Alijon Yaxshiyev
СтатистикаRaqamli texnologiyalar Buxoro viloyati boshlig’i
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 186
- 1/48двое суток
- 4 797
- 1/72трое суток
- 5 173
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
😎
🇺🇸 AQSHga qilgan xizmat safarim muvaffaqiyatli yakunlandi. Safar davomida Silikon vodiysi va AQSHning bir qator yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdik. Asosiy maqsadimiz Buxoroga investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o’rinlarini yaratish hamda yoshlarimiz uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish edi. Safar natijasida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi: 🤝 Plug and Play bilan innovatsiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish bo’yicha strategik hamkorlik yo’lga qo’yildi. Endilikda Buxorodagi istiqbolli startaplarni xalqaro akseleratsiya dasturlariga olib chiqish va global investorlar bilan bog’lash ustida ishlaymiz. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 💼 AQSH logistika va BPO sohasidagi yirik hamkorlar — SH Brothers, Highway Trucking Services Inc, Saray Express, UScan Logistics va Good Guys Trucking Inc bilan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu hamkorlik orqali Buxoroda BPO xizmatlarini rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni xalqaro kompaniyalar bilan ishlashga tayyorlash rejalashtirilgan. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🚀 Shuningdek, UGL Holding vakillari bilan uchrashuv davomida “Bukhara 100” loyihasini qo’llab-quvvatlash va istiqbolli startaplarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi. Bu tashabbus Buxoroda innovatsion tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bu safar yana bir narsani isbotladi: bugungi kunda dunyo O’zbekiston bilan ishlashga qiziqmoqda. Eng muhimi, bu imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantirish va yoshlarimiz uchun yangi eshiklarni ochishdir. 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
без подписи
без подписи
🇺🇸 San-Fransiskoda yana bir muhim qadam! Bugun dunyoning eng yirik innovatsiya platformalaridan biri — Plug and Play Tech Center bosh ofisida samarali uchrashuv o’tkazdik. Uchrashuv davomida Plug and Play Tech Center bosh direktorining apparati rahbari Rebecca Rosser hamda Plug and Play Ventures hamkori Ivan Zgomba bilan Buxoro viloyatida “Bukhara 100” startap dasturini amalga oshirish bo‘yicha strategik kelishuvga erishdik. Mazkur tashabbus orqali Buxorodagi istiqbolli startaplar xalqaro ekspertlar bilan ishlash, akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish, investorlar bilan uchrashish hamda o‘z mahsulotlarini AQSh va Yevropa bozorlariga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bizning asosiy maqsadimiz — Buxoroda kuchli startap ekotizimini shakllantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish hamda IT xizmatlari eksportini sezilarli darajada oshirishdir. Ishonamanki, “Bukhara 100” loyihasi Buxoro yoshlarining global texnologik maydonga chiqishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Oldinda esa ushbu kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirish bo‘yicha katta ishlar turibdi. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇸 Ещё один важный шаг в Сан-Франциско! Сегодня в головном офисе одной из крупнейших мировых инновационных платформ — Plug and Play Tech Center — состоялась продуктивная встреча. В ходе переговоров с Chief of Staff Plug and Play Tech Center Ребеккой Россер (Rebecca Rosser) и партнёром Plug and Play Ventures Иваном Згомбой (Ivan Zgomba) мы достигли стратегической договорённости о запуске программы «Bukhara 100» в Бухарской области. Эта инициатива откроет для перспективных стартапов Бухары доступ к международным акселерационным программам, ведущим экспертам, глобальной сети инвесторов и корпоративных партнёров Plug and Play, а также создаст возможности для выхода на рынки США и Европы. Наша главная цель — сформировать в Бухарской области сильную стартап-экосистему, поддержать талантливую молодёжь, создать высокооплачиваемые рабочие места и увеличить экспорт цифровых продуктов и услуг. Уверен, что проект «Bukhara 100» станет важной платформой для вывода инновационных идей молодых предпринимателей Бухары на международный уровень. Впереди — большая совместная работа по реализации достигнутых договорённостей и превращению этих инициатив в реальные результаты. 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
Bugun ustozim, Turdiyev Xalil Jahonkulovich Buxoro viloyati hokimining Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqidagi xabarni katta mamnuniyat bilan qabul qildim. Xalil Jahonkulovich telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ko‘p yillik samarali faoliyati, yuksak kasbiy salohiyati va zamonaviy boshqaruv tajribasi bilan yurtimizda raqamli transformatsiya jarayonlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislardan biridir. Men uchun esa u kishi nafaqat tajribali rahbar, balki bilim, tajriba va hayotiy qarashlari bilan ilhom beradigan ustozdir. Ustozning har bir yutug‘i shogirdlari uchun ham faxr va motivatsiya manbaidir. Hurmatli Xalil Jahonkulovich, Sizni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar va Buxoro viloyatining raqamli rivojlanishi hamda sun’iy intellekt ekotizimini yanada yuksaltirish yo‘lida ulkan zafarlar tilayman. Yangi lavozim muborak bo‘lsin, ustoz! 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🤔 Tuman(shahar) hokimlarining raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchilari uchun raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt texnologiyalari yo'nalishida seminar-trening o'tkazildi. 🤔 Seminarda Raqamli texnologiyalar hududiy boshqarmasi, Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, IT Park Buxoro filiali hamda Acharya universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan sun'iy intellekt, raqamli transformatsiya, elektron davlat xizmatlari va zamonaviy raqamli yechimlar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi. 🤔 Ishtirokchilar davlat boshqaruvida sun'iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha zarur bilim va tavsiyalarga ega bo'ldilar. 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
#IOI2026 #Uzbekistan 🔊 Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi - maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. 📈 Raqamlarda: ➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi; ➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi. 2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! 🔜 9-16-avgust 📍CAEx ko'rgazmalar markazi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи