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bugun soat 19:00 da premyera! Bu galgi mehmonlarimiz: ▪️ Mukhammadkarim Tukhtaboev — CTO ▪️ Xondamir Abduxoshimov — Engineering Manager Podcastda: 🔘 Sun'iy intellekt rivojlanayotgan paytda tabiiy intellekt inqirozga uchrayaptimi? 🔘 AI'ni ishlatmaganlar haqiqatan orqada qolyaptimi? 🔘 Talabalar diplom va PhD ishlarini GPT'da qilishi qanchalik to'g'ri? 🔘 Nega ba'zi kompaniyalar AI'ni to'laqonli cheklamoqda? 🔘 Startaplarda AI qurib bergan mahsulot nimani hal qiladi, nimani yo'q? 🔘 Hayplarning qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerak? Shu kabi savollarga mutaxassislardan sodda va tushunarli javob oldik. ▶️ To'liq versiyani shu yerdan tomosha qiling: https://youtu.be/9Prlx-30xBQ Obuna bo'ling, fikr bildiring va like bosishni unutmang! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
🔥🇦🇲Карен Варданян, генеральный партнер Formula VC, рассказал о развитии стартап-экосистемы Армении и Центральной Азии, трех поколениях армянских основателей, стратегии Formula VC и главных вызовах для предпринимателей региона. 📌О стартап-экосистеме Центральной Азии Я думаю, что сейчас и Узбекистан, и Казахстан развиваются довольно интересно: здесь много талантливых специалистов и уже есть несколько компаний, демонстрирующих сильные результаты. Главное различие — в подходе к развитию экосистем. В Армении она изначально развивалась без активного участия государства, что помогло сохранить предпринимательский и глобальный mindset. В Центральной Азии основатели, по нашим наблюдениям, иногда становятся слишком зависимыми от программ, грантов и другой поддержки. Это может мешать формированию сильных предпринимателей. Лучше помочь запустить проект, а дальше дать основателям самостоятельно проходить через сложности, добиваться успеха или терпеть неудачу. А что вы думаете? Полное интервью читайте по ссылке: https://the-tech.kz/global-vc-karen-vardanyan-on-the-investment-strategy-behind-formula-vc/ Больше на @thetechkz
👩💻 “Girls in IT” loyihasining tantanali ochilish marosimi! 💚💗 IT va texnologiya sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib imkoniyat! “Girls in IT” — maktab o‘quvchilari, talabalar hamda IT sohasida ilk qadamlarini tashlayotgan qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus loyiha. Tadbir ishtirokchilarga amaliy bilimlar olish, soha ekspertlari bilan muloqot qilish hamda hamfikr dugonalar orttirish imkonini beradi. Tadbir dasturidan o‘rin olgan: 🟢 Qahva va netvorking 🟢 Interaktiv o‘yinlar 🟢 Ma’rifiy va motivatsion sessiyalar 🟢 Tech Fashion Show 🟢 Maxsus sovg‘alar va tanlovlar 🟢 Pinky Party hamda Photo Booth Joylar soni chegaralangan, bot orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🗓 Sana: 16-avgust 🕒 Vaqt: 14:00 🎤 Format: Offline 📍 Manzil: School 21 (Toshkent sh., Ziyolilar ko‘chasi, 13) 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃♂️ Yo‘nalish tuzish @ZikrillosNotes
🌍 Markaziy Osiyodan MENAga startapni qanday kengaytirish mumkin? Startapingizni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozoriga olib chiqishni xohlaysizmi? Efirda MENA mintaqasiga kirishga qanday tayyorgarlik ko‘rish, kirish nuqtalarini topish, mahsulotni moslashtirish va foydali aloqalar o‘rnatish masalalarini ko‘rib chiqamiz. "Tumar Innovation Hub" bosh direktori va "Women in Tech" kompaniyasining yetakchi ayol asoschilari Rinata Ilyubayeva bilan birgalikda Markaziy Osiyo startaplari uchun haqiqiy imkoniyatlar va yangi bozorga chiqish uchun asosiy qadamlarni muhokama qilamiz. 🗓 17-avgust kuni soat 18:00 da 📍 The Tech Telegram kanali Agar startapingizni Markaziy Osiyodan tashqarida kengaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, jonli efirga qo‘shiling. https://t.me/thetechkz?livestream @ZikrillosNotes
RS Bootcamp "Rozie" sun’iy intellekt trekeriga asoslangan akseleratsiya dasturlarining yangi avlodini ishga tushirmoqda RS Bootcamp sun’iy intellektga asoslangan yangi akseleratsiya formatining ishga tushirilishini e’lon qiladi. Dasturning asosiy elementi Rozie sun’iy intellekt trekeri bo‘lib, u an’anaviy akseleratsiya dasturlarida inson-treker tomonidan bajariladigan ishning katta qismini o‘z zimmasiga oladi. @ZikrillosNotes
Qirg‘izistonda qirg‘iz tilidagi birinchi ovozli AI-yordamchi ishga tushirildi FINCA Bank qirg‘iz tilidagi ovozli AI-yordamchini ishga tushirganini e’lon qildi. Tizim bankning Aloqa markazida ishlaydi va kiruvchi va chiquvchi murojaatlarni qayta ishlaydi: mijoz o‘z savolini oddiy nutq bilan, tugmali menyuga o‘tmasdan va oldindan berilgan buyruqlarsiz tushuntiradi. @ZikrillosNotes
Qozog‘iston xorijiy investorlar uchun soliq rezidentligi dasturini kengaytirdi Ilgari dastur doirasida AIFC’da ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ulushlari, fondlar, aksiyalar va Astana International Exchange’da (AIX) ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish mumkin edi. Ushbu vositalar bo‘yicha minimal investitsiya talabi $60 ming etib belgilangan. Yangi tartibga ko‘ra, dasturga yana bir investitsiya vositasi qo‘shildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha minimal investitsiya miqdori $150 ming bo‘lib, belgilangan summa dasturda ishtirok etish davrida saqlanishi kerak. 👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing @ZikrillosNotes
🚀 Become a Mentor for Techstars Startup Weekend! Join our mission to grow and strengthen the startup community! If you have valuable experience and want to help young teams turn an idea into a real product in just one weekend, we’d love to have you on board. We’re looking for specialists across the entire startup lifecycle from tech and AI to marketing, sales, and growth. 🔗Register here: link Let’s build the future together! 🚀 @ZikrillosNotes
💡G‘oyangiz bor, uni amalga oshirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Endi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tadbirkorlik va startap yo‘nalishlaridagi g‘oya va tashabbuslarini "Yoshlar yagona elektron platformasi" orqali taqdim etib, loyihalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'maklardan foydalanishi mumkin. Buning uchun platformaga OneID orqali kirib, g‘oyangiz yoki loyihangiz haqida ma’lumot qoldirasiz. Shundan so‘ng uni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishga ariza yuboriladi. Platformaga hali to‘liq shakllanmagan g‘oyangiz, yangi tashabbusingiz yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan startap loyihangiz haqida ham ma’lumot qoldirish imkoni yaratilgan. Ariza topshirishga havola 👈 @ZikrillosNotes
Startup Garage Grand Demo Day yakunlandi 13-avgust kuni Toshkent shahrida Startup Garage akseleratsiya dasturining ikkinchi mavsumi doirasida yakuniy Grand Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ikki oy davom etgan intensiv dastur natijasida saralangan 14 ta eng kuchli startap loyihasi o‘z biznes g‘oyalarini venchur fondlari va angel investorlariga taqdim etishdi. Tadbir natijalariga ko‘ra, investorlar tomonidan eng yuqori salohiyatga ega deb topilgan 3 ta loyihalarga jami $120 000 miqdorida investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi. 👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing Instagram | LinkedIn | YouTube
🏆 Fintech Stars Battle - приём заявок до 1 сентября 2026 Развиваете финтех-стартап и готовы представить его инвесторам? Финал битвы стартапов пройдёт 11 сентября на сцене Central Asia Fintech Summit 2026 в Алматы. Что получает победитель: • инвестиции до $100 000 по контракту SAFE • акселерационная программа в Дубае • специальные призы от партнёров Battle Что получают все финалисты: - обратную связь от экспертов и инвесторов, прямые контакты с фондами и партнёров для масштабирования. В приоритете: платёжные решения, открытый банкинг, AI и машинное обучение, блокчейн, цифровая идентификация и кибербезопасность. 📌Как проходит: 1 сентября — закрытие заявок 8 сентября — объявление 5 финалистов 8–10 сентября — брифинг с жюри и репетиция 11 сентября — финал: 12 минут на команду (5 на питч, 7 на вопросы жюри), победителя объявляют на сцене Организаторы: Central Asia Fintech Summit, White Hill Capital, Fintech Network Kazakhstan 📩 Подать заявку: fintechbattle.kz/?&utm_source=startup.vg 🔗 Регистрация на саммит: centralasiafintech.kz/?&utm_source=startup.vg 📆 Календарь startup.vg/calendar @startup_course_com /4023 https://t.me/startup_course_com/5954
🇦🇿 Startapingizni Baku ID’da xalqaro investorlarga taqdim eting Xalqaro VC va angel investorlar oldida pitch qilishga tayyormisiz? SABAH.HUB Markaziy Osiyo startaplarini sentabr oyida o‘tkaziladigan Baku ID innovatsiya va investitsiya tadbirida ishtirok etishga taklif qilmoqda. Tadbir davomida siz: 🟢 startapingizni xalqaro sahnada taqdim etishingiz; 🟢 investorlar va korporativ hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishingiz; 🟢 yangi investitsiya imkoniyatlarini kashf etishingiz; 🟢 founderlar, investorlar va soha ekspertlari bilan networking qilishingiz mumkin. 🗓 Arizalar 17-avgustgacha 23:59 gacha qabul qilinadi. 🔗 Ro'yxatdan o'tish @ZikrillosNotes
💲Özbekistonda investitsiyani qayerdan topsa böladi Uzoq vaqt davomida Özbekistonda investitsiyani uçta F’dan izlaş kerak edi: friends, family, fools. 2020-yilda bu yerga Sturgeon Capital kirib kelgaç, hammasi özgardi. Oradan olti yil ötib, 10 dan ortiq institutsional investor faoliyat yuritmoqda. Şu bilan birga, bozor hali yoş, hamma narsa endigina boşlanyapti, jumladan, fondlarning özlari uçun ham. Sohalar böyiça taqsimot yöq, hamma hammaga sarmoya kirityapti. Biroq, asta-sekin kimga murojaat qiliş afzalligini tuşunişga yordam beradigan öziga xos jihatlar paydo bölmoqda. Masalan, agar kompaniya oyoqda mustahkam tursa va endi bir neçta mamlakatda ösişni xohlasa, töğri IT Park Ventures’ga borişi kerak. U hozirça bir çek bilan $1 mln bergan yagona fond, endi esa $3 mln ham bera oladi. Bundan taşqari, fondning butun dunyo böylab aloqalari yaxşi. Katta xalqaro rejalarga ega kompaniyalar uçun yana bir variant — DOMiNO. Agar kompaniyangiz hozirça siz va dasturçi döstingizdan iborat bölsa, Yoşlar Ventures va Imkon Ventures’ga nazar soling. Ular asosan $20 mingdan $60 minggaça sarmoya kiritadi. Bu miqdor kengayiş uçun kam, lekin start uçun yetarli. Bundan ham avvalroq bosqiçda Sarmo Ventures yoki Avlod Ventures’ga murojaat qiliş mumkin. Ular investitsiyalarni studiyalar bilan birga taklif qiladi hamda mahsulot, jamoa va ilk qadamlar bilan yordam berişi mumkin. AloqaVentures haqida alohida aytib ötiş lozim. Bu — kiritilgan investitsiyalar soni böyiça eng yirik fond bölib, allaqaçon 50 dan ortiq kompaniyani moliyalaştirgan. U $10–20 mingdan boşlaşi mumkin, ammo ança yetuk loyihalarga $100–300 minggaça sarmoya kiritadi. Şunday ekan, unga ham ilk mahsulot bilan, ham keyingi raund uçun bemalol murojaat qilsa böladi. UC Ventures, United Ventures va SQB Ventures esa işlayotgan mahsuloti va savdolari bor, ança ulğaygan startaplar uçun juda mos keladi. Yana AIS Ventures, X-Togo Capital va Hayot Ventures ham bor. Ular haqida hozirça aytarli gap yöq, ammo bu ularga murojaat qilmaslik kerak, degani emas. Aksinça, yangi iştirokçilarga köpinça ilk yaxşi loyihalar juda kerak böladi. Ehtimol, ularning investitsiyasi sizga qançalik zarur bölsa, siz ularga undan ham köproq keraksiz. Biroq, hamma narsani faqat pulga boğlab qöymaslik lozim. Undan ham muhimroq narsalar bor: ⏺ eng dastlabki bosqiçda mahsulotni yiğişga yordam beradigan investor kerak; ⏺ örta bosqiçda — şu mahsulotdan biznes yaratişga kömaklaşadigan kişi kerak; ⏺ xalqaro miqyosda ösişda esa — çet elda jamoa, savdo va hamkorlikni yölga qöyişda yordam beradigan kişi kerak. Agar biror fond şulardan birortasini taklif qilsa, darhol rozi böliş kerak. Puldan ham, albatta, voz keçiş yaramaydi. Zarari tegmaydi. @beshtorr #vençur
Assalomu alaykim Efirda Texnogap #11: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline AI agentlar endi shunchaki kod yozib beradigan vosita emas. Ularni dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonining turli bosqichlariga qanday qo‘shish mumkin? Bu safar SDLC pipeline’ni AI agentlar yordamida qurish, real workflow’lar va dasturchilar uchun amaliy yondashuvlar haqida gaplashamiz. 🎙 Mehmon: Aziz Mirzayev (https://t.me/pro_aim) 🎤 Moderator: Sardor Dushamov (https://t.me/Sardoroga_blog) 📅 18-avgust ⏰ 20:00 📺 YouTube’da jonli efir Texnogap #11'da ko‘rishguncha. Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate https://uzgeeks.com/ @ZikrillosNotes
🔥 Loyihangiz bormi? Uni salohiyatni ko‘ra oladigan va rivojlanishiga yordam bera oladigan mutaxassislarga taqdim etish ayni vaqti. Kechaning bosh ekspertlari — Adil Nurgojin va Jan Karsybayev, Big Sky Capital venchur fondining boshqaruvchi hamkorlari. Siz loyihangizni taqdim etish va mutaxassislardan fikr-mulohazalarini olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Tadbir reglamenti: 🎤 3 daqiqa — loyiha taqdimoti ❓ 7 daqiqa — fikr-mulohaza 📅 Qachon: 21-avgust, 18:00 📍 Qayerda: Yandex Uzbekistan ofisi 🗺 Manzil: Fidokor 30 (Regent biznes markazi) 👉 Ariza topshirish: https://pizzapitch.uz/ ⏰ Arizalar qabuli: 19-avgust, 18:00 gacha PizzaPitch Yandex Uzbekistan ko‘magida o‘tkaziladi. Tadbirda ko‘rishguncha 🫡 @ZikrillosNotes
🤔 Startapingizni rivojlantiryapsiz va ekspert ko‘magiga ehtiyoj sezyapsizmi? Oldingizga katta maqsadlar qo‘ygansiz, ammo kundalik operatsion vazifalar orasida strategik yo‘nalishni yo‘qotib qo‘yyapsizmi? Bunday vaziyatda 🏳️ startup trekkerining ko‘magi jamoangizga rivojlanish jarayonini tizimlashtirishga yordam beradi. IT Park Uzbekistan’ning Treking dasturida ta’lim olgan mutaxassislar startup jamoalari bilan ishlashga tayyor. Trekkerlar jamoangizga: 🟢 rivojlanishdagi asosiy to‘siqlarni aniqlash; 🟢 ustuvor vazifalarni belgilash; 🟢 gipotezalarni shakllantirish va sinovdan o‘tkazish; 🟢 biznes modelni takomillashtirish; 🟢 mahsulotni keyingi bosqichga tayyorlashda ko‘maklashadi. Trekkerlar bilan ishlash startup jamoalari uchun mutlaqo bepul. 🔗 Ariza topshirish Operatsion vazifalar orasida qolib ketmang — jamoangiz uchun aniq rivojlanish yo‘lini trekker bilan birgalikda belgilang! @ZikrillosNotes