Aziza Amonova | Yuksalish sari
СтатистикаNAVOIY STIPENDIYASI SOHIBASI YIL TALABASI G'OLIBI "IDEATON-O'ZBEKISTON 2030" LOYIHALAR TANLOVI 2-O'RIN G'OLIBI "KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI" INSHOLAR TANLOVI RESPUBLIKA BOSQICHI 1-O'RIN G'OLIBI CEFR B2 👩💻Murojaat uchun: @Azi0629
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 47
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
SAMARQANDGA UNUTILMAS SAYOHAT VA KONFERENSIYA! "1-OKTYABR O'QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI" munosabati bilan bazm dasturxoni/konferensiya ✨Tarix va madaniyat chorrahasi — ko‘hna Samarqand sizni chorlaydi! Boy dasturli ziyorat va tantanali tadbirda ishtirok eting. #PREMIUM TA'RIF quyidagilarni o'z ichiga oladi! ⤵️ 🗓 26-SENTYABR — TARIXIY SAYOHAT: - Amir Temur maqbarasi ziyorati - Registon maydoni go‘zalligi - Shohi Zinda moviy koshinlari - Al-Buxoriy muqaddas majmuasi - Islom Karimov yodgorlik majmuasi + Qo‘shimcha: Samarqandcha palov va shinam 1 kecha turar joy hamda 27-sentyabr konferensiyada ishtirok #STANDART TA'RIF ⤵️ 🎖 ISHTIROKCHILAR UCHUN MUKOFOTLAR: 1) "ISTIQLOL ZIYOKORI" yoki... 2) "O‘Z KASBINING JONKUYAR FIDOYISI" ko‘krak nishoni. Maxsus diplom va guvohnoma. 27-SENTYABR (11:30) — TANTANALI TADBIR: "SHOH NAZAR" restoranida konferensiya va taqdirlash marosimi. Murojaat uchun: @Azi0629
😎😎😎 😎Rasman: Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ✅ Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi. 🎓 Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi. 🟢 Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi. ✅ Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi. ✈️ @Aziza_Amonova0629
Biz shaklgamas, mohiyatga e'tibor berishni boshlagan kunimizdan ko‘p narsa o‘zgaradi...
#stipendiya Universitetlar kesimida kvotalar tasdiqlandi!
без подписи
без подписи
без подписи
#Finally👩🎓 🗓 Ba'zi kunlar taqvimdagi oddiy sana bo'ladi, ba'zilari esa butun umr qalbda qoladigan tarixga aylanadi. Kecha ana shunday tarixiy kunlardan biri edi, biz uchun! 🎯Bugun qo'limizdagi diplom shunchaki hujjat emas. U tunlari bedor o'tgan mehnatimiz, ustozlarimizning saboqlari, ota-onamizning duolari va orzularimizning mevasi. 📈Ushbu diplom marraning oxiri emas, balki yangi mas'uliyatlar va yangi zafarlar sari boshlanayotgan yo'lning ilk qadamidir. Barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan qutlayman! 😎 @Aziza_Amonova0629
#Ajoyib_she'r ISYON VA ITOAT Tigʻ ustida yurdirib, tomosha qilar Tangrim, Choʻgʻ ustida turdirib, tomosha qilar Tangrim. Toshqinda bir kemadek nochor ketib borarman, Men hech narsa bilmayman, barini bilar Tangrim. Oldga yursam xatar bor, ortga yursam xatar bor, Har lahza, har safaru, har tun, har sahar bor. Bir chumoli misoli don uchun chiqqan edim, Donni ne qiladi-yu, meni ne qilar Tangrim. Haqsizlik uchun yondim, shavq uchun isyon qildim. Haqqimni ber dedimu Haq uchun isyon qildim. Boshimni har yon urdim, bosh yorilgach angladim, Poyiga qoʻysamgina boshimni silar Tangrim. Sabrim yetarmi bilmam, sabrimni sinayversa, Har bir sinaganida suyagim sinaversa, Sinib-sinib oxiri oʻzing butla deb borsam, Suyagimni un qilib, elakda elar Tangrim. Mayli ne boʻlsa hamki, yorugʻ yuz bilan yetay, Dil toʻla mehr bilan, yoshli koʻz bilan yetay, Yuragimni toʻldirar bitta taskin bor faqat, Men Tangrimga borarman, men tomon kelar Tangrim.
#InnoX 📢 Navoiy yoshlar texnoparkida “InnoX” dasturiga qabul boshlandi Navoiy yoshlar texnoparki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va startap tashabbuskorlari uchun “InnoX” biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturining yangi mavsumini e’lon qiladi. Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar: ✅ Tajribali mentorlar yordamida startap loyihalarni takomillashtirish; ✅ Biznes yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash; ✅ G‘oyalarni MVP (minimal ishchi mahsulot) darajasigacha rivojlantirish; ✅ Treninglar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish muhiti. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 9-iyundan 30-iyunga qadar 🔗 Ariza topshirish: ▶️ Havola 📞 Ma’lumot uchun: +998 97 321 48 84 Bizni kuzating https://t.me/navoiy_yoshlar_texnopark
без подписи
без подписи