istemol.uz - Buxoro viloyat hududiy birlashmasi
СтатистикаБухоро вилоят Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ҳудудий бирлашмаси расмий канали ☎️ Ҳуқуқларингиз бузилган ҳолларда 1091 қисқа рақамига ёки 65 223-85-85 рақамига мурожаат қилинг.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 21
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 18
- 1/48двое суток
- 20
- 1/72трое суток
- 22
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📢 G‘ijduvon tumani DMTTlarida monitoring ishlari davom etmoqda G‘ijduvon tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Sh. Ahmedov bilan hamkorlikda tumandagi DMTTlarda targ‘ibot hamda monitoring ishlari olib borilmoqda. ✅ Tashriflar davomida: 🔹 tashkilotlardagi obodonlashtirish ishlari, 🔹 oziq-ovqat mahsulotlari sifati, 🔹 yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, 🔹 iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha keng targ‘ibot va o‘quv ishlari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar orqali ta’lim muassasalarida sog‘lom muhit yaratish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 👏
⚡️Nuqsonli muzlatgich muammosi ijobiy hal etildi 1930-yillar boshida muzlatgich hashamat hisoblangan. AQShdagi uy xo‘jaliklarining 10 foizdan kamida mexanik muzlatgich bo‘lgan. Keyinchalik esa u deyarli har bir xonadonning ajralmas jihoziga aylandi. Peshku tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.E Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch raqami orqali qilgan murojaatida maishiy texnika do’konidan 8,5 million so’mga “Premier” rusumli muzlatgich xarid qilganligi va foydalanish jarayonida nuqsonlar kuzatilganligini bayon etgan. Peshku tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat qonuniyligi bo’yicha o’rganildi. Natijada kafolat muddati doirasida servis tomonidan nuqsonli muzlatgich bepul ta’mirlanib, soz holatda iste’molchiga topshirildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
❇️ 9 million so’mlik g’isht qurilish mahsuloti o’z vaqtida yetkazib berilmagan Qurilishda eng ko’p foydalaniladigan qurilish vositasi g’isht hisoblanadi. Bir necha ming yillikdan buyon binolar tashqi va ichki devorlariga g’ishtning ibtidoiy shakllari qizil, qo’ng’ir va gil tarkibli turlari qo’llaniladi. Iste’milchi F.S Qorako’l tumanida faoliyat ko’rsatayotgan g’isht ishlab chiqarish tsexidan 9 million so’mga g’isht xarid qilgan. Belgilangan muddatda ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagan, buyurtmani bajarish paysalga solingan. Iste’molchi Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirishi bilan “g’isht qolipdan ko’chdi”. Jamiyat xodimlari murojaatni sifatli va qonuniy o’rganib, iste’molchi murojaatida ko’rsatilgan iddaolar o’z tasdig’ini topdi. Iste’molchiga shu kunning o’zidayoq to’lov to’liq qaytarib olib berildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
Elektroskuterning nuqsonli akkumlyatori almashtirib berildi Elektroskuterlar bilan bog’liq ko’pgina murojaatlar va ularning ijobiy yechimlari haqida qator maqolalar chop etgan edik. Navbatdagi murojaat Qorako’l tumanida yashovchi fuqaro J.I tomonidan, 10 628 0000 so’mga elektroskuter xarid qilganligi, akkumlyator qurilmasi nosoz holda ekanligi bo’yicha qayd etildi. Savdo do’kon xodimlariga bir necha marotaba murojaat qilgan iste’molchining da’vosi qanoatlantirilmagan. Huquqlarini to’liq anglagan fuqaro amaliy yordam so’rab Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirdi. Jamiyat xodimlari murojaatni sifatli va qonuniy o’rganib, iste’molchi murojaatida ko’rsatilgan iddaolar o’z tasdig’ini topdi. Iste’molchiga shu kunning o’zidayoq yangi akkumlyatorlar olib berildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
❇️ Avtomobil akkumlyatori nosoz bo’lib chiqdi Birinchi qayta zaryadlanuvchi qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyator 1859-yilda fransuz fizigi Gaston Planté tomonidan yaratilgan. Keyinchalik aynan shu texnologiya avtomobillarda keng qo‘llanila boshladi. XX asr boshlarida elektr starterlar paydo bo‘lgach, akkumulyator avtomobilning muhim qismlaridan biriga aylandi. Bugungi avtomobil akkumulyatori asosan dvigatelni ishga tushirish, chiroqlar va elektron qurilmalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Olot tumanida yashovchi fuqaro B.F 700 000 so’m evaziga avtomobil ehtiyot qismlari do’konidan akkumlyator xarid qilgan. Foydalanish jarayonida nosozlik aniqlangach, amaliy yordam so’rab Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan murojaat ijobiy hal etilib, sifatsiz akkumlyator yangisiga almashtirib berildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
Parma mashinasi (perforator) nuqsonli bo’lib chiqdi Tarixiy manbalarga ko‘ra, zamonaviy elektr perforatorlarning shakllanishi XX asr boshlariga borib taqaladi. 1914-yilda Germaniyaning Fein kompaniyasi elektro-pnevmatik zarba mexanizmiga ega burg‘ulash qurilmasi uchun patent olgan. Keyinchalik Bosch muhandislari ushbu yo‘nalishni rivojlantirdi. Olot tumanida yashovchi fuqaro K.R tumandagi “O T” xo’jalik mollari savdo do’konidan 600 000 so’m evaziga parmalash mashinasi xarid qilgan. Ammo ishlab chiqarish nuqsonlari mavjudligini keyinchalik payqagan. Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilish orqali fuqaro o’z manfaatlarini himoya qildi. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan nuqsonli tovar uchun to’langan to’lov iste’molchiga to’liq qaytarib olib berildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
Changyutgichning texnik nuqsonlari servis tomonidan bepul bartaraf etildi Birinchi changyutgich 1901-yilda ixtiro qilingan va juda katta hajmda bo‘lgan, o’rtacha vazni 30 kilogrammni tashkil etgan. Hozir kichik, yengil va foydalanishda qulay qurilmalarning turli markalarini uchratish mumkin. Olot tumanida yashovchi fuqaro B.T umumiy qiymati 2 million 400 ming so’mlik “Artel” changyutgichini xarid qilgan. Xo’jaligida foydalanish jarayonida qurilmada birin-ketin qator texnik nuqsonlar aniqlangach, amaliy yordam so’rab Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan. Jamiyat xodimlari tomonidan changyutgichdagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida servisga yuborildi. Servis tomonidan nuqson ishlab chiqarish bilan bog’liqligi tasdiqlanib, bepul ta’mirlab berildi. 🔝 Telegram | Facebook | Rasmiy sayt
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи