Edu Grands
СтатистикаMaqsadimiz - O'zbekistondagi yoshlarni Xalqaro Ta'lim grantlarini yutishlarida yordam berish va sifatli ta'lim sari yetaklash. Results: @edugrandsuz_results For ads: @edugrantsads
- Последний пост
- 15:30
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 14
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 6 028
- 1/48двое суток
- 7 230
- 1/72трое суток
- 7 797
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
:)
Qayerga o'qishga kirdingiz?🎓
Maker Camp 2026 Davlat: O'zbekiston🇺🇿 Dastur shakli: Oflayn Yosh toifasi: 12-17 American Corner Tashkent va Robotics and Engineering Association hamkorligida STEM, innovatsiya va ingliz tiliga qiziqadigan yoshlar uchun 5 kunlik bepul amaliy oromgoh ➡️Imtiyozlari: - G‘oyangizni noldan boshlab haqiqiy prototipgacha ishlab chiqish - Yaratgan ixtirongizni hakamlar hay’atiga taqdim etish - STEM va ingliz tili bo‘yicha qiziqarli, interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashish 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: Iloji boricha tezroq ⚡️@EduGrandsUz
ICYF International Media Training Camp 2026 Davlat: Turkiya🇹🇷 Moliyaviy ta’minot: To’liq Yosh toifasi: 18-25 Ushbu xalqaro media lageri Turkiyaning Antalya shahrida o'tkaziladi: yigitlar uchun 16–21 oktabr, qizlar uchun 28 oktabr – 2 noyabr kunlari. Dastur jurnalistika, raqamli media, storytelling va mas'uliyatli kommunikatsiya ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Jami 200 nafar ishtirokchi tanlab olinadi. ➡️Imtiyozlari: - Aviachipta, ovqatlanish va mehmonxona xarajatlari qoplanadi; - Lager davomida tibbiy sug'urta - Antalya bo'ylab shahar sayohati - Xalqaro do’stlar orttirish imkoniyati 🔗Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola 📌Ro’yxatdan o’tishning so’nggi muddati: 30-avgust ⚡️ @EduGrandsUz
⚡️ "Top Prep" loyihasida qatnashib 6ta siz tanigan ustozlardan IELTS hamda SAT dan jonli darslar va qiymati $2000’lik sovg'alarni oling! — 10+ jonli dars ☑️ — 25+ recorded dars ☑️ — 40+ CDI imtixon materiallari ☑️ — IELTS va SAT uchun 5ta ustozdan BEPUL kurs, barchaga! ☑️ — 3 nafar do‘stingizni taklif qiling va loyihaga qatnashing ☑️ 🎁 SIZ ham qatnashing va asosiy sovg'alarimiz: 📱 Planshet, kitoblar, Telegram Premium va Stars’larga ega bo'ling. Bunday imkoniyatni boy bermang 👇 ⛓ @TopPrep_bot #Reklama
ICLeague Shaxmat turniri uchun Ambassador qidirilmoqda Davlat: O‘zbekiston 🇺🇿 Dastur shakli: Offline Yosh toifasi: 14-25 ICLeague o‘z faoliyatini Jizzax, Andijon, va Sirdaryo viloyatlariga kengaytirmoqda! Biz mahalliy shaxmat hamjamiyatini rivojlantirishga faol yoshlarni Ambassador sifatida izlamoqdamiz. ➡️ Imtiyozlari - Loyihani o‘z hududingizda namoyon qilasiz - Mahalliy shaxmat tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaysiz - Maktablar va shaxmatchilar bilan aloqa o‘rnatasiz - Shaxmat hamjamiyatining rivojiga hissa qo‘shasiz 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 📌 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 17-avgust ⚡️@EduGrandsUz
International Architecture & Innovation Competition 2026 Davlat: Xalqaro 🌍 Dastur shakli: Onlayn Yosh toifasi: Maktab o'quvchilar va professionallar Fondation Jacques Rougerie – Académie des beaux-arts tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovda talabalar, arxitektorlar, dizaynerlar, muhandislar, tadqiqotchilar va ijodkorlar kelajak arxitekturasi bo‘yicha innovatsion loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Tanlov 3 asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: suv toshqiniga moyil hududlar, dengiz va koinot. ➡️Imtiyozlari: - Umumiy €42,000 mukofot jamg‘armasi; - 6 ta yo‘nalish g‘olibining har biriga €7,000; - Bepul ishtirok etish; - Individual yoki jamoaviy qatnashish imkoniyati; - G‘oliblar uchun Fondation Jacques Rougerie ekspertlar tarmog‘i orqali loyihani rivojlantirish imkoniyati. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 24-sentyabr ⚡️@EduGrandsUz
Istalgan 1 ta dastur/grantni yutish imkoni berilganda, qaysi birini tanlagan bo’lar edingiz?⚡️
Knight-Hennessy Scholars 2027 Davlat: AQSh🇺🇸 Moliyaviy ta'minot: To‘liq Yosh toifasi: Bakalavr talabalari va bitiruvchilari 😳Stanford University tomonidan tashkil etiladigan Knight-Hennessy Scholars dasturi dunyoning turli davlatlaridan iqtidorli yoshlarni to‘liq moliyalashtiriladigan magistratura va PhD dasturlariga taklif qiladi. ➡️Imtiyozlari: -O‘qish to‘lovlari to‘liq qoplanadi; -Yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya; -Har yili aviachipta xarajatlari qoplanadi; -Liderlik dasturlari va xalqaro networking imkoniyati. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so‘nggi muddati: 6-oktyabr ⚡️@EduGrandsUz
NASA Stardance Summer Program Davlat: Xalqaro🌍 Dastur shakli: Onlayn Yosh toifasi: 13–18 O'smirlar uchun mo'ljallangan bepul onlayn yozgi dastur. Xohlagan texnik loyihangizni yarating (veb-sayt, o'yin, ilova yoki apparat), soatlaringizni qayd eting va haqiqiy sovg'alar yutib oling. Tajriba talab qilinmaydi. ➡️ Imtiyozlari: - Raspberry Pi 5, 3D printer, Framework noutbuk, AMD GPU, iPad kabi qimmatbaho sovg'alar - Haftalik AMD GPU sovg'a o'yini va bepul stikerlar - 100 000+ o'smirdan iborat global jamoa bilan muloqot - Murabbiylik va astronavtlar bilan jonli suhbatlar 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌 Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 30-sentyabr ⚡️@EduGrandsUz
😳Harvard Crimson Global Case Competition Davlat: AQSH 🇺🇸 Dastur shakli: Onlayn Yosh toifasi: 13-18 Bu yuqori maktab o'quvchilari o'rtasida business case musobaqasi bo'lib, ishtirokchilar 2-4 kishilil jamoalar sifatida workshoplarda qatnashib, biznes muammolarini hal qilishadi. ➡️Imtiyozlar -$2000 gacha bo'lgan pul mukofotlari - Fortune500 loyihasi workshoplariga qatnashish imkoniyati - Xalqaro networking imkoniyati 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 16-oktyabr ⚡️@EduGrandsUz
Lumiere Research Scholars Fall Davlat: USA 🇺🇸 Dastur shakli: Online Yosh toifasi: 15-18 😳Lumiere Research dasturi Garvard va Oksford bitiruvchilari tomonidan tashkil qilingan bo'lib uning qat'iy akademik tizimida talabalar o'zlarini qiziqtirgan mavzuni ilg'or o'rganish va tadqiq qilishda universitet professorlari bilan yakkama-yakka ishlaydi va dastur to'liq ilmiy maqola yozilishi bilan yakunlanadi. ➡️ Imtiyozlari: - Nufuzli universitet professorlari bilan yakkama-yakka ishlash; - Ilmiy maqola yozish ko'nikmasiga ega bo'lish - Sertifikat va tavsiyanoma 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌 Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 23-avgust 🎙Dastur g'olibasi bilan podkastimiz: Havola ⚡️@EduGrandsUz
OSCE Central Asia Youth Dialogue Forum 2026 Davlat: Qirg‘iziston 🇰🇬 Moliyaviy ta'minot: To‘liq Yosh toifasi: 18–25 yosh Markaziy Osiyo yoshlari uchun tashkil etiladigan xalqaro forum bo‘lib, unda ishtirokchilar xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, liderlik va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha bilim va tajriba almashadilar, shuningdek, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar. ➡️Imtiyozlari: -Aviachipta va mehmonxona xarajatlari to‘liq qoplanadi; -Xalqaro ekspertlar va yosh liderlar bilan networking; -O‘z ijtimoiy loyihangizni ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyati. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 26-avgust ⚡️@EduGrandsUz
🎓Bu hafta muddati tugaydigan dasturlar ro’yxati: - TechnoCamp 2026🇺🇿 - Global FinTech Hackcelerator 2026 🇸🇬 - Young Climate Champions 3 🇺🇿 - Biochemical Society Science Communication Prize🇬🇧 - Earth Guardians Uzbekistan jamoasiga qo‘shilish imkoniyati🇺🇿 Imkoniyatdan foydalanib qoling. Tanlov o’z qo’lingizda!⚡️ ⚡️@EduGrandsUz
Young Climate Champions 3 Davlat: O'zbekiston 🇺🇿 Dastur shakli: Gibrid Yosh toifasi: 14–18 Bir yillik ekologik liderlik dasturi. Avgust oyida Toshkentda o'tkaziladigan liderlik lageridan boshlanadi, so'ng 2026–2027 o'quv yili davomida ishtirokchilar o'z hududida jamoasi bilan ekologik loyihalar tashkil qiladi. Faol ishtirokchilar O'zbekistonni milliy va xalqaro iqlim tadbirlarida vakillik qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. ➡️Imtiyozlari: - Toshkentda barcha xarajatlari qoplangan oromgohlar - COP kabi xalqaro iqlim konferensiyalarida qatnashish imkoniyati - Mentorlik va birinchi ekologik loyihani boshlash uchun qo'llab-quvvatlash - Sertifikat va tavsiyanomalar 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 14-avgust ⚡️@EduGrandsUz
WAW Global Sustainability Competition 2026 Davlat: Xalqaro 🌍 Dastur shakli: Onlayn Yosh toifasi: Maktab va universitet talabalari Butun dunyo yoshlarini barqaror rivojlanish bo'yicha innovatsion g'oyalarini namoyish etishga chorlaydigan xalqaro tanlov. 2026-yil mavzusi "Environmental Sustainability in the Age of AI" bo'lib, ishtirokchilar ilmiy tadqiqot, esse, hikoya, she'r, fotografiya yoki tasviriy san'at yo'nalishlarida o'z ishlarini taqdim etishlari mumkin. ➡️Imtiyozlari: - Bepul xalqaro tanlovda ishtirok etish - Barcha ishtirokchilar uchun xalqaro sertifikat - G'oliblar uchun 1-, 2-, 3-o'rin va maxsus mukofotlar 📌Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 31-avgust 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola ❤️@EduGrandsUz
“Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2026 Davlat: O'zbekiston 🇺🇿 Oromgoh shakli: Online Yosh toifasi: Barcha uchun Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha 2026-yil 23-avgustdan 28-avgustga qadar ONLINE formatda bo‘lib o‘tadi ➡️ Imtiyozlari: - Sertifikat va yangi do'stlar ortirish - IT bo'yicha bilimlarni oshirish - Qimmatbaho sovg'alar - Seminarlar va qiziqarli dasturlar 🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola 📌 Ro’yxatdan o’tishning so’nggi muddati: Iloji boricha tezroq ⚡️@EduGrandsUz
Global Logic & Reasoning Competition 2026 Davlat: Xalqaro🌏 Dastur shakli: Onlayn Yosh toifasi: Maktab va universitet talabalari Mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil va muammolarni yechish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazuvchi xalqaro onlayn musobaqa. Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar deduktiv mantiq, matematik fikrlash va tanqidiy tahlilga oid masalalarni yechadilar. ➡️Imtiyozlari: - $1,500+ jami mukofot jamg‘armasi - Barcha ishtirokchilar uchun rasmiy xalqaro sertifikat - Eng yaxshi ishtirokchilar uchun xalqaro va milliy (National Award) mukofotlari - Mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini xalqaro darajada namoyish etish imkoniyati 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola 📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 6-sentabr ❤️@EduGrandsUz