𝙳𝚒𝚢𝚘𝚛𝚋𝚎𝚔 | Turanov.uz⚡️
СтатистикаRasmiyatchiliklarimizdan xoli hudud. Postlar foydali bo'lsa kuzating, vaqtingizni esa qadrlang.
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 228
- 1/48двое суток
- 261
- 1/72трое суток
- 281
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👥 IGNITE Marathon boshlanmoqda! 7 kun • 7 nafar speaker • 7 ta eng dolzarb mavzu ➡️Chet elda ta’lim va xalqaro imkoniyatlar ➡️Startup, volontyorlik va xalqaro loyihalar ➡️Stipendiyalar, IB va o’quv camp’lariga tayyorgarlik ➡️Academic article yozish sirlari 🗒 Sizni kutmoqda: 🔘Amaliy va qiziqarli darslar 🔘Speakerlar bilan jonli savol-javob 🔘Foydali tavsiyalar va real tajribalar 🔘Faol ishtirokchilar uchun foydali esdalik sovg’alari 🗓 Boshlanish sanasi: 17-avgust ⚠️ Joylar soni cheklangan! 🔗 Ro’yxatdan o’tishga ulgurib qoling: @Igniteregisterbot
#foydali #bilasizmi 📣 Magistraturaga o'qishga topshirayotganlar uchun kerakli ma'lumot: tanlov darajasini oldindan baholang! 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabul jarayonida qaysi mutaxassisliklarga nechta talabgor ariza topshirayotgani haqidagi ma’lumotlar ochiq statistikada aks etmoqda. 🔗 Magistratura bo‘yicha arizalar statistikasini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin: Magistratura qabul statistikasi Ushbu statistikada: ✅ qaysi magistratura mutaxassisligiga nechta talabgor ariza topshirgani; ✅ qaysi yo‘nalishlarda talab yuqoriligi; ✅ qaysi mutaxassisliklarda raqobat nisbatan kuchli yoki pastligi; ✅ tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha arizalar sonining o‘zgarishi kabi ma’lumotlarni kuzatish mumkin. 📌 Biroq muhim jihat: arizalar soni — bu faqat dastlabki ko‘rsatkich. Magistraturaga kirish imkoniyatini baholashda faqat “nechta odam topshirgani”ga qarab xulosa qilish to‘g‘ri emas. Chunki tanlov darajasiga quyidagi omillar ham ta’sir qiladi: 🔹 ajratilgan qabul kvotasi; 🔹 davlat granti va to‘lov-kontrakt o‘rinlari soni; 🔹 talabgorlarning akademik ko‘rsatkichlari; 🔹 xorijiy til sertifikati va uning darajasi; 🔹 tanlovning OTM, mutaxassislik, ta’lim tili hamda ta’lim shakli bo‘yicha alohida shakllanishi. 🎓 Shuning uchun statistikani “qaysi yo‘nalishga topshirish oson?” degan savolga tayyor javob sifatida emas, balki o‘z imkoniyatlaringizni tahlil qilishga yordam beruvchi vosita sifatida qabul qiling. 💡 Magistratura tanlashda faqat raqobat darajasiga emas, balki mutaxassislikning sizning bakalavr yo‘nalishingiz, kasbiy maqsadlaringiz va kelajakdagi ilmiy yoki professional rejalaringizga mosligiga ham e’tibor bering. 📈 Raqamlarni kuzating, imkoniyatlaringizni baholang va tanlovni ongli ravishda amalga oshiring! 👮♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
без подписи
Auditoriyamdagilar yuborishibdi✅
Yaqin yillar davomida sizlar bilan intelektual mulk qonunchiligi, Start-up, va axborot texnologiyalari huquqiga chuqur kirishib, sohadagi muammo kamchiliklarni ijobiy xal qilamiz ⚡️ Barchasi quyidagi sahifada⚡️ 📱@Yurist_Turanov💼
👥 Haqiqiy biznes muhitini his qilishni istaysizmi ? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun ! 🤩 First Milestone — yoshlar uchun biznes, moliyaviy savodxonlik va kredit madaniyatini amaliy tarzda o’rganish imkonini beruvchi xalqaro loyiha. 🌐 Loyiha davlatlari : O‘zbekiston 🇺🇿 | AQSH 🇺🇸 | Qozog‘iston 🇰🇿 | Qirg‘iziston 🇰🇬 🗓 Sana : 28-iyul ⏲ Vaqt : 14:00 📍 Manzil : Samarqand davlat chet tillari instituti 🗒 Sizni kutmoqda : ➡️Haqiqiy biznes case ustida ishlash va himoya qilish ➡️Iqtisodiy strategik o’yinda ishtirok etish ➡️Networking orqali yangi tanishuvlar orttirish ➡️Xalqaro sertifikat va sovg’alar qo’lga kiritish 📎 Ro’yhatdan o’tish uchun : HAVOLA 📌 Joylar soni chegaralangan, qo’shilishga ulgurib qoling !
🎓 Olim fondi 2026–2027 mavsumiga qabul boshlandi! Agar siz bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsangiz va kontrakt to‘lovini amalga oshirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, Olim fondiga ariza topshirishingiz mumkin. Olim fondi iqtidorli va bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning kontrakt to‘lovini qoplab beradi. 📌 Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi: • Ariza topshirish • IQ testi • Suhbat 🗓 Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish: 🌐 olimfondi.uz 🤖 @Olimfondi_bot ❗️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ariza topshiring! 🌐 Batafsil ma’lumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website || 🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Toshkent ayni vaqtda oʻzgacha rangda quyosh botishi kuzatilayabdi, bulutli osmonda momaqaldiroq, tabiatdagi rang esa xuddi telefonlardagi "Reading mode" yoqilganligini eslatadi...
Raqamlar deyarli bizga natijalarni aniqligini ko'rsatib beradi va qaror qabul qilishimizni osonlashtiradi. O'tgan yili Mirzo Ulug'bek vorislari kursini yakunlaganimizdan keyin bu dasturga topshirmoqchilar uchun mentorship tashkil etgandik. Ushbu dastur 2-kursni yakunlab 3-kursga o'tganlar uchun moslashtirilgan bo'lib, 1 yil davomida sohangizda "data science" qo'llash bo'yicha mentorlar tomonidan darslar bo'ladi. Dastur davomida e'lon'ga ko'ra noutbuk, stipendiya va 1 mahal ovqat bilan ishtirokchilar ta'minlanishadi. Viloyatda o'qiydigan talabalar esa akademik mobillik asosida Toshkentdagi yo'nalishi to'g'ri keladigan universitetga 1 yilga o'qishga kelishadi. O'tgan yildagi loyihamiz natijalariga ko'ra, 7 nafar ishtirokchi kursimizda qatnashish fikrini berishdi. Ularga darslar o'tildi va qo'ldan kelgancha yordam berdik. Natijada esa 5 nafar ishtirokchimiz, yakuniy bosqichgacha borgan holda ushbu dasturga qabul qilinishdi. Va shu hafta ular ham biz kabi bitirishmoqda ekan... Ushbu yilda qayd etgan natijalarimizga ko'ra, bu yil ham Zarifbek bilan yangi mavsum uchun mentorship tashkil etishni reja qildik. Ko'zi yonib turgan yoshlarimizni alumni community* ko'rishdan xursand bo'lamiz. Marhamat - > Mentorship P.S: Siz ham universitetingizni bitirmasdan turib Mortarboard kiymoqchi bo'lsangiz albatta, 10-iyulga qadar mentorshipga topshirishga ulguring:) Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 02.07.2026 @AbrorMusulmonov
👥 Biznes, iqtisod va moliyaga qiziqasizmi ? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun ! 🎓 First Milestone — yoshlar uchun biznes, moliyaviy savodxonlik va kredit madaniyatini amaliy tarzda o’rganish imkonini beruvchi xalqaro loyiha. 🌐 Loyiha davlatlari : O‘zbekiston 🇺🇿 | AQSH 🇺🇸 | Qozog‘iston 🇰🇿 | Qirg‘iziston 🇰🇬 🗓 Sana : 4-iyul ⏲ Vaqt : 10:00 📍 Joy : Samarqand davlat chet tillari instituti 🗺 Manzil : Gagarin 43 ✉ Tadbir Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi BT Kengashi hamkorligida tashkil etilmoqda. 🗒 Tadbir davomida siz : • Haqiqiy biznes reja tuzib ko’rasiz. • Moliyaviy savodxonligingizni oshirasiz. • Xalqaro networking imkoniyatiga ega bo’lasiz. • Xalqaro sertifikatni qo’lga kiritasiz. 📎 Ro’yhatdan o’tish uchun : HAVOLA 📌 Joylar soni chegaralangan, qo’shilishga ulgurib qoling !
без подписи
📢 Jurnalistik surishtiruv bo‘yicha amaliy treningga arizalar qabuli boshlandi! Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusini yoritayotgan yoki ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirayotgan jurnalistlar, blogerlar hamda jurnalistika fakulteti talabalari ikki kunlik amaliy treningda ishtirok etishga taklif etiladi. 📆 Sana: 2026-yil 7–8-avgust 📍 Joy: Toshkent viloyati 📌 Trening dasturida: • jurnalistik surishtiruvlarning zamonaviy usullari; • ochiq ma'lumotlar va hujjatlar bilan ishlash, raqamli vositalar hamda sun'iy intellektdan foydalanish; • jurnalistlarning huquqiy va raqamli xavfsizligi, axborot manbalarini himoya qilish; • surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha xalqaro tajriba va professional hamkorlikni rivojlantirish. ✅ Ishtirokchilar tanlov asosida saralanadi. 🚍 Hududlardan keladigan ishtirokchilarning transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/2KtaQQnZZFcYA46u7 📅 Arizalar 2026-yil 10-iyul, soat 23:59 (Toshkent vaqti)gacha qabul qilinadi. 📩 Savollar bo‘yicha: anti-corruption.uz@undp.org | +998 90 330 41 70 Ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar Telegram kanalimizda e'lon qilinadi: https://t.me/BMTTD_Jurnalistik_Surishtiruv Batafsil: https://go.undp.org/pk5 🇺🇳 🇺🇳 🇺🇳 📢 Открыт прием заявок на практический тренинг по журналистским расследованиям! Журналисты, блогеры, освещающие вопросы противодействия коррупции или интересующиеся данной тематикой, а также студенты факультетов журналистики приглашаются принять участие в двухдневном практическом тренинге. 📆 Даты: 7–8 августа 2026 года 📍 Место: Ташкентская область 📌 В программе тренинга: • современные методы проведения журналистских расследований; • работа с открытыми данными и документами, использование цифровых инструментов и технологий искусственного интеллекта; • юридическая и цифровая безопасность журналистов, защита источников информации; • международный опыт расследовательской журналистики и развитие профессионального сотрудничества. ✅ Участники будут отобраны на конкурсной основе. 🚍 Транспортные расходы участников из регионов покрываются организаторами. 📝 Регистрация: https://forms.gle/2KtaQQnZZFcYA46u7 📅 Заявки принимаются до 10 июля 2026 года, 23:59 (по ташкентскому времени). 📩 По всем вопросам: anti-corruption.uz@undp.org | +998 90 330 41 70 Ответы на часто задаваемые вопросы публикуются в Telegram-канале проекта: https://t.me/BMTTD_Jurnalistik_Surishtiruv Подробно: https://go.undp.org/pkq #UNitedAgainstCorruption #EU4UZ
Zilziladanam kuchli xodisa... Toshkentda blackout 2.0 sodir boʻlayabdi, internet ham deyarli ishlamayabdi. Bugun juda issiq boʻldi, mashinadagi havo datchigi 45C⁰ egaligini koʻrgandim)
1-sentabrdan BHM, stipendiya va nafaqalar qanday o‘zgaradi? Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshirildi. 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentabrdan esa ish haqi va stipendiyalar 7% ga oshiriladi. Shu bilan birga, MHTEKM va BHM miqdorlari ham ko‘tariladi. 1-sentabrdan MHTEKM 1,36 mln so‘m, BHM esa 440 ming so‘mni tashkil etadi. Budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va stipendiyalari ham 7% ga oshiriladi. Pul va biznes xabarlari 👉 @pulmasalasi.
🏕️ SWAPUP SUMMER CAMP · TASHKENT 2026 Markaziy Osiyo yoshlari uchun 3 kunlik leadership dasturi · 28–30 Iyun ▸ Grant nimani o'z ichiga oladi? 🚌 Transport · 🏨 Premium yashash · 🍽 3 mahal ovqat ⚡️ Barcha treninglar, master-klasslar va tadbirlar 🏆 Mukofotlar: 🥇 TOP 1 — Summer Camp'ga 100% bepul yo'llanma 🎁 TOP 2–5 — Community Club a'zoligi (iyul–avgust) 🎯 Qanday g'alaba qozonish mumkin? Bot orqali vazifalar bajaring, do'stlarni taklif qiling va reytingda yuqoriga chiqib, eng yaxshi o'rinni egallang! 1️⃣ Vazifalarni bajaring 2️⃣ Do'stlarni taklif qiling — +50 ball har biri uchun 3️⃣ Reytingda TOP 5 ga kiring va g'olib bo'ling 🔥 🔗 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: https://t.me/swapupcampbot?start=ref_6368105590
Muhimi harakat qildik, hali gʻalabalar oldida, shijoatni tushirmaylik✊
Ishonch va gʻalaba!✨ Bugun Vatanimiz sporti solnomasiga yangi va yorqin sahifalar yoziladigan kun. Bir necha soatdan keyin maydonga tushadigan har bir futbolchi yurtdoshimiz ortida butun boshli xalq turganini, millionlab koʻzlar ularga umid bilan tikilganini butun dunyo allaqachon his qilib ulgurdi. Bugun bomdod namozi soʻngida ham butun yurtimiz boʻylab Vatandoshlarimiz haqqiga xayrli duolar qilindi. Xalqning duosini olgan el esa hech qachon yutqazmaydi! Oʻzbekning haqiqiy "Bek"ligini, matonati va shijoatini koʻrsatish vaqti keldi. Biz tayyormiz, gʻalaba bizniki boʻladi, zero haqiqiy gʻalaba juda ham yaqin! 🇺🇿🔥
🇬🇧Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlaydi Mamlakat bosh vaziri Kir Starmerning ma’lum qilishicha, hukumat bu boradagi qonunni 2026-yil 25-dekabrigacha qabul qilishni reja qilgan. Taqiqning o‘zi esa 2027-yil…
🇬🇧Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlaydi Mamlakat bosh vaziri Kir Starmerning ma’lum qilishicha, hukumat bu boradagi qonunni 2026-yil 25-dekabrigacha qabul qilishni reja qilgan. Taqiqning o‘zi esa 2027-yil bahoridan kuchga kiradi. “Men bunga endi shunchaki toqat qila olmayman. Shuning uchun biz bolalarga ularning bolaligini qaytarib beramiz”, — dedi Starmer. Ushbu taqiq Snapchat, TikTok, YouTube, X, Instagram, Facebook tarmoqlariga tegishli bo‘ladi. Avvalroq Avstraliya ham 16 yoshgacha bolalarning ijtrimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklagandi. 👉 @xushnudbek 👈
“Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim” — Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni bu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonun qabul qilinishiga munosabat bildirdi. Hujjatda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash, bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. “Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, — deyiladi xabarda. 👉 @xushnudbek 👈