MAKTABDA TAʼLIM
Статистика- Последний пост
- 7 авг. 2024 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#video Speaking: Introduce yourself 🔝 @ibrat_english_speaking
Bugun kechki soat 21:00 da darsni boshlaymiz esdan chiqmasin 🕊Join: @Teacher_Ziyodulla
Multilevel reading part 1. Missing word technique Buguncha shu video darsimni koʻrib turinglar, ertaga Hudo hoxlasa Reading True|False|NotGiven oʻrganamiz 🕊Join: @Teacher_Ziyodulla
🏖️ Issiq yozni muzdak advanced vocabulary darslari bilan boshlashga nima yetsin. 🏆 FREE VOCABULARY MARATHON Avgust oyi uchun 10 kunlik bepul marafon eʼlon qilamiz. Speaking va writingda advanced vocabulary qoʻllashda qiynalayapsizmi? Unda darhol Marafonimizga qoʻshiling! ⭐️ QATNASHISH SHARLARI: 1. @Teacher_Ziyodulla kanali qo'shilish uchun so'rovnoma yuborasz. 2. Shu postni 3 ta IELTS yoki CEFR guruhga (10+ odam) yoki 10 ta IELTS yoki CEFR o'qiyotgan do’stingizga tarqatasiz. 3. Tarqatganligizni isbotlovchi screenshotlarni @tziyodulla ga yuboring, va ular sizga maxsus kanal uchun link beradi. Darslar ertalab oʻtiladi! Share it with your friends: @Teacher_Ziyodulla
Pedagoglar olgan ballar qarab kelasi 3 yillik malaka shakli belgilandi O'tkazilgan diagnostika testida qatnashgan pedagoglarning natijasiga qarab kelgusi 3 yillik malaka oshirish shakli bo'yicha rejasi belgilab berildi. Unga ko'ra, ⏺ 75% dan yuqori bo'lsa, 3 yil ONLAYN ⏺ 50%dan yuqori bo'lsa, 2 yil ONLAYN, 1 yil OFFLAYN ⏺ 25% dan yuqori bo'lsa, 1 yil ONLAYN, 2 yil OFFLAYN ⏺ 25% past olganlar 3 yil OFFLAYN o'qiydilar Aynan sizga qanday reja belgilab berilganligini onlinedu.uz platformasida shaxsiy kabinetingizdan bilib olishingiz mumkin. Onlayn malaka oshirish shakli ishdan ajralmagan holda, ish bilan paralel ravishda amalga oshiriladi. Offlayn malaka oshirish uchun esa ishdan ajrab (ya'ni oylik saqlangan holda ta'til olib) qatnashish kerak bo'ladi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
⚡️Fanlar majmuasi-2024 tasdiqlandi ✅ 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
⚡️Расман: Диагностика тестида иштирок эта оламаган педагоглар учун 18-19 декабр кунлари қайта тест бўлиб ўтади Диагностика синовларида техник сабабларга кўра иштирок эта олмаган ёки синовларни топшира олмаган педагог кадрлар учун 2023-йил 18-декабр (Душанба) ва 19-декабр (Сешанба) кунлари синовларни бўлиб ўтади. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
❗️ O'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi. ❗️1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi. Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
❓ O'qituvchi diagnostika testidan yaxshi o'tolmasa nima bo'ladi? Diagnostika test jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo'lib, uning natijalari o'qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy ta'sir ko'rsatmaydi. Shuningdek diagnostika natijalari hech qayerda e’lon qilinmaydi. Ya'ni, undan faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Shunday ekan, ayrim pedagoglarimiz vahimaga tushmasa ham bo'laveradi. Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Mazkur ehtiyojlar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga mos tarzda pedagoglar malakasini oshirish kurslarining tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqiladi. Shundan so'ng A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti 2024-yilda maktab o‘qituvchilari va rahbarlarining malakasini oshirish rejasini tasdiqlash uchun vazirlikka taqdim etadi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
#muhim ❗️Кредити борлар билиб қўйинг! Банк ходими кредит олган шахсга бир ойда 8 мартадан кўп телефон қилиши мумкин эмас. Марказий банкнинг 2023 йил июндаги 19/3-сон қарорига кўра, кредит ташкилоти қарздор билан: ▪️соат 20:00 дан 8:00 гача бўлган вақтда; ▪️ҳафтада бир мартадан ортиқ шахсий учрашиши; ▪️телефон алоқа орқали: ➖кунига бир мартадан ортиқ; ➖ҳафтасига икки мартадан ортиқ; ➖ойига саккиз мартадан ортиқ боғланиши мумкин эмас. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi 2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi. Diagnostikada pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Tabaqalashgan taʼlim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 2024-yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) taʼlim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (anʼanaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi. Quyida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
👋Dostlar instagramda ham faoliyat boshladik, like podpiska bilan qoʻllab yuboringlar🤛obuna bolganlarga katta rahmat🫵🙃 👇 https://www.instagram.com/p/C0MZAgeKnsa/?igshid=MTc4MmM1YmI2Ng==
#offtopic 🇺🇿 Ўзбекистонда ҳайдовчилар қоидабузарлик баллари ошиб кетса ҳайдовчилик гувоҳномасидан маҳрум бўлади Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлисида депутатлар қоидабузарлик содир этганлик учун жарима баллари ҳисоблаш тизимини жорий этиш ҳақидаги қонун лойиҳасини қабул қилди. Эндиликда жарима баллари 1 йилда 12 баллдан ошса ҳайдовчи ҳайдовчилик гувоҳномасидан маҳрум қилинади. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
📸📸 "Ҳокимлар таълим жараёнига эмас, мактаблардаги шароитга жавобгар" - вазир ўринбосари билан очиқ суҳбат Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев билан навбатдаги интервюда Kun.uz ўқитувчилик касбининг нима учун жозибадор эмаслиги, таълимдаги ҳудудлараро нотенглик ва ҳокимларнинг мактаб ишига аралашуви ҳақида суҳбатлашди. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
Мактабга келдим деб, дарсга кирмаса, Ёнида ё китоб, дафтар бўлмаса, Юрагим ачишиб айтай бир нарса, Уйғонинг оналар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Тентираб юришар гўё мақсадсиз, Кўзида қаҳр бор, жаҳл, шафқатсиз, Дунёда яшайман десангиз дардсиз, Уйғонинг оталар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Илмсиз бўлмасин, қалби қотади, Қотган қалбда эса зулм ётади, Қўйиб берсак агар юртни сотади, Уйғонинг оналар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Худодан қўрқишсин, динни ўргатинг, Дўст бўлиб ёнида Хақни кўрсатинг, Болам умидимсан сен дея айтинг, Уйғонинг оталар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Жоҳиллик йўлини тутмасин дейман, Ҳаёни тепкилаб ўтмасин дейман, Ҳаётда ғофилдек ётмасин дейман, Уйғонинг оналар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Мактабга келишин назорат қилинг, Илмни асосий мақсад деб билинг, Тилагим устознинг ҳамкори бўлинг, Уйғонинг оталар ғафлатда қолманг, Илтимос фарзандлар ёнини олманг. Ўқисин, улғайсин, камолга етсин, Келажак кунига зиёлар битсин, Кексалик гаштингиз роҳатда ўтсин, Уйғонинг оналар ғафлатда қолманг, Оталар илтимос эътиборсиз бўлманг. Актуал мавзу. Ота-оналарга жўнатамиз. 👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog
#Биласизми ❓Таълим-тарбия жараёни иштирокчиларининг ташқи кўриниши бўйича қандай талаблар белгиланган? Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 августдаги “Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги 282-сонли буйруғида мазкур меъёрлар белгиланган. ✅Унга кўра таълим-тарбия жараёни иштирокчиларининг ташқи кўриниши бўйича қуйидаги талаблар белгиланади: ➡️ танасининг очиқ қисмига татуировка туширилмаган ёки пирсинг қилинмаган бўлиши, сочи тартибга келтирилган ва ёрқин (ғайриоддий) рангларга бўялмаган бўлиши; ➡️ эркакларнинг соқоли олинган бўлиши; ➡️ аёллар қулоқ ва бармоқлардан ташқари тананинг турли қисмларига зирак ёки металл буюмлар тақиб юрмаслиги; ➡️ ўз фаолиятида манфаатлар тўқнашувига сабаб бўладиган ҳолатларга йўл қўймасликлари; ➡️ педагоглар ўзининг педагогик ва психологик соҳадаги билим ва кўникмаларини доим такомиллаштириб бориши, шу билан бирга малакасини ҳамда профессионаллик даражасини оширишга кўмак берадиган тадбирларда мунтазам иштирок этиши; ➡️ педагоглар ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятни шакллантиришга қаратилган Ўзбекистон Республикаси Қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони ва қарорлари, Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатлари билан танишиб бориши, уларга оғишмасдан амал қилиши, мавжуд барча стандартлар, баёнлар, тавсиялардан хабардор бўлиши лозим. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
❗️1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, ya'ni: - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so'm; - yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so'm; - mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so'm etib belgilanmoqda. Barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
O'zbekiston ingliz tilini "juda past darajada biladigan" mamlakatlar ro'yxatiga kiritildi. EF Education First tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, O'zbekiston ingliz tilini "juda past darajada o'zlashtirgan" mamlakatlar qatoridan joy oldi. Tadqiqotda aytilishicha, 2023 yilgi reytingda O'zbekiston 113 ta mamlakat ichida 93-o'rinni egallagan va ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha Falastin, Senegal va Kamerun kabi davlatlar orasidan joy olgan. Reytingda eng yaxshi ko'rsatkichni Niderlandiya, Singapur va Avstriya qayd etgan. SHuningdek, Daniya, Norvegiya, SHvesiya, Belgiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Germaniya, Xorvatiya va Gresiyada bu tilni bilish darajasi "juda yuqori" sifatida baholangan. SHaharlararo reytingda O'zbekiston poytaxti Toshkent shahri ham qayd etilgan bo'lib, ingliz tilini bilish darajasi "juda past" sifatida baholangan. "Juda yuqori" natija Amsterdam (Niderlandiya), Vena (Avstriya) va Kopenhagen (Daniya) shaharlarida kuzatilgan. O'zbekiston reytingda ishtirok etgan Osiyoning 23 ta davlati orasida 19-o'rinda bormoqda va Mo'g'uliston, Afg'oniston, Myanmar kabi davlatlardan past darajada turibdi. O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
O'qituvchidan qog'oz ko'rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to'g'rimi? Savol: Assalomu alaykum mening savolim quyidagicha: Bizning direktorimiz taqvim-mavzu ish rejani qog'oz variantini talab qilyapti. Vaholanki, taqvim-mavzu ish rejani eMaktab.uz platformasiga yuklab qo'yganman. SHu holatda direktorning talabi o'rinlimi? Javob uchun oldindan rahmat e'tiborsiz qoldirmang iltimos. Javob: "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo'yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to'g'risida"gi yo'riqnomaning 15-bandiga ko'ra umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilarining dars va to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo'yicha hisobotlar va qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi. 15-bandning 2-xatboshiga ko'ra umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi. O'qituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan bo'lsa, unda ushbu rejani qog'oz ko'rinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yo'q deb hisoblaymiz. Demak, o'qituvchidan qog'oz ko'rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Manba: Xalq ta'limi info O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆
“Афсус билан айтиш керак ўқитувчиларга сарфланаётган маблағларимиз натижасини кўрсатмаяпти” — Алишер Қодиров “Миллий тикланиш” демократик партияси фракцияси раҳбари Алишер Қодиров ўқитувчиларга ажратилаётган буджет маблағларининг самарадорлиги паст бўлаётганини айтиб ўтди. P.s: Xuddi ularga sarflanayotgan pul oʻzini oqlayotganday O‘qituvchilar uchun barcha barcha yangiliklar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/ziyolipedagog 👆👆