tgindex
,,Ziyo''Promed

,,Ziyo''Promed

Статистика
@ziyopromedузбекский

Tabiiy fanlardan tibbiyot yo'nalishlari uchun Nishon.t.Nuriston sh.(Gress N.t.Sanoat-energetika kolleji binosi),,Ziyo''o'quv markazi, filiallarimiz Kasbi tumani Promed kursi biz bir jamoamiz. Tel:93 902 59 02, 97 314 23 09, 91 223 59 55

Последний пост
1 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
673
+10 за 2 дн.
Сутки
+9
+1,36%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
683
21 постов
Вовлечённость
101,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
505
1/48двое суток
578
1/72трое суток
624

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 1 авг.489204

    DIQQAT E'LON!!! ✍✍✍o'quv markazlarimizda 3-avgustdan biologiya fanidan Milliy sertifikat guruhlarimizda tezkor chuqurlashtirilgan darslar boshlanadi maktablar ochilguncha ertalab soat 7dan 12gacha dars mashg'ulotlari.

  • 📚 Бу йил "перевод" учун ўтиш баллари қандай? Олий таълим муассасаларига ўқишни кўчиришда таълим йўналишлари бўйича қуйидаги минимал ўтиш баллари белгиланди: ▪️Ҳуқуқ — 165 балл ▪️Сиёсатшунослик, халқаро муносабатлар, жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар — 140 балл ▪️Соғлиқни сақлаш — 132 балл ▪️Санъат, ижтимоий фанлар, журналистика, бизнес ва бошқарув — 105 балл ▪️Транспорт хизматлари — 104 балл ▪️Таълим, гуманитар фанлар, тиллар, атроф-муҳит, математика ва статистика, АКТ ҳамда ижтимоий таъминот — 94 балл ▪️Биологик фанлар, физика ва хизмат кўрсатиш — 80 балл ▪️Муҳандислик, ишлаб чиқариш ва архитектура — 75 балл ▪️Қишлоқ, ўрмон ва балиқ хўжалиги ҳамда меҳнат муҳофазаси — 70 балл ▪️Ветеринария — 60 балл ⚡️ Telegram | ⚡️ Instagram |

  • 27 июл.66637из xushnudbek

    ❗️Tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontraktining bir qismini qoplab berish bo’yicha subsidiya ajratish tizimi ishga tushdi 👥 Kimlarga to’lanadi: davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga 🏢 Qaysi oliygohlar uchun: respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat hamda nodavlat) 🔢 Qaysi bosqich uchun: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqich uchun 💰 Qanchasi qoplab beriladi: yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi 📲 Ariza qayerda beriladi: arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda 🔖 Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025-yildagi PQ-336-sonli qarori 👉 @xushnudbek 👈

  • 25 июл.58735из xushnudbek

    ❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 23 июл.67471из xushnudbek

    ❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 23 июл.57072из xushnudbek

    ❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 @xushnudbek 👈

  • 20 июл.53814из xushnudbek

    ⚡️Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉 @xushnudbek 👈

  • 20 июл.61231из xushnudbek

    ⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉 @xushnudbek 👈

  • 18 июл.74931из xushnudbek

    ⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati #abituriyent Davlat qabul komissiyasi qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni…

  • 18 июл.5654из xushnudbek

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent  ✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN (2 ming 500 ta to’lov-kontrakt uchun) Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/14477 ❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi. Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin. ‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi. ❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku? Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 20 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 40 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k. Eng avval o‘sha 40 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi. Masalan, 40 kishidan 10 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 30 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 20 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Boshqacha aytganda bu tavsiyanoma o‘qishdan yiqilganlar uchun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi. ❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 18 июл.52221из xushnudbek

    ⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati #abituriyent Davlat qabul komissiyasi qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi. Talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 16 июл.71156из xushnudbek

    ⚡️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉 @xushnudbek 👈

  • ⚡️ Biologiya faniga mos yo‘nalishlar – 2026-yil to‘liq ro‘yxat ➖ Biologiya faniga mos bakalavriat yo‘nalishlari bilan tanishing. Tibbiyot, biologiya, veterinariya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarining to‘liq ro‘yxati. 📝 Batafsil ma'lumot: oliygoh.uz/njb 🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali: 👉 @OLIYGOH_GRANTLAR

  • 10 июл.92614из xushnudbek

    ❗️Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda — joriy yilda so‘nggi 8 yildagi eng kam miqdor bo’ldi #abituriyent Joriy yilda jami 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 ming 744 nafarini (66,6%) joriy yil bitiruvchilari, 226 ming 163 nafari (33,4%)ni avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 🧑‍🎓Qizlar: 365 ming 196 nafar (53,9%); 👨‍🎓Yigitlar: 312 ming 711 nafar (46,1%). Agar oxirgi 10 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar 2018-yil darajasigacha kamayganini ko’rish mumkin: ▪️2017-yil — 729 ming 950 nafar; ▪️2018-yil — 675 ming 49 nafar; ▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar; ⬆️ 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar; ▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar; ▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar; ▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar; ▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar; ▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar; ▪️2026-yil — 677 ming 907 nafar. 👉 @xushnudbek 👈

  • 8 июл.662105из xushnudbek

    ❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan? #abituriyent Joriy yilda ham test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI. Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa? ✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi. Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi. Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi. ❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (ruxsatnoma rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi). 👉 @xushnudbek 👈

  • 8 июл.58861из xushnudbek

    ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

,,Ziyo''Promed — tgindex